O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua urganch – 2023
Download 1.17 Mb.
|
Majmua O\'TSQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etimologik yoki grafik tamoyil.
Differensial tamoyil. Talaffuzda bir-biridan aniq farqlanmaydigan yoki o‘zaro farqlari deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so‘zlar yozuvda maxsus qoida bilan ajratilib yozilishi differensiyalash (farqlash) tamoyili deyiladi.
Bu tamoyil kam qo‘llanadi. Ayrim misollar: 1. O‘zaro yaqin, shakldosh so‘zlar yozuvda tutuq belgisi yordamida farqlab qo‘llanadi: da’vo – davo, na’sha – nasha, she'r – sher, sur’at – surat, ta’qib – taqib kabi. 2. Ba’zi shakldosh so‘zlar talaffuzda urg‘u yordamida farqlanadi. Imloda bunday so‘zlarga urg‘u belgisi qo‘yiladi: atlas (karta) – atlas (mato), banda (shayka) – banda (qul), aralashma (qorishma) – aralashma (qo‘shilmaslik). 3. -li va -lik qo‘shimchalari yozuvda 1956 yilgacha farqlanmay qo‘llanilar edi. 1956-yildan boshlab adabiy orfografiyamizda ularni farqlab qo‘llashga o‘tildi. Tegishlilik ma’nosini ifodalashda -lik affiksi: shaharlik, qishloqlik, toshkentlik; ega ekanlik ma’nosida esa -li affiksi qo‘llana boshlandi: otli, to‘nli. Buning natijasida imloda bir xillikka erishildi. Qat'iy nazar, mazkur affikslarni farqsiz qo‘llash holatlari hali ham uchrab turadi. Qiyoslang: chelakli kishi – chelaklik kishi va b. 4. -lik affiksi bilan ham so‘zlar farqlanadi: bog‘liq – aloqador, bog‘liq – mol yoki pichanni bog‘laydigan narsa; bo‘shlik – yuvosh, bo‘shlik – fazo kabi. Etimologik yoki grafik tamoyil. O‘zlashgan so‘zlarning qadimgi etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish asosida yozish imloda etimologik yoki grafik tamoyil deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o‘zlashma so‘zning etimologiyasi saqlanadi. Masalan, Navoiy, Lutfiy, Maoniy, mutolaa, mushoira, muammo kabi so‘zlar ham shu tamoyil asosida yozilgan. Rus tili va u orqali o‘zlashgan rol, sentner, tender, kompyuter, bank, senator, aksiya kabi so‘zlar etimolo-gik-grafik tamoyil asosida yozilmoqda. Shunisi xarakterliki, o‘zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo‘lgan ba’zi ruscha-internatsional so‘zlar hozirgi orfografik qoidalarga ko‘ra, istisno tarzda, tilimizning talaffuz xususiyat-lariga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi: kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuska, bank – banka kabi. Ayni vaqtda orfografiya tamoyillari o‘rtasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so‘zlarning oxiridagi -viy, -iy qo‘shimchalari tarixiy-an'anaviy tamoyilga ham, etimologik-grafik tamoyilga ham mos keladi. Jo‘nalish kelishigi shakli -ga, -ka, -qa yozilishida fonetik va morfologik tamoyillar mos keladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling