O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi
Download 1.47 Mb.
|
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkil etish
Topshiriqlar
topshiriq: Gaplarni diqqat bilan o‘qing. Noto‘g‘ri qo‘llangan so‘zlarni aniqlab, ma’nosiga ko‘ra mos so‘z bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. 1.So‘zlovchining o‘z fikrini qisqa va batafsil ifodalab, tinglovchiga etkazishi ham o‘ziga xos san’atdir. 2. So‘zga benazir kishi mayda bir maqsadni uzoq so‘zlab bayon qiladi. 3. Nojo‘ya so‘z yurak ko‘zgusini parchalashi, tag‘in insonni vayron qilishi mumkin ekanligini yodda tuting. 4. Nutqi asal kishining mehribon odamizoti ham ko‘p bo‘ladi. 5. Shirin so‘z, go‘zal til inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha, achchiq so‘z, beso‘naqay gap inson dilini shunchalik noxush qiladi, dil piyolasini parchalaydi. Mashq sababli so‘zlash qobiliyatini, nutq madaniyatini, notiqlik san’atchiligini odamlar olqishlaydigan saviyada egallash mumkin. 7. Tilda uni nomlovchi suxan bo‘lmasa, bunday so‘zni hamsoya tildan olish mumkin. Ammo tilda turgan so‘zlar o‘rnida boshqa suxanni qo‘llash falokatdir. topshiriq: Quyidagi so‘z, atama va so‘z birikmalarining qaysi uslubga xosligini aniqlang. Ilmiy uslubga xos bo‘lganlari ishtirokida gaplar tuzing. Xalq sayli, boTinmas fond, kirim, zarurat tufayli, taftish, so‘zga chiqdi, infrastruktura, mehnat bitimi, ko‘chmas mulk, topshirig‘ingizga binoan, tebranish, hosila, sug‘urta, zimmasiga yuklatilsin, elektromagnit maydoni, modellashtirish. topshiriq: Matnlarni o‘qing, ulardagi ixtisoslikka oid so‘zlarni ajratib ko‘chiring va matnlarda qanday uslubiy vazifani bajarayotganligini qiyoslab tushuntiring. Rivojlangan davlatlarda auditni boshqarishda davlat faol ishtirok etadi, shuning uchun siyosat elementi bilan har bir audit firmalari davlat siyosatiga javob berishi va audit kompaniyasi shu siyosatga muvofiqlashtirilishi kerak. Davlat audit kompaniyalari majburiyatlarini belgilashda, iqtisodiy hamda moliyaviy qiyinchiliklarni hal qilishda, audit va auditorlar talablarini (ma’lumotini, klassifikatsiyasi, imtihon topshirish tartiblarini va h.k.) belgilashda o‘z ta’sirini o‘tkazadi. topshiriq: O zingiz tanlagan fan yo‘nalishidagi darslikdan biror matn parchasini o‘qing, so‘ng undagi ixtisoslik atamalarini boshqa ma’nodoshlari bilan almashtirib, mustaqil ravishda matn yarating. Asl va ijodiy matn o‘rtasidagi farqni izohlang. topshiriq: Tanlagan kasbingiz, mutaxassisligingizga oid biror matnni (darslik yoki jurnaldan) tanlab oling. Uni ixchamlashtiring va qisqa tarkibiy qismlarga ajratib, har biriga alohida sarlavha qo‘ying.
Esse va uning tuzilishi. | “urinish”, “sinash”, “ocherk"dir. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subvektiv fikr bay on qilinadi. Esse erkin kompozitsiyali uncha katta bo‘lmagan nasriy asardir. Umuman, esse ilmiy yoki publitsistik xarakterdagi ocherkka o‘xshashdir. Esse falsafiy, tarixiy biografik, publitsistik, adabiy tanqidiy, ilmiy ommabop va sof beleristik xarakterda bo‘ladi. Esse uslubi obrazliligi, ofaristikligi,jonli tilga yaqinliligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat bo‘ladi. Mustaqil janr sifatida A.Montel ijodida tarkib topgan. Bu janr G‘arbda oldinroq ishlatilgan bo‘lsa-da, o‘zbek adabiyotida XX asrning 70-80-yillaridan esse yaratila boshlandi. Talabalarning faqatgina umumiy tushunchalar bilan tanish ekanligi yetarli emas. Talabalar har qanday mavzudagi qarama-qarshi fikrlar va qarashlarni o‘zlashtirishlari, ya’ni ularni tahlil va kerak bo‘lsa tanqid qilib ham o‘rganishlari talab qilinadi. Muhokama va bahs olib borish usullari va ilmiy tarzda o‘z xulosalaringizni taqdim etish yo‘llari muhim ahamiyatga ega. Har yili millionlab talabalar chet mamlakatlarda o‘qishni tanlashadi. Buning sezilarli (a) bo‘lishi mumkin, qaysiki boshqa bir madaniyat bilan tanish bo‘lish imkoniyatidek, ammo vatanni qo‘msash, yakkalanib qolish kabi muayyan ham qamrab oladi. Boshqa bir (c) tomoni yashash xarajatlari va u yerdagi narxlarning balandligi bo ‘lishi mumkin. Tashkil etish. Muhokama ikki xil yo‘lda tashkil etilishi mumkin. Birinchisi - vertikal usul, bunda afzalliklar va kamchiliklar alohida ko‘rib chiqiladi. Ikkinchisi - gorizontal, bu usulda esa mavzu turli nuqtai nazardan yoritiladi. Vertikal Salbiy tomoni: Qamoqxonalar qimmat, ularni “jinoyat universitetlari" deb atash mumkin, ko ‘p mahbuslar qamoqxonani tark etgandan so ‘ng ham yana jinoyatga qo ‘l urishadi, aksar mahbuslar tuzatib bo ‘lmaydigan ma ’naviy kasallikka chalinishadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling