Ilmiy -ommabop uslubda badiiy nutq unsurlari va usullariga murojaat qilinishi hollari tez-tez uchrab turadi.
Voqelikka munosabatni munosabatning va buning tadqiqini mantiiqan dalillangan, grammatik shakllangan, adabiy me’yor asosida tuzilgan jumlalarda ifodalab berish ilmiy uslubning mohiyatini tashkil etadi.
Ilmiy uslub doirasi anchagina keng va xilma-xildir. Chunonchi, bir qator ijtimoiy fanlarga oid tadqiqotlar ko‘proq ommaviyligi bilan tavsiflansa, aniq fanlarga oid tadqiqotlar mutaxassislar doirasida ko‘proq anglashilarli bo‘ladi.
Gaplar orasida mantiqiylikning buzilishiga quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi:
Gaplami bir-biriga bog‘lashda yuz beradigan xatolar;
Bir fikrdan boshqasiga o‘tishda yuz beradigan xatolar.
Matnni abzatslarga bo‘lishda xatolarga yo‘l qo‘yish.
Matnni mantiqiy shakllantirish, sintaktik qurilmalarni tanlashda yuz beradigan xatolar.
Har bir gapda nisbatan tugallangan qandaydir fikr ifodalangan bo‘ladi. Avvalgi gaplarda ifodalangan fikrni keyingi gapda ifodalangan fikr, odatda yo rivojlantiradi, yoki ulardan kelib chiqadigan fikrlarni xulosalaydi. Shunday ekan, keyingi gapni oldingi gap bilan to‘g‘ri bog‘lash muhimdir. Gaplar bir-birlari bilan xilma-xil sintaktik vositalar orqali bog‘lanadi.
Ixtisoslikka oid so‘zlarni nutqda to‘g‘ri tanlash va qo‘llash ham nutq madaniyatining, ham kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi.
So‘z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
-so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;
-tanlangan so‘zni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;
-so‘zning suhbatdoshlarga tushunarli bo‘lishini hisobga olish;
-so‘zning ma’no xususiyatlariga asoslanib uni nutq maqsadiga muvofiq tarzda tanlash;
-so‘zni matn mazmuniga mos tarzda tanlash;
-baynalmilal atamani adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq holda tanlash;
-so‘z, atamani matnning uslubiy xususiyatiga mos ravishda tanlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |