O’zbek tilining boyish manbalari


Download 1.05 Mb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1574929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbek tilining boyish manbalari

Leksikografiya

Ko‘p tilli lug‘atlar o‘tmishda ham tuzilganligi arabcha-forscha-turkcha lug‘atlardan ma’lum. Hozirgi kunga kelib ko‘p tilli lug‘atlar tuzish ancha jadallashdi. CHunki ko‘p tilli lug‘atlar hozirgi tillarni qiyosiy o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.Lug‘at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib borayotganini o‘zida aks ettiradi. Lug‘atlar muhim madaniy boylikdir, chunki lug‘at nutq madaniyati, so‘zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to‘g‘ ri qo‘llash, savodxonlikka erishishning asosidir.

Leksik tahlil namunasi

  • 1. So‘zning lug‘aviy ma’nosi. 2. So‘zning bir ma’noli yoki ko‘p ma’noli ekanligi aniqlanadi. 3. Ma’no ko‘chgan bo‘lsa, ko‘chish usuli aniqlanadi. 4. So‘zning omonimlik, sinonimlik, antonimlik, paronimlik xususiyati aniqlanadi. 5.Umumxalq ishlatadigan so‘zmi yoki umumxalq ishlatmaydigan so‘zmi? 6. Ibora mavjud bo‘lsa, uning ma’nosi izohlanadi

Leksikologiya

O‘zbek tili leksikasining ishlatilish doirasi

O‘zbek tili leksikasi shu tilda gaplashuvchi kishilar tomonidan bir xilda qo‘llanmaydi. Ayrim so‘z keng jamoatchilik tilida qo‘llansa, ba’zilari esa ma’lum territoriyada yashovchi yoki ma’lum kasb-hunar bilan shug‘ullanuvchi kishilar nutqida ishlatiladi. SHunga ko‘ra o‘zbek tilidagi so‘zlar ikki guruhga ajratiladi:

1.Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika. 2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. O‘zbek tili lug‘at tarkibining asosiy qismini ishlatilish doirasi nchegaralanmagan leksika tashkil etadi. O‘zbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qo‘llanadigan so‘zlar ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’iy nazar barcha o‘zbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga ko‘ra ular umumiste’moldagi so‘zlar deb ham yuritiladi.

O‘zbek tili leksikasining ishlatilish doirasi

Umumiste’moldagi so‘zlarning ma’nosi hammaga tushunarli bo‘ladi. Bu so‘zlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha so‘z turkumlariga oid bo‘ladi. Umumiste’moldagi so‘zlarning ko‘p qismini umumturkiy so‘zlar va o‘zbekcha so‘zlar tashkil etadi. Boshqa tillardan kirgan so‘zlar ham o‘zbek xalqining barchasiga tushunarli bo‘lsa, ular ishlatilish doirasiga ko‘ra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan o‘zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag‘ rur, hafa, maqol, hayot, millat, hikoya so‘zlari; tojik tilidan o‘zlashgan go‘sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so‘zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, tsirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so‘zlar umumxalq tilida qo‘llanadi Demak, ishlatilish doirasi chegaralanmagan so‘zlar o‘z qatlamga ham, o‘zlashgan qatlamga ham oid bo‘lishi mumkin. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. Tildagi so‘zlarning umumxalq tomonidan ishlatilmaydigan qismi ishlatilish doirasi chegaralangan leksika deyiladi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling