O’zbek tilshinosligida antonimiya hodisasi talqini mundarija: kirish
Download 51.09 Kb.
|
O’zbek tilshinosligida antonimiya hodisasi talqini mundarija-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2.2.Antonimlarning turlari
Lingvistik adabiyotlarda antonimlarning turlari haqida har xil qarashlar bor. Ularga asoslangan holda birinchi galda antonimlarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish lozim. 1. Lug’aviy antonimiya: og’ir-engil, keng-tor, o‘g’il-qiz va shu kabilar 2. Grammatik antonimiya: uyli-uysiz, boobro‘-obro‘siz, serjahl-yuvosh kabi. Lug’aviy antonimiyada o‘zak holatida til birliklarining qarama-qarshi ma’nolarni ifodalashi hisobga olinadi. Grammatik antonimiya esa morfemalar bilan yasash asosida ro‘y beradi. Lug’aviy antonimiyani uchga bo‘lib o‘rganish mumkii. a) leksik antonimiya; kech-erta, oq-qora, ingichka-yo‘g’on; b) frazeologik antonimiya: yerga ursa, ko‘kka sakraydi — qo‘y og’zidan cho‘p olmagan, oq ko‘ngil - ichi qora kabi; v) leksik — frazeologik antonimlar: xursand — ichini it tatalaydi, xafa— og’zi qulog’ida. Ba’zi bir adabiyotlarda antonimlarni to‘la va yarim (chala, to‘liqsiz) kabi turlarga ajratish bor. O‘qigan-o‘qimagan, yur-yurma, ko‘ylakli-ko‘ylaksiz ko‘rinishidagi leksik birliklarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Ular oddiy inkorni ifodalayapti. Biror narsaga shaxsning ega yoki ega emasligini bildirmoqda. Bunga asoslanib ularni antonimlar deyish o‘rinli sanalmaydi. Antonimlar leksik ma’no anglatadigan sememalar orasida bo‘ladi. Leksik ma’no tarkibiga kiruvchi semalar ideografik semalar hisoblanadi. Bosh (to‘g’ri) ma’noli semalar antonimiyani hosil qiladi; quyuq-suyuq, oq-qora, tor—keng. Hosila (ko‘chma) ma’noli semalar ham antonimiyani yuzaga keltirish mumkin; to‘g’ri (odam) -egri (odam). O'zaro antonimlar. Ikkala so'z ham boshqasiz mavjud bo'lolmaydi. Masalan: sotib olish Sotish; berish - qabul qilish. Asta-sekin antonimlar. Garchi ular qarama-qarshi ma'noga ega so'zlar bo'lsa-da, ular orasida asta-sekin atamalar mavjud. Masalan: qora oq (o'rta muddatli: Kulrang) yoki sovuq - issiq, (oraliq muddat: iliq). Bir-birini to'ldiruvchi antonimlar. Bir atamaning mavjudligi boshqasining mavjud bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Masalan: turmush qurmagan turmush qurmagan yoki Tirik o'liklar (odam bir vaqtning o'zida o'lik va tirik bo'lishi mumkin emas). XULOSA O’zbek tilida antonimlarning leksik-semantik tuzilIshini o'rganish quyidagn xulosalarni chiqarishga imkon beradi. 1. Ayrim asarlarda ko'rsatilganidek antonimlar faqat turli o'zakli so'zlardan emas, balki bir xil o'zakli so'zlardan ham yasaladi. Bunday antonimlar asosan sifat kategoriyasiga xos bo'lib, ularning ko'pi -li, -siz, -bo, -be, -no kabi yasovchi affiks (suffiks va nrefiks)lar, tabiiy, inqilobiy tipidagi asli arabcha sifatlarga -g'ayri, -aksil kabi elementlar qo'shish yo'li bilan hosil bo'ladi. Internasional so'zlar doirasida ot va sifatlarga -anti,-an,-kontr kabi element (prefiks)lar ko'shnsh bilan zid ma'noli so'zlar hosil hilinadi: fashist-anti-fashist, organik-anorganik, revolyusiya-kontrrevolyusiya kabi. 1. Ba'zi asarlarda -li, -siz affikslari vositasidaantonimlar hosil bo'lishi93 ta'kidlangan bo'lishiga qaramasdan, keyiigi ayrim asarlarda bunday affikslar vositasida antonimlar yasalishi inkor etiladi.Kuzatish, -li, -siz affikslari vositasida ham antonimlar yasalishi mumkinligini ko'rsatdi. Bu ishda -li, -siz affikslari vositasida yasalgan sifatlar hay hol larda antonimlar yasashi mumkinligini ko'rsatuvchi kriteriyalarni belgilashga haraqat.qildik. 3. Nutq jarayonida bir-biriga qarama-qarshi ma’noda ishlatilishi mumkin bo'lgan har qanday so'zlar ham antonim bo'lavermaydi. Masalan. ayrim tilshunoslar antonim hisoblab kelgan ota-ona, aka-uka kabi qarindoshlik nomlari, o'qidi-o'qimadi kabi fe'lning bo'lishli va bo'lishsiz formalari antonim bo'lolmaydi. Chunki aka-uka tipidagi otlar bir-birini inkor etmaydigan, bir vaqtda parallel mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan predmetlarni bildiradi. Shuningdek, o'qidi-o'qimadi tipidagi fe'llar bir-biriga qarama-qarshi yo'nalmagan harakatni bildiradi. 4. Ko'pgina so'zlarning antonimik darajasini belgilashda mantiqiy markaz deb atalgan qoida katta yordam beradi. Ma'lumki, antonimlar bir-biriga qarama-qarshi turadigan ikki qutbdagi tushunchalarni bildiradi, binobarin, bu ikki qarama-qarshi qutb orasida qandaydir bir oraliq hodisa (tushuncha)— mantiqiy markaz bo'lishi kerak. Masalan, (juda) yaxshi— (juda) yomon o'rtalig'ida o'rta, qoniqarli kabi tushuncha, chap-o'ng oralig'ida o'rta, to'g'ri kabi, pastlik yoki chuqurlik (jarlik) bilan balandlik yoki do'nglik, tepalik kabi tushunchalar markazida tekislik tushunchalari mavjud. Bu qoidaga ko'ra qish-bahor, yoz-kuz kabi yonma-yon yoki birin-ketin keladigan hodisalarning nomi emas, balki ularning har birida teng uzoqlikdagi tushunchalarni bildiradigan nomlar o'zaro antonim bo'lishi mumkin. Masalan, qish va yoz, bahor va kuz so'zlari bir-biriga nisbatan antonim bo'ladi. Chunki bu fasllar orasida keladigan fasllarning nomlari ularga nisbatan mantiqiy markaz vazifasini o'taydi. Issiq-sovuq, yaqin-uzoq, ochmoq-yopmoq kabi ayrim antonimlarda mantiqiy markaz reallashmagan bo'ladi. Biroq bunday antonimik juftliklarni atroflicha, chuqurroq o'rganish tufayli ularda ham mantiqiy markaz mavjudligini aniqlash mumkin. Mantiqiy markazni topish mumkin bo'lmagan hollarda, so'zlarning antonimligi ularning boshqa umumiy belgilari asosida aniqlanadi. 5. Turkiy tillarda antonimlar maxsus o'rganilgan ilmiy ishlarda ularning tuzilish jihatdan turlari 6 xill bo'lishi ko'rsatilgap95. Biz to'plagan material antonimlarning morfologik strukturasi ancha murakkabligini va tuzilish jihatdai 30 xildai ortiq ekanligini_ ko'rsatdi. Gap shundaki, antopimlar hosil qilishda faqat tub yoki yasama so'zlargina emas, qo'shma, juft va takroriy so'zlar, shuningdek, frazeologik iboralar ham ishtirok etadi. Antonimlar hosil qilishda hamma leksik birliklarning qatnasha olishi antonimlarni tahlil qilishda va ularning lug'atini tuzishda faqat azob-rohat, boadab-beadab kabi tub-tub, yasama-yasama kabi antonimlar bilan cheklanmasdan96, balki tub-yasama, tub-qo'shma, tub-juft, tub-takroriy, tub-frazeologik iboralar (botir—chumchuq pirr etsa yuragi shirr etadigan) singari antonimik juftliklarni ham ko'zda tutish lozimligini taqozo qiladi. Antonimik juftlikni hosil qilishda barcha leksik va frazeologik birliklarning ishtirok eta olishi o'zbek tilining antonimlarga g'oyat boy ekanligini ko'rsatadi. 6. Antonimiya hodisasi, boshqa til hodisalari kabi, o'ziga yaqin hodisalar bilan, ayniqsa sinonimiya hodisasi bilan yaqin bog'langan bo'ladi. Antonim hosil qiluvchi so'zlarning o'zini o'rganish bilan cheklanmasdan, bunday so'zlarning sinonimlari bilan taqqoslab o'rganish tilda antonimik juftliklardan tashqari antonimik gruppalar ham mavjudligini ko'rsatdi. Ma'no jihatdan ikki qarama-qarshi sinonimik qator (yoki to'p)dagi so'zlar qarshi guruhdagi har bir so'z bilan, ayniqsa, dominant so'z bilan antonimik munosabatga kirisha olgan taqdirdagina ular antonimik guruh tarkibiga kira oladi. 7. Ba'zi asarlarda to'la antonimlar o'z sinonimiga ega bo'lmagan yakka ma'noli so'zlardan hosil bo'ladi deb ko'rsatilgan edi. Mavjud materiallarni o'rganish: ta'sirli-ta'sirsiz, baxtli-baxtsiz kabi ko'p ma'noli so'zlar sinonimi bo'lish-bo'lmasligidan qat'i nazar to'la antonim bo'la olishini ko'rsatdi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1992. 120 - 126- betlar. 2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980.118-120- betlar. 3. O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent. O‘qituvchi. 1981. 251-258- betlar. 4. SH.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.SHukurov. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug’ati. Toshkent. O‘qituvchi. 1984. http://hozir.org Download 51.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling