8-Mashq. Zarur o‘rinlarga tutuq belgisini qo‘yib, so‘zlarni o‘qing.
Razyеzd, alо, malum, paltо, shеr, malumоt, sanat, masuliyat, pyеsa, elоn, talim, suniy, qatiy, masul, azо, davо, vada, qatiy
6.Mavzu: Matn va uning turlari.Mikro matn va makro matn.
Reja:
1. Mikromatn va makromatn
2. Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar
3. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi. Matn tuzilishi 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarningo‘zaro Grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan,mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi. Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |