O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar


Download 114 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi114 Kb.
#1547027
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar




O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar
Reja:

  1. O‘zbek tilinig o‘zlashma so‘zlar lug‘ati tuzilishi.

  2. O‘zbek tilinig o‘zlashma so‘zlar lug‘atidan foydalanish.

  3. O‘zlashma so‘zlarni aniqlash yo‘llari.

1. O‘zbek tilinig o‘zlashma so‘zlar lug‘ati tuzilishi.


Ma’lumki, tilning leksik tarkibi jamiyatning siyosiy, madaniy va ma’naviy hayoti bilan bevosita bog‘liq holda muntazam ravishda boyib boradi. Tilimizning boyishi va takomillashuvida tashqi manba, ya’ni o‘zlashma so‘zlar ham muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda o‘zbek tili leksik tarkibining taxminan yarmini arab, fors-tojik, yunon, lotin, rus, ingliz fransuz va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar tashkil qiladi.
Qo‘lingizdagi ushbu Lug‘atda maktab, litsey va kollejlarning darsliklarida hamda o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari dasturiga kiritilgan adabiy, badiiy adabiyotlarda uchraydigan uch mingdan ortiq o‘zlashma so‘zning izohi berilgan bo‘lib, ulardan 34 % dan ortiqrog‘ini arabcha, 12% dan ko‘prog‘ini fors-tojikcha, qariyb 9 % ini yunoncha, 8 % ini lotincha, 5 % dan ko‘prog‘ini fransuzcha, salkam 5 % ini ruscha, 2 % dan ortiqrog‘ini inglizcha, qolganini esa turli tillardan o‘zlashgan so‘zlar tashkil etadi.
Lug‘at so‘zligi tilimizga rus va boshqa chet tillari orqali kirib kelgan qadimgi yunon va lotin tillari elementlaridan tashkil topgan va hozirgi kunda jahondagi ko‘plab xalqlarning tillari uchun umumiy bo‘lgan respublika, konstitutsiya, prezident, demokratiya kabi siyosiy atamalarni, shuningdek kimyo, sanoat, sport, falsafa, fizika, geografiya, etnografiya kabi turli ilmiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid so‘zlar va atamalarni, jahondagi ko‘plab mamlakatlarning pul birliklari nomlarini o‘z ichiga oladi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, so‘nggi o‘n-o‘n besh yil ichida uning xalqaro aloqalari yanada kuchaydi, mamlakatimizda iqtisod va siyosat, texnika va sanoat, sport va madaniyat sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Taraqqiyot sari qilingan ildam odimlar natijasida, tilimiz ko‘plab yangi tushunchalarni atovchi so‘zlar bilan yanada boyidi. So‘nggi yillar ichida til lug‘atimizga jadal kirib kelgan kompyuter, fayl, sayt, biznes, barter, market, marketing, monitoring kabi so‘zlar ham mazkur Lug‘atda o‘z o‘rnini topdi.
Lug‘atni tuzishda «O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI» hamda «SLOVARЬ INOSTRANNIX SLOV» kitoblaridan foydalanildi.
Oquvchilar uchun o‘zbek tilida birinchi tajriba sifatida yaratilgan «O‘zlashma so‘zlar izohli lug‘ati»da ayrim kamchilik va nuqsonlarning bo‘lishi ehtimoldan xoli emas, albatta. Biroq, umid qilamizki, ushbu Lug‘at ilm-u fan cho‘qqilarini zabt etishingizda, mukammal bilimga ega bo‘lishingizda sizlarga yaqindan yordam beradi va ma’lum darajada sizlarning ehtiyojlaringizni qondiradi, nutq madaniyatingizni yuksaltiradi, dunyoqarashingizni kengaytiradi hamda savodxonlik darajangizni oshiradi.

Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling