Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini oldindan bilish;
ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlay olish va o‘rinli joylashtirish;
so‘z va atamalarni imlo me’yorlariga rioya qilgan holda yozish;
kasbdoshlarga unchalik tanish bo‘lmagan yoki faol qo‘llanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish;
ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillardan o‘zlashtirish, so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish;
kasb-hunar so‘zlari va atamalarini o‘rinsiz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar.
Asosiy xulosalar va ularni mustahkamlash:
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ilmiy uslub tabiat va jamiyatdagi barcha narsalar, hodisalar haqida aniq, asoslangan, izchil ma’lumotlar berishda qo‘llanadi. Ilmiy uslubda biror narsa yoki hodisa mohiyatini ta’riflar, tahlil qilish, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon qilish muhim hisoblanadi. Bu uslubda maxsus atamalar ko‘p ishlatiladi. Ilmiy uslubda adabiy normaga qat’iy rioya etilib majhul va murakkab qurilishli gaplardan keng foydalaniladi.
Muhokama uchun savollar:
Ilmiy uslubga xos terminlarga misollar keltiring.
Ilmiy uslubda obrazli nomlar qanday vazifani bajaradi?
Terminlarni qayta-qayta takrorlayverish qanday naijaga olib keladi?
Obrazli nomlar qaysi uslubga xos?
Obrazli nomlarga misollar keltiring.
Nazorat savollari:
l.Ilmiy uslubga oid so‘zlar qaysi qatorda berilgan?
Ilmiy uslubning o‘ziga xos holatlari haqida gapiring.
Ilmiy nutqda qaysi holatlar asosiy o‘rinni tutadi?
Ilmiy uslubda yozilgan gap tuzing.
Quyidagi gap qaysi uslubga xos?
Ko ‘miming to ‘la yonishi natijasida karbonat angidrid hosil bo ‘ladi, bunda uglerod kislorod bilan oksidlanadi.
Ushbu matn qaysi uslubda yozilgan?
Trapetsiyaning o‘rta chizig‘i asoslariga parallel va ular yig‘indisining yarmiga teng.
Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapiring.
Ilmiy-ommabop asarlarga xos xususiyatlarni izohlang.
Ilmiy tadqiqot asarlariga misollar keltiring.
10.Ilmiy uslubda tadqiqiot xarakteriga bog‘liq ravishda raqamlardan foydalanish to‘g‘ri ishiga misollar keltiring.
Ilmiy uslubga xos terminlarga misollar keltiring.
Ilmiy uslubda obrazli nomlar qanday vazifani bajaradi?
Terminlarni qayta-qayta takrorlayverish qanday naijaga olib keladi?
Obrazli nomlar qaysi uslubga xos?
Obrazli nomlarga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |