O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua urganch – 2023
Download 1.17 Mb.
|
Majmua O\'TSQ
Tutuq belgisining vazifalari:
1. Unlidan keyin kelib, shu unlini cho‘ziqroq aytilishi uchun qo‘yiladi: a’lo, Ra’no, da’vo, ta’na, ma’lum, ma’no, me’roj, ma’sum, ma’rifat, ma’naviyat, ta’zim, ne’mat. 2. Undoshdan keyin kelib, shu undoshni keyingi unlidan ajratib aytish uchun qo‘yiladi: sur’at, jur’at, mas’ul, mas’ud, qal’a, qit’a. 3. S va h harflari yonma-yon kelgan paytda sh harflar birikmasidan farqlash uchun qo‘yiladi: Is`hoq, as`hob. ESLATMA: Mo‘jiza, mo‘tabar, mo‘tadil kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham ( ` ) tutuq belgisi qo‘yilmaydi. QO‘SHIB YOZISH 1. Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo‘ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug‘doyrang va h.k. 2. -r, -ar, -mas qo‘shimchasi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: o ‘rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi. 3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo‘shma otlar va sifatlar qo‘shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo‘yko‘z, sherdil, otquloq singari. 4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo‘ljallanganligi yoki joyga nisbat berish kabi ma’nolarni bildiruvchi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: ko‘ksulton, oqbosh; shirinso‘z, achchiqtosh; kirsovun, tokqaychi, ko‘zoynak, qiymataxta; tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi. 5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo‘rg‘on, Davlatobod, Xo‘jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko‘hna Urganch, G‘arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi. 6. Ruscha-baynalmilal yoki tarjima qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto‘lqin, elektrarra kabi. 7. Qisqartmalar va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar har doim qo‘shib yoziladi: O‘zMU, SamDUning. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O‘zXDP MK 8. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturxon kabi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling