(+) – yangi ma’lumot.
(-) – men bilgan narsaga zid.
(?) –meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.
Nazorat savollari:
1. Kursning maqsadi nima?
2. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi kursining vazifalari nimalardan iborat?
3. Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Kursning qanday ahamiyati bor?
Mavzu bo‘yicha testlar:
1. O‘zlashgan so‘zlar to‘g‘ri yozilgan qatorni ajrating.
a) rukzak, atelye, pulyemot
b) aktyor, sentyabr, pesa
c) felyeton, montyor, poyema
d) atelye, ayeroflot, duet
2. To‘g‘ri yozilgan qatorni belgilang.
a) mo’jiza, mo’tabar, shu’la
b) in’om, tab, e’tiqod
c) she’r, tazim, e’lon
d) mo’tadil, shula, ba’zan
3. Lotin yozuvidagi alfavit to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
a) 29 harf, 6 ta unli, 23
ta undosh
b) 29 harf, 6 ta unli, 23
ta undosh, 3
ta harf birikmasi, 1
ta tutuq belgisi
c) 29 harf, 6 ta unli, 23 ta undosh,
yolashgan unlilar, tutuq
belgisi
d) 29 harf, 5 ta unli, 24 ta undosh, ko’chish
va tutuq belgisi
4. So‘zlar to‘g‘ri yozilgan qatorni ko‘rsating.
a) stadion, material, mozaika
b) poema, okyean,doim
c) mayishat, teatr, milliard
d) oila, ukrayin, shoyir
5. Fonetika bo‘limida nimalar o‘rganiladi?
a) nutq tovushlari
b) so‘zning ma’noli qismlari
c) gap va gap bo‘laklari
d) imlo qoidalari
6. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanani aniqlang.
a) 1991-yil 2-sentabr
b) 1990-yil 21-oktabr
c) 1989-yil 21-oktabr
d) 1995-yil 21-oktabr
7. Berilgan qaysi so‘zda tutuq belgisi noto‘gri qo‘yilgan?
a) ma’sul
b) ma’sum
c) ma’mur
d) ma’qul
8. Talaffuzda tovush orttirilishi yuz bergan so‘zlar qatorini toping.
a) tabiat, doim, ilm
b) unga, achchiq
c) qadr, do‘st, g‘isht
d) go‘sht, yozdir, iliq
Do'stlaringiz bilan baham: