O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Leksika atamasining ikkinchi ma'nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo‘llaniladi. Leksikologiya


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1119819
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Bog'liq
OTSQ qollanma

Leksika atamasining ikkinchi ma'nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo‘llaniladi.
Leksikologiya yunoncha lexikos - so‘z, so‘zga 
doir va
 

logos - ta'limot so‘zlarining
birikuvidan olingan bo‘lib, leksika (so‘z) haqidagi ta'limot demakdir. Demak, so‘z va uning
ma'nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya (ba'zan leksika) deyiladi.
Nutqimiz so‘zlarning qo‘shiluvidan hosil bo‘ladi. So‘zni talaffuz qilganimizda va
qulog‘imiz bilan eshitganimizda go‘yo u faqat tovushlar ketma-ketligidan tashkil topgan
butunlikdek tuyuladi. So‘zni bunday 
tasavvur qilish bir yoqlamadir
, chunki har qanday tovushlar
birikmasi so‘zni hosil qilavermaydi. Masalan, so‘, ko‘s singari tovush birikmalarini so‘z deb
bo‘ladimi? Yo‘q. So‘z bo‘lish uchun tovushlar birikmasining o‘zigina kifoya qilmaydi. Ma'lum
tovush va tovushlar birikmasi ma'no bilan bog‘langandagina so‘zga aylanadi. Yuqoridagi tovush
birikmalarining tartibini o‘zgartirsak, ular ma'lum ma'no bilan bog‘lanadi.
Masalan, o‘s, so‘k kabi.Demak, so‘zning ikki tomoni: moddiy tomoni (tovush yoki harflar
ketma-ketligi) va ma'no tomoni mavjud.
Ma'lum ma'no bilan bog‘langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar
birikmasi so‘z sanaladi.
So‘z ikki xil ma'no bildiradi. Bu ikki xil ma'noni opa so‘zi misolida ко'rib chiqaylik.
Opa so‘zi akаuka, singil singari so‘zlar bilan qarindoshlik ma'nosi bilan bir guruhga
birlashadi. 
Ayni paytda
, bir guruhga mansub bo‘lgan yuqoridagi so‘zlar bir-biriga zidlanganda,
ma'lum ma'nolari bilan o‘zaro farqlanadi.
Xususan, opa so‘zi о'gay opaga zidlanganda, qon-qorindoshlik (o‘gay emaslik)
ma'nosini 
bildirishi bilan
opa so‘ziga zidlanganda, men bilan bir bo‘g‘inga mansublik ma'nosini
bildirishi bilan; aka, uka so‘zlariga zidlanganda, ayol jinsiga mansublik ma'nosi
bilan; singil so‘ziga zidlanganda esa opaiiing mendan 
kattalik
, singilning esa kichiklik ma'nosiga
egaligi
bilan
farq
qiladi.
Opa so‘zining boshqa qarindoshlik bildiruvchi so‘zlar bilan birlashtirib turadigan va ayni
paytda, ularni bir-biridan farqlaydigan ma'nolarining jami uning atash ma'nosi yoki leksik
ma'nosi
deyiladi.
Opa so‘zi yuqoridagi ma9nodan tashqari predmetlik, 
bosh kelishik
, birlik ma'nolariga ham
ega. Bu ma'nolar uning grammatik ma'nosi sanaladi. Ko‘rinadiki, nutq jarayonida har bir so‘z
leksik va grammatik ma'nolar uyg‘unligidan tashkil topadi. Odatda, leksik va grammatik
ma'nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil
topgan butunlikka nisbatan so‘z atamasi qo‘llaniladi.
Grammatik ma'nosiz, faqat leksik ma'no bildiruvchi til birligi uchun leksema atamasi
qo‘llaniladi.Bunday vaqtda so‘z morfologiya 
birligi sifatida
leksema esa leksikologiya birligi
sifatida bir-biridan farqlanadi.Demak, tahlil jarayonida gap tarkibidan so‘zlarni ajratamiz.
So‘zlar esa leksema va Grammatik qo‘shimchalarga bo‘linadi. Tilning lug‘aviy (leksik) ma'no

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling