O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua urganch – 2023


Download 1.17 Mb.
bet15/85
Sana04.11.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1748090
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
Bog'liq
Majmua O\'TSQ

1.Fonetik yozuv. Bunda asos va qo‘shimchalar qanday aytilsa yoki eshitilsa shundayligicha yoziladi: so‘roq (so‘ra + q) , qishlog‘im, shahrim, shunday.
Fonetik yozuvda qandaydir bir tovush o‘zgarishi bo‘ladi. Masalan: hissiy, varrak, sassiq, mavqeyim, chelagim.
Ko‘ra oldi, bora oldi, boshlay ber, ayta ber kabilarning ko‘roldi, boroldi,
boshlayver, aytaver tarzida yozilishi ham fonetik yozuv qoidasidir.
Orttirma nisbat qo‘shimchalari ham fonetik yozuv qoidasida yoziladi: keltir, yozdir; o‘tkaz, o‘tqaz, o‘tqiz; yurgiz, to‘lg‘iz; ichir, qaytar.
2. Morfologik yozuv. Bunda asos va qoshimchalar aslida qanday bo‘lsa, shundayli-
gicha yoziladi: ketdi (ket + di), o‘tdi, itday, yigitcha, uchinchi, zarar, yutdi, bitdi, sunbul, yonbosh kabi. Morfologik yozuvda talaffuz inobatga olinmaydi.
ESLATMA: Qop-qora, qip-qizil, sap-sariq, yap-yapoloq kabi sifatlar, juft hamda qo‘shma so‘zlar ham morfologik yozuv qoidasi asosida yoziladi.
3.Shakliy yozuv. Rus va Yevropa tillari orqali kirib kelgan so‘zlar o‘sha tillarda qanday shaklda yozilsa, bizda ham shu shaklda yoziladi. Bu shakliy yozuv qoidasi hisoblanadi: shkaf, parta, divan, gazeta, radio, valuta, parashut, avtomobil, Rossiya, futbol, sport.
So‘z boshi va oxirida ikki undosh yonma-yon kelgan so‘zlarning yozilishi ham shakliy yozuv qoidasi hisoblanadi: fikr, zikr, hukm, sinf, zehn, stol, stul, trolleybus.
ESLATMA: Yuqoridagilardan tashqari, tarixiy-an’anaviy (kabutar, qoldimu?, kelsun) va differensial (farqlovchi) yozuv (-li yoki -lik) qoidalari ham bor.

1-Mashq. So‘zlarni qaysi yozuv asosida yozilganligini aniqlang.


Ulg‘ay, ko‘rgaz, saylоv, yutdi, ishda, O‘rta Оsiyo, kulib, urf-оdat, yеttоv, angla, uchinchi, bajartir, ishlayvеr, ko‘kka, pasay, qоp-qоra, dam оlmоq, gulistоn, so‘rоq, yuzsiz, maktabdan, gap-so‘z, achchiq, tanlоv, tilakka, o‘qitdi, ishyoqmas, uzоldi, оtga, оg‘zi, bo‘yoq, ata, bitdi.

2-Mashq. So‘zlarni qaysi yozuv asosida yozilganligini aniqlang.


Univеrsitеt, kоnstitutsiya, uchuq, sarg‘ay, оldir, gramm, urishdi, оshqоzоn, katta-kichik, qo‘rqqach, tutqaz, yasha, shtab, prоkurоr, balandda, o‘tga, ko‘nglim, paspоrt, tug‘ildi, yam-yashil, ochko‘z, biоlоgiya, оtdi, yutuq, achchiq, drama, krоss, хafa bo‘ldi, filоlоgiya, rеktоr, yamоq, yuragi, tоg‘a-jiyan, tеrakka, turib, sentnеr, traktоr, хatоyim, sap-sariq, bilagi, burildi, zооlоgiya, fakultеt.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling