O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua urganch – 2023
Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 1.17 Mb.
|
Majmua O\'TSQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matnning tahlili va tahriri.
Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Tilda eng yirik birlik gap bo‘lsa, matnda u eng kichik birlik bo‘lib qoladi. Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor birlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida o‘rganadi. An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o‘rtasida katta farqlar bor. Matnga bir butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. Hozirgi davrda mavjud bo‘lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham o‘zaro farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo — matn tuzilishi va unda mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir. Biroq matndagi har bir birlik doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida o‘rganish mumkin. Matnning tahlili va tahriri. Mavzu bo‘yicha jamlangan faktlar mohiyat e’tibori bilan har xil bo‘ladi. Ularni zaruriyligiga qarab asosiy yoki yordamchi (qo‘shimcha) fakt, mavzu qamrovi va hajmiga ko‘ra katta yoki kichik, o‘rniga ko‘ra birlamchi yoki ikkilamchi, maqsadiga ko‘ra asosli yoki asossiz, sifatiga qarab ishonchli yoki ishonchsiz, vazifasiga ko‘ra tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi, davriyligiga ko‘ra o‘tkinchi yoki davomli, mohiyatiga ko‘ra aniq yoki noaniq, xizmat doirasiga ko‘ra umumiy yoki xususiy, ahamiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy, munosabatiga ko‘ra xolis yoki noxolis faktlarga bo‘lish mumkin. Faktlar doimo haqiqatni isbotlashga xizmat qilgan. To‘plangan faktlarning ayrimlari bir-birini to‘ldirishga xizmat qilsa, ayrimlari bir-birini inkor ham etadi. Asosiy fakt bu natija demakdir. Har qanday natija sababning oqibati, hosilasi. To‘plangan barcha faktlar yangilik sifatida qog‘ozga tushmasligi mumkin. To‘plangan faktlarning ahamiyatlisini ajratib olish lozim. Matn tuzuvchi mavzu mohiyatiga mos holda faktlarni yig‘adi, saralaydi, tanlaydi, ajratadi, umumlashtiradi, belgilaydi. Matnshunoslikka oid adabiyotlarda qayd etilishicha, har qanday matn, u ilmiymi, rasmiymi, badiiymi – bundan qat’iу nazar, mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. Izchillik ana shu qoidaning birinchi talabidir. Matnda har bir so‘z, har bir gap va Abzaslar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish va izchillik bo‘lishi lozim. Agar shunday bo‘lmasa, matnni tushunish qiyin bo‘ladi. Tavsifiy matnlardashaxs, narsa, voqea-hodisaning muhim belgilari aniq ma’lumotlar, sifatlovchi ifodalar orqali bayon qilinadi. Tavsiflashda shaxs yoki narsa-voqeani xolisona baholash muhim hisoblanadi. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik-grammatik vositalar, yasama sifatlar faol ishlatiladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling