III.Antonimlar: qarama -qarshi ma’noli so‘zlar: oq – qora, baland – past, yaxshi – yomon, uzun – qisqa.
ESLATMA: 1. Ko‘p ma’noli so‘zlar har bir ma`nosi bilan alohida antonimlik hosil qila oladi. Mas.: og‘ir – yengil,
og‘ir ( bosiq, vazmin) – jizzaki,
og‘ir (ish) – oson.
2. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakllari antonimlik hosil qilmaydi:
bordi – bormadi, aytdi – aytgan emas.
IV.Paronimlar:Aytilishi bir-biriga yaqin, ammo ma`nosi har xil bo‘lgan so‘zlar.
Mas.: asr (yuz yil) – asir (mahbus),
amr (buyruq) – amir(podsho),
dara (ikki tog‘ oralig‘i) – darra (qamchi),
dovon (tog‘dan oshib o‘tadigan yo‘l) – devon (she`riy to‘plam),
she’r (lirik tur) – sher (hayvon),
ta’na (dashnom) – tana (a`zo),
azm (qaror) – azim (katta, ulkan),
kompaniya (firma) – kampaniya (mavsum),
diplomat (elchi, vakil) – diplomant (diplom egasi).
ESLATMA: Paronimlarni dubletlardan farqlash kerak. Dublet bir so‘zning ikki xil yozilishidir. Kaptar – kabutar, adab – odob, gado – gadoy, battar – badtar, bekik – berkik, bekinish – berkinish, hayqirish – ayqirish, shohanshoh – shahanshoh, quvlamoq – quvalamoq, ajdarho – ajdaho.
V.Uyadosh so‘zlar.Bir turdagi narsa, belgi, harakat kabilarni bildiruvchi so’zlar uyadosh so‘zlar deyiladi. Mas.: echki – taka, serka, uloq;
baliq – sazan, laqqa, cho‘rtan;
qovun – oqnavvot, gurvak, qariqiz, tarlavuq;
uzum – kishmish, taypi, husayni, charos;
rang – oq, qora, qizil, sariq, kulrang.
ESLATMA: Omonimlar tuyuq janriga asos bo‘ladi va ular yordamida tajnis, iyhom san’ati, antonimlar yordamida tazod san’ati yaratiladi. 1-Mashq. Quyidagi omonim so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring va yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |