O’zbek tilining tarixiy taraqqiyot bosqichlari


Download 59.23 Kb.
bet7/8
Sana08.06.2023
Hajmi59.23 Kb.
#1465529
1   2   3   4   5   6   7   8
IV bosqich. XX asrning 80-yillariga kelib o‘zbek tilshunosligining amaliy, faktografik bosqichi tugallangan va to‘plangan boy daliliy ashyoni dialektik metodologiya asosida o‘rganishga kuchli zamin tayyorlab, o‘zi esa turg‘unlik holatini boshdan kechirmoqda edi. Shu boisdan butun sobiq sho‘ro davlati hududida olib borilayotgan oshkoralik va qayta qurish siyosati o‘zbek tilshunosligi fanini ham chetlab o‘tmadi. O‘zbek tilshunosligining yangi avlodlari H.Ne’matov, E.Begmatov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva, kabi olimlar qayta qurish sharoitida o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha respublika va ittifoq matbuotida chiqishlar qildilar. Ko‘tarilgan masalalarni mohiyatan ikkiga bo‘lish mumkin:
birinchidan, o‘zbek tilshunosligi empirizmdan qutulib, til hodisa-larini nazariy tadqiq qilishi, tilga sistema sifatida yondashib, lison va nutqni farqlashi va empirik asoslarda yechimi mumkin bo‘lmagan muommalarni hal etishi lozim edi;
ikkinchidan, uzoq yillar davomida o‘zbek tili ittifoqdagi turkiy, qolaversa, boshqa tillar kabi rus va Yevropa tillari qoliplari asosida o‘rganib kelindi. Uni o‘z ichki zotiy tabiatidan kelib chiqqan xolda alohida yaxlitlik sifatida o‘rganish uchun shart-sharoit vujudga keldi. Qayta qurish, oshkoralik va istiqlol natijasi o‘laroq,milliy tilshunosliklar, boshqa milliy fanlar kabi, kommunistik mafkura kishanlaridan xalos bo‘ldi. O‘zbek tilining barcha sohaari bo‘yicha qator tadqiqotlar yuzaga keldi. Bu borada H.Ne’matov, N.Mahmudov, G‘.Zikrillayev, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva, O.Bozorov, Sh.Shahoiddinova, M.Qurbonova kabi nazariyotchi tilshunoslarning ishlari alohida e’tiborga molikdir. Ular o‘z tadqiqotlarida o‘zbek tilining zotiy tabiatini ochib berishni maqsad qilib qo‘ydilar. Shu tarzda yangi istiqlol o‘zbek tilshunosligi shakllandi va qisqa muddatda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Ular asosida o‘rta maktab ona tili darsliklari butunlay yangilandi. Bu yutuqlar nimalarda ko‘zga tashlandi?
Birinchidan, lison va nutq farqlanmasligi natijasida tilshunos-ligimizda fonema va tovush, morfema va qo‘shimcha, leksema va so‘z kabi atamalar mohiyatidan kelib chiqilmagan holda, muqobil atamalar sifatida ishlatilar edi. Lison va nutqning farqlanuvi ularni qat’iy tartiblashtirdi.
Ikkinchidan, lison va nutqni farqlash grammatikada umumiy va xususiy ma’noni farqlash talabini qo‘ydi. Shunga ko‘ra, falsafaning umumiylik va xususiylik dialektikasi asosida o‘zbek tili gramatik kategoriyalari tadqiq qilindi.
Uchinchidan, so‘z turkumlari tasnifi tilshunosligimizdagi eng chigal masalalardan biri edi. Masalan, o‘zbek tilida olmosh barcha mustaqil so‘z turkumlarini, qolaversa, gap va matnni ham almashtira olsa-da, u rus tilidagidek ot, sifat, son turkumlariga xos so‘zlar almashtiruvchisi sifatida talqin qilinar edi. Bu nuqsonning asosizligi ilmiy isbotini topdi.
To‘rtinchidan, grammatik qo‘shimchalar mohiyati ham, ularning nomlanishi ham o‘zbek tilining tabiatiga yot edi. Shu boisdan so‘z o‘zgartiruvchi va shakl yasovchi atamalari ostida o‘rganiluvchi hodisalar qayta ko‘rib chiqildi va sintaktik shakl hosil qiluvchilar hamda lug‘aviy shakl hosil qiluvchilar, lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchilar atamasi ostida qayta tasniflandi.
Beshinchidan, taqlidlarning so‘z turkumlari sirasida tutgan o‘rni ham o‘zbek tili tabiatiga yot edi. Unga chuqur ilmiy tahlillar asosida mustaqil so‘zlar orasidan o‘rin berildi.
Oltinchidan, gap markazi tushunchasi fanga kiritilib, u asosda o‘zbek tilining gap qurilishiga xos zotiy mohiyati ochildi va o‘zbek tilida gap qurilishi [kesim] qolipiga ega ekanligi tan olinib, uning [ega-kesim] qolipli rus va boshqa tillardan farqi asoslandi.
Ettinchidan, qo‘shma gap tasnifi va tarkibini belgilashda ham o‘ziga xos va yangicha ish tutildi. Bunda gap markazi tushunchasiga, turkiy, xususan, o‘zbek tilida rivojlangan kesimlik shakllariga asoslanildi.



Download 59.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling