O’zbek tilining boyish manbalari


Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi


Download 1.05 Mb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1574929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbek tilining boyish manbalari

Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi

Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo‘limlarida, jumladan, leksikasida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba’zi so‘zlar eskirib, iste’moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi so‘zlar paydo bo‘ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi:

1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).

2. Eskirgan qatlam.

3. YAngi qatlam.

Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o‘zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo‘lib, uni umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid so‘zlar, shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so‘zlar tashkil etadi. Bu qatlamdagi so‘zlar yangilik bo‘yog‘iga ham, eskilik bo‘yog‘iga ham ega bo‘lmaydi. Zamonaviy qatlamda so‘zlarning nutqda ko‘p yoki kam ishlatilishi, barcha kishilarning ishlatishi yoki ma’lum guruh kishilari nutqidagina ishlatilishi asosga olinmaydi. Demak, yangilik va eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan so‘zlar eskirgan qatlam. So‘z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo‘qolishi, yoki ularning ma’nosini ifodalaydigan boshqa so‘zlarning paydo bo‘lishi munosabati bilan ayrim so‘zlar asta-sekin qo‘llanilmay unutila boradi. Ular nutqda kamqo‘llanadi. Ularning ba’zilarini tushunish mumkin, ayrimlarini ko‘pchilik tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo‘llansa, izoh talab etadi.

Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi

Eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi:

1. Tarixiy so‘zlar yoki istorizmlar.

2. Arxaik so‘zlar yoki arxaizmlar.

Tarixiy so‘zlar o‘tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo‘lgan, ammo hozir eskirib qolgan so‘zlar tarixiy so‘zlar deyiladi. Tarixiy so‘zlar jamiyatda yo‘q bo‘lib ketgan narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo‘llaniladi. Hozirgi tilde ularning sinonimii yo‘q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim (1 km), tosh (8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25 g.), miri (5 tiyin). Ba’zi so‘zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo‘lib qoladi. Bunday so‘zlarning bir ma’nosi eskirsa, ikkinchi xil ma’nosi zamonaviy qatlamda ishlatiladi. Masalan: boy so‘zining ma’nosini qiyoslang: Boy Yo‘lchini zimdan kuzatdi (Oybek). Sen boy bo‘laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo‘ldi?


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling