O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


bildiruvchi birligi leksema sanaladi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1119819
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
OTSQ qollanma

bildiruvchi birligi leksema sanaladi. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida leksemalar beriladi.
Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma'noda qo‘llaniluvchi so‘zlarga ko‘p ma'noli so‘zlar
yoki polisemiya deyiladhPoli semiya yunoncha poll - ko‘p, semia - ma'no so‘zlaridan olingan
bo‘lib, ko‘p ma'noli demakdir. Polisemiya monosemiya (yunoncha mono - bir, semia
ma'no)ga zidlanadi.
Ko‘p ma'noli so‘zlarda ma'no qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, lekin u bir so‘z
hisoblanaveradi. Shuning uchun ham ko‘p ma'noli so‘zlarda ma'nolardan biri to‘g‘ri ma'no (yoki
o‘z ma'no), qolganlari esa ko‘chma ma'no bo‘ladi. Ko‘chma ma'nolar nutq tarkibida boshqa so‘z-
lar bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladi, nutq tarkibidan ajratilganda esa to‘g‘ri ma'nosi asosiy
ma'no bo‘lib qoladi. Masalan, tosh so‘zi nutq qurshovidan ajratib olinsa, «qattiq jism» ma'nosini
anglatadi.


Bir ma'noli so‘zlar tilimizda kam 
sonni tashkil qiladi va ilmiy
kasb-hunarga doir
atamalarni, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Yangi so‘zlar
(neologizmlar) ham davrlar o‘tishi bilan qo‘shimcha ma'nolarni anglatadi.
Ko‘p ma'noli so‘zlarning ma'nosini bilish va undan nutq jarayonida o‘rinli foydalanish nutqning
ta'sirchan, ifodali bo‘lishiga yordam beradi.
1. Ko‘p ma'noli so‘zlar va ma'nolarning to‘g‘ri va ko‘chma ma'nolarga bo‘linishini
yuqorida ko‘rib o‘tdik.
2.
Borliqdagi 
narsa - hodisa

belgi - xususiyat
, harakat - holat nomlari malum bir asosga
ko‘ra boshqa narsa - hodisa, belgi - xususiyat, harakat- holat nomi sifatida. ham
qo‘llaniladi. Bunday vaqtda bitta nom bitta narsa "" hodisa, belgi - xususiyat, harakat -
holatlarning nomiga xizmat qiladi. Masalan, burun so‘zi «tirik organizmning yuz
qismidan bo‘rtib chiqqan nafas olish organi» ma'nosini ifodalashi bilan birgalikda
«yerning suvlikka tomon bo‘rtib chiqqan qismi» ma`nosi ham ifodalaydi. Predmetlar
o‘rtasidagi tashqi o‘xshashlik (yuz qismidan bo‘rtib chiqqan burun bilan yer
qirg‘og‘ining dengiz yoki okean qa`ridan bo‘rtib chiqishi o‘rtasidagi o‘xshashlik)
birining nomini ikkinchisi o‘rnida qo‘llashga asos bo‘lgan.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling