O’zbek tilining boyish manbalari


O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari


Download 1.05 Mb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1574929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbek tilining boyish manbalari

O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari

1. To‘liq kalka. Bu usulda o‘zlashtirilayotgan so‘zning barcha qismlari o‘z til materialidan tuziladi. Masalan: polugramatnыy – chalasavod, vsesoyuznыy - butunittifoq.

2. Yarim kalka. Bu usulda o‘zlashtirilayotgan so‘zning bir qismi aynan saqlanib, bir qismi o‘z til orqali beriladi.

Traktorist – traktorchi, tabelshik –tabelchi kabi. Yarim kalkada ba’zan o‘zlashtirilayotgan so‘zning bir qism tashlanib,qolgan qismi aynan olinadi: aktualnыy – aktual kabi. O‘zga til so‘zidagi ma’no o‘z tildagi so‘z bilan berilsa, bu semantik kalka deb ham yuritiladi. Masalan, bo‘g‘in so‘zining ruscha «ponolenie» ma’nosi.

O’zbek tilini o’rganish uchun kitoblar

Frazeologiya

Nutqda ikki yoki undan ortiq so‘zlarning o‘zaro ma’no va grammatik jihatdan bog‘lanishidan tuzilgan birikmalar qo‘llaniladi.

Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo‘ladi. Ular bir-biridan o‘ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so‘zdan tashkil topadi va murakkab tushuncha ifodalaydi. Bunday so‘z birikmasi ifodalaydigan tushuncha tarkibidagi so‘zlarning ma’nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar. Bunday so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar ayrim-ayrim so‘zlarga ajrala oladi: qiziqarli asar – zerikarli asar. SHuning uchun ular erkin so‘z birikmasi deb yuritiladi.

Frazeologiya

Tilda ko‘p vaqt bir qolipda qo‘llanaverib, bo‘linmaydigan holga kelib qolgan birikmalar mavjud: og‘zi qulog‘ida.

Demak, so‘z birikmalari ikki xil:

a) erkin so‘z birikmasi;

b) turg‘un so‘z birikmasi.

Turg‘un birikmalar ikki xil: a) birikmali atamalar; b) iboralar. Tilda ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topib, ko‘chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so‘zga teng keladigan turg‘un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi. Birikmalargina emas, ayrim gaplar ham ibora holiga kelib qolishi mumkin: Ishtahasi ochildi. Dili siyoh bo‘ldi. Iboralarning barchasi ko‘chma ma’no ifodalaydi va ularda emotsionallik so‘zga nisbatan kuchli bo‘ladi. SHuning uchun iboralar nutqning ifodalaligini va ta’sirchanligini oshiradi. Tilning iboralarni o‘rganadigan bo‘limi frazeologiya, iboralar yig‘indisi esa frazeologizm deb yuritiladi. Iboralar o‘rtasida ham o‘zaro sinonimlik, antonimlik, omonimlik hodisasi bo‘lishi mumkin.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling