O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi


Biroq: faktik mazmunni bermaydi, balki faqat uni va mazmunni berish sxemasini ko ‘rsatadi


Download 1.47 Mb.
bet63/68
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1556119
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor

Biroq: faktik mazmunni bermaydi, balki faqat uni va mazmunni berish sxemasini ko ‘rsatadi.
TEZISLAR
Ideal holatda rejaning har bir bandini tezisga (ta’kid, qoidaga) aylantirish mumkin:

  • o‘qib chiqilgan (yoki og‘zaki bayon qilingan) matnni takrorlaydi, lo‘nda ifodalaydi va xulosalaydi;

  • har doim dalillarga ega bo‘ladi;

  • mazmun mohiyatini aniqlaydi;

  • materialni umumlashtirishga imkon beradi;

  • maqola, ma’ruza, dissertatsiya va shu kabilarni tanqidiy tahlil etish uchun qimmatlidir.

Tezislar turi:

  • oddiy (ko‘pincha ko‘chirmalardan iborat bo‘ladi);

  • asosiy (odatda mustaqil ifodalanadi);

  • murakkab (o‘zida ikki xil yozuvni jamlaydi).

KONSPEKT

  • reja, ko‘chirmalar va tezislarning birlashtirilishini nazarda tutadi;

  • bayonning ichki mantiqiga qurilgan;

  • asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni o‘z ichiga oladi;

  • tuzuvchining materialga nisbatan munosabatini aks ettiradi;

  • nafaqat tuzuvchi, shu bilan birga uning boshqa o‘quvchisi tomonidan ham ishlatilishi mumkin.

Konspektda quyidagilarni aks ettirish kerak:

  • gap nima haqida;

  • nima ta’kidlanayapti;

  • qanday dalillanayapti.

Konspektda so‘zlar ko‘p bo‘lishi, haddan ortiq ko‘chirma olish,matnning mantiqiga putur yetkazib, uning uslubiy xususiyatini saqlab qolishga urinishdan o ‘zingizni tiying.
Referat - bir yoki bir necha manbalarda mavjud bo‘lgan g‘oyalarning qisqacha yozuvi, u har xil nuqtai nazarlarni qiyoslash va tahlil qilish mahoratini taqozo etadi.
Referat - asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. SHuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozitsiyasini nazarda tutadi.
Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling