O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua


Ko‘makchi yordamchi so‘zning bir ko‘rinishi sifatida


Download 1.5 Mb.
bet2/4
Sana12.11.2020
Hajmi1.5 Mb.
#144339
1   2   3   4
Bog'liq
Hoz. o'zb. til. II semestr.2020


Ko‘makchi


Ko‘makchi yordamchi so‘zning bir ko‘rinishi sifatida. Turkiy tillarda (jumladan, o‘zbek tilida ham) ko‘makchi ko‘pdan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bo‘lib kelmoqda. O‘zbek tilidagi ko‘makchiga birinchi bo‘lib mukammal ta’rifni A.N.Kononov bergan: “Ko‘makchilar shunday bir gruppa so‘zlarki, ular ot bilan yoki obyekt bilan predikat orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo‘nalish, o‘xshatish kabi munosabatning yaratilishida xizmat qiladi”. SH.Shoabdurahmonov ham o‘zining “Yordamchi so‘zlar” asarida ko‘makchiga shunday ta’rif bergan: “Ko‘makchi obyektning obyektga yoki obyektning predikatga bo‘lgan turli grammatik munosabatini ko‘rsatuvchi yordamchi so‘zdir”. Darhaqiqat, ko‘makchi mustaqil so‘z orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik ma’nocini aniqlashtirish, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati bilan ko‘makchi bog‘lovchi va yuklamadan farq qiladi. Ko‘makchi ma’no va vazifa jihatidan kelishik qo‘shimchasiga yaqin turadi. SHuning uchun ba’zan kelishik shaklidan anglashilgan ma’no ko‘makchi bilan ham ifodalanadi (Mashinada keldim – mashina bilan keldim. Ukamga oldim – ukam uchun oldim kabi). Lekin ular kelishik affiksiga qaraganda ma’noni aniq, konkret ifodalaydi.

Ko‘makchining shakliy xususiyatiga ko‘ra turlari. Ko‘makchi shakli va bajaradigan vazifasi jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:

a) sof ko‘makchi;

b) yarim ko‘makchi;

d) qo‘shimchasimon ko‘makchi.

Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan [uchun], [bilan], [sari], [qadar], [kabi], [singari], [sayin], [orqali] so‘zi sof ko‘makchi, ular tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lashga xizmat qiladi. Sof ko‘makchi boshqa so‘zga birikkan holda turli munosabatni anglatadi. Jumladan, [bilan] ko‘makchisi o‘zbek tilida asosan ko‘makchi, ba’zan bog‘lovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko‘makchi turi yordamchi so‘zdan birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan ko‘makchi-bog‘lovchi atamasi ostida ham o‘rganilmoqda. [Bilan] yordamchisining etimologiyasi haqida prof.A.N.Kononov V.V.Radlov, J.Deni kabi qator turkiyshunoslarning fikrini e’tiborga olib, uning [birlan] so‘zidan kelib chiqqanini aytgan. [Bilan] yordamchisining [birla], [birlan], [bila], [ila], [-la] shakllari vazn, qofiya va uslub talabiga ko‘ra ko‘proq poeziyada uchraydi. CHunonchi, Baxt ila to‘lib-toshgan go‘zal oy deraza tagida o‘sgan daraxt barglarida mudrab yotadi. (R.Tag.) Bu ko‘makchi quyidagi ma’nolarni bildiradi:

1) biror harakatning bajarilishida shaxs yoki predmetlarning birgaligini: Ko‘pchilik bilan odam o‘zini kuchli sezadi;

2) harakatni bajarishda vosita ma’nosini: Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi (P.Qod.);

3) payt ma’nosini: Qo‘ng‘iroq chalinishi bilan o‘qituvchi sinfga kirdi;

4) sabab ma’nosini: Ular: ”Gulnor o‘z ajali bilan o‘ldi… ”, -deyishdi. (Oyb.);

5) harakatning bajarilishidagi holatni: Onamning mehr bilan boqib turgan ko‘zlarini bir umr unuta olmasam kerak. (Oyb.)

[Bilan] ko‘makchisi – keng tarqalgan yordamchi so‘z. Uning bog‘lovchilik, ko‘makchilik tabiati olimlarimiz orasida tortishuv bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shu boisdan “… va, bilan, hamda, shuningdek so‘zi hozirgi o‘zbek adabiy tilida teng bog‘lovchining biriktiruv bog‘lovchi turiga kiradi” degan fikr ham ilgari surilgan. Ammo bu o‘rinda shuni qayd etish kerakki, bog‘lovchi vazifasidagi [bilan] ning [va], [ham] biriktiruv bog‘lovchicidan farqlanadigan o‘ziga xos xususiyati bor:

- «birgalik» ma’nosi [bilan] yordamchisi uchun xos: Chodir sahnasidan bir qiz bilan yigit chiqib o‘yin qildi (M.Ism.). Ushbu misoldagi [bilan] o‘rnida [va] ni qo‘llasak, yuqoridagi ma’no kelib chiqmaydi, balki qiz bilan yigitning alohida–alohida o‘ynagani ma’nosi ifodalanadi.

- [va], [ham] bog‘lovchilari uyushib kelgan fe’l kesimni bog‘laydi, ammo [bilan] da bu imkoniyat chegaralangan. Qiyoslang: Lola ishlaydi va o‘qiydi. Lola ishlaydi ham o‘qiydi. Ammo Lola ishlaydi bilan o‘qiydi tarzidagi gap nutqda ishlatilmaydi. [Bilan] ning grammatik vazifasi – bog‘lovchi va ko‘makchi vazifasida kela olishi; shunga ko‘ra, [bilan] boshqa ko‘makchidan farqlanadi. SHuning uchun [bilan] ko‘makchisini ko‘makchi–bog‘lovchi termini bilan ataganimizda, uning barcha xususiyati qamrab olinadi. Bu ko‘makchi turi gapda vosita ma’nosini bildirganda to‘ldiruvchi, sabab, payt, harakatning bajarilish tarzini bildirganda hol vazifasida keladi.

[Uchun] ko‘makchisi «atalganlik» (Yo‘lchi uchun keltirgan tugunchak yodiga tushdi (Oyb.)), «maqsad» (Hamma xalq ochdan o‘lmaslik uchun bir amal–taqal qilib turibdi (Oyb.)), «sabab» (Kampirning ahmoqligi yo dushmaningizning ig‘vosi uchun shundoq deyishga qandoq tilingiz bordi? (A.Qah.)) «evaz» (E’tiboringiz uchun rahmat) kabi ma’noda qo‘llanib, to‘ldiruvchi, maqsad, sabab holi vazifasida keladi.

[Kabi], [singari], [yanglig‘] ko‘makchisi bir narsani boshqa narsaga o‘xshatish, chog‘ishtirish ma’nosini anglatadi. Masalan, Ukam men kabi bechora… g‘am chekib yotgandir (Oyb.). [Kabi], [singari] ko‘makchisi bilan [-dek], [-day] qo‘shimchalarining ma’nodoshlik xususiyati tilshunoslarimiz tomonidan qayd etilgan. Formal tilshunoslikda bu affikslar ravish yasovchi qo‘shimcha sifatida berilgan. [-dek], [-day] affikslari orqali yasalgan ravishlar harakat va holatning yasash asosida ifodalangan narsa yoki belgi-xususiyat bilan o‘xshashligini, qiyoslashni bildiradi: tog‘-dek, ot-dek, lochin-day, qadimgi-day, ilgarigi-dek, avvalgi-dek, burungi-day, gul-day kabi: Qalandarov ertasiga kundagiday saharda idoraga chiqdi (A.Qah.). U go‘yo tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ini ko‘rmoqchiday boshini ko‘tarib hayajon va sog‘inch bilan uzoqlarga tikildi (Oyb.) Bu o‘rinda ham til hodisalarini izohlashda zo‘rma-zo‘rakilik yuzaga kelgan. Natijada nutqimizda tez-tez ishlatiladigan ushbu qo‘shimchalar boshqacha talqin etilgan. Buni quyidagi oddiy qiyosda ko‘rish mumkin (26-jadval):

26-jadval


[-dek], [-day] (qo‘shimchasimon ko‘makchi)

[kabi], [singari], [yanglig‘]

(sof ko‘makchi)



1.Oydek go‘zal qiz.

2.Tog‘dek yuksak.

3.Lochinday dadil.

4.Ilgarigidek qadrdon bo‘lib ketishgan.

5.Gulday ochilib menga bir bor qaramaysiz.


Oy kabi go‘zal qiz.

Tog‘ kabi yuksak.

Lochin singari dadil.

Ilgarigi kabi qadrdon bo‘lib ketishgan.

Gul yanglig‘ ochilib bizga bir bor qaramaysiz.

Oddiy mantiq [–dek], [-day] qo‘shimchasi [kabi] ([singari], [yanglig‘], [misol], [misoli]) sof ko‘makchisiga sinonim ekanligini, [-dek], [-day] qo‘shimchacida so‘z yasash xususiyati yo‘qligini ko‘rsatib turibdi.

[-dek], [-day] qo‘shimcha shaklidagi ko‘makchi hamisha o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi va urg‘uli bo‘ladi, ko‘pincha bir-birini almashtira oladi. Ular bitta ko‘makchining ikki ko‘rinishi.

[-dek], [-day] ko‘makchi-qo‘shimchasi o‘zining eski adabiy o‘zbek tilida keng qo‘llangan [-dayin] ko‘rinishiga ham ega. Bu ko‘rinish hozir, asosan, ko‘tarinki uslubda, she’riyatda qo‘llaniladi: 1. Oydayin ruxsoringga zoru intizorman o‘zim. 2. Zihi sarv ustida yuzung qamardayin, Qani bir shoxi gul sen siymbardayin. («Muhabbatnoma»)

[-day] ko‘makchisi [shunday], [bunday], [qanday], [unday], [allaqanday] kabi olmosh; [jinday], [qittay], [arziguday], [aytganday], [jo‘jabirday], [o‘lguday], [davangirday] kabi ravish tarkibida yaxlitlanib, qotib, o‘zakdan ajralmaydigan bo‘lib qolgan.

[Qadar], [dovur] ko‘makchici hokim bo‘lakka tobelanish munosabatini yuzaga chiqarar ekan, bunda o‘rin, payt ma’nocini ifodalaydi. [Qadar] ko‘makchisi [-ga] qo‘shimchali ot va olmosh bilan qo‘llanib, «chegara», «nihoya» ma’nocini bildiradi: Tantanali yig‘ilish boshlangunga qadar askiya, o‘yin-kulgi davom etdi. (Oyb.) [Qadar] ga ma’nodosh qo‘shimchasimon ko‘makchi sifatida [-cha] qo‘shimchasining to‘g‘ri kelishi ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan: Mehmonlar kechga qadar o‘tirishdi Mehmonlar kechgacha o‘tirishdi.

[Orqali] ko‘makchisi harakatning biror vosita bilan bajarilishini bildiradi: Anvar o‘z istiqbolini yolg‘iz muhabbat orqali ko‘rar edi. (A.Qod.) [Bilan] va [orqali] ko‘makchilari vosita ma’nosini anglatishga ko‘ra ma’nodoshlik hosil qiladi. Ammo bu ma’nodoshlik ma’lum kontekstdagina voqelanadi. O‘rin ma’nosini ifodalagan otlar bilan birikkanda [bilan] va [orqali] ko‘makchilari sinonim bo‘ladi: Katta yo‘l orqali yurib borib chapga burildik – Katta yo‘l bilan yurib borib chapga burildik. Agar ko‘makchi boshqarayotgan ot o‘rin ma’nosini ifodalamasa, bu ko‘makchilar ma’nodoshlik kasb etmaydi. CHunonchi, Yigitga deraza orqali to‘yib-to‘yib qarashga zor bo‘lsa-da,…(Oyb.)

[Sari] ko‘makchisi harakatning yo‘naltirilgan o‘rni, payti ma’nosini anglatadi: Hirot sari yurdik. (Oyb.) Ko‘krak og‘rig‘im borgan sari battar bo‘lyapti. (Oyb.) [Sari] ko‘makchisi o‘rin, tomon, payt ma’nosini bildirganda [sayin] ko‘makchisi bilan ma’nodosh bo‘ladi. Gapda payt, o‘rin holi, to‘ldiruvchi vazifacida keladi.

Ma’lumki, sistem tahlil jarayonida har bir narsaning mohiyati shu narsaning o‘ziga o‘xshash, ayni vaqtda undan farqli va unga zid boshqa narsalar bilan bo‘lgan munosabati orqali ochiladi. Jumladan, o‘zbek tilining lug‘aviy tizimi mustaqil va yordamchi leksemaga bo‘linadi. O‘z navbatida, mustaqil leksema atash/nomlash vazifasini bajaruvchi atovchi leksema va ishora ma’noli leksema (olmosh) ga, yordamchi esa ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamaga, bularning har biri, o‘z navbatida, yana boshqa guruhga pog‘onali ravishda bo‘linib ketaveradi. Tilimizning yordamchi so‘z, mustaqil so‘z va morfema tizimi izchil pog‘onaviy (ierarxik) tuzilishga ega bo‘lib, nisbiy va quyi pog‘onalar o‘zaro gipo-giperonimik (tur-jins) munosabati bilan bog‘lanadi  har bir yuqori bosqich quyi pog‘ona uchun giperonim mavqeida, quyi bosqich yuqori bosqichga nisbatan giponim mavqeida bo‘ladi. Demak, so‘z yoki morfema ma’lum bir pog‘onadan o‘tib, lisoniy birlik darajasiga etadi. Quyida ayrim yordamchi so‘z (ko‘makchi) ning umumlisoniy ma’nosini berishga harakat qilamiz:

[Bilan] leksik sath birligima’noviy nomustaqil – umumlashgan grammatik ma’noli  shaklan morfologik o‘zgarmas  leksoid va affiksoid ko‘rinishli  yakka qo‘llanishli  sintaktik bog‘lash vazifasida kela oladigan lisoniy birlik.

[Kabi] - leksik sath birligi – ma’noviy nomustaqil – umumlashgan grammatik ma’noli – shaklan morfologik o‘zgarmas – leksoid ko‘rinishli – yakka qo‘llanishli – sintaktik bog‘lash vazifasida kela oladigan lisoniy birlik.



Boshqa ko‘makchiga ham shunga o‘xshash ta’rif berish mumkin.

Yarim-Nisbiy(vazifadosh) ko‘makchi haqida. Mustaqil so‘zning “nomustaqillik” belgisiga nisbatan mo‘tadilligi sababli mustaqil so‘z ichidan nisbiy yordamchi ajralib chiqadi. Nisbiy ko‘makchi bir xususiyati bilan ma’noviy mustaqil, ikkinchi xususiyati bilan ma’noviy nomustaqil leksemaga o‘xshab ketadi va oraliq uchinchi guruhini hosil qiladi. Leksema nomustaqil leksema sifatida voqelanganda, leksema sememasi o‘z muayyanligini kuchsizlantiradi va semema grammatik ma’no sifatida voqelanadi. Chunonchi, quyidagi gaplarda berilgan [ko‘ra] leksemasining ma’nolarini qiyoslashga harakat qilamiz: 1. Yaxshi-yomonni ko‘ra-ko‘ra odamning yaxshimi, yomon ekanini tez ajratib oladigan bo‘lib qolgan. (A.Qah.) 2. Qalandarovdan shikoyat boshlashdan ko‘ra ko‘proq bu noqulay ahvoldan chiqish uchun … (A.Qah.) 1-gapda qo‘llanilgan [ko‘ra] «ko‘z bilan ko‘rmoq, kuzatmoq» semasiga ega bo‘lsa, 2-gapda «ko‘rish» semasi kuchsizlangan va «chog‘ishtirish, qiyoslash» grammatik ma’nocini voqelantirgan. 1-gapda qo‘llanilgan [ko‘ra] [ko‘rmoq] fe’lining ravishdosh shakli bo‘lsa, 2–gapda fe’l ko‘makchi sifatida tobelanish munosabatini hosil qilgan. Qolgan nisbiy ko‘makchilar ham xuddi shunday xususiyatlarga ega. [Old], [oldin], [orqa], [ro‘para], [qarshi], [avval], [keyin], [so‘ng], [oxir], [tomon], [ost], [ust], [tag], [tepa], [yon], [uch], [ich], [o‘rta], [ora] kabi o‘rin va payt ma’noli ot, [bosh], [qosh], [lab], [og‘iz], [oyoq], [qorin] kabi tana a’zolari nomi, [qariyb], [bo‘ylab], [boshlab], [ko‘ra], [deya], [deb], [atab], [o‘xshab] kabi ravishdosh ko‘p holda ko‘makchi vazifasida keladi va ko‘makchi sirasining boyishiga sabab bo‘ladi. Bunday holda bu so‘zlar nisbiy yoki yarim ko‘makchi sanalib, o‘zi birikib kelgan so‘z bilan birgalikda bir gap bo‘lagi, ko‘pincha, hol bo‘lib keladi. Ko‘makchidan [bilan], [uchun], [kabi], [singari], [yanglig‘], [sayin], [sari], [sababli], [orqali], [tufayli], [chog‘li], [bo‘ylab], [haqida], [to‘g‘risida] kabilar o‘zi birikib kelgan so‘zga hech qanday qo‘shimchasiz bog‘lanadi; [tomon], [qadar], [qarshi], [qaraganda], [doir]; [binoan], [qaramay] kabi ko‘makchi o‘zi birikib kelgan so‘zdan [-ga] qo‘shimchasini qabul qilishni talab qiladi: qonunga binoan, ukasiga qaraganda, baxtga qarshi; so‘ng, keyin, boshqa, tashqari, buyon, avval, ilgari, boshlab ko‘makchici [-dan] qo‘shimchali so‘z bilan birikadi: bundan avval, o‘qishdan keyin, tanaffusdan so‘ng kabi. Ko‘makchining grammatik munosabatni yaratib, kelishik qo‘shimchaciga o‘xshash vazifani bajarishi haqida yuqorida qisman aytib o‘tilgan edi. Darhaqiqat, ko‘makchi shu xususiyati bilan ham boshqa yordamchi so‘zdan farq qiladi. A.N.Kononov ta’biri bilan aytganda, ko‘makchi ko‘p holda kelishikning dubleti sanaladi. Masalan: Ukamga oldim – Ukam uchun oldim. Siyohda yozdi – Siyoh bilan yozdi. Telefonda gaplashdi – Telefon orqali gaplashdi. Akamni gapirdi – Akam haqida gapirdi.

Аdabiyotlar

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

3. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.



25-ma’ruza. Bog‘lovchilar. Yuklamalar. Ma’nosi va vazifasi.

Reja:

  1. Ma’nosi va vazifasi.

  2. Turlari. Bog‘lovchilar konversiyasi.

  3. Ularning nutqdagi o‘rni.

  4. Yuklamaning ma’nosi va vazifasi.

  5. Turlari. Yuklamalar va modal so‘zlar munosabati.

  6. Yuklamalarning nutqdagi o‘rni.



Bog‘lovchi va uning shakliy ko‘rinishlari. Bog‘lovchi ham ko‘makchi kabi sintaktik aloqa vositasi sanalib, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan tashqari, teng munosabatni ham hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bog‘lovchi gap bo‘laklari, qo‘shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqani, grammatik munosabatni ko‘rsatadi. Bog‘lovchining mohiyati, o‘zbek adabiy tilidagi bog‘lovchining turi, bu turga oid so‘zlar tilshunosligimizda keng o‘rganilgan. Mavjud adabiyotlarda bog‘lovchining turi va bu turga qaysi so‘z mansubligi masalasida turlicha nuqtayi nazar bor, ya’ni bir tadqiqotda bog‘lovchi deb berilgan birlik boshqasida yuklama qatoriga kiritiladi, ko‘makchi deb berilgan birlik bog‘lovchi deb tan olinadi. Bog‘lovchiga oid so‘zning aniq belgilanmasligi sababi ular lison-nutq jihatidan o‘rganilmaganligida bo‘lsa kerak.

Bog‘lovchini ham ko‘makchi singari shakliy jihatdan uch guruh (sof bog‘lovchi, nisbiy bog‘lovchi, qo‘shimchasimon bog‘lovchi) ga ajratib o‘rganish lozim. Sof bog‘lovchi guruhiga faqat bog‘lovchi vazifasida qo‘llaniladigan [va], [hamda], [yo], [yoxud], [yoki], [ammo], [lekin], [biroq], [chunki], [shuning uchun], [agar], [ya’ni] kabi yordamchi so‘z xos. Qo‘shimchasimon bog‘lovchi guruhiga [-ki (-kim)], bog‘lovchi va yuklama vazifasida kela oladigan [-u/-yu], [-da], [-mi] qo‘shimchaci mansub. [-u/-yu], [-da] qo‘shimchasining bog‘lovchi vazifasini to‘la-to‘kis bajarishi qator manbada qayd etilgan, [-mi] qo‘shimchasida ham bog‘lovchilik xususiyati borligini 1.Yomg‘ir yog‘dimi, hamma joy nam bo‘ladi, 2.Karim keldimi, to‘polon boshlanadi tipidagi gaplar tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda qo‘llangan [-mi] qo‘shimchasi ta’kid ma’nosini voqelantirgan holda sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajarmoqda. Nisbiy bog‘lovchiga mustaqil so‘z turkumidan o‘sib chiqqan, “oraliq uchinchi” tabiatiga (ham mustaqil, ham yordamchi) ega bo‘lgan [ba’zan], [bir], [vaqtida], [hali], [goh] ([goho]) kabi so‘zlarning takroriy shakli misol bo‘ladi. Chunonchi, 1. Ba’zan Qoratoyning ishxonasida, ba’zan choyxonada tunab yurdi. (Oyb.) 2. Ikki kundan beri goh savalab, goh shiddat bilan yog‘ayotgan yomg‘ir hammayoqni ivitib yubordi. (A.Qah.) 3. Vaqtida qor yog‘adi, vaqtida yomg‘ir. Bu gaplarda qo‘llanilgan [ba’zan], [goh] ([goho]), [vaqtida] so‘zlarining vazifasi bog‘lovchiga juda yaqin.

1.Salima tez qaytdi. U yangi xabar olib keldi. 2. Brigadada mehnat yaxshi uyushtirilmadi. Natijada hosil kam bo‘ldi. 3. Azimboy ko‘p zulm o‘tkazdi. Oqibatda xalqning sabr kosasi to‘ldi gaplaridagi [u], [natijada], [oqibatda] so‘zlari birinchi gapni ikkinchi gap bilan bog‘lab kelmoqda. Demak, [u], [natijada], [oqibatda] so‘zi ham nisbiy bog‘lovchi sirasiga kiritilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Ikkinchi gapning mazmuni birinchi gapsiz aniq emas. Yordamchi so‘z nafaqat so‘z, hatto gap va matn qismlarini ham bog‘lashga xizmat qiladi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan darslik va qo‘llanmalarda bog‘lovchilarning vazifa jihatidan turlari quyidagicha belgilangan:



  1. Teng bog‘lovchi. 1. Biriktiruv bog‘lovchisi: [va], [-u/-yu], [hamda]. 2. Ayiruv bog‘lovchilari: [yo], [yoki], [yoxud], [goho], [dam]… dam, [bir… bir], [ba’zan… ba’zan]. 3. Zidlov bog‘lovchisi: [ammo], [lekin], [biroq].

  2. Ergashtiruvchi bog‘lovchi. 1. Aniqlov bog‘lovchisi: [ya’ni], [-ki/-kim]. 2. Sabab bog‘lovchisi: [chunki], [shuning uchun], [zeroki]. 3. SHart bog‘lovchilari: [agar], [agarda], [agarchi]. 4. CHog‘ishtiruv bog‘lovchisi: [go‘yo], [go‘yoki]. Teng bog‘lovchi, ergashtiruvchi bog‘lovchining ma’no va vazifa tomoni, imlo xususiyati formal tilshunoslik bo‘yicha darslik va qo‘llanmada atroflicha bayon etilgan.

Bog‘lovchi-yuklamaning mohiyati. Ayrim so‘zning bog‘lovchilik tabiatidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, bog‘lovchining miqdori, ularning mohiyati, turi hanuzgacha aniq belgilanganicha yo‘q. Masalan, chog‘ishtirish bog‘lovchisiga [go‘yo], [go‘yoki] so‘zi kiritiladi. Ammo bu so‘z gap bo‘laklari yoki gaplarni bog‘lash uchun emas, balki o‘xshatish, qiyoslash ma’noli qurilmalarda shu ma’noni ta’kidlash uchun xizmat qiladi, o‘xshatish, qiyoslash ma’nosi esa boshqa vosita bilan ifodalanadi: Beda orasi juda issiq, go‘yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. (Oyb.) Nay sadosining mayin to‘lqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, go‘yo hammayoq jonlangan kabi tuyuldi. (Oyb.) Ushbu misollarda o‘xshatish, qiyoslash [-dek] qo‘shimchasi va [kabi] so‘zi bilan ifodalanyapti, [go‘yo] esa shu ma’noni ta’kidlamoqda. Demak, [go‘yo] ta’kid yuklamasi hisoblanadi. [Balki] yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. [Balki] qo‘llanishidagi ba’zi xususiyatiga ko‘ra, zidlov bog‘lovchisidan farq qiladi. Zidlov bog‘lovchisi ko‘pincha qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi, [balki] yordamchisi bunday vazifani bajarmaydi: Havo bulut bo‘ldi, lekin (ammo, biroq) yomg‘ir yog‘madi. Bu misolda zidlov bog‘lovchisi o‘rnida balki so‘zini qo‘llab bo‘lmaydi. [Balki] so‘zi gumon mazmunli gaplarda, zid mazmunli qismlarga ega gapda gumon, qarama- qarshilik ma’nosini ta’kidlash uchun qo‘llanadi:…toping, balki tanishlaringiz bordir. (Oyb.) Chunki biz Azizbek kabilardan xalqnigina emas, balki o‘zimizni ham qiynatdirmog‘damiz. (A.Qod.) Bu gap menga yoqmas, balki battar jahlimni chiqarardi. O‘z-o‘zidan anglashiladiki, balki sof bog‘lovchi bo‘lolmaydi, bog‘lovchi funksiyasini bajarayotgan yuklama sirasidan joy oladi. Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga o‘tish va bog‘lovchi-yuklama, ko‘makchi-bog‘lovchi kabi oraliq hodisa hosil qilish – yordamchi so‘z tabiatiga xos xususiyat, ularning ichki manba asosida boyishining bir yo‘li. [Ham… ham] biriktiruv bog‘lovchisi ta’kid qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘iga ega, [na…na] esa inkor ma’nosini ifodalaydi, [-mi] so‘roq-taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog‘lash funksiyasini bajaradi. Shuning uchun bular bog‘lovchi-yuklama hisoblanadi. Misollar: 1. Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (O.) 2. Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. (Maq.) 3.U bir gapni aytdimi, albatta, qiladi.

Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o‘zbek tili bog‘lovchisining ma’no va xususiyati tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog‘lovchi bilan bog‘liq masalalar ilmiy hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masaladan biri sanaladi.



Yuklama, uning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari.

Yuklamaning nutqiy voqealanishi

Yuklamaning ma’no va vazifasi. Yordamchi so‘zning funktsional belgisi - “bog‘lash”. Shu belgi asosida ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama so‘z va gapni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ammo bu vazifa bog‘lovchi va ko‘makchi uchun o‘zgarmas, barqaror. Yuklamaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular so‘z yoki gapga so‘roq, ta’kid, kuchaytiruv, ayirish-chegaralash, o‘xshatish kabi qo‘shimcha ma’no beradi va funktsional “bog‘lash” belgisiga nisbatan beqaror, o‘zgaruvchan sanaladi, ya’ni “bog‘lash” belgisi unda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Chunonchi, [na-na] yordamchisi teng bog‘lovchining bir turi sifatida inkor bog‘lovchisi sanalib kelgan. Tilshunos G‘.Abdurahmonov esa uni inkor bog‘lovchi deb atash bilan birga, yuklamalik xususiyatiga ham egaligini ko‘rsatadi. Haqiqatan ham, bu yordamchi ham bog‘lovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi. Bog‘lovchi vazifasida kelganda ayrim teng huquqli bo‘lak (komponent)larga inkor ma’nosini berib, ularni bog‘laydi: Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (Oyb.) Bu yordamchi so‘z yuklama vazifasini bajarib, mazmunidan inkor anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma’nosini ko‘rsatadi: Raisning erkatoy o‘g‘li na o‘qiydi, na biror joyda ishlaydi.

[Go‘yo] yordamchisi mazmunidan o‘xshatish yoki chog‘ishtirish ma’nosi anglashilgan sodda va qo‘shma gap tarkibida ishtirok etadi. Sodda gapda ko‘proq yuklamaga yaqin turadi: Tursunoy go‘yo qalbi bilan ashulaga jo‘r bo‘lar edi. (A.Mux.) Kampirning yuzida go‘yo kulgiga o‘xshagan bir narsa aks etdi. (A.Qah.) [Go‘yo] yordamchisi qo‘shma gapda sodda gap qismlarini biriktiruvchi grammatik vositaning biri sifatida xizmat qiladi, ya’ni qo‘shma gapda sodda gapdagi vazifasidan farqli o‘laroq, faqat yuklamagina emas, balki bog‘lovchi-yuklama sanaladi: Ertaga nikoh bo‘ladi, go‘yo men uning xotini. (Oyb.) SHunday baqirdiki, go‘yo butun xona larzaga kelgandek bo‘ldi. (A.Qah.) Aytdimi, qiladi. Qo‘ydi-da, chiqdi gaplarida ham [–mi], [-da] qo‘shimcha yuklamalarning bog‘lovchilik xususiyatini kuzatish mumkin. Demak, yuklamaning qo‘shma gap tarkibiy qismini o‘zaro bog‘lash vazifasi keng uchraydigan hodisa va bu tilshunosligimizda ma’lum darajada o‘rganilgan.

Yuklamaning tuzilish turlari. Ko‘pgina leksoid yordamchi so‘zning affiksoid ko‘rinishi mavjud, bu yuklamaga ham tegishli: [ham], [-am/-yam]; [uchun], [-chun]; [-u], [-yu]; [bilan], [-ila], [-la] shular jumlasidan. Yuklama shakliy jihatdan uch xil ko‘rinishga ega:

1. Qo‘shimchasimon yuklama ([-mi], [-chi], [-a], [-ya]).

2. Sof yuklama ([xuddi], [faqat], [axir]…).

3. Nisbiy yuklama ([yolg‘iz], [ba’zan], [tanho], [bir]).

Yuklamaning shakliy va vazifaviy turlari. Yuklama vazifaviy jihatdan quyidagi ma’no turiga bo‘linadi:

1. So‘roq yuklamasi: [-mi], [-chi], [-a], [-ya], [nahotki]. Bu yuklama turli so‘z turkumiga qo‘shilib, so‘roq ma’nosini bildiradi. Ba’zan, so‘roq ma’nosidan tashqari, taajjub, hayrat ma’nocini ham ifodalaydi.

[-mi] yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi, [-chi], [-a], [-ya] yuklamaci esa o‘zidan oldingi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 1. Kiyganingiz ipakmidi, kimxobmidi, Sevganingiz bizlardan ham ortiqmidi? 2. Opang-chi? Sen-chi? Men-a? Meni-ya? 3. Nahotki shu gaplarga ishongan bo‘lsangiz.

2. Ayirish-chegaralash yuklamasi: [faqat/faqatgina], [-gina/-kina/- qina].

Bu yuklama ayrim narsa va hodisani boshqacidan ajratish, harakatni chegaralash uchun qo‘llanadi. [-gina] affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi: 1.To‘yga SHeraligina kelmadi, xolos. 2.O‘ktam indamadi, faqat yuragida to‘lqinlangan mehr bilan onasiga tikildi. [Faqat] yuklamasining o‘rnida [yolg‘iz] so‘zini ham qo‘llash mumkin. Sifat so‘z turkumiga oid bu so‘z nisbiy yuklama hisoblanadi: Sobir, yolg‘iz senga suyandim (Sobir, faqat senga suyandim).

3. Ta’kid yuklamasi ([-ku], [-da], [-u], [-yu]) gapda ifodalangan biror voqeani ta’kidlash uchun qo‘llaniladi: Sobir-ku keldi, Mahmud kelmadi-da!

4. Kuchaytiruv yuklamasi: [axir], [hatto], [hattoki], [-oq/-yoq].

[-oq/-yoq] affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi. Harakatning birin-ketin tezlik bilan davom etishini, boshlanish paytini, ta’kidlashni ko‘rsatadi: Gullarni ko‘riboq ko‘ngli yorishdi. [Axir], [hatto], [hattoki] yuklamaci ham fikrni kuchli ta’kidlash, avvalgi voqeani eslatishni ifodalaydi: Axir do‘stimsan-ku!

5. O‘xshatish-qiyoslash yuklamasi: [xuddi], [naq], [go‘yo], [go‘yoki]. 1.Bahorda bu bog‘lar go‘yoki kelindek yasanadi. 2.CHirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi kabi gapda yuklama-bog‘lovchi vazifasini bajaradi.

6. Inkor yuklamasi: [na]. Takror holda ishlatilib, inkor ma’nosini ifodalaydi:



Na ko‘kning fonari o‘chmasdan,

Na yulduz sayr etib ko‘chmasdan. (Uyg‘.)

1. Ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama nutqimizning cheksiz imkoniyatini boyroq, ifodalarimizning yanada aniqroq va go‘zalroq bo‘lishini, jumlalarning rang-barangligini ta’minlovchi muhim vositalardan.

2. Yordamchi so‘z til tizimida mohiyatan mustaqil so‘z bilan qo‘shimcha oralig‘ida turadi..

3. Bog‘lovchi-yuklama, ko‘makchi-bog‘lovchi, ko‘makchi-yuklama kabilar – til tizimida yordamchi so‘z turkumiga xos bo‘lgan “oraliq uchinchi”.

4. Tilimizda nisbiy ko‘makchi, nisbiy bog‘lovchi, nisbiy yuklama sirasi mustaqil so‘zning yordamchilashishi evaziga boyib bormoqda.

6. Yuklama o‘z mohiyati bilan modalga yaqin. SHu tufayli bu ikkisi ko‘pincha birgalikda tasvirlanadi. Ammo modal so‘z bilan yuklamani tenglashtirib bo‘lmaydi. Yuklama:

1) rang-barang ma’noni ifodalaydi, shulardan ba’zilarigina modal ma’noga yaqin keladi;

2) ko‘pincha mustaqil ishlatilmaydi, biror so‘zga tirkalib keladi. Modal so‘zlar esa:

a) gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murakkablashtiruvchi vosita sifatida ro‘yobga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, xilma-xil vosita bilan ifodalanadigan tasdiq/inkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, shart, qat’iylik, istak, imkoniyat kabi ma’nolar gapning boshqa bo‘laklari bilan tobe-hokimlik munosabatiga kirishmaydigan modal so‘z, tasdiq/inkor so‘zi vositasida kengaytiriladi: Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi edi…(A.Qah.)

b) mustaqil ravishda yakka o‘zi bitta gap bo‘lib kela oladi va modal so‘z-gap deb yuritiladi. Bunday so‘z-gapning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi so‘zning lug‘aviy ma’nosida mujassamlangan bo‘ladi: Kelasizmi? - Albatta.

3) yuklama morfologiyada yordamchi so‘z guruhida, modal so‘z-gap doirasida o‘rganiladi;

4) boshqa so‘z guruhi kabi modal ham, yuklama ham o‘ziga xos morfologik, sintaktik, ma’noviy belgiga ega. Modal bilan yuklamaning o‘zgarmasligi ularning morfologik belgisiga kiradi. Sintaktik jihatdan esa modal ajraluvchilik (ya’ni kirish so‘z vazifasida kela oladi), yuklama esa muchalanmaslik (gap bo‘lagi bo‘la olmaslik) belgisiga ega. Semantik jihatdan modal so‘z fikrning voqelikka munosabatini ifodalaydi va butun gapga taalluqli bo‘ladi. Yuklama esa ta’kid, o‘xshatish, kuchaytirish kabi qo‘shimcha ma’no ifodalaydi. Yuklama ifodalagan ma’no butun gapga bevosita taalluqli bo‘lmay, avvalo, o‘zi tirkalib kelgan bo‘lakning ma’nosini bo‘rttirishga xizmat qiladi va shu bo‘lak orqali butun gapga taalluqli bo‘ladi.



Аdabiyotlar

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

3. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.



26-ma’ruza. So‘z-gaplar. So‘z turkumi sifatida ajratilish tamoyillari.

Reja:

  1. So‘z-gap to‘plamini ajratish tamoyillari.

  2. MG lari. Ularning tasniflanishi.

  3. Modal so‘zlar tavsifi va qo‘llanishi

  4. Undov so‘zlar tavsifi va qo‘llanishi

  5. Tasdiq-inkor va taklif – ishora so‘zlari.

So‘z-gap to‘plamini ajratish tamoyillari. O‘zbek tilshunosligida so‘z-gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyati empirik asosda etarlicha o‘rganilgan. Substantsial yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi [WRm] sifatida e’tirof etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gapga ham «lison-nutq» tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo‘ldi va har bir gapning o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z-gapning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo‘lishi shartligi e’tirof etildi.

So‘z-gap umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan so‘zlarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgisi bilan mustaqil, yordamchi so‘zdan, shuningdek, yoxud qo‘shma gapdan farq qiladi. Bular quyidagilar:

1) mustaqil holda gap bo‘la olish;

2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik;

3) o‘ziga xos g‘ayrioddiy ma’noga ega bo‘lish;

4) bog‘lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik.

So‘z-gap sirasiga shu to‘rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashuvchi birliklar kiradi (bu tipdagi birliklar kirish so‘z vazifasida ham keladi, lekin ularning substantsial belgisi – so‘z-gap bo‘lib kelish). Quyida ularning har biri alohida-alohida ko‘rib o‘tiladi.

1.Mustaqil holda alohida gap bo‘la olish belgisi. Bu belgi 4- belgi bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma’no va munosabatini ifodalovchi tarkibiy qism zarur bo‘lishini talab qiladi. So‘z- gapda bunday tarkibiy qismni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin kesimlik ma’no va munosabati so‘z-gapning o‘zida mujassamlangan va ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari hamda kesimlik – gap markazi vazifasida kelish – fikrni shakllantirish, ifodalash vazifasi bor. Ularda gap sifatida voqelanuvchi so‘zning leksik ma’nosida mujassam. SHu sababdan bunday gapda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.



2. So‘z-gap mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligidan bu so‘zga nisbatan semantik funktsional shakllangan so‘z-gap atamasi qo‘llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug‘aviy (ma’noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Gap markazi mavqeida kelgan bunday leksemaning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni leksik birlik ham so‘z, ham gap. Bu atamaning funktsional tarkibiy qismi esa so‘z-gapning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi.

3. So‘z-gapning o‘ziga xos g‘ayrioddiy lug‘aviy ma’noga egaligi. Bu xususiyat quyidagida namoyon bo‘ladi:

a) ma’no imkoniyati chegaralangan;

b) grammatik shaklni talab qilmaydi;

d) boshqa so‘z bilan birikish qobiliyatidan mahrum;

e) gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan;

f) ma’noli qismga ajralmaydi.

SHuning uchun ham bu tur leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g‘ayrioddiy, biroq ma’no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi.

Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, taqlid so‘z turkumlari gapning istalgan bir bo‘lagi vazifasida kela olsa, so‘z-gap gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.



So‘z–gap tasnifi. So‘z-gap o‘z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajraladi: 1. Modal. 2. Undov. 3. Tasdiq /inkor. 4. Taklif/ishora.

So‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati ─ qat’iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma’noni ifodalab keladigan so‘z modaldir. Unga [xullas], [demak], [chamasi], [tabiiy], [ehtimol], [shubhasiz], [shekilli] kabi so‘z misol bo‘ladi.

Kishilarning his-tuyg‘usini, haydash, to‘xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so‘z-gap ko‘rinishi – undov so‘z-gap. His-tuyg‘u undoviga [eh], [voy], [oh], [barakalla], [rahmat], [ofarin] kabi so‘z, buyruq -xitob undovlariga [pisht], [beh-beh], [pisht-pisht], [chuh] kabi xitob so‘z kiradi.

So‘z-gapning uchinchi ma’noviy guruhi bo‘lgan tasdiq/inkor so‘z ko‘pincha modal tarkibida o‘rganilgan. [Ha], [mayli], [xo‘sh], [xo‘p] so‘zi tasdiqni, [yo‘q], [mutlaqo], [aslo], [sira] so‘zi – inkorni ifodalovchi so‘z-gap.



Taklif/ishora so‘z-gapga qo‘llanishi tana a’zolarining maxsus harakati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan [ma], [mang], [qani], [marhamat] so‘zi kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.

So‘z-gap shunday birliklar guruhiki, ularning ko‘pchiligi boshqa so‘z turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ziga xos nutqiy qo‘llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. CHunonchi, [so‘zsiz], [tabiiy] so‘zi sifatdan, [albatta] ravishdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, [har qalay], [har holda] modal so‘z-gapi so‘z birikmasidan, [nasib bo‘lsa], [xudo xohlasa] kabilar gapdan kelib chiqqan.



Sof so‘z-gapga [albatta], [alhamdulilloh]; [eh], [hoy], [oh], [o‘h]; [ha], [yo‘q], [mutlaqo]; [ma], [mang] kabi modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zi mansub. O‘zbek substantsial tilshunosligida so‘z-gap (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so‘zlar, so‘z-gaplashayotgan (modalla-shayotgan, undovlashayotgan, tasdiq/inkorlashayotgan, taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, so‘z-gapsimon (modalsimon, undovsimon, tasdiq/inkorsimon) so‘z-gapga ajratilib, mufassal o‘rganilgan.

So‘z-gaplashgan so‘z o‘z semantik-funksional xususiyati bilan har xil guruhning markaziy leksemasiga juda yaqin turadi, lekin o‘z aloqasini boshqa so‘z turkumlaridan to‘la–to‘kis uzmagan bo‘ladi. CHunonchi, modallashgan so‘zga [chamasi], [chog‘i], [ehtimol]; undovlashgan so‘zga [ura], [olg‘a], [dod], [voydod]; tasdiq /inkorlashgan so‘zga [bo‘pti], [ma’qul], [aksincha], [mutlaqo]; taklif/ishoralashgan so‘zga qani kabi leksema misol bo‘ladi.

So‘z-gaplashayotgan so‘z so‘z-gapga to‘la-to‘kis o‘tgan bo‘lmaydi va «o‘tish yo‘lida» turgan so‘zdir. Bu o‘rinda modallashayotganga [balki], [hatto], [aftidan]; undovlashayotganga [yashang], [voy o‘lay]; tasdiq /inkorlashayotganga [durust], [to‘g‘ri], [rost], [aslo], [hargiz]; taklif/ishoralashayotganga [mana mundoq] kabi so‘zni misol keltirish mumkin. CHunonchi, 1. Balki, siz aytarsiz nima bo‘lganini? (P.Tur.) 2. Nafsi uchun emas, balki qadri uchun yig‘laydi-da. (O‘.Usm.) 3. – Qaerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To‘ppa-to‘g‘ri. (CH.Ayt.) 4. Hilola gapning to‘g‘risini aytdi (O‘.Usm.) gaplarida so‘z-gaplashayotgan so‘z (1-3-gapda) qo‘llanilgan.

So‘z-gapsimon deganda mohiyatan so‘z-gap bo‘lmagan lug‘aviy birlikning so‘z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonga [shunday qilib], [baxtga qarshi], [tavba], [xudo saqlasin]; undovsimonga erkalash ma’noli [asalim], [oppog‘im] va undalma ma’noli [ey, do‘stlar] kabi; tasdiq/inkorsimonga [xuddi shunday], [hech qachon], [noto‘g‘ri] kabi; taklif/ishorasimonga [boshlang] ko‘rinishli so‘z misol bo‘ladi.

Qisqasi, so‘z-gapning leksik-semantik turi bo‘lmish sof so‘z-gap o‘zi tarixan kelib chiqadigan so‘z turkumidan batamom uzilgan bo‘lib, uning ko‘pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo‘llanilmaydi. So‘z-gaplashgan unsur esa o‘zi tarixan kelib chiqqan so‘z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‘z aloqasini boshqa turkumdan to‘la uzmagan bo‘ladi. So‘z-gaplashayotgan unsurga o‘zi boshqa so‘z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’l) ga tegishli, lekin so‘z-gapga xos ma’no va vazifada qo‘llanila oladigan birliklar kiradi va bularning so‘z-gapsimondan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so‘z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so‘z-gapga o‘tib ketishi mumkin. So‘z-gapsimon esa o‘z turkumi doirasida qoladi.

So‘z-gapning sintaktik xususiyati. So‘z-gapning sintaktik xususiyati yuqorida ta’kidlaganimizdek, kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmasligi, bog‘lama bilan birika olmasligida. So‘z-gap ham undalma, sodda gap kabi kengaygan yoyiq holatda bo‘lishi mumkin: 1.CHo‘lni o‘zlashtirgan mardlarga ofarin. (A.Qah.) 2. Falakning dastidan dod! (Hamza.) 3. Barakalla sizga! Misollardan ko‘rinib turganidek, so‘z-gap faqat bitta so‘zdan iborat bo‘lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‘z-gapning yana bir sintaktik xususiyati shundaki, har bir so‘z-gap shu gapga xos bo‘lgan ma’noni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. CHunonchi, [ha] so‘zi tasdiqni ifodalaydi. Uning bo‘lishsizligi Ha, emas bilan emas, balki alohida [yo‘q] so‘z bilan ifodalanadi. [Albatta] yoki [shubhasiz] modal so‘zi qat’iy ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma’nosi [mutlaqo], [aslo] so‘z-gapi bilan beriladi.

So‘z-gapda zamon va shaxs ma’nosi matnda muayyanlashadi. O‘zbek tilida gap (kesimlik) zamon va shaxs ma’nosidan xoli bo‘la olmaydi. Zero, so‘z-gapda zamon va shaxs-son ma’nosining kontekstual aniqlanish xususiyati bu so‘zning asosiy sintaktik xususiyati – kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmay gap bo‘lib kela olishi bilan sharhlanadi. So‘z-gapning yana bir sintaktik xususiyati – uning gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya’ni boshqa gap bo‘laklari bilan bog‘lanmasligi va o‘zi gap sifatida “yashay olishi”, hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi bilan belgilanadi. CHunonchi, 1. -Ertaga kelasizmi? - Albatta. (O‘.Usm.) 2.-Engil tortdingmi, qizim? – SHukur. (A.Qah.)

Ko‘rinadiki, so‘z-gapning umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik qo‘shimchasini qabul qilmagan holda gap va uning markazini tuza olishida. To‘rt leksik-semantik turda (modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zlar) kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi ma’nodan har biri alohida bo‘rttirilgan va “yalang‘och” holda yuzaga chiqadi: modal so‘zlovchining munosabatini, taklif/ishora «shaxsga qaratilganlik» ma’nosini, tasdiq/inkor tasdiq, inkorni va undov bo‘lajak harakatni ifodalashga xizmat qiladi.

Аdabiyotlar

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

3. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.



Seminar mashg’ulotlar

1. Fe’l, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.

2. Ot, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.

3. Sifat, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.

4. Son, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.

5. Ravish va uning grammatik xususiyatlari. Taqlid va uning grammatik xususiyatlari.

6. Olmosh va uning grammatik xususiyatlari.

7. Kelishik kategoriyasi, uning umumiy grammatik ma’nosi va shakllari paradigmasi.

8. Kesimlik kategoriyasi, uning umumiy grammatik ma’nosi va shakllari paradigmasi.

9.Yordamchi so‘zlar: tizimi, turlari va substansial-grammatik xususiyatlari.



1-seminar mashg‘ulot.

Fe’l, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari

Reja.

1. Fe’l munosabat shakllarining o‘quv adabiyotlarda ifodalanishi.

2. Fe’l va uning UGM si

3. Fe’lning lug‘aviy mazmuniy guruhlari

4. Fe’lda so‘z shaklning turlari

5. Sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shaklllari.


Harakat tushunchasini anglatuvchi so‘zlar fe’l deyiladi. Harakat ma’nosi juda keng tushuncha bo‘lib, o‘ylamoq, xayol surmoq fikrlamoq singar tafakkur, yugurmoq, sakramoq., ishlamoq kabi jismoniy faoliyatso‘zlamoq, demoq, aytmoq kabi nutq, uxlamoq, mudramoq, kutmoq , kulmoq kabi holat, qurmoq, chizmoq, yasamoq, yaratmoq kabi natijali faoliyat bilan bog‘liq ma’noviy guruhlarga mansub fe’llarni o‘z ichiga oladi. Fe’llar bir umumiy so‘roqqa-nima qilmoq? so‘ro-g‘iga javob bo‘ladi. Fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordam-chi fe’llar. 

1. Mustaqil fe’llar lug‘aviy ma’noga ega bo‘lib, nutqiy jarayonda biror gap bo‘lagi vazifasida ishlatiladigan fe’llardir. Mustaqil fe’llar turli grammatik kategoriyalarga birlashadigan sof fe’l va vazifadosh shakllardan tashkil topadi. Masalan: keldim — aniq nisbat, bo‘lishli, xabar mayli, o‘tgan zamon, birinchi shaxs, birlik kabilar muayyan grammatik kategoriyalarni ifodalovchi sof fe’llar hisoblansa; kelgan - sifatdosh, kelgach - ravishdosh, kelish -harakat nomi shaklida ekanligi esa fe’lning vazifadoshshakllaridir. 

2. Yordamchi fe’llar mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, turli grammatik ma’no va vazifalarni yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladigan fe’llardir. Yordamchi fe’llar o‘z xususiyatiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi:

1) qo‘shma fe’l yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi fe’llar. Masalan:xabar qilmoq, xursand bo‘lmoq, tasdiq etmoq kabi;

2) kesim tarkibida bog‘lama vazifasini bajaruvchi yordamchi fe’llar. Bu vazifadagi yordamchi fe’llarga

a) leksik ma’nosini mutlaqo yo‘qotgan sof bog‘lamalar, ya’ni edi, ekan, emish to‘liqsiz fe’llari kiradi;

b) leksik ma’nosini tamomila yo‘qotmagan bo‘ladi, bo‘lmaydi, deyiladi, hisoblanadi kabi bog‘lamalar kiradi;

3) fe’llarga birikib, turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi ko‘makchi fe’llar: chiq-o‘qib chiq, qol-uxlab qol kabi.

Fe’llarning bosh shakli uning o‘zak-negiziga –moq affiksini qo‘shish orqali yasaladi: o‘qimoq, ishlamoq, yozmoq, o‘tirmoq, o‘qib chiqmoq, bilib olmoq. Ular lug‘atlarda ham shu shaklda beriladi.

O‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’llar undan anglashilgan ish-harakatning narsaga munosabatiga ko‘ra o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi.

Fe’l shakllarining garammatik kategoriyaga munosabati. Fe’l shakllari fe’lning ma’lum bir grammatik kategoriyasiga xos shakllar tizimini hosil qilish xususiyatiga ega yoki ega emasligiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) kategorial; 2) nokategorial (vazifadosh) shakl.

Nisbat kategoriyasi. Fe’ldan anglashilgan harakatning bajaruvchi va bajariladigan harakat o‘rtasidagi munosabatining ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi.

1. Aniq nisbat. Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs yoki narsa tomonidan bajarilganini yoki bajarilmaganini ifodalaydi. To‘ldiruvchi esa harakatning obyekti bo‘ladi. Aniq nisbat maxsus affiksga ega emas: o‘qidi, yozdi, kutdi kabi

2. O‘zlik nisbat. Harakatning bir shaxs yoki narsaning o‘zida sodir bo‘lishini anglatadi. Bu nisbat quyidagi affikslar orqali hosil bo‘ladi: a) fe’l o‘zak-negiziga unlidan keyin -n, undoshdan keyin -in affiksini qo‘shish orqali: o‘ra+n, yuv+in; b) fe’l o‘zak-negiziga unlidan keyin -l, undoshdan keyin -il affiksini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: cho‘m+il, surka+l; d) fe’l o‘zak-negiziga unlidan keyin -sh, undoshdan keyin -ish affiksini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: joyla+sh, ker+ish. Yetakchi ko‘makchi fe’lli birikmalarga o‘zlik nisbati qo‘shimchasi, asosan, yetakchi fe’lga qo‘shilib keladi: suya+n+ib turmoq, yuv+in+ib kelmoq, qo‘zg‘a+l+ib ketmoq kabi.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, tilimizdagi zavq+lan, achchiq+lan, foyda+lan, o‘ng‘aysiz+lan kabilar o‘zlik nisbatdagi fe’llarhisoblanmaydi. Chunki zavqlanmoq, achchiqlanmoq kabi fe’llar tarkibidagi -n nisbat yasovchi emas, balki -la va -n bir butun holda (-lan) affiksidir. Shu bois, zavqlan, achchiqlan fe’llari aniq nisbat shakli hisoblanadi. Xuddi shuningdek, ba’zi o‘timli va o‘timsiz fe’llardan ham o‘zlik nisbati yasalmaydi: bor, yugur, o‘qi, hayda, ek, min, sug‘or kabilar, shular jumlasidandir.


3. Orttirma nisbat. Harakatning boshqa bir shaxs yoki narsa ta’sirida, tazyiqida bajarilishi, orttirilishini ifodalovchi fe’l shaklidir. Quyidagicha affikslar orqali hosil qilinadi: 1) - dir (tir): yozdir, kuldir; 2) - gaz (-giz, -g‘az, -g‘iz, -kaz, -kiz, -qaz, -qiz): ko‘rgaz, ketkiz, o‘tqaz; 3) -t: o‘qit, qurit, ishlab; 4) - iz: oqiz, tomiz; 5) - ir: botir, tomir,oqir; 6) – ar: chiqar, qaytar; 7) - sat: ko‘rsat.

Ayrim fe’llarning orttirma nisbatni yasashda ko‘rsatilgan affikslardan faqat bittasini, boshqa fe’llarda esa bir nechtasini sinonim sifatida qo‘llash mumkin: ko‘n+dir - to‘la+t-to‘l+dir - to‘l+g‘iz kabi. Shuningdek, orttirma nisbat boshqa nisbatlardan farqli ravishda fe’lga birdan ortiq affikslar qo‘shish bilan yasalishi mumkin: jo‘na+t+tir+di, yoz+dir+tir+di.

Orttirma nisbat o‘timli yoki o‘timsiz fe’llardan ham yasaladi: uxla - uxlat, o‘qi-o‘qit kabi. Orttirma nisbat o‘timsiz fe’llardan yasalganda, o‘timli fe’l yuzaga keladi: ko‘kar- ko‘kartir, uch - uchir kabi.

Ayrim fe’llarda orttirma nisbat yasovchi affiks aniq ko‘rinib tursa-da, lekin hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan ularni morfemalarga ajratib bo‘lmaydi: tuzatmoq, surishtirmoq, uzatmoq kabi. Ayrim fe’llarda orttirma nisbat ko‘rsatkichini boshqa nisbat ko‘rsatkichi bilan almashtirish mumkin: uyg‘ot- uyg‘on, yupat- yupan kabi. Lekin bu fe’llar ham hozirgi til nuqtai nazaridan morfemalarga bo‘linmaydi.

Yetakchi va ko‘makchi fe’lli birikmalarga orttirma nisbat qo‘shimchasi, asosan, yetakchi fe’lga qo‘shiladi: ye+dir+ib qo‘ydi, aylan+tir+ib keldi. 

4. Majhul nisbat. Harakat to‘ldiruvchi anglatgan narsa yoki shaxs tomonidan bajarilib, egaga o‘tadi yoki haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo‘ladi: O‘qish boshlandi (bajaruvchisi noma’lum), yer haydaldi (harakat bajaruvchisi traktorchilar).Bu nisbatan -in / -n va -l / in affikslari orqali hosil qilinadi: tara+l, ulu+n, keltir+il, ol+in kabi.

Fe’lning majhul va o‘zlik nisbatlariga xos ko‘rsatkichlar o‘zaro grammatik omonim bo‘lib, ba’zan ayni bir affiks ham o‘zlik, ham majhullik nisbatni yasashi mumkin. Bunday holda, fe’lning qaysi nisbatdaligi gap mazmunidan anglashiladi: Ot qoqildi- mix qoqildi.

Majhullik va o‘zlik nisbatlari bir xil affiks bilan yasalganda, ularni farqlashda orttirma nisbat affiksini qo‘shib ko‘rish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki majhullik nisbatdagi fe’l ayni paytda orttirma nisbatda ham qo‘llanishi mumkin, biroq o‘zlik nisbat bunday xususiyatga ega emas: polga mix qoq+tir+il+di.

O‘zlik va majhullik nisbat affikslari ayni bir fe’lga qo‘shilib, ham o‘zlik, ham majhullik shaklini hosil qilishi mumkin: tara+n (o‘zlik) - tara+l(majhullik), yuv+n (o‘zlik) – yuv+il(majhullik) kabi.

Yetakchi va ko‘makchi felli birikmalarda majhul nisbat ko‘rsatkichi, asosan, ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: so‘rab ko‘r+il+di, aytib qo‘y+il+di.

O‘zlik nisbati kabi majhullik nisbat affikslari ham o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: o‘rinni bo‘shatdi- o‘rnidan bo‘shatildi.


4. Birgalik nisbat shakli -(i)sh affiksi yordamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi: yozishdi,tozalashdi. Birgalik nisbatdagi fe’llar mazmunan a) harakatni bajarishda birga ishtirok etish ma’nosi: tozalashdim, yuvishdim ; b) o‘zaro, galma-gal bajarilgan harakat ma’nosi: urishdi, tortishishdi, talashishidi kabilarni ifodalaydi.

Birgalik nisbat shaklidagi fe’l ko‘plik ifodalovchi -lar affiksi bilan sinonim hisoblanadi: keldilar-kelishdi, o‘qidilar-o‘qishdi.

Yetakchi va ko‘makchi felli birikmalarda birgalik nisbat ko‘rsatkichi quyidagi tartibda qo‘shiladi: a) yetakchi fe’lga: kel+ish+ib qoldi, quv+ish+ib ketdi; b) ko‘makchi fe’lga: quvib ket+ish+di, kelib qol+ish+di; b) har ikkalasiga qo‘shiladi. Bunda yetakchi fe’ldagisi birgalik ko‘makchi fe’ldagisi esa ko‘plik ifodalaydi: kul+ish+ib qo‘y+ish+di, ayt+ish+ib qol+ish+di. 

Bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi. Tildagi har qanday fe’l bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi. Bo‘lishli shakl harakatning tasdig‘ini, bo‘lishsiz shakl esa uning inkorini ifodalaydi: keldi- kelmadi. Fe’lning bo‘lishli shakli maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Chunki uning bosh shakli doimo bo‘lishli bo‘ladi.

Mayl kategoriyasi. Ish harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi fe’l shakli mayl deyiladi. Fe’l mallari harakatning voqelikka munosabatini ifodalab, grammatik zamon, grammatik shaxs bilan uzviy bog‘lanadi. Bu uch hodisa fe’lning gapda kesimlik vazifasidan kelib chiqadi. O‘zbek tilida fe’l mayllarining to‘rt turi bor: 1) xabar mayli, 2) buruq-istak mayli, 3) shart mayli, 4) maqsad mayli. 

Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari

Yasalish usuliga ko‘ra bunday fe’l shakllarning ikki turi mavjud: 1) sintetik shakllar; 2) analitik shakllar.



Sintetik shakllar harakatning turli modal ma’nolarini ifodalovchi affikslar asosida shakllanadi. Bular o‘z xususiyatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: a) harakatning takroriyligini, davomliligini ifodalovchi affikslar fe’lga –la, -kila (-gila, -rila, -qila) affikslarini qo‘shish orqali hosil qilinadi: ishqa – ishqala, sava – savala, turt – turtkila, cho‘z – chuzg‘ila, yugur – yugurgila, tort – tortqila, tep – tepkila kabi; b) harakatning kuchsiz darajasini ko‘rsatuvchi –(i)nqira, -(i)msira affikslari yordamida yasaladi: oqar - oqarinqira, qo‘rq - qo‘rqinqira, kul - kulimsira kabi. 

Analitik shakllar fe’lning asosiy modal ma’no hosil qiluvchi shakllari bo‘lib, ularning ko‘pchilik qismini ko‘makchi va to‘liqsiz fe’llar vositasida yasaluvchi shakllar tashkil qiladi. 

2-seminar mashg’uloti.

Ot, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari

Reja

  1. Otning ma’nosiga ko’ra turlari.

  2. Otning grammatik belgilari.

  3. Otning aloqa-munosabat kategoriyalari.

  4. Otning tasniflovchi grammatik kategoriyalari

Narsa-buyum, shaxslarning nomi, atamasi bo‘lgan so‘zlar turkumi ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.

Otlar egalik, kelishik kabi so‘z o‘zgartirish, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi.

Otlarning muhim belgilaridan biri ularning sifat, son, olmosh, fe’l va ravish distributsiyasida kelishi, ya’ni ular bilan birika olishidir: katta bino, ikkinchi kurs, barcha inson, kitob o‘qimoq, ko‘p odam.

Ot gapning barcha gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanishi mumkin. Otning bu kabi sintaktik vazifasi uning qanday grammatik shakldaligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, otning bosh shakli, ya’ni bosh kelishik, ko‘plik yoki birlik hamda egalik shakli gapda ega, Kesim kabi vazifada keladi: O‘zbekiston-mustaqil davlat. Millatim-o‘zbek. O‘zbekistonim-onajonim.

Otning grammatik kategoriyalari

Ot turkumi uch xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.



Son kategoriyasi. Otlarning birlik va ko‘plik shakllari va shu shakllarni ifodolovchi vositalar son kategoriyasini tashkil etadi.

Birlikdagi otlar bir jinsdagi narsalarning bittasini anglatadi va ular grammatik son ko‘rsatgichga ega bo‘lmaydi. Masalan: kitob, olma, qalam kabi. Birlik sondagi otlar egalik ( kitobim, kitobimiz), kelishik (kitobdan, kitobning) kategoriyasiga xos qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda ham o‘z grammatik mohiyatini yo‘qotmaydi, ya’ni birlik hisoblanaveradi.



Egalik. Muayyan narsaning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi umumiy ma’nolar va ularni ifodolovchi shakllar tizimi egalik kategoriyasi deyiladi. Tegishlilik, egalik ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan affikslarni esa egalik affikslari deymiz. Egalik affikslari grammatik shaxs ma’nosi bilan birga son ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan: kitob+im, kitob+ing, kitob+i, kitob+imiz, kitob+ingiz, kitob+i so‘zlaridagi –im,- ing,-i,-imiz,-ingiz,-i affikslari o‘zakdan anglashilgan narsaning 1,2,3-shaxsga, ya’ni so‘zlovchi, tinglovchi va o‘zgaga tegishli ekanini ifodalash bilan bir qatorda, mazkur narsaning bitta yoki bir necha shaxsga qarashliligini ham bildiradi. Demak, egalik affiksidan anglashilgan birlik va ko‘plik tushunchasi narsaga emas, balki so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga kabi grammatik shaxslarga dahldor bo‘ladi.

Kelishik kategoriyasi

Otning boshqa so‘zlar bilan sintaktik munosabatini ko‘rsatuvchi ma’nolar va shu ma’noni ifadolovchi shakllar tizimi kelishik kategoriyasi deb aytiladi. Otning kelishik qo‘shimchasini olib o‘zgarishi turlanish deyiladi. Kelishik affikslari esa turlovchi affikslardir. Turlovchilar affiksal morfemalarning so‘z o‘zgartuvchi (sintaktik shakl yasovchi) turiga mansubdir. Shu jihatdan qaralganda, kelishiklar o‘zak yoki negizning morfemik tarkibidagi grammatik jarayonning tugallovchi shakli hisoblanadi. Shu bois kelishik kategoriyasi o‘zi birikkan asosni nutqqa o‘tkazuvchi, uni nutqiy jarayonga xoslovchi til birligini taqozo etadi.



Otlarning tuzilish turlari

Otlar tuzilishiga ko‘ra to‘rt turga bo‘linadi: 1) sodda otlar, 2) qo‘shma otlar, 3) juft otlar, 4) qiqartma otlar.



Sodda ot. Bitta o‘zak morfemadan tashkil topgan ot sodda ot deyiladi. Sodda otning tub va yasama turi mavjud. 1) otning yasovchi affikslarga ega bo‘lmagan mustaqil lug‘aviy ma’noli qismi sodda tub ot deyiladi. Tub otlar tarkibida shakl yasovchi yoki so‘z o‘zgartuvchi affikslar qo‘llanishi ham mumkin: quyosh, dala, qush, kitob, quyoshdan, qushchalar, daladan, kitobning; 2) so‘zning mustaqil lug‘aviy ma’noli qismiga ot yasovchi affikslar qo‘shilishi bilan yasalgan shakli sodda yasama ot deyiladi. Sodda yasama otlar ichki va tashqi yasovchi affiks-lar asosida shakllanadi. Masalan: zamon+dosh, mehnat+kash, osh+paz, til+shunos kabilar ichki yasalish asosida; o‘ra+m, tutat+qi, isit+ma kabilar esa tashqi yasalish asosida vujudga kelgan yasama otlardir. 

Qo‘shma ot. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning ma’no va gammatik jihatdan bir-biriga tobelanish yo‘li bilan birikib, bitta narsa nomini ifodalashga xoslangan ot qo‘shma ot deyiladi. Qo‘shma otlar tarkiban bir xil va har xil turkumga mansub so‘zlarning sitaktik munosabatga kirishuvidan tuzilishi mumkin. Masalan: 1) ot+otdan- qo‘larra, otquloq; 2) sifat+otdan- ko‘ksulton, xomtok; 3)ot+sifatdan- gulbeor, oshko‘k; 4) son+otdan- mingoyoq, uchquduq; 5) ot+fe’ldan- o‘rinbosar, beshiktervatar; 6) fe’l+otdan- yoriltosh, kuyganyor; 7) fe’l+fe’ldan- iskabtopar, ishlabchiqarish.

Qo‘shma otlar ikkidan ortiq so‘z ishtirokida ham tuzilishi mumkin: gultojixo‘roz, gulhamishabahor.



Juft ot. Bir xil grammatik shaklga ega bo‘lgan ikkita otning teng bog‘lanishidan tuzilib, bir umumiy ma’noni anglatadigan ot juft ot deyiladi. Juft otlarning qismlari mustaqil urg‘uli so‘z bo‘lib, ular talaffuzda yagona leksik urg‘uga birlashadi. Affikslar juft otning keyingi qismiga qo‘shiladi: ota-onada΄n, osh-nonni΄ng, aka-ukala΄r, arz-dodimizni.

Takroriy otlar.  Bir xil grammatik shakldagi so‘zlarni aynantakrorlash orqali leksik-grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil qiluv-chi otlar takroriy otlar deyiladi. Takroriy otlar ko‘plik va umumlash-tirish, ma’no kuchaytirish kabi leksik-grammatik maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan: Xo‘jalikning bu yilgi daromadi yaxshi. Ombor-ombor g‘alla, xirmon-xirmon paxta yetishtirib mo‘l hosil to‘plandiOg‘riq tobora zo‘rayib, uning suyak-suyagigacha zirqiratardi.

Takroriy otlarning maxsus takror turi ham mavjud bo‘lib, bu turdagi takror otlar mustaqil so‘z va uning fonetik soyasi qolipida tuziladi hamda gumon, umumlashtirish, jamlash kabi qo‘shimcha ma’nolarni yuzaga keltiradi: ovqat-povqat, ilon-milon, non-pon, chang-chung, choy-poy, qand-qurs. 



Qisqartma otlar. Murakkab so‘z birikmalarini turli usullar yordamida qisqartirish orqali yasalgan otlardir. Qisqartma otlar nutqning ixchamligini ta’minlovchi muhim vositalardan biridir. Masalan: BMT, OAK(Oliy Attestatsiya komissiyasi), O‘zteleradio kompaniyasi, O‘z-dunrobita. Qisqartma so‘zlarning ba’zilari tilimizda aynan o‘zlashtiril-gan holda ishlatiladi: YUNESKO, NATO, Koskom kabilar shular jumlasidandir. 

3-seminar mashg’ulot.

Sifat, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari

Reja

  1. Sifat haqida ma’lumot.

  2. Sifatning grammatik xususiyatlari.

  3. Sifatning tasniflovchi kategoriyalari

Narsaning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladigan so‘zlar turkumi sifat deyiladi. Sifat asosan otga bog‘lanadi va uning belgisini aniqlaydi. Masalan: oq ko‘ylak, kuzgi ekin, aqlli qiz, yumshoq non, o‘rtancha o‘g‘il. Bunda belgi bildiruvchi so‘z sifatlovchi, uni boshqarib kelgan ot esa sifatlanmish deyiladi.

Sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanish mumkin, lekin sifat o‘zgarmaydi: ko‘k qalam, ko‘k qalamning, ko‘k qalamdan kabi. Sifat gapda asosan a) sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi: Bir ozdan so‘ng yoqimli shamol esa boshladi; b) kesim bo‘lib keladi: Osmon tiniq.

Sifat ba’zan fe’lga bog‘lanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin. Bunday holda sifat ravish kabi gapda hol vazifasini bajaradi: U do‘stining yuragida kechayotgan tuyg‘ularni yaxshi tushunardi.

Sifatning ma’no turlari. Sifatlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi:

1) xususiyat bildiruvchi sifatlar: kamtarin, sho‘x, ziqna, sodda, yo‘rg‘a, mehribon; 

2) holat bildiruvchi sifatlar: keksa, badavlat, iliq, tinch, salqin, ochiq, xursand;

3) shakl- ko‘rinish bildiruvchi sifatlar: gavdali, novcha, qiyshiq, yassi;

4) rang - tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, pushti;

5) hajm – o‘lchov bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, yaqin, katta, og‘ir;

6) maza - ta’m bildiruvchi sifatlar: nordon, achchiq, bemaza, shirin;

7) hid bildiruvchi sifatlar: muattar, xushbo‘y, badbo‘y;

8) o‘rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar: kechki, tonggi, kuzgi, bahorgi. 

Asliy va nisbiy sifat. Sifatlar ma’no jihatdan bir-biridan farqlanadi. Ba’zi bir guruh sifatlar bevosita belgi ifodalash xususiyatiga ega bo‘lsa, boshqalarida belgi tushunchasi ma’lum bir narsaning boshqa narsaga munosabati asosida anglashiladi. Shunga ko‘ra ularni asliy va

nisbiy sifatlarga ajratish mumkin.



Sifatning otlashishi. Sifatning otlashuvi substantizatsiya deb yuritiladi. Sifatlar otlashganda belgini emas, otlar singari narsa yoki shaxs tushunchasini anglatadi. Sifat nutqda sifatlanmish tushirilib, uning vazifasida sifatlovchi ishlatilganda otlashadi: ko‘r (odam) tutganini qo‘ymaydi, kar (odam) eshitganini. Otlashgan sifat otlar singari kelishik, egalik, ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qilgan holda quyidagi vazifalar bajaradi: a) ega: Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi; b) to‘ldiruvchi: Mardni maydonda sina; v) qaratqich aniqlovchi: Yaxshining so‘zi qaymoq, yomonning so‘zi to‘qmoq; 
Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari:

Sifat tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy shakllarga ega bo‘ladi. 



Sodda sifatlar tarkiban bitta o‘zak morfemadan iborat bo‘lgan tub va yasama so‘zlardan tashkil topadi. Shunga ko‘ra ular sodda tub va sodda yasama kabi turlarga bo‘linadi.

Mazmunan doimiy belgi anglatuvchi bir o‘zakdan tarkib topgan asliy sifat sodda tub sifat deyiladi. Masalan: shirin, baland, oq, uzun, chaqqon, zukko, dono. Bunday sifatlar daraja affikslari bilan qo‘llanganda ham tub sifat sanaladi: kattaroq, qoramtir, shiringina, oqish, balandroq kabi.

Sifat yasovchi qo‘shimchalar vositasida turli so‘z turkumlaridan yasalgan sifat sodda yasama sifat deyiladi. Masalan: bilimli, suvsiz, kechki, ishchan, oilaviy, tirishqoq, ag‘darma. 

Qo‘shma sifat birdan ortiq o‘zak-negizning o‘zaro qo‘shilib, bitta belgi tushunchasini anglatadigan yasama sifatlardir. Qo‘shma sifatlar qismlarining morfologik tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarni tashkil etadi: 

1)ot+ot: shira kayf, sher yurak, bezbet, bedana qadam, yer osti; 

2) ot+sifat: mushtumzo‘r, mirzaquruq, nonko‘r;

3) sifat+ot: uzun quloq, qiziqqon, sovuqqon, shum qadam, sofdil, ochko‘z;

4) sifat+sifat: olachipor, qora to‘riq, qora qizil;

5) ravish+ot: kamgap, hozirjavob, kamquvvat;

6) ot + -ar, -mas va -mon qo‘shimchali sifatdosh: mehnatsevar, jonkuyar, lattachaynar, nonemas, ishyoqmas, usta buzarmon, ish bilarmon;

7) ravish+sifatdosh: tezpishar, eapishar, tez oqar, cho‘rtkesar;

8) olmosh+sifat yoki ravish: o‘zbilarmon, o‘zboshimcha;

9) son+ yasama sifat: bir xonali, Besh qavatli, bir so‘zli.



3. Juft sifatlar ikkita so‘zning teng bog‘lanishi asosida tuzilgan sifatlardir. Juft sifatlar tarkibi har ikkiala qismi lug‘aviy ma’noli yoki bir qismi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilishi mumkin.

Har ikkala qismi lug‘aviy ma’noli so‘zlardan tuzilgan juft sifatlar quyidagi tarkibga ega bo‘ladi: 1) turli antonim so‘zlardan tuziladi: a) tub so‘zlardan: olis-yaqin, og‘ir-yengil, oq-qora, past-baland\\baland-past, yaxshi-yomon\\yomon-yashi, yosh-qari, katta-kichik, o‘ng-ters; b) tub va yasama so‘zlardan: uzun-qisqa, haq-nohaq, huda-behuda; d) yasama so‘zlardan: kerakli-keraksiz, qo‘lli-oyoqli, issiq-sovuq. 2) sinonim so‘zlardan tuziladi: och - nahor, ola - chipor, 


o‘ydim-chuqur, puxta-pishiq, uzuq-yuluq, mo‘min-qobil, xor-zor.

Bir qismi lug’aviy ma’noli, ikkinchi qismi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuziladi: bo‘sh-bayov, xom-xatala, chala-chulpa, eski-tuski, egri-bugri, yarimta-yurimta, achchiq-tizziq.

Har ikkala qismi yolg‘iz holda ma’no anglatmaydigan so‘zlardan tuziladi: uvali-juvali, dalli-g‘ulli, ikir-chikir, ayqash-uyqash.

Juft sifatlar chiziqcha bilan ajratilib yoziladi. Biroq ular orasida –u, -yu yuklamalari bog‘lovchi vazifasida ishlatilganda chiziqcha tushiriladi: halol-harom\ halol-u harom, issiq-sovuq\ issg‘-u sovuq, sog‘-salomat\sog‘-u salomat.



4. Takroriy sifatlar bir xil shaklga ega bo‘lgan so‘zlarning aynan takroridan tuziladi. Masalan: baland-baland, shirin-shirin. Ba’zi takroriy sifatlarning birinchi qismida qo‘shimchalar mavjud bo‘lishi ham mumkin: poyma-poy, ko‘pdan-ko‘p, kattadan-katta, xilma-xil, limmo-lim.

Bunday sifatlar ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun ishlatiladi. 


4-SEMINAR MASHG’ULOT

SON, UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI VA TASNIFLOVCHI KATEGORIYALARI

REJA

  1. Son haqida ma’lumot.

2. Sonning grammatik xususiyatlari.

3. Sonning tasniflovchi kategoriyalari.

Narsaning, miqdori, sanog‘i yoki tartibini bildirib, qancha? nechta? nechanchi? so‘roqlaridan briga javob bo‘ladigan so‘zlar son deyiladi. Sonlar sifat singari belgi tasavvuri bilan aloqador bo‘lib, narsaning miqdori, sanog‘i va tartibiga ko‘ra belgisini ifodalaydi: beshta kitob, uchala talaba kabi.

Son narsaning aniq yoki noaniq miqdorini ifodalash xususiyatiga egaligiga ko‘ra tildagi ko‘p, oz, bir oz singari umumiy miqdor bildiruvchi so‘zlardan farqlanib turadi. Sonlar quyidagi grammatik belgilarga ega:

1.Sonlar ot bilan birikkanda so‘z o‘zgartuvchi affikslar olmaydi, aksincha ularning o‘zi otning aniqlovchisi vazifasini bajaradi: O‘n sakkiz yashar yigit. birinchi o‘rinda bormoq.

2.Ba’zan son va sifat birgalikda otning aniqlovchisi vazifasini bajarishi mumkin. Bunday holda son aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdan avval joylashadi: Beshta baland bino, uchta qora qo‘y.

3.Son gapda asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Mehnat kishini uchta balodan saqlaydi: yurak siqishdan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Bu xotinning joni bitta emas, mingta (A.Qahhor).

4.Ba’zan sonlar fe’l oldidan kelib, ravish singari hol vazifasini bajaradi: U ariqning labidagi oshrayhon bargidan uch-to‘rtta uzib keldi.

5.Sonlar boshqa so‘zlardan yasalmaydi, ya’ni son yasalish tizimiga ega emas. Biroq ba’zi sonlardan ot yoki fe’l yasalishi mumkin: uch+lik, ikki+lanmoq kabi.

6.Sonning o‘ziga qo‘shiluvchi –inchi, -ov, -ala, -ta, -tacha, -lab,-larcha affikslari shakl yasovchilar bo‘lib, sonning bir turidan boshqa turini hosil qiladi. Son otga bog‘langanda ular orasida maxsus hisob so‘zlar, ya’ni numerativlar ishlatiladi. Numerativlar kilogramm, gramm, botmon, pud, so‘m, tiyin, dona, nafar, hovuch, qarich, kilometr, qadam, gektar, soat, minut, daqiqa, soniya singari ot turkumiga mansub so‘zlardan tashkil topadi.
Sonning ma’no turlari. Sonlar ma’no jihatdan, dastlab, ikki guruhga bo‘linadi:

1) miqdor son,

2) tartib son. 

Miqdor sonlar narsani sanash, donalash, taxminlash, taqsimlashga asoslangan umumiy qiymatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Miqdor sonlar narsaning qiymatini ifodalash xususiyatiga ko‘ra uch guruhni tashkil qiladi: a) butun son narsa-buyumning miqdoriy butunligini ifodalaydi: bir kishi, uch o‘rtoq, ikkita daraxt kabi; b) kasr sonlar butun miqdorning qismini ifodalash uchun xizmat qiladi. Ular ko‘pincha bir necha sonning sintaktik usul asosida birikishdan hosil bo‘ladi: to‘rtdan bir, uchdan ikki. Shuningdek, kasr sonlar yarim, chorak, nim chorakkabi so‘zlar vositasida ham ifodalanadi; d) aralash sonlar butun va kasr sonlarning birligi asosida hosil bo‘ladi: bir yarim, ikki butun o‘ndan besh.

Miqdor sonlar ma’no jihatdan sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son kabi turlarga bo‘linadi. Ular quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan o‘zaro farqlanadi:


1.Sanoq sonlar bir turdagi narsaning umumiy sanog‘i, sonning nomini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: bir, ikki, uch, to‘rt, besh. Sanoq sonlar numirativ so‘zlarsiz va numerativ so‘zlar bilan ishlatiladi: besh kishi, o‘n yil, uch qop un, o‘n olti tonna bug‘doy kabi.

Sanoq sonlar numerativ so‘zlarsiz yoki numerativ so‘zlar bilan qo‘llanib, ko‘plik affiksini qabul qilganda chama, taxmin ma’nosini ifodalaydi: soat beshlar bo‘ldi, oradan uch kunlar o‘tdi. Xuddi shuningdek, ma’no sanoq sonlarning juftlanishi orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Darchadan besh-olti kishishi kirib keldi.

Sanoq sonlarning ba’zi turlarigagina 3-shaxs egalik affiksi qo‘shilib, ularni otlashtirishi mumkin: Biri olim, biri muallim. Sanoq sonlar hech qanday affikssiz ham otga ko‘chishi mumkin. Masalan: qirq, yetti, yigirma kabi aza marosimlari nomi shular jumlasidandir.

Barcha sanoq sonlar o‘rtasida bir soni alohida grammatik xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Uning bunday polisemantik xususiyati quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:

a) bir soni ot oldidan kelib, gumon, noma’lumlik ma’nosini hosil qiladi: Bugun sizni bir kishi so‘rab keldi. Bir soni miqdor bildiruvchi so‘zlar oldida kelganda ham shunday ma’nolar hosil bo‘ladi: bir talay, bir necha, bir oz, bir qadar.

b) holat ma’nosidagi fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib ma’noni kuchaytiradi: Mashina bir silkinib, to‘xtadi. Ertaga bir dam olmasam bo‘lmaydi.

d) uyushiq bo‘laklar yoki sodda gaplarda biriktirvuchi bog‘lovchi vazifasini bajaradi: Xursandligidan bir kuladi, bir yig‘laydi.

c) ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasini bajarishi mumkin: Mening ishonchim bir sensan.

f) bir soni jo‘nalish, chiqish kelishigi affiksi bilan hamda –day, affiksi bilan qo‘llanganda ravishga ko‘chadi: birga ishlamoq, birdan kirib kelmoq, birday qaramoq. 

2.Dona sonlar bir turdagi narsani yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini anglatadi va sanoq songa –ta affiksini qo‘shish orqali shakllanadi: beshta, o‘nta, ikkita. Biroq, -ta affiksi bir soniga qo‘shilganda r undoshi t tovushiga o‘zgaradi: bir+ta= bitta.

Dona son hosil qiluvchi –ta affiksi numerativ so‘z o‘rnida ishlatiluvchi vosita sifatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: Beshta qalam-besh dona qalam, to‘rtta talaba-to‘rt nafar talaba, yuzta qoramol-yuz bosh qoramol.

Ba’zan dona sonlar fe’l oldidan kelib, hol vazifasini bajaradi: Uning bitta gapirib, o‘nta kuladigan odati bor.

Boshqa miqdor sonlardan farqli ravishda, dona son hosil qiluvchi –ta affiksidan keyin ko‘plik ifodalovchi –lar affiksi hamda kelishik qo‘shimchalari qo‘shilmaydi. dona sonlar 1,2-shaxs birlikdagi egalik affiksi bilan ham deyarli qo‘llanmaydi. Faqat 3-shaxs egalik affiksini qabul qilib, otlashishi mumkin. Bunday holda dona sonlar turli kelishik affikslarini qabul qilishi va ot singari vazifalar bajarishi mumkin. Masalan: Birniki mingga, mingniki tumanga.




3.Taqsim sonlar narsaning miqdor jihatdan teng bo‘linganligini ifodalaydi. Taqsim son quyidagicha hosil bo‘ladi: a) sanoq songa - tadanqo‘shimchasini qo‘shish bilan: beshtadan, to‘rttadan; b) dona sonlarni takror qo‘llash orqali: ikkita – ikkita, to‘rtta – to‘rtta. Bunday holda takror qo‘llangan sonning ikkinchisiga –tadan affiksi qo‘shilishi ham mumkin: ikkita-ikkitadan kabi.

Miqdor sonning bu turi numerativ so‘z bilan qo‘llanishi mumkin: ikki nusxadan, Besh donadan, yuz kelogrammdan.

Taqsim sonlar boshqa miqdor sonlar kabi ot va ot vazifasidagi so‘zlar yoki fe’l oldidan kelib, narsa yoki harakatning miqdoriy belgisini ko‘rsatadi: Navbatda turganlar bittadan, ikkitadan bo‘lib kela boshladi.

Taqsim sonlar ham boshqa son turlaridan farqli ravishda egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qilmaydi. Demak, ular otlashmaydi.




4.Jamlovchi sonlar narsa miqdorini jamlab, to‘dalab ko‘rsatadi. Ular sanoq sonlarga -ov, -ala, -ovlon, -ovlashib qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi.

Jamlovchi sonning –ov, -ovlon affiksli shakli har doim 1-shaxs birlik shakldan tashqari, barcha egalik affiksi bilan qo‘llanib, gapda ot vazifasida ishlatiladi. Shu bois sonning boshqa turlaridan farqli ravishda gapda sifatlovchi - aniqlovchi vazifasini bajarmaydi : Uchovining maqsadi birOltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar.

Biroq –ala affiksli jamlovchi son ot oldidan kelib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi: Ikkala o‘rtoq bir bo‘lib ishga tushdilar. –ov, -ala, -ovlon affikslari bilan hosil bo‘ladigan jamlovchi sonlarning faol qo‘llanishi ikkidan yettigacha bo‘lgan sonlarda ko‘proq kuzatiladi.

Jamlovchi sonning –ov, -ala affiksli shakliga kelishik affikslari 3-shaxs egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shiladi, -ala affiksli shakliga esa kelishik affikslari egalik affiksining 1-shaxslaridan boshqa turlaridan keyin qo‘shiladi va gapda ega, qaratqichli aniqlovchi va to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: Ikkovi qadirdonlarcha ko‘rishdilar. Ikkalasining bo‘yi teng. Terimchilarning uchalasiga ham mukofot berildi. To‘rta-langizdan boshqa hamma yig‘ilishga qatnashdi.

Bundan tashqari, jamlovchi son ov+la+sh+ib affiksi yordamida hosil bo‘luvchi shaklga ham ega. Bu affiks bilan shakllangan jamlovchi sonlar ko‘pincha fe’lga bog‘lanib, gapda hol vazifasida keladi: Uchovlashib ichkariga kirishdi.
5.Chama son narsa miqdorini chamalab, taxminlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi va quyidagicha yasaladi: 1) –tacha affiksi orqali: o‘ntacha, beshtacha; 2) –lab affiksi vositasida: o‘nlab, yuzlab; 3) –lar qo‘shim-chasi orqali: soat birlar bo‘ldi, o‘ntalar; 4) –larcha qo‘shimchasi orqali: o‘nlarcha, yuzlarcha; 5) sanoq yoki dona sonlarni juftlash orqali:bir-ikki, ikki-uchuch-to‘rtta, besh–oltita; 6) chama sonlarni hosil qilishda ba’zi taxmin ma’nosidagi so‘zlar ham ishtirok etadi: o‘ttizga yaqin, yigirma chog‘li, kamida o‘nta, qariyb yuzta, yuzdan ortiq.

Chama sonlar hisob so‘zlari bilan qo‘llanadi. Bunda chama ma’nosini hosil qiluvchi affikslar hisob so‘ziga qo‘shiladi: Maktab uzog‘i bilan yuz metrcha narida edi. Oradan bir yilcha vaqt o‘tdi.

Chama sonning gapdagi vazifasi uning qaysi so‘z bilan birikishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: a) ko‘pincha otga bog‘lanib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi: Kuzgacha besh-oltita ketmon ishdan chiqdi. (A.Q) b) fe’lga bog‘lanib hol vazifasini bajaradi: Ro‘zimat qorong‘ida ko‘ziga yigirma besh yoshlarda ko‘ringan edi. (A.Q.) v) otlashgan holda shaxs ma’nosini ifodalaydi va gapda ega, vazifasini bajaradi: bitta-yarimta sezgani yo‘qmi, degan o‘y bilan atrofga alangladi. (S. Ahmad) 

3-§.Tartib sonlar narsaning joylashish tartibini, o‘rnini ifodalash bilan boshqa sonlardan farqlanadi. Ular sanoq songa -nchi, -inchi-lamchiaffiksini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: birinchi, ikkinchi, beshinchi , birlamchi , ikkilamchi kabi. Tartib sonlar boshqa son

turlaridan farqli ravishda hisob so‘zlari bilan qo‘llanmaydi.

Tartib son yasovchi affikslar bir soniga qo‘shilganda «ilk», «dastlabki», «oldingi» kabi so‘zlar bilan sinonim bo‘ladi: Qishning birinchi kunlarida qor qalin yog‘di.

Tartib son yasovchi affikslar ikki soniga qo‘shilganda «boshqa» so‘ziga ma’nodosh bo‘ladi: Endi masalaning ikkinchi tomoniga e’tibor qarataylik.

Narsa, hodisalar tartibini ko‘rsatishda avval sanoq son undan so‘ng tartib son qo‘llaniladi: Bir tomonda sho‘x, ikkinchi tomonda kishining qalbini tirnaydigan katta ashula bo‘lmoqda.

Tartib son ba’zan narsaning turi yoki navini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Bunda tartib son narsaning joylashish o‘rnini emas, aksincha, uning belgisi, xususiyati e’tiborga olinadi: yettinchi chiroqni oldiga qo‘yib, erining to‘nini yelkasiga tashlaganicha o‘tirardi (S.Ahmad).

Tartib sonlar narsaning miqdoriga ko‘ra belgisini ko‘rsatib, gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi: Atirgullar, ko‘rkam karnaygullar, xil-xil gulbeorlar kuzning birinchi izg‘irinlarini pisand qilmaydi (O). Fe’l-kesimga bog‘lanib, gapda miqdor holi vazifasini bajaradi: Bunday go‘zallikni Abrorjonning birinchi ko‘rishi edi.

Tartib son otlashadi. Ular otlashganda avval egalik qo‘shimchasi so‘ng kelishik qo‘shimchasi qo‘shiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi: Ikki otliq ancha gaplashib turgandan keyin biri qishloq tomonga ketdi, ikkinchisi orqaga qaytdi.

Tartib sonlar gap bo‘laklariga garammatik jihatdan bog‘lanmay, kirish so‘z vazifasida ham qo‘llanadi: Birinchidan, hali juda yoshsiz, ikkinchidan, bu vazifani uddalashga tajribangiz yetisharmikan. 

5-seminar. Ravish va uning grammatik xususiyatlari. Taqlid va uning grammatik xususiyatlari.

Reja

1. Ravish haqida ma’lumot.

2. Ravishning grammatik xususiyatlari

3. Ravish o’zgarmas so’z turkumi sifatida

4. Taqlid haqida ma’lumot.

5. Taqlidning grammatik xususiyatlari

6. Taqlidning tuzilishiga ko’ra turlari

Ravish hamisha tilshunoslikning muammoli masalasidan bo’lib kelgan. Uni o’rgangan olim V.V.Vinogradov «mustaqil so’zning hech bir guruhiga sig’may qolgan so’z ravish turkumiga yig’ilgan» deb haqqoniy baho bergan edi. Uning ma’no va vazifasi ot, sifat, son, olmoshga yaqin turishi arab va Yevropa tilshunosligida qayd etilgan. SHarq va g’arb tilshunosligi ravishni ma’no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa birortasiga xos bo’lmagan belgi – o’zgarmaslik belgisi bilan ismdan farqlaydi. Biroq o’zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bag’ishlab yozilgan ko’plab ilmiy adabiyot va darslikda ravishning o’zgarmaslik tabiati inobatga olinmagan. Tilshunoslar o’zbekcha ravishni rus tilidagi «narechie»ning muqobili sifatida talqin qilishgan, natijada [kecha], [kunduz], [tong], [oqshom] kabi payt oti, [atrof], [o’rta], [u yerda], [bu yerda], [old], [orqa] kabi o’rin oti, [oz], [mo’l], [butun], [to’la] kabi miqdor sifati, [keyin], [past], [baland], [yuqori] kabi o’rin sifati ravish turkumi doirasida o’rganilgan.

«Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o’zgarmas so’z» – ravishning so’z turkumi sifatidagi UGMsi.

Ravish o‘zbek tilida quyidagi xususiyatlarga ega.

1. Ravishlar turlanmaydi va tuslanmaydi.

2. Ravishlar ma’no jihatdan maxsus turlarga ajraladi.

3. Ravishlar tarkibiga ko‘ra tub va yasama bo‘ladi.

4. Ravishlar o‘ziga xos bo‘lgan yasalish (adverbializatsiya) tizimiga ega.

5. Ravishlar qisman darajalanish xususiyatiga ega. (sekin-sekinroq-juda sekin)

6. Ravish gapda asosan fe’lga bog‘lanib, ko‘pincha hol vazifasini bajaradi.

Ravish o’zgarmas so’z turkumi sifatida. Ravish – mustaqil ma’noli o’zgarmas so’z. U belgi, miqdor yoki holatni, o’rin, payt ma’nocini ifodalaydi va bu jihatidan ot, sifat, songa yaqin turadi. Ulardan farqli jihati shundaki, so’z o’zgartiruvchi, shakl yasovchi qo’shimcha bilan birika olmaydi. Masalan, ot ko’plik, sifat daraja shaklini qabul qiladi. Masalan, [tongda], [oqshomda], [kunduzlari], [ko’proq], [ozroq], [balandroq] kabi. Ayrim til birligida uchraydigan EK, KK shakli ravishning o’zak qismida soddalashgan, ya’ni o’zak bilan yaxlit holga kelib qolgan: [birdan], [zimdan], [to’satdan], [kechasi], [birga]. Bundan tashqari qadimgi davrda keng iste’molda bo’lgan [-ra] (jo’nalish kelishigi) ([so’ngra], [uzra]), [-a], ([qayta], [ko’tara]), [-in(-un)] ([birin-ketin], [ostin-ustun]) qo’shimchaci ham ravish tarkibida qotib qolgan.

Ravish turkumini talqin qilishda o’zgarmaslik xususiyatini e’tiborga olish uning so’z turkumi sifatidagi xususiyatini belgilashda qator qarama-qarshilikka nuqta qo’yadi.

Ilmiy manba, darslik va qo’llanmalarda [eng], [juda], [nihoyat], [g’oyat], [lang], [g’irt] kabi so’z kuchaytiruv ravishi deb qaraladi. Holbuki, bu shakllar ravish oldidan kelib belgi ma’nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. SHuning uchun keyingi yillarda ayrim tadqiqotchilar bu unsurlarning ravish emasligini, chunki ravish kabi mustaqil lug’aviy ma’nodan xoliligini ta’kidlashib, kuchaytiruv yuklamaci sirasida o’rganish lozimligini uqtiradi.

Ravishning LGM lari

Ravishlar ma’no jihatidan 5 xil bo‘ladi: 1. Holat ravishlari; 2. Miqdor ravishlari; 3. O‘rin ravishlari; 4. Payt ravishlari; 5. Sabab-maqsad ravishlari.



Holat ravishlari ish-harakatning qay holatda bajarilganligini ko‘rsatadi. Savollari qanday?,qay holatda? Masalan, tez, bot, jadal, sekin, asta, qo‘qqisdan, to‘satdan, piyoda, zo‘rg‘a, nomiga(bajarmoq), jim, chindan, astoydil, arang, yayov, yana, qahramonlarcha, mardona, o‘z-o‘zidan, o‘zidan o‘zi, birga, birdan, mardlarcha, nari(dan) beri (bajarmoq), uzoqdan (gapni boshlamoq), bafurja(gaplashmoq).

Holat ravishlari tarkibiga kirgan qo‘qqisdan, to‘satdan, birdaniga, birdan singari ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelganini ifodalaydi. Тo‘satdan ravishi ayrim shevalarda to‘sindan holida ham talaffuz qilinadi. Bunda u dialektal variant sanaladi.



Miqdor ravishlari ish-harakatning miqdoriy darajasini ko‘rsatadi. Savollari: qancha?, qanchalab? Masalan, ko‘p, ancha, mo‘l, bir talay, oz, biroz, kam, sal, picha, qittay, eng, juda, ancha, bisyor, ko‘plab, behad, toza(maqtanmoq), nihoyatda, g‘oyatda, uzoq(taqillatmoq), shuncha, buncha.

Buncha ravishini buncha olmoshidan farqlash kerak. Olmosh ma’nosidagi buncha so‘zi miqdor tushunchasiga ega. Masalan: Buncha gapni qayerdan topib yozding. Ravish ma’nosidagi buncha so‘zi esa vaqt o‘lchovi darajasi ma’nosini bildiradi. Masalan: Buncha kech qoldingiz4.

O‘rin ravishlari ish-harakatning bajarilish o‘rnini ko‘rsatadi. Savollari: qayerga?, qayerda?, qayerdan?, qayoqqa? Masalan, oldinga, oldinda, oldindan, ilgari (yurmoq), olg‘a, chapda, o‘ngda, pastda, pastdan, tashqari(da), quyida, yaqinda (joylashgan), ichkari(da), uzoq(joylashgan), nari (turmoq), nari-beri (surmoq) uzoqdan (ko‘rinmoq).

Payt ravishlari ish-harakatning bajarilish paytini ko‘rsatadi. Savollari: qachon?, qay vaqt? Masalan, avval, oldin, ilgari (bo‘lib o‘tmoq), keyin, so‘ng, hamisha, doimo, har doim, qishin-yozin, ertalab, kechqurun, indinga, uzoq(kutmoq), ba’zan, abadul-abad, yaqinda (ketmoq), bafurja(kelmoq), endi, hali, halitdan, hamon, hozir, hozircha, hanuz.

Sabab ravishlari ish-harakatning bajarilishi sababini bildiradi. Savollari: nega?, nima uchun?

Masalan, noiloj, noilojlikdan, chorasizlikdan, bekordan bekorga, chor- nochor



Maqsad ravishlari ish-harakatning bajarilishi maqsadini bildiradi. Savollari: nega? nima maqsadda?

Masalan, atay, atayin, ataylab, jo‘rttaga, qasddan, azza-bazza (maqsad).



Eslatma! Yuqorida berilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilida ayrim ravishlar birdan ortiq ma’no guruhida uchraydi. Jumladan, yaqinda, ilgari ravishlari harakatning bajarilish payti yoki o‘rni ma’nolarini ifodalasa, uzoqdan, nari-beri ravishlari holat va o‘rin ma’nolariga, bafurja ravishi holat va payt ma’nolariga, uzoq ravishi esa matn mazmunidan kelib chiqqan holda, ham miqdor, ham payt, ham o‘rin ma’nosiga ega bo‘lishi mumkin.

Ravishlar tuzilishiga ko‘ra 4 xil bo‘ladi.

1. Sodda ravish; 2. Qo‘shma ravish; 3. Juft ravish; 4. Takroriy ravish

Taqlid o’zbek tilida bir guruhni tashkil etadi va mustaqil so’z sirasidan o’rin olgan. Buning bir nechta ilmiy asosi bor.

Birinchidan, turkiy tillarda taqlid miqdoran ko’p va ma’no jihatdan rang-barang.

Ikkinchidan, ulardagi tovushlar tizmasi ma’lum obyektiv voqelikdan xabar berib turadi.

Uchinchidan, taqlid gap tarkibida ma’lum bir sintaktik pozitsiya egallaydi.

Taqlid – o’zbek tilining muhim ifoda vositasi. Ularning ifoda tomoni mazmun tomoni bilan tabiiy bog’lanishga ega. Bu quyidagi so’z qatorini qiyoslash asosida hosil bo’ladi:

1) taq-tiq/tuq-tuq/to’q-to’q/taq-taq;

2) liq-liq/luq-luq/lo’q-lo’q/laq-laq;

3) tirs-tirs/tars-tars/tars-turs;

Ko’rinadiki, fonetik qiyofasi tor unli va qattiq undoshdan iborat bo’lgan taqliddagi belgi darajasi keng unli va qattiq undoshdan iborat taqlid ifodalagan belgidan past. Bu taqliddagi shakl va mazmunning tabiiy bog’lanishini ko’rsatadi.

Taqlid jamiyatning har bir a’zosi tushunadigan turli ma’noga ega. Masalan, taq-tiq/tuq-tuq/to’q-to’q/taq-taq taqlidi orqasida nimadir yotgani va ma’lum bir borliq hodisasini ifodalayotgani shu til jamiyatining barcha a’zolari uchun tushunarli.

Taqliddagi ma’noviy g’ayrioddiylik uni boshqa mustaqil so’z turkumidan ajratib turadi. Biroq ma’noviy g’ayrioddiylik faqat taqlidgagina xos emas. Buni olmoshda ham kuzatish mumkin. CHunki ularning ma’nosi faqat matn tarkibidagina anglashilib, shu boisdan «ichi bo’sh» so’z sifatida baholanadi. Ammo «ma’noviy bo’shlik» olmoshni mustaqil so’z sifatida qarashga monelik qila olmagan. Demak, bu nomustaqil so’z sifatida qarab kelingan taqlidning ham «mustaqillashuvi»ga to’siq bo’la olmasligi kerak.

Taqlid morfologik jihatdan o’zgaruvchan, bu bilan to’la ma’nodagi mustaqil so’z bo’lgan ravishdan ham ustun turadi: odamlarning g’ovur-g’uvuri, eshikning taqir-tuquridan kabi.

Taqlidning tuzilishiga ko’ra turlari. O’zbek tilida taqlid juft va takroriy ko’rinishda bo’ladi.

Juft taqlid: [g’arch-g’urch], [taq-tuq], [vag’ir-vug’ur], [g’ing-ping], [alang-jalang], [apir-shapir].

Takroriy taqlid: [guv-guv], [duv-duv], [shartta-shartta], [cho’lp-cho’lp], [shaqa-shaq], [guppa-guppa].

Eslatma. Taqlid [etmoq, [demoq], [qilmoq] fe’li bilan kelganda qo’shma fe’l vujudga keladi: [guv-guv etmoq], [duv-duv qilmoq], [cho’lp-cho’lp qilmoq].



6-seminar mashgulot.

Olmosh va uning grammatik xususiyatlari

Reja.

  1. Olmoshning ishoraviy (deytik tabiati)

  2. Olmoshning umumiy xususiyatlari

  3. Olmoshning tasniflanishi. Anaforik va kataforik qo’llanilishi.

Olmoshlar mustaqil so‘z singari shaxs, narsa, belgi yoki qiymat tushunchasini bildirmay, ular o‘rnida almashib keladigan, ularning mavjudligiga ishora qiladigan so‘zlardir. Masalan: men-shaxsga, nima-narsaga, shu, bu, o‘sha-belgiga, qancha, shuncha olmoshlari esa miqdor-ga ishora qilishi bilan o‘zaro farqlanadi. Olmoshlar aniq ma’no bilan mavhum ma’noning almashinib qo‘llanishini ta’minlaydigan so‘zlardir. Ularning qanday ma’noda qo‘llangani matnda ishtirok etuvchi til birliklarining munosabatiga qarab oydinlashadi. Masalan: Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin, gapidagi shunday olmoshi narsa belgisini boshqasiga taqqoslab ko‘rsatish uchun xizmat qilgan. Biroq, ba’zi olmoshlar, xususan, kim, men, sen, qanday olmoshlarini ot yoki sifat bilan almashtirib bo‘lmaydi. Qayd etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, olmoshlar mustaqil so‘zlarning doimiy muqobili sifatida nutqning ixchamligi, qisqaligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Olmoshlar quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligi bilan xarakterlanadi:

1. Olmoshlar boshqa turkumlardan farqli ravishda so‘z yasalish tizimiga ega emas. Ya’ni boshqa so‘zlaridan olmosh yasalmaydi. Olmoshlar-dan affikslar orqali sanoqli so‘z yasalishi mumkin: manmanlik, men-simaslik, sensirash, shunday. Shuningdek, olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan birikib boshqa turkumga ko‘chadi: qayerda, ozmuncha, o‘zboshimcha.

2. Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartuvchilarni qabul qiladi: kimni, bizga, hech kimdan kabi. Ba’zi olmoshlar o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda turli fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: sen+ing, men+i; u+n+ga, shu+n+ga kabi.

3. Olmoshlar egalik affikslari bilan qo‘llanishda ayrim xususiyatlar mavjud: 1) ot tipidagi so‘roq, bo‘lishsizlik, belgilash, o‘zlik olmoshlari egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi: kimi, nimasi, hech kimim, hech nimam, o‘zim, o‘zing, o‘zi, hammasi, barchasi kabi; 2) paytga nisbatan so‘roq ishlatiladigan va sabab - maqsadni aniqlash uchun ishlatiladigan so‘roq olmoshlari, I, II shaxs kelishik olmoshlari egalik affiksini olmaydi, ya’ni qachon+im, nega+m, men+im deb ishlatilmaydi; 3) u ko‘rsatish olmoshi va qaysi, necha kabi so‘roq olmoshlari egalik affiksini, asosan, otlashganda qabul qiladi: qaysisi, unisi, kabi.

4. Ko‘plik qo‘shimchasi I shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga qo‘shilmaydi (men+lar tarzida ishlatilmaydi). II shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga -lar qo‘shimachasi qo‘shilsa ko‘plik emas, hurmatsizlik, mensimaslik ma’nosi hosil bo‘ladi: Senlar. I-II shaxs ko‘pligi esa, bir so‘zlovchi va boshqalar, bir tinglovchi va boshqalar kabi ma’noga ega bo‘lib, guruh ifodalash uchun xizmat qiladi: bizlar, sizlar (biz va boshqalar) kabi. So‘roq olmoshiga -lar affiksi qo‘shilsa quyidagicha ma’nolar hosil bo‘ladi: a) taxmin ifodalaydi: Soat nechalar bo‘ldi?; b) ma’no kuchaytiriladi: Qanchalar qiynaldim! d) "qadim","ancha vaqt" ma’nosini ifodalaydi: Qachonlardir bu yerlarda hayot qaynagan edi.

5. Ma’no va gapdagi vazifasiga ko‘ra olmoshlar a) ot vazifasidagi olmoshlar, b) sifat vazifasidagi olmoshlar, g) son vazifasidagi olmosh-lar, d) ravish vazifasidagi olmoshlarga bo‘linadi: 1) men, sen, biz, siz, u, kim, nima, har kim, hamma, hech nima kabi ot vazifasidagi olmoshlar shaxs va narsaga ishora qilib, otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi-larni qabul qiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Biz abadiy bahormiz, biz insoniyat kelajagimiz. Har kimning o‘z kasbi o‘ziga aziz. Qadrdan do‘stlarning uchrashuvi barchani o‘ziga jalb etdi; 2) qanday, qaysi, bu, shu, shunday, allaqanday, qandaydir, ba’zi kabi olmoshlar belgiga ishora qilib, gapda sifatlar singari ot oldida keladi va sifatlovchi aniqlovchi, hol, kesim vazifasini bajaradi: kecha savollarni bo‘lib olgan ba’zi bolalar o‘qituvchini quvonib kutib oldi3) Necha, nechanchi, qancha, har qancha, bir Necha kabi olmoshlar sonlar kabi miqdor ifodalaydi va gapda ot oldida kelib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Biroq, olmoshlar hech qachon o‘zidan avval aniqlovchi olmaydi:Ro‘yxatga nechanchi o‘rinda yozildingiz? ; 4) Nega, qalay, qani kabilar harakat belgisini ifodalaydi va gapda hol vazifasini bajaradi: nega o‘qimaysan, nega javob bermaysan? Gapir!

6. Olmoshlar ergashgan qo‘shma gap tarkibida nisbiy so‘z sifatida ham ishtirok etadi: Kim ko‘p mehnat qilsa, u yaxshi yashaydi. Shuniunutmaslik kerakki, umidsizlik kishining hayotga bo‘lgan qiziqishini so‘ndiradi.

7.Olmoshlar ma’no xususiyatlariga ko‘ra 1) kishilik, 2) ko‘rsatish, 3) so‘roq, 4) o‘zlik, 5) belgilash, 6) bo‘lishsizlik,7) gumon kabi turlarga bo‘linadi

Boshqa turkumlarga oid so‘zlarning olmoshga ko‘chishi (pronominalizatsiya). Nutqda ba’zi ot, sifat va sonlarning asl ma’nosi o‘zgarib olmoshga yaqinlashadi. Bu hodisaga pronominalizatsiya deyiladi (pronom - lotincha olmosh degan ma’noni bildiradi.) Masalan, odam, kishi, inson, nafas kabi otlar; ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi kabi sifatlar; bir soni olmoshga yaqinlashadi.

Boshqa turkumga mansub so‘zlarning olmoshga yaqinlashishi, asosan quyidagi holatlarda ko‘rinadi: 1) hech qanday affikslar olmay, asosiy morfema shaklida kelganda: Odamning ketgisi kelmaydi (mening ketgim kelmaydi). Yutuqlarni ko‘rib, quvonasan kishi. (Men quvonaman yoki... hamma quvonadi); 2) son turkumiga xos ayrim so‘zlar ko‘pincha III shaxs egalik affikslarining qo‘shilishi bilan olmoshga yaqinlashadi: Biri kitob o‘qmoqda, biri shaxmat o‘ynamoqda, boshqalari turli o‘yinlar bilan band (kimdir kitob o‘qiydi, kimdir shaxmat o‘yini bilan band).



7-seminar mashg'ulot.

Kelishik kategoriyasi, uning umumiy grammatik ma'nosi va shakllar paradigmasi

Reja

  1. Kelishik kategoriyasi haqida.

  2. Kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma'nosi va shakllar paradigmasi.

  3. Kelishik kategoriyasining mustaqil so’z turkumlarida voqelanish imkoniyatlari .

Ot yoki otlashgan so'zlarning boshqa bir so'zga tobeligini ifodalaydigan kategoriyalar kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik ot bilan otni,ot bilan fe'lni yoki boshqa biror turkumdagi so'zni o'zaro ma'no sifatlarini ko'rsatib. shu so'zning gapdagi vazifasini belgilaydi. Otlarning kelishik qo'shimchalarini olib o'zgarishi turlanish deyiladi. Shu boisdan kelishik qo'shimchalari turlovchi qo'shimchalardir Kelishik shaklidagi so'z boshqa so'zlar bilan grammatik aloqaga kirishadi. Kelishikli so'zning gapda biror gap bo'lagi vazifasida kelishi qaysi kelishik shaklida qo'llanishi bilan bog'liq.

O'zbek tilida olti kelishik kategoriyasi mavjud: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo'nalish kelishigi, o'rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi.


Har bir kelishikni aks ettiruvchi maxsus qo'shimchalar mavjud bo'lsa-da, bosh kelishikda bunday qo'shimcha yo'q. Shunga ko'ra bosh kelishikdagi so'z boshqa kelishiklardan farqli ravishda o'zi bog'langan so'zni o'ziga tobelaydi. Shuning uchun bosh kelishik asosiy kelishik. qolganlari esa vositali kelishikdir.
Kelishik shakllarini olgan so'zlar boshqa so'zlar bilan quyidagicha bog'lanadi.

  1. Kelishiklar ot bilan otni bog'laydi. Ikromjonning yuragikuyardi. (S.A.)

  2. Kelishiklar ot bilan fe'lni bog'laydi. Aziz yelkasini qisdi.(O'.U.) Eshon boshini qimirlatdi

  3. Kelishiklar ot bilan boshqa so'zlarni ham o'zaro bog'laydi. lyul kunlarining birida. (A.Q.) Havfi umumiydan tashqari (P.Q.) va hokazo.
    Ot bilan otni bosh va qaratqich kelishiklari, ot bilan fe'l va boshqa turkumdagi so'zlarni bosh, tushum. jo'nalish, o'rin-payt, chiqish,ba'zan qaratqich (kunlarning biri mehnatning zo'ri) kelishiklari o'zaro bog'laydi.

Bosh kelishik. Bosh kelishik shaxsni, predmetni narsa-hodisani nornini atab, kim? nima? so'roqlariga javob bo'ladi. Bu kelishikrung maxsus qo'shimchasi yo'q. Bosh kelishikdagi so'z boshqa so'zlarga hokim bol'ganligi sababli, gapda ega bo'lib keladi. Masalan. Otaqo'zi eshikni sharaqlatib yopib, uydan chiqdi. (O.Yo.). Bosh kelishikdagi so'z bundan tashqari boshqa bir qator vazifalarda keladi.

  1. Kesim bo'lib keladi, Siz sara dehqonmisiz. (T. Mai.)

  2. Bosh kelishikdagi ot izohlovchi bo'lib keladi. U yerda ham Mahamat chatoq hadeganda gapga ko'navermaydi. (O'.U.)San'atshunoslik doktori. professor Rasul Nuriddinov bugun ishdan juda yaxshi kayfiyatda qaytdi. (O'.Uo.)

  3. Undalma bo'lib keladi. Ha, qizim, birovni kutib turibsanmi?(OMJ.) Esingni yig', bolam, ona o'z bolasiga yomonlikni ravoko'rmaydi. (S. A.)

  4. Nominativ gap bo'lib keladi: Amakijon. Choy-poy ichib keting,amakijon!(O'.U.)

  5. Bosh kelishikdagi so'z ko'makchilar bilaii bog'lanib yokitakrorlangan holda kelib aniqlovchi, to'ldiruvchi, hoi vazifalarinibajaradi. Shu mehnat bilan yurtning muslikulini oson qilmoqchi(S. A.) To'lanboy Nizomjon ag'dargan yerga razm solib boshinisarak -sarak qilib qo'ydi. (S. A.)

  6. Bosh kelishikdagi ot sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi.Po'lat pichoq qinsiz qolmas. (Maqol.) Mehnat kuzagining to'yinfayzidan, qolmagan daryodil yerlar bebahra.(G'.G'.).

Qaratqich kelishigi predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashliligini bildiradi. Qaratqich kelishigi -ning qo'shimchasi bilan shakllanib kimning? nimaning so'roqlariga javob bo'ladi. Bu kelishikdagi so'z o'zi bog'langan so'zni o'ziga qaratadi, qaratilgan so'z egalik qo'shimchasini oladi: uyning oldi, tog'ning toshi kabi. Shuningdek, badiiy asarlarda bu kelishik qo'shimchasining -im shakli ham uchraydi. O'zbekiston Vatanim manim (A.O.)

Tushum kelishigi. Shu kelishikdagi so'zdan anglashilgan harakatni o'zigaolgan predmetni ifodalaydi. Tushum kelishigidagi ot kimni? nimani? so'roqlariga javob bo'lib, -ni qo'shimchasi bilan shakllanadi. Masalan: Ikromjon eshikdan chehrasini ochjb kirdi. (S.A.) Mulla Fazliddin nuqul ovozini kamaytirib, qandaydir xabar sezib gapirmoqchi edi. (P.Q.) She'riy asarlarda tushum kelishigi qo'shimchasining -n, -in shakllari hamuchraydi. Masalan, Yulduzlar ertagin eshitib, o'zimni ko'klarda sezaman. (E.V.) Ko'chatlar qomatin eslatganidek, Nafasin ufurar tong otar eli. (G'. G'.) Tushum kelishgidagi so'z gapda vositasiz to'ldiruvchi bo'lib keladi. Masalan, odamzodning bisotida bu dardni yengillatadigan gap bormi? (S.A.) Tushum kelishigi ma "no va shakl jihatidan ikki xil: belgili tushum kelishigi, belgisiz tushum kelishigidan iborat. -ni keilshik qo'shimchasini olib kelgan shakli belgili tushum kelishigidir. Mashina keng maydonni bir aylanib, klub yoniga o'ng qo'lga burildi. (O.Yo.) Tushum kelishigi qo'shimchasi -ni mavjud bo'lmagan shakl belgisiz tushum kelishigidir. Belgisiz tushum kelishigitiagi ot fe'l kesimga bog'lanib keladi. Ular ma'no va grammatik jihatdan zich bog'langanligi uchun ularning orasiga boshqa so'z kiritib bo'lmaydi.Tushum kelishigi quyidagi holatlarda belgili shaklda keladi:

  1. Shu kelishikdagi so'z atoqli ot bo'lsa: Otaqo'zi Fazilatiniham, o'g'li Qodirjonni ham. qizi Latofatni ham odam qatoridako'rmaydi. (O.Yo.)

  2. Shu kelishikdagi so'z kishilik, o'zlik ko'rsatish olmoshlaribilan ifodalansa. Fazilat o'zini qo'yarga joy topolmay qoldi.(O.Yo.) Qizlarning ota-onasi bizni bu yerda olib qolmoqchi emas.(T. Mai.)

  3. Shu kelishikdagi so'z otlashgan bo'lsa. U o'zidan boshqanio'ylamaydigan bir xudbin ekan. (O.Yo.)

  4. Shu kelishikdagi so'z harakat nomi bilan ifodalansa.Manzura o'g'lidagi o'zgarishni sezib. xatosini tuzatmoqchi bo'ldi.(T. Mai.)

Jo'nalish kelishigi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan ish-harakatning kimga? nimaga? tegishli ekanligini, ish-harakatning bajarilish vaqtini ifodalaydi. Masalan. bu uyni qishloq kutubxonasiga aylantirmoqchimiz. (O.Yo.) Haydar hovliga ki-rishga chog'lamb, usti boshini ko'zdan kechirdi. (T.Mai.)

Oqshomga yaqin villaga Muzaffarxon bilan Gulzor begim kelishdi. (T.Mai.) Jo'nalish kelishigi -ga qo'shimchasi bilan shakllanib, k tovushi bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda aytiladi va shunday yoziladi. Masalan, Inson ko'kka boqar doimo, Tintuv qilar ocmonni faqat. (E.V.) g' undoshi bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda q aytiladi va shunday yoziladi.Qishloqqa kelganda uni ko'rmay, bir-ikki kun uning bog'ida bo'lib, tongotar suhb^tlar qunnay ketmas edi. (O.Yo.)Jo'nalish kelishigi qolgan barcha hollarda g yoziladi. So'zlar quyidagi ma'nolarni anglatib. turli sintaktik vazifalardakeladi.Harakatning bajarilishi uchun ishtirok etgan shaxs, predmetnianglatadi. Jo'nalish kelishigining bu ko'rinishi kimga? nimaga?so'roqlaridan biriga javob bo'lib, gapda to'ldiruvchi vazifasinibajaradi. Masalan, Bundan tashqari otalik muhabbatini vamas'uliyatini menga tashlab ketgan. (A.Q.) Ikki tomonda ikki o'q-yoyga o'xshab salohu kamonlarini taqib. bellarini siqib, bog'lab olganyigitlar o'z yuzboshilarini saqlab shay turardilar.

  1. Harakatning bajarilish o'rnini bildirib, qaerga? qaerda?so'roqlaridan biriga javob bo'lib, gapda o'rin holi vazifasida keladi.Masalan, Yulduzlarga kemalar yo'Uab, jonzod izlar cheksiz fazoda.(E.V.) Yozyovonga ikkoving komandirlik qilasan. (S.A.)

  2. Harakatning bajarilish vaqtini ifodalab qachon?qachongacha? so'roqlariga javob bo'ladi. Tushgacha uch yarimniyasab qo'yganbo'lsang, kechgacha yerni timdalab tashlamasang,deyman, - dedi Ikromjon.(S.A.)

O'rin-payt kelishgi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmet, ish-harakatning bajarilish o'mini, vaqtini bildiradi.O'rin -payt kelishigi -da qo'shimchasi bilan shakllanib, quyidagi ma'nolarni ifoidalaydi.

1 .Harakatning bajarilish o'rnini bildirib, qaerda? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda o'rin holi vazifasini bajaradi. Ko'chada tirik bir jon ko'rinmas, hammayoq jimjit. (O.Yo.) Besh yigit odamlarning ko'ziga tashlanmaslikka tirishib qishloqdan yakka-yakka chiqishdi-yu, to'qay ichida uchrashishdi. (P.Q.)

2. Harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda payt holi vasifasini bajaradi. Bobur bugun peshinda ishongan beklarini to'plab, mashvarat o'tkazdi. (P.Q.)U yolg'iz farzandim, qorong'u tunda dushman ko'payib ketgan shaharga chiqarislini istamas edi. (P. Q.) Harakatning bajarilishi uchun ob,yekt bo'lgan predmetnibildirib, nimada? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda to'ldiruvchibo'lib keladi.Shunga qaraganda yovning rejalarida qandaydir biro'zgarish yuz bergan edi. (P.Q.)

3. Harakatning bajarilishi holatini ifodalab. qanday? qayholatda? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi va gapda ravish holivazifasida keladi. Haydar apil-tapil kiyinib ariqdan liatlab o'tdi-da,paxsa devor bo'ylab o'sgan olchalar panasida cholning hovlisigaqaradi. (O.Yo.) O'rin- payt kelishigi predmet ma'nosini bildirib kimga? nimada? so'roqlaridan biriga javob bo'lsa, gapda to'ldiruvchi, ish- harakatning bajarilish o'rni, payt holatini bildirib, qaerda? qancha? qanday? so'roqlariga javob bo'lsa hol vazifasida keladi, Chiqish kelishgi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmet ish-harakatning yuzaga chiqish o'rnini, vaqtini, sababini bildiradi. Chiqish kelishigi -dan qo'shimchasi bilan shakllanadi. Chiqish kelishigi shaklidagi so'z quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:

1. Ish-harakatning boshlanish o'rnini bildirib, qaerdan?so'rog'iga javob bo'ladi va gapda o'rin holi vazifasini bajaradi. Derazamdan tushgan tola nur Somon yo'li kabi tovlanur. (E. V.) Klubdan chiqqan kishilar to'da-to'da bo'lib simyog'och tagida gaplashib turishibdi. (S.A.)

2. Ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?qachondan? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi va gapda payt holivazifasida keladi. Jannat hola kechadan beri supurgi tegmay ivirsibketgan uyni yig'ishtirayotgan edi. (S.A.)

3. Ish-harakatning bajarilishiga sabab bo'lgan vositani bildirib,kimdan? nimadan? so'roqlariga javob bo'ladi va gapdato'ldiruvchi vazifasida keladi. Ishlaydi. Bor kuchi bilan ishlaydi.Rohatidan kechadi, uyqusidan kechadi. (S.A.) Zuhrabegim xayolidan o'ziga tayanch izlar ekan yaqinda Buxoroni olib, endiSamarqandga qo'shin tortib kelishi kutilayotgan Shayboniyxonesiga tushdi. (P.Q.) Chiqish kelishigidagi so'z predmet ma'nosiga ega bo'lib, harakatning bajarilishiga sabab bo'Igan shaxsni. predmetni ifodalasa gapda to'ldiruvchi, o'rin-payt, holat ma'nolarini ifodalasa hol vazifasida keladi.

8-seminar mashg'ulot.

Kesimlik kategoriyasi, uning umumiy grammatik ma'nosi va shakllar paradigmasi

Reja


  1. Kelishik kategoriyasi haqida.

  2. Kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma'nosi va shakllar paradigmasi.

  3. Kelishik kategoriyasining mustaqil so’z turkumlarida voqelanish imkoniyatlari .

Kesimlik kategoriyasi. Gap bo’laklari Pm ma‘nosi bilan uzviy bog’liqdir. Shu boisdan gap bo’laklarini ko’rib o’tish bevosita gapning «jon»ini, markazini shakllantiruvchi vosita - kesimlik kategoriyasining tarkibi, ma‘nolari va ifodalanish usullariga qisqacha sharh berishimiz zarur. Zero, gap kengaytiruvchilari tushunchasi, ularni ajratish shu asosda gapning struktur zaruriy va ixtiyoriy tarkibiy qismlarini ajratish gapning «yuragi», gapning gap ekanligini ta‘minlovchi kesimlik kategoriyasi va uning ko’rsatkichlari, ifodalanish xususiyatlari bilan uzviy bog’liqdir. Shu sababli, gapning gapligini, ya‘ni bir nisbiy tugal fikrni, so’zlovchining hukmini, o’y-xayollarini boshqalarga yetkazishning, ular tomonidan to’g’ri anglanishining eng muhim omili - bu nutq bosqichida nutq sharoiti, lisoniy bosqichda esa kesimlik kategoriyasidir.

Kesimlik kategoriyasi mazmun jihatidan tasdiq-inkor (T), so’zlovchining bayon etilgan fikrga bildirgan munosabati (M), zamon (Z) va shaxs-son (SH) ma‘nolaridan tarkib topadi. (Buni qisqacha shartli ravishda T, M, Z, Sh deb belgilaymiz va qulaylik uchun keyingi o’rinlarda ana shu shartli qisqatmalardan foydalanamiz). Bu ma‘nolar yaxlit holda voqelangandagina ichki mazmun tomonini namoyon qila oladi. T, M, Z, Sh ma‘nolarining har biri alohida-alohida ravishda yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, modal so’zlarda mayl (modallik) ma‘nosi bo’ladi. Kishilik olmoshlari va egalik qo’shimchalarida shaxs-son ma‘nosi yetakchilik qiladi. Tasdiq-inkor so’zlari (ha, yo’q) da bo’lishli-bo’lishsizlik (-ma, 0) da tasdiq-inkor ma‘nosi yorqin ifodalangan bo’ladi. Payt ravishlari, zamon otlari, shuningdek, o’rin-payt kelishigi shaklida, ravishdosh va sifatdoshlarda zamon ma‘nosi ifodalanadi. Lekin bularning barchasi alohida-alohida voqelanishlar bo’lib, kesimlik vazifasida yuzaga chiqishidan boshqa holatlarda yaxlit sistem tabiatga ega bo’lmaydi. Zero, kesimlik kategoriyasi mazkur alohida olingan kategoriyalarning yaxlitligi (sistemasi) dan iboratdir. Har qanday tizim o’z tarkibiy qismlarining oddiy yig’indisidan kattaroq butunlikdir. Chunki T,M,Z,SH, kategoriyalari kesimlik kategoriyasida birlashar ekan, bu butunlik tarkibiy qismlarida avval bo’lmagan, lekin sistema tashkil etganda tug’iladigan hodisalarni ham qamrab oladi. Masalan, o’tgan yili o’qimagan odam birikuvidagi o’qimagan so’z shaklining birikuvchisi o’tgan yili so’z kengaytiruvchisi (lekin gap bo’lagi emas) dir. U o’tgan yili o’qimagan gapidagi o’tgan yili so’z shakli gap bo’lagi (hol)dir. Demak,birinchi qurilmadagi kesimlik kategoriyasi azosi emas, shu boisdan uning birikuvchisi (o’tgan yili) gap bo’lagi emas. Ammo ikkinchi qurilmada -gan kesimlik kategoriyasini tarkibiy qismi bo’lib, uning birikuvchisi gap bo’lagidir. Gap kesimlik tarkibidagina gap bo’laklarini o’ziga tobelaydi. Bu uning butunlik tarkibida kasb etgan yoki namoyon bo’lgan belgisidir.


Grammatik shakllangan gaplar. Grammatik shakllangan gaplarda kesimlik kategoriyasi shakli kesimlik qo’shimchalarining faqat o’zi bilan yoki bog’lama va kesimlik qo’shimchalari vositasida yasalishi mumkin.

Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari. O’zbek tilida kesimlik qo’shimchalari o’z voqelanishlari uchun boshqa bir gapni talab qilishi ham, talab qilmasligi ham mumkin. Quyidagi gaplarning kesimlariga diqqat qiling:

1.Men kecha maktabga bordim


2. Yomg’ir yog’masa edi, ekin-tekin ishlarini saranjomlab olgan bo’lur edik.

Birinchi gapning kesimi (bordim) o’z ma‘nosini boshqa gaplarga ehtiyoj sezmasdan voqelantirmoqda. Ikkinchi gapdagi kelsa, uchinchi gapdagi yog’masa edi, saranjomlab olgan bo’lur edik kesimlarining ushbu gaplarda voqelangan ma‘nolari uchun boshqa gaplar talab qilinadi. Boshqacha aytganda, kelsa va yog’masa edi kesimlaridan anglashilgan shart ma‘nosi boshlanadi, saranjomlab olgan bo’lur edik kesimlari yordamida, saronjomlab olgan edik kesimning ma‘nosi esa undan oldindagi yog’masa edi kesimi yordamida yuzaga chiqadi. Agar ikkinchi va uchinchi gaplarning ikkinchi qismi olib tashlansa, oldingi gaplardagi kesimdan shart emas, balki istak ma‘nosi yuzaga chiqadi: O’qituvchi kelsa. Yomg’ir yog’masa edi. Saranjomlab olgan bo’lur edik kesimi esa oldingi gapsiz hech qachon, boshqacha bo’lsa ham, ma‘nosini voqelantira olmaydi. Ma‘nosini yordamchisiz voqelantiradigan kesimlik shakli mustaqil kesimlik shakli(MKSH)deyiladi. 



Boshqa gaplarsiz, ya‘ni qurshovsiz o’z ma‘nosini voqelantira olmaydigan, voqelantirgan taqdirda esa butunlay boshqa ma‘no kelib chiqadigan kesimlik shakli nomustaqil kesimlik shakli (NKSH) deyiladi.

Горизонтальный свиток 9

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni.

“Hozirgi o‘zbek tili” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va tilshunoslikning amaliy masalalarni hal qilishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referat va ilmiy doklad tayyorlaydi, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradi, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydi.

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishga tavsiya etiladi:

1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan mavzularini o‘rganish.

2. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish.

3. Internet saytlaridan ma’lumotlarni tanlash va o‘zlashtirish.



4. Maxsus adabiyotlar bo‘yicha referat va konspektlar tayyorlash;

  1. Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanish.

  2. Seminar mashg‘ulotlariga tayyorlanish.

  3. Ilmiy ma’ruza tayyorlash.

  4. Slaydlar tayyorlash.

  5. Grafikli organayzerlar tayyorlash.

  6. Misollar to‘plash.

  7. Lingvistik masalalar tayyorlash.

  8. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon qilingan maqolalar ustida

ishlash.

  1. “Til va adabiyot ta’limi” jurnalida e’lon qilingan maqolalar ustida ishlash.

  2. “Filologiya masalalari” jurnalida e’lon qilingan maqolalar ustida ishlash.

  3. Mavzu bo‘yicha Internet materiallari bilan tanishish.

Mustaqil ta’lim mavzulari (60 соат (III-IV semestr)

1

Sistem tilshunoslikda Morfemika-morfologiyani o‘rganish

2

2

O‘zbek lug‘atchiligi muammolari

2

3

O‘zbek tilini semantik maydon sifatida o‘rganish muammolari

2

4

O‘zbek tilida so‘z yasalishini o‘rganish.

2

5

O‘zbek tilida so‘z turkumlari tahlili.

2

6

O‘zbek tilida yangi so‘z yasalishiga oid maqolalar ustida ishlash.

2

7

GK, GM va GSH. Kategorial, yondosh va hamroh ma’no tasnifini o‘rganish.

2

8

Fel so‘z turkumi LMGsi ustida ishlash.

2

9

Ot so‘z turkumi LMG va LMTlari ustida ishlash.

2

10

Derivatsiyaga oid matnlarni tahlil qilish

2

11

Kesimlik shaklida kategorial, yondosh va hamroh ma’no tasnifi.

2

12

So‘z turkumlari yuzasidan so‘nggi 5 yilda chop etilgan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash.

2

13

An’anaviy va sistem tilshunoslik vakillarining fe’l so‘z turkumi bo‘yicha qarashlari

2

14

A.Qahhorning “Anor” hikoyasini fe’llarning tasniflovchi va vazifadosh shakllari yuzasidan tahlili.

2

15

Sifat LMG va LMTlari tahlili.

2

16

Son va ravish LMG va LMTlari tahlili.

2

17

O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida chop etilgan maqolalar ustida ishlash

2

18

Ravish LMG va LMTlari tahlili.

2

19

Badiiy matnlarda taqlidlar.

2

20

O‘zbek tili grammatikasi”da fel va uning leksik-grammatik xususiyatlari haqidagi fikrlarni tahlil qilish.

2

21

Sifat va uning grammati va lug‘aviy ma’no turi tahlili.

2

22

Matnlarda olmosh so‘z turkumi bo‘yicha tahlil.

2

23

Sistem tilshunoslikda egalik va kelishik kategoriyasi.

2

24

Kelishik kategoriyasi LMT va LMGlari.

2

25

Matnlarda so‘z-gaplar bo‘yicha tahlil.

2

26

O‘zbek va rus tillarda olmoshlar qiyosi.

2

27

Morfologik shakl valentligi.

2

28

A.Qahhorning “Anor” hikoyasidagi Ishora so‘zlar va olmosh yuzasidan tahlil qilish.

2

29

Substantsional morfologiya va uning tadqiq tamoyillari tahlili

2

30

SH.Rahmatullayevning «Hozirgi adabiy o‘zbek tili» darsligida lingvistik metod masalasi va talqinlar.

2


Лента лицом вниз 31



O‘zbekcha

Ruscha

Inglizcha

ALIFBO - Harflarning qat’iy bir tartibda joylashishi

АЛФАВИТ -(*азбука) Совокупность расположенных в определенном порядке графических знаков, сложившаяся в определенный исторический период и используемая для фиксации и передачи на письме данного языка или языков. Алфавит латинский. Система графических знаков, приведенных в соответствие со звуковой системой языка и употребляемых для передачи языка на письме.

ALPHABET - The set of graphic signs placed in a certain order, developed in a certain historical period and is used to transfer to the letter of the language or languages. Latin alphabet. graphic signs system, harmonized with the sound system of language and is used to transmit the language to the letter.

ATRIBUT- (r < lat) 1. filos. Predmet yoki hodisaning o‘ziga xos, undan ajratib bo‘lmaydigan eng muhim xarakterli xususiyati, belgisi. Harakat materiyaning atributidir. 2. gram. Gapda biror bo‘lakning sifatini, belgi-xususiyatini xarakterlab keluvchi ikkinchi darajali bo‘lak; aniqlovchi.

АТРИБУТ. То же, что определение. Определение в абсолютной конструкции.


ATTRIBUTE. Same as the DETERMINATION. Henry dead, the crown was seized by his uncle.

AGGLYUTINATSIYA (r < lat) 1. biol. Suyuqlik ichida muallaq suzib yuradigan zarrachalarning, mas. Qizil va oq qon tanachalari, mikroblar va sh.k.ning, bir-biriga yopishib, qumoq-qumoq bo‘lib qolishi.

2. lingv. Turlanishda, tuslanishda va umuman so‘z o‘zgarishi va yasalishida affikslarning o‘zakka uning o‘zgarmagani holda izchillik bilan qo‘shilib borishi (agglyutinatsiya turkiy va boshqa ba’zi bir tillarga xos xususiyatdir).




АГГЛЮТИНАЦИЯ 1. Механическое присоединение однозначных стандартных аффиксов к неизменяемым основам или корням} ср. фузия.

2. нем. Слияние двух привычно сочетающихся слов, иногда g переразложением (деглюти-нацией).



AGGLUTINATION 1.Mechanical connection standard unambiguous affixes to the immutable basis or roots.

2. Dutch. Anleimung, Anwachsen, Lautverwachsung. The merger combined two familiar words, sometimes re-expansion




ARXAIZM - hozirgi paytda bor bo‘lgan voqelikning eskirgan nomi yoki hozirgi tilda mavjud bo‘lgan leksemaning eskirgan ma’nosi.


АРХАИЗМ 1. Слово или выражение, вышедшее из повседневного употребления и потому воспринимающееся как устарелое, а Русск. ваятель, вдовствовать, вдовица, врачевание, втуне, даяние, издревле, лихоимство, навет, наущать. 2. Троп, состоящий в употреблении старого (старинного) слова или выражения в целях исторической стилизации, придания речи возвышенной стилистической окраски, достижения комического эффекта И Т. П. а Русск. перст судьбы.


ARCHAISM A word or expression that has withdrawn from everyday use and therefore perceived as outdated

2. Trop, consisting in the use of the old words or expressions in order to historic styling, giving speeches elevated stylistic coloring to achieve comic effect, etc.




ASSIMILYATSIYA

Bir tovushning boshaqa bir tovushga moslashishi (uyg‘unlashuvi)



АССИМИЛЯЦИЯ (уподобление) 1. (диляция). Приспособление одних звуков к другим, состоящее в приспособлении рекурсии предшествующего звука к экскурсии последующего; противоп. диссимиляция. Уподобление звуков друг другу, изменение обоих звуков под влиянием друг друга. Уподобление звуков, получившее отражение на письме. Взаимодействие звуков, в результате которого они становятся одинаковыми; противоп. частичная ассимиляция.

АSSIMILATION

1. Adaptation of one sound to another, consisting in adjusting the sound to the previous recursion subsequent excursions;

2. Likening of sounds to each other, a change in both the sounds influenced by each other.

3. Likening of sounds which are reflected in the letter. The mutual assimilation of sounds separated by other sounds, belonging both to one syllable and to different syllables.



QO‘SHIMCHA QO‘SHISH

Asosga (o‘zakka) qo‘shimcha qo‘shish




АФФИКСАЦИЯ (прогрессивная деривация) Морфологический процесс (соотв. явление), заключающийся в присоединении аффиксов к корням или основам.

АFFIXATION- Morphological process consists in joining affixes to roots or fundamentals

ANIQLOVCHI- Prеdmеtning bеlgisini, qarashliligini ifоda qiluvchi gap bo‘lagi aniqlоvchi dеyiladi.


ОПРЕДЕЛЕНИЕ (атрибут, детерминация) Несамостоятельный второстепенный член предложения, присоединяемый к господствующему члену атрибутивной связью и указывающий на признак господствующего члена предложения.

DETERMINATION attributive - A dependent minor part of the sentence that is attached to the dominant member of the attribute and link point to a sign of the ruling of the sentence.

BO‘G‘IN- bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi

СЛОГ I 1. Отрезок речи, заключенный между двумя минимальными растворами, характеризующийся увеличением звучности (громкости) и являющийся естественной единицей сегментации речевого потока. Слог произносится отдельным напором выдыхаемого воздуха (отдельной пульсацией, вызываемой движением межреберных мышц) и поэтому может рассматриваться как своего рода «дуга» произносительного напряжения.

2. Отрезок речи, состоящий только из слогообразующего элемента и сопутствующих ему менее звучных частей.



SYLLABLE

1.The length of the speech, included between the two minimum solutions, characterized by an increase in sonority (volume) and is the natural unit of segmentation of the speech stream. The syllable pronounced certain pressure of exhaled air (a single ripple caused by the movement of the intercostal muscles) and can therefore be considered as a kind of "arc" of pronunciation stress.

2. The length of the speech, consisting of only syllabic elements and accompanying less loud parts.


ERGASH GAP

Bosh gap tarkibidagi biror bo‘lakni yoki uning butun mazmunini izohlab to‘ldirib keladigan gap



ПРИДАТОЧНОЕ ПРЕДЛОЖЕНИЕ (обусловливаемое предложение, подчиненное предложение, зависимое предложение) Предложение, входящее в состав сложноподчиненного как зависящее от главного (или абсолютно независимого) предложения, причем зависимость его от последнего нормально получает определенное синтаксическое выражение, а) Придаточные предложения, классифицируемые на основе уподобления их функций функциям членов простого предложения.

SUBORDINATE (DEPENDENT) CLAUSE

The proposal, which is part of a complex as the best from the main (or completely independent) offers, with its dependence on the latter normally receives a certain syntactic expression



FONOLOGIYA nutq tovushlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi

ФОНОЛОГИЯ (фонемика, фонемология) Раздел языкознания, изучающий звуки речи как средство различения звуковых оболочек (звуковой стороны, выражения) слов и морфем, исследующий семиологическую релевантность и функциональные свойства звуков, звукосочетаний и просодических средств.

PHONOLOGY - Section of linguistics studying the sounds of speech as a means of distinguishing between audio skins (sound hand expression) words and morphemes, semiological exploring the relevance and functional properties of sounds, sound combinations and prosodic means.

FRAZEOLOGIYA

Iboralarni o‘rganuvchi til bo‘limi



ФРАЗЕОЛОГИЯ 1. Раздел языкознания, изучающий лексико-семантическую сочетаемость слов языка.

Состав (фонд) фразеологических единиц данного языка.




Phraseology -

Section of linguistics that studies the lexical-semantic compatibility of words of a language.

Composition (Fund) phraseological units of a given language.


KONSTRUKSIYA (r < lat) 1. Inshoot, mexanizm, asar va sh.k.ning tuzilishi, qismlarning o‘zaro joylashuvi. Eski konstruksiya. (Murakkab tuzilishli inshoot, mexanizm va sh.k.ning o‘zi.)

2.lingv. Grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lanib, bir sintaktik birikmani tashkil etadigan ikki va undan ortiq so‘z, umuman so‘zlar birikmasi.




КОНСТРУКЦИЯ (оборот) Синтаксическое целое, составленное из объединенных в речи языковых единиц, сочетающихся вследствие наличия у них определенных грамматических свойств.

CONSTRUCTION - Syntactical composed of the combined speech language units, combined as a result of their having certain grammatical properties

KESIM

Ega haqidagi hukmni ifodalaydigan so‘z yoki so‘zlar birikmasidan iborat bo‘lgan, gapning predikativ markazini tashkil qiluvchi bosh bo‘lak



СКАЗУЕМОЕ (предикат) Слово (или сочетание слов), выражающее предикацию и функционирующее поэтому в качестве центрального конституирующего члена предложения; в двусоставном предложении оно грамматически зависит от подлежащего.

PREDICATE - The word (or combination of words) expressing predication and therefore functioning as a central constitutive of the sentence; in a two-part sentence is grammatically independent of the subject.

LEKSIKOLOGIYA

Tilning lug‘at boyligini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi



ЛЕКСИКОЛОГИЯ Раздел языкознания, занимающийся изучением словарного состава языка. Лексикология историческая.


LEXICOLOGY - Section of linguistics that studies the vocabulary of the language. Historical Lexicology.

HARF- Tovushning yozuvdagi shartli belgisi

БУКВА Графический знак, который сам по себе или в сочетании с другими знаками (как линейными, так и диакритическими) традиционно используется для обозначения на письме фонем, их основных вариантов или их типичных последовательностей. Буква гласная.

LETTER - Graphic sign, which by itself or in combination with other characters (both linear and diacritical) has traditionally been used to denote the phoneme letter and their basic variants or typical sequences.

MORFEMA- (r < grek) lingv. So‘zning ma’no anglatuvchi, qismlarga bo‘linmaydigan bo‘lagi.


МОРФЕМА (морфологическая единица) 1. (связанная форма). Наименьшая (предельная, неделимая далее без потери данного качества) и регулярно воспроизводимая согласно моделям данного языка единица системы выражения, непосредственно соотносимая с соответствующим ей элементом системы содержания (семемой); ср. семема (в 1 знач.).

2. (форматив, оформитель основ). Грамматический аффикс (флексия) или служебное слово, выступающее в чисто грамматической функции. Mорфема словообразовательная.




MORPHEME

1. (Bound form). The lowest (marginal, indivisible further without loss of quality) and played back on a regular basis according to the model of the language unit of the expression system, directly correlated with its corresponding element in the content system




MORFEMIKA- So‘zning tarkibiy qismlarini o‘rganuvchi bo‘lim

МОРФЕМИКА Раздел морфологии, занимающийся описанием морфологических моделей языка, т. е. описанием строения морфем и закономерностей их расположения в более протяженных последовательностях; ср. графемика, фонемика (в 1 знач.).


MORPHEMICS - Section morphology engaged in morphological description language models, ie the description of the structure of morphemes and regularities of their location in a more extended sequences;

MORFOLOGIYA- (r < grek) 1. Organizm, a’zo. Zamin tuzilishi haqidagi fan. Eksperimental morfologiya.

2. So‘zlarning tarkibi va o‘zgarish shakllari sistemasi, grammatikaning so‘z tarkibi va shakllarini o‘rganuvchi bo‘limi.




МОРФОЛОГИЯ 1. Раздел языкознания, изучающий разнообразные аспекты строения слова с точки зрения зависимости его значения от составляющих его морфем. Основным предметом морфологии является исследование системы морфологических противопоставлений, свойственных данному языку, т. е. системы его грамматических категорий и способов их выражения, включая учение о формообразовании

2. Совокупность морфологических противопоставлений, свойственных данному языку, его грамматических категорий и способов их выражения. Выражение грамматических категорий посредством соположения морфем, не претерпевающих при этом морфонологических изменений.



MORPHOLOGY

1. Section of linguistics studying various aspects of the structure of the word in terms of its value depending on its constituent morphemes. The main subject is the study of the morphology morphological oppositions system specific to the language, so its system of grammatical categories and modes of expression, including the doctrine of shaping

2. The set of morphological oppositions inherent in a given language, its grammatical categories and ways of expressing them. The expression of grammatical categories through the juxtaposition of morphemes, do not undergo changes during this morphonological.


ORFOGRAFIYA - so‘zlarni to‘g‘ri yozish haqidagi qoidaldar


ORFOGRAFIYA-правописание

ORTHOGRAPHY- about the spelling rules

SEMASIOLOGIYA

So‘zning lug‘aviy ma’nolarini o‘rganuvchi bo‘lim



СЕМАСИОЛОГИЯ (семантика, сематология, сигнифика, учение о значении) 1. Раздел языкознания, изучающий значение (содержание, внутреннюю сторону) языковых единиц.

2. Раздел языкознания, изучающий лексические значения слов и выражений и изменения их значений.




SEMASIOLOGY-

1. Section of linguistics studying the value (content, inner side) of language units.

2. The branch of linguistics that studies the lexical meanings of words and phrases and their meanings change.


SINONIMLAR -Shakli va talaffuzi har xil, ma’nolari bir-biriga yaqin so‘zlar (ma’nodosh so‘zlar)

СИНОНИМЫ (равнозначащие слова, равнозначные слова) Те члены тематической группы (во 2 знач.), которые а) принадлежат к одной и той же части речи и б) настолько близки по значению, что их правильное употребление в речи требует точного знания различающих их семантических

SYNONYMS- Those members of the focal group a) which belong to the same part of speech and b) are so close in value that their proper use in speech requires precise knowledge of distinguishing their semantic

SINTAGMA

Bir havo zarbi bilan aytiladigan, intonatsion butunlikka ega bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmalari



СИНТАГМА Двучленная структура, члены которой соотносятся как определяемый (Т) и определяющий (Т1), причем этими членами могут быть как слова, так и морфемы; сложнообразованный знак речи, в котором функции отождествления — различения распределяются между составляющими его элементами, которых (элементов) вследствие бинарного характера синтагмы нормально два. Результат данной фразировки, результат синтактико-стилистиче-ского членения (сегментации) фразы.


SYNTAGMA- Two-term structure, whose members are related as defined by (T) and determines (T1), and those members can be either a word or morpheme; slozhnoobrazovanny sign language, in which the identification function - distinguishing distributed among its constituent elements

SINTAKSIS-Tilning qurilishini o‘rganuvchi bo‘lim

СИНТАКСИС 1. Раздел языкознания, предметом которого является как предложение, выступающее в качестве основной единицы речи, так и словосочетание, выступающее в качестве сложного, непредельного составляющего предложения.

SYNTAX - Section linguistics, the subject of which is a proposal that acts as the basic unit of speech, and the phrase acting as a complex, unsaturated constituent sentences.

TRANSKRIPSIYA nutqni maxsus yozish usuli

ТРАНСКРИПЦИЯ 1. Специальный способ записи речи для научно-лингвистических целей.

TRANSCRIPTION- Special method of voice recording for scientific and linguistic purposes.

GAP- Nisbiy tugallangan fikr va ohangga ega bo‘lgan sintaktik qurilma

ПРЕДЛОЖЕНИЕ (*законченное словосочетание, независимое словосочетание, предикативная синтагма, предикативное словосочетание, предикативное сочетание, фраза) 1. Грамматически и интонационно оформленная по законам данного языка целостная единица речи, являющаяся главным средством формирования, выражения и сообщения мысли о некоторой действительности и отношения к ней говорящего. Предложение обладает свойством звуковой выделимости (на основе внутренней фонетической организованности), оно выражает предикацию и состоит из одного или нескольких слов, являющихся его предельными составляющими (или потенциальным минимумом).


SENTENCE- Grammatically intonation and decorated according to the laws of the language integrated unit of speech, which is the principal means of formation, expression and communication of thought on some of reality and the relationship of the speaker to it. The proposal has the property vydelimosti sound (based on the internal organization of the phonetic), it expresses predication and consists of one or more words that are limiting its constituents (or potential minimum).


GAP BO‘LAKLARI – ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘ladigan mustaqil ma’noli so‘zlar

ЧАСТИ РЕЧИ (грамматико-семантические категории слов, грам-матико-семантические классы слов, грамматические классы слов, лексико-грамматические классы слов, морфологизованные члены предложения, парадигматические классы слов, *формальные классы слов) Основные подразделения, или разряды, на которые распадаются слова языка (словарный состав языка) вследствие наличия у них

РARTS OF SPEECH- Main unit, or discharges, which break down language words (vocabulary of a language) as a result of their having

GRAMMATIKA- (r< lat) 1. Tilshunoslikning so‘z va gap qurilishini o‘rganuvchi, shunga ko‘ra ikki qismdan- morfologiya va sintaksisdan iborat bo‘limi.

2. Biror tilning o‘ziga xos so‘z o‘zgarishi va so‘zlarning gapda o‘zaro birikish qoida va normalari majmui. (Shu qoidalar bayon etilgan o‘quv kitobi, darslik.)




ГРАММАТИКА 1. Раздел языкознания, изучающий формы словоизменения, формулы словосочетания и типы предложений в отвлечении от конкретного материального (лексического, вещественного) значения слов, словосочетаний и предложений.

GRAMMAR- Section of linguistics studying forms of inflection, the formula phrases and sentence types in abstraction from concrete material (lexical, real) meaning of words, phrases and sentences.

GRAFIKA- Tilshunoslikning yozuv tizimini o‘rganuvchi bo‘lim

ГРАФИКА 1. Совокупность всех средств данной письменности. Латинская графика.

2. Соотношение системы письменных знаков с фонетической системой языка.




GRAPHICS 1. The combination of all these means of writing. Latin script.

2. The ratio of the system of written signs with the phonetic system of the language.




TARQATMA MATERIALLAR

Bilet N 1
1. Morfemika. Affiks morfemalarning turlari.

2. O‘zbek tilida troplar.

3. Berilgan so‘zlarni so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil qiling: to‘lishdi, vatandoshlarim, o‘zlashtirmoq

Tayanch tushunchalar:

1) Qo‘shma so‘z; 2) Affiks; 3) Shakl yasovchi affiks; 4) Morf; 5) O‘zak.



Amaliy savollar:

1. Predmetning aniq, konkret miqdorini, ketma-ketligini ifodalovchi sonlar turi qanday nomlanadi?

2. So‘zning ma’noli qismlari, ularning turlari, so‘zning morfemik strukturasi bilan bog‘liq masalalar qaysi bo‘limda o‘rganiladi?

3 So‘z turkumlari, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar va grammatik shakllar qaysi bo‘limda o‘rganiladi?

4. Bir xildagi predmet yoki hodisalarning birini ajratib ko‘rsatuvchi otlar qanday nomlanadi?

5. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi otlar qanday nomlanadi?



Bilet N 2
1. O‘zbek tilida fe’l yasalishi.

2. Matn va uning turlari.

3. Berilgan so‘zlarni so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil qiling:isrofgarchilik, chizmachilik,

hosildorlik



Tayanch tushunchalar:

1) Juft so‘zlar; 2) Takroriy so‘zlar; 3) Affiksatsiya usuli; 4) Yordamchi so‘zlar;

5) Qo‘shimchalar

Amaliy savollar:

1. Otning boshqa so‘zlar bilan sintaktik munosabatini ko‘rsatuvchi ma’nolar va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar sistemasi qanday nomlanadi?

2. Predmetning belgisini bildiruvchi so‘zlar qanday nomlanadi?

3. Predmetning son-sanog‘ini bildirgan so‘z turkumi qanday nomlanadi?

4. Predmetlarni sanash, donalab ko‘rsatish va taqsimlash ma’nosini ifodalovchi sonlar qanday nomlanadi?

5. So‘zning ma’noli qismi haqidagi ta’limot qaysi?



Bilet N 3

1. So‘zning grammatik qurilishi.

2. Gapning his-xayajonning ishtirokiga ko‘ra turlari.

3. Berilgan so‘zlarni so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil qiling: mo‘lchilik, loygarchilik, chorvachilik



Tayanch tushunchalar:

1) Sintetik shakl; 2) Prefiks; 3) Grammatik ma’no; 4) O‘zak; 5) Yasama asos.



Amaliy savollar:

1. Predmetning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi umumiy ma’nolar va ularni ifoda qiluvchi shakllar sistemasi qanday nomlanadi?

2. Predmetning uch shaxsdan biriga mansubligini ko‘rsatuvchi morfema qanday nomlanadi?

3. So‘z yasashning biror usuli bilan hosil bo‘lgan sifatlar qanday nomlanadi?

4. Predmetlarda belgining ortiq - kamligi jihatidan farqlanishi qanday nomlanadi?

5. Predmetlarning hisobini ko‘rsatuvchi so‘zlar qanday nomlanadi?


Bilet N 4

1. Sifatlarda daraja kategoriyasi.

2. O‘zbek tilida ko‘chimlar.

3. Berilgan so‘zlarni so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil qiling: tayyorgarchilik, o‘rtoqchilik, ozchilik



Tayanch tushunchalar:

1) Oddiy daraja; 2) Unumli so‘z yasovchilar; 3) Derivatsiya; 4) Orttirma daraja; 5) Leksik vosita



Amaliy savollar:

1. Bir turdagi predmetning o‘zini bildiruvchi otlar qanday nomlanadi?

2. O‘z holicha ko‘plikni ifodalovchi otlar qanday nomlanadi?

3.Otlarda oppozitsiya holida bo‘lgan birlik va ko‘plik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar sistemasi qanday nomlanadi?

4. Daraja ifodalovchi vositalarga ega bo‘lmagan sifatlar darajasi qanday nomlanadi?

5. Belgining oddiy holatdagidan kuchsizligini bildiruvchi sifatlar darajasi qanday nomlanadi?



Bilet N 5
1. O‘zbek tilida nutq uslublari.

2. O‘zbek tilida fe’l yasalishi.

3. Berilgan so‘zlarni so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil qiling: foydalanmoq, allalamoq, tumanli.

Tayanch tushunchalar:

1) Affiksatsiya usuli; 2) Kompozitsiya usuli; 3) Murakkab affikslar; 4) Derivatsiya; 5) Yasama fe’l



Amaliy savollar:

1. So‘zning obyektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat haqidagi ma’lumot qanday nomlanadi?

2. Kompozitsiya usuli bilan hosil qilingan so‘z qanday nomlanadi?

3. So‘zning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalarni o‘rganuvchi bo‘lim qanday nomlanadi?

4. Harflarning muayyan tartibda joylashtirilgan yig‘indisi nima deyiladi?

5. Yozma nutqning qonun-qoidalarini o‘rganuvchi bo‘lim qanday nomlanadi?



Bilet N 6
1. O‘zbek tilida mustaqil so‘zlar.

2. Leksikografiya. Lug‘at va uning turlari.

3. Berilgan so‘zlarni so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil qiling: maqtanganlar, muvofiqlashtirmoq, sersuvroq

Tayanch tushunchalar:

1) Ot turkumi; 2) Xususiy lug‘at; 3) Imlo lug‘at; 4) Grammatik va leksik ma’no; 5) Fe’l



Amaliy savollar:

1. So‘zga affiks qo‘shish bilan yangi so‘z hosil qilish qanday nomlanadi?

2. Biror narsa, belgi yoki harakatning nomini o‘zaro o‘xshashligi bo‘lgan boshqa narsa, belgi yoki harakatga ko‘chirish qanday ma’no ko‘chishi sanaladi?

3. Narsa, belgi va harakatlar o‘rtasidagi aloqadorlik asosida nom ko‘chishi qanday yuritiladi?

4. Birdan ortiq o‘zakni qo‘shish orqali yangi so‘z yasash qanday nomlanadi?

5. Juda ko‘p miqdorda yangi so‘zlar yasashda xizmat qiluvchi affikslar qanday nomlanadi?


Bilet N 7
1. Otlarda kelishik kategoriyasi.

2. Orfografiya qoidalari.

3. Berilgan so‘zlarni so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil qiling: bilimdonlar, bexabar, yaxshilikni

Tayanch tushunchalar:

1) Doimiy kategoriya; 2) Qaratqich kelishigi; 3) Sifat; 4) Kompozitsiya usuli; 5) Affiksatsiya usulida so‘z yasash.



Amaliy savollar:

1. Tildagi bir ma’nolilik hodisasi nima deyiladi?

2. Tildagi ko‘p ma’nolilik hodisasi qanday nomlanadi?

3. Juda kam miqdorda so‘z yasashda xizmat qiluvchi affikslar qanday nomlanadi?

4. O‘z xususiyati bilan affikslarga juda yaqin turuvchi so‘z affikslar qanday nomlanadi?

5. So‘zning semantik strukturasi va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi soha nima deyiladi?



Bilet N 8
1. O‘zbek tilida so‘z yasalishi.

2. O‘zbek tilida grammatik vositalar.

3. Berilgan so‘zlarni so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil qiling: nodonlar, go‘zallikning, qarsaklar

Tayanch tushunchalar:

1) Unumsiz so‘z yasovchilar; 2) Fonetik usul; 3) Derivatsiya; 4) Yordamchi so‘zlar; 5) Abbreviatsiya usuli.



Amaliy savollar:

1. Tarkibida so‘z yasovchi affiks ishtirok etgan yoki ikki va undan ortiq mustaqil o‘zakning birikuvidan hosil bo‘lgan so‘z qanday nomlanadi?

2. Fonetik o‘zgarish natijasida hosil bo‘lgan so‘z qanday nomlanadi?

3. Butun va bo‘lak munosabati asosida yangi ma’no hosil qilish qanday yuritiladi?

4. Bajaradigan vazifasidagi birlik asosida nom ko‘chishi nima deyiladi?

5. So‘z ma’nosi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan so‘z qanday nomlanadi?


Bilet N 9
1. O‘zbek tilida ot yasalishi.

2. Son so‘z turkumi

3. Berilgan so‘zlarni so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil qiling: balandlikdan, savdogarchilik, darsliklar

Tayanch tushunchalar:

1) Affiksatsiya usuli; 2) Abbreviatsiya usuli; 3) Tartib son; 4) Kompozitsiya usuli; 5) Aralash son



Amaliy savollar:

1. Fonetik strukturasida ma’lum tovushi farqli, lekin talaffuzi bir xil bo‘lgan so‘zlar qanday nomlanadi?

2. Affikslarning shaklan har xil, umumiy ma’nosi bir xil bo‘lish hodisasi qanday nomlanadi?

3. Affikslarning qarama-qarshi ma’no bildirish hodisasi qanday nomlanadi?

4. SHakli va talaffuzi bir xil bo‘lgan so‘zlar qanday nomlanadi?

5. Turli so‘z turkumlari doirasida omonim bo‘lgan so‘zlar qanday nomlanadi?


Bilet N 10
1. O‘zbek tilida ravish yasalishi.

2. Affiksal polisemiya,omonimiya va sinonimiya.

3. Berilgan so‘zlarni so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil qiling: shirinliklar, xo‘plam, dehqonchilik

Tayanch tushunchalar:

1) Omomorfema; 2) Affiksatsiya usuli; 3) Sinonim qo‘shimchalar; 4) Qo‘shma ravish; 5) Kompozitsiya usuli.



Amaliy savollar:

1. Yozilishi bir xil bo‘lgan so‘zlar qanday nomlanadi?

2. Fonetik strukturasi boshqa-boshqa, talaffuzda o‘xshash,yaqin bo‘lib qoladigan so‘zlar qanday nomlanadi?

3. Ma’lum so‘z turkumidagi biror grammatik kategoriyaga xos shakl yasovchi affikslar qanday nomlanadi?

4. Ma’nosi o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan, har xil affikslarning shaklan bir xil bo‘lishi qanday nomlanadi?

5. Tovushning yozuvdagi ifodasi nima?


MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Morf va morfema munosabati.

2. Morfemalarning turlari haqida ma’lumot.

3. O‘zak morfema haqida ma’lumot

4. O‘zak morfemaning affiksal morfemalardan farqi?

5. Affikslarning vazifasiga ko‘ra turlari.

6. So‘z yasovchi va shakl yasovchi affikslar munosabati.

7. Shakl yasovchi affikslarning turlari.

8. Sodda va murakkab affikslar.

9. Affikslarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.

10. Omonim affikslar haqida ma’lumot.

11. Sinonim affikslar haqida ma’lumot.

12. Antonim va polisemantik affikslar haqida ma’lumot.

13. Grammatika nima?

14. Grammatik ma’no haqida ma’lumot.

15. Grammatik ma’no ifodalashning qanday vosita va usullarini bilasiz?

16. Grammatik shakl haqida ma’lumot

17. Grammatik shaklning qanday ko‘rinishlari bor?

18. Grammatik kategoriya (ko‘rsatkich) nima?

19. So‘zning sintetik shakli haqida ma’lumot.

20. So‘zning analitik shakli haqida ma’lumot.

21. Juft va takroriy shakl nima?

22. Nol ko‘rsatkichli shakl haqida ma’lumot.

23. Tub so‘z haqida ma’lumot.



  1. Yasama so‘z haqida ma’lumot.

  2. So‘z yasalishi haqida ma’lumot.

  3. So‘z yasashning qanday usullarini bilasiz?

  4. Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishi haqida ma’lumot.

  5. Kompozitsiya usuli bilan so‘z yasalishi haqida ma’lumot.

  6. Abbreviatsiya usuli bilan so‘z yasalishi haqida ma’lumot.

  7. Qisqartma otlar qanday ko‘rinishlarga ega?

  8. So‘z yasalishining boshqa turlari haqida ma’lumot.

  9. So‘zlarni turkumlarga ajratishda qanday tamoyillarni bilasiz?

  10. So‘zlarni turkumlarga ajratishda nimalar asos qilib olinadi?

  11. Ismlar deganda qaysi turkumlar tushuniladi?

  12. O‘zgarmas so‘zlar deganda qaysi turkumlar tushuniladi?

  13. So‘z turkumlari haqida ma’lumot.

  14. Ot so‘z turkumi haqida ma’lumot.

  15. Otning leksik-semantik xususiyatini izohlang.

  16. Otning morfologik xususiyatini sanang.

  17. Otning sintaktik xususiyatlarini izohlang.

  18. Otning qanday ma’no turlari mavjud?

  19. Atoqli va turdosh otlar haqida ma’lumot.

  20. Aniq va mavhum otlarning farqi nimada?

  21. Yakka va jamlovchi otlar haqida ma’lumot.

  22. Otlarda son kategoriyasi nimani bildiradi?

  23. Birlik shakl haqida ma’lumot

  24. Ko‘plik shakl haqida ma’lumot

  25. Qanday otlar birlik va ko‘plik son shakliga ega?

  26. Otlarda ko‘plik ma’nosi qanday usullar bilan ifodalanadi?

  27. Faqat birlik son shaklida qo‘llanadigan otlarni sanang.

  28. Ko‘plik qo‘shimchalarining ma’no xususiyatlari haqida ma’lumot.

  29. Otlarda egalik kategoriyasini haqida ma’lumot.

  30. Affikslarda sinkretizm hodisasi.

  31. Otlarda egalik qo‘shimchalari qo‘shimchalari qo‘shilganda, qanday tovush o‘zgarish hodisalari yuz berishini tushuntiring.

  32. Otlarning kelishik kategoriyasi haqida ma’lumot.

  33. Bosh kelishikning ma’nosi, shakli va vazifasini tushuntiring.

  34. Qaratqich kelishik ma’nosi, shakli va vazifasini ayting.

  35. Tushum kelishik ma’nosi, shakli va vazifasini ayting.

  36. O‘rin-payt kelishikning ma’nosi shakli va vazifasini izohlang.

  37. Chiqish kelishikning ma’nosi, shakli va vazifasini izohlang.

  38. Ot qaysi so‘z yasash usullari bilan yasaladi?

  39. Affiksatsiya usuli bilan ot yasash haqida ma’lumot.

  40. Ot yasovchi qo‘shimchalari qanday guruhlarga ajratiladi?

  41. Kompozitsiya usuli bilan ot yasash haqida ma’lumot.

  42. Abbreviatsiya usuli bilan qanday otlar yasaladi?

  43. Otlarning lug‘aviy shakllari haqida ma’lumot.

  44. Otlarning lug‘aviy shakllari orqali qanday ma’nolar ifoda qilinadi?

  45. Mavhum otlar haqida ma’lumot.

  46. Sifat turkumi haqida ma’lumot.

  47. Sifatning qanday ma’no turlari mavjud?

  48. Asliy va nisbiy sifat haqida ma’lumot.

  49. Sifatning belgini darajalab ifodalashiga ko‘ra qanday turlarini bilasiz?

  50. Oddiy, qiyosiy va orttirma daraja haqida ma’lumot.

  51. Sifatning otlashuvi va otga ko‘chishi haqida ma’lumot.

  52. Sifat qanday usullar bilan yasaladi?

  53. Son turkumi haqida ma’lumot.

  54. Sonlar qanday ifodalanadi?

  55. Son qanday leksik-grammatik xususiyatlarga ega?

  56. Bir sonining o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang.

  57. Miqdorni butun va qismlarga ajratib ifodalashga ko‘ra sonning turlari bor?

  58. Son ma’no jihatdan qanday turlarga bo‘linadi?

  59. Tartib son ifodalaydigan ma’nolarni izohlang.

  60. Hisob so‘zlar qanday o‘lchov birliklarini bildiradi?

  61. Olmosh va uning xususiyatlari.

  62. Olmoshning ma’no turlari haqida ma’lumot.

  63. Fe’l so‘z turkumining xususiyatlari.

  64. Fe’l zamonlari shakllari.

  65. Fe’l nisbatlari turlari.

  66. Ko‘makchi fe’llarning ma’no xususiyatlari.

  67. Bog‘lovchi haqida ma’lumot.

  68. Sof va vazifadosh ko‘makchilar.

  69. Yuklamaning ma’no jihatdan turlari.

  70. Modal so‘zlar. Undov so‘zlar haqida ma’lumot.

  71. Taqlid so‘zlarning grammatik belgilari.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR (JN, ON, YN)


1. Morf va morfema munosabati.

2. Morfemalarning turlari haqida ma’lumot.

3. O‘zak morfema haqida ma’lumot.

4. O‘zak morfemaning affiksal morfemalardan farqi?

5. Affikslarning vazifasiga ko‘ra turlari.

6. So‘z yasovchi va shakl yasovchi affikslar munosabati.

7. Shakl yasovchi affikslarning turlari.

8. Sodda va murakkab affikslar.

9. Affikslarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.

10. Omonim affikslar haqida ma’lumot.

11. Sinonim affikslar haqida ma’lumot.

12. Antonim va polisemantik affikslar haqida ma’lumot.

13. Grammatika nima?

14. Grammatik ma’no haqida ma’lumot.

15. Grammatik ma’no ifodalashning qanday vosita va usullarini bilasiz?

16. Grammatik shakl haqida ma’lumot.

17. Grammatik shaklning qanday ko‘rinishlari bor?

18. Grammatik kategoriya (ko‘rsatkich) nima?

19. So‘zning sintetik shakli haqida ma’lumot.

20. So‘zning analitik shakli haqida ma’lumot.

21. Juft va takroriy shakl nima?

22. Nol ko‘rsatkichli shakl haqida ma’lumot.

23. Tub so‘z haqida ma’lumot.
TESTLAR
1. Qaysi so‘zlar leksik ma’noga ega bo‘ladi?

A) mustaqil so‘zlar B) yordamchi so‘zlar

C) undov va taqlid so‘zlar D) mustaqil,undov va taqlid so‘zlar
2. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar berilgan qatorni aniqlang.

A) -lik, -chilik, -at, -ot B) -lik va -chilik

C) -li va -lik D) -li, -lik, -chilik
3. Qaysi qatorda mavhum otlar o‘zaro sinonim bo‘lib kelgan?

A) kuch-qudrat B) sevgi-muhabbat C) yuz-aft D) A va B


4. Sifat turkumiga oid so‘zlar asosida paydo bo‘lgan atoqli otlar qatorini ko‘rsating.

A) Turg‘un, Ozoda, Muqaddas B) Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon

C) Ra’no, Muhabbat, Mamlakat D) Mars, Yupiter, Merkuriy

5. Qismlari turdosh otlardan bo‘lgan qo‘shma otlar qatorini aniqlang.

A) tovoq-qoshiq, ko‘rpa-yostiq, o‘g‘il-qiz

B) laylakqor, oybolta, o‘qilon

C) kungaboqar, beshiktervatar, molboqar

D) achchiqtosh, sassiqpopishak, qoraqurt


6. -gina qo‘shimchasi qaysi turkumga oid so‘zlarga qo‘shilib, ma’noni kuchaytirish,

erkalash, ta’kidlash uchun ishlatiladi?

A) ot, ravish, sifat B) ot, sifat, ravish, fe’l

C) faqat otlarga D) ot, sifat


7. Xalq istagi ozod bo‘lsin bu o‘lka, Bitsin uning boshidagi ko‘lanka,

Yo‘qlikni-da, ochlikni-da yo‘q etar O‘z yurtini har narsaga to‘q etar.

Mavhum otlarni toping.

A) o‘lka, ko‘lanka B) yo‘q, to‘q C) yo‘qlik, ochlik D) yurt
8. Buyum-narsa oti yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etgan qatorni toping

A) tuzdon, karkidon, ochiq C) supurgi, qatiq, qipiq

B) kiyim, kurak, qirg‘ich D) qultum, uzun, xum

9. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchani toping

A) -chi B) -k, -ak C) -gich D) -lik
10. Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,

Labing yaprog‘idin tomgan ki go‘yo qatra bol bo‘lsam.(H.Olimjon)

Baytdagi so‘zlarning nechtasi ot turkumiga mansub?

A) 7 tasi ot B) 5 tasi ot C) 4 tasi ot D) 6 tasi ot
11. Qaysi qator faqat kichraytirish va erkalash otlaridan iborat?

A) yulduzcha, archa, cho‘pchak B) tugunchak, qo‘zichoq, kuyunchak

C) qizaloq, yalinchoq, qo‘g‘irchoq D) kelinchak, bo‘taloq, kitobcha
12. Tub sifat berilgan qatorni toping

A) ko‘kimtir B) kul rang C) kuydi-pishdi D) tungi


13. Taqlid so‘zdan yasalgan sifatlar berilgan qatorni toping.

A) yaltiroq, yarqiroq, so‘lqildoq B) jizza, qahqaha, sharshara

C) do‘rildoq, chiyildoq, likildoq D) qalbaki, xomaki, dahanaki
14. Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan so‘zlar qatorini toping

A) borma, suzma, qaynatma B) iliq, qiliq, baliq

C) qo‘zichoq, sersuv, bolali D) qochoq, topqir, maqtanchoq

15. Sifat+ot ko‘rinishdagi qo‘shma sifatlar berilgan qatorni belgilang

A) sovuqqon, balandparvoz C) dunyoqarash, toshbag‘ir

B) kamgap, kamquvvat D) beshqarsak, beshotar


16. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri otlashgan sifatlarga xos emas?

A) Otga xos ko‘plik qo‘shimchasini qabul qiladi

B) otga xos egalik qo‘shimchasini qabul qiladi

C) otga xos yasovchi qo‘shimchalarni qabul qiladi

D) gapda otga xos barcha sintaktik vazifalarni bajara oladi

17. Qaysi gapda sifat otlashmagan?

A) Axir, musulmon odamman, aylanay! - dedi Hoji xola.

B) Kambag‘alni tuyaning ustida it qopar.

C) Musofirga yo‘l ko‘rsatib, suv berish savob.

D) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo‘lgandi.


18. Jamlovchi son qaysi qatorda qo‘llangan?

A) So‘rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi

B) Saida uyiga kech soat o‘n birlarda qaytdi

C) Shunday qilib, to‘rtala nomzod ham ro‘yxatda qoldi.

D) Patnisda to‘rtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va bir bosh oq uzum bor edi

19. Butunning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar berilgan qatorni toping.

A) nafar, bosh, nusxa C) chaqmoq, luqma, shingil

B) siqim, to‘da, botmon D) shingil, quloch, kun


20. Qaysi gapda kasr son mavjud emas?

A) Ikki yorti-bir butun.

B) Qizaloq yarim tishini ko‘rsatdi.

C) Bu yarim yo‘lda yodiga tushdi.

D) Anvar Sobirga oltita qo‘ydan bittasini berdi.
21. Tartib son berilmagan qatorni toping.

A) Onasi tokchadagi yettinchi lampani yoqdi.

B) Ukam beshinchi sinfda o‘qiydi.

C) Yettinchilar shanbalikka chiqdilar.

D) Beshinchi, oldinga o‘t!
22. Quyidagi so‘zlardan qay biri olmosh turkumiga mansub emas?

A) hamma B) butun C) yalpi

D) Berilganlarning barchasi olmosh turkumiga oid so‘zlardir
23. Olmoshlarning qaysi turida kelishik qo‘shimchalaridan oldin egalik

qo‘shimchalari bo‘lishi shart?

A) kishilik olmoshlarida D) belgilash olmoshlarida

B) o‘zlik olmoshlarida C) ko‘rsatish olmoshlarida


24. Kishilik olmoshlari quyidagi qo‘shimchalardan qaysi birini odatda olmaydi?

A) so‘z yasovchi qo‘shimchalarini B) kelishik qo‘shimchalarini

C) egalik qo‘shimchalarini D) ko‘plik qo‘shimchasini
25. Olmoshlarga kelishik qo‘shimchalari qo‘shilganda, qanday tovush o‘zgarishi yuz beradi?

A) tovush tushishi B) tovush orttirilishi

C) tovush almashishi D) A va B

26. II shaxs qaratqichli birikma o‘rnida olmosh qatnashgan gapni aniqlang

A) Kaminaning ham sizga aytolmagan gaplari bor edi

B) Biz mana shunday muvaffaqiyatlarga erishdik

C) O‘zlarining ham fikrlarini eshitsak yomon bo‘lmasdi

D) Sening irodang mustahkam emas

27. Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatilishi mumkin?

A) ko‘rsatish, so‘roq, belgilash olmoshlari

B) kishilik, so‘roq, va belgilash olmoshlari

C) so‘roq va belgilash olmoshlari

D) kishilik va ko‘rsatish olmoshlari

28. O‘tgan zamon davom fe’li qaysi qatorda qo‘llangan?

A) Gimnastika badan g‘uborini tozalaydi

B) Bu shovqin-suron hech nimani isbotlamadi

C) Cho‘lning taqir betida bir parcha qor ko‘rinmas edi

D) Bu institutning dovrug‘ini ko‘p eshitganman

29. Shart maylidagi fe’llar "kerak" so‘zi bilan birga qo‘llanganda qanday ma’noni anglatadi?

A) istak ma’nosini B) maslahat ma’nosini

C) faraz ma’nosini D) bajarilishi shart bo‘lgan ish harakatni
30. Ajablanmoq, faxrlanmoq, ikkilanmoq, jonlanmoq, odatlanmoq, zavqlanmoq,

go‘zallashmoq, ommalashmoq, hazillashmoq fe’llari qaysi nisbatda?

A) o‘zlik nisbatda B) birgalik nisbatda

C) majhul nisbatda D) aniq nisbatda
31. Gaplarning qay birida "ko‘rmoq" so‘zi yordamchi fe’l tarzida qo‘llangan?

A) Mening ko‘zlarim yaxshi ko‘radi.

B) Ularni uzoqdan ko‘rdim.

C) Yaxshi ko‘rmoq ayb emas.

D) Salima qizini ovutish maqsadida qo‘lga olib ko‘rdi.
32. 1) Qushlar uni yaxshi ko‘rishib, Mayna deb ism qo‘yishibdi.

2) Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, buning uchun uning hamma

sohalaridan xabardor bo‘lishi kerak.

Ushbu gaplardagi fe’llarda qo‘llangan -ish qo‘shimchasi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?

A) 1 - gapda harakat nomi, 2 - gapda birgalik nisbat shaklini hosil qilgan

B) har ikkala gapda birgalik nisbat shaklini hosil qilgan

C) har ikkala gapda harakat nomi shaklini hosil qilgan

D) 1 - gapda birgalik nisbat, 2 - gapda harakat nomi shaklini hosil qilgan

33. Fe’l shakllaridan qay biri zamon va shaxs-sonni ko‘rsatmaydi?

A) Harakat tarzi shakli C) sifatdosh

B) harakat nomi D) ravishdosh
34. Berilgan gaplarning qay birida "turmoq" so‘zi yordamchi fe’l vazifasida qo‘llangan?

A) Mashina maydonning o‘rtasida turibdi

B) Majnuntolning kokillari osilib, yo‘lni to‘sib turibdi

C) Lug‘at kitobi stol ustida turgan edi

D) Savolga turib javob berdi
35. Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifcdalagan?

A) Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo‘ydi.

B) Tog‘ga chiqqach, osmonning pasttigini his qildi.

C) Murodxonlarnikiga qarab sekin yo‘lga tushdim.

D) Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak.
36. Fe’l shakllaridan qaysi biri otlashadi?

A) ravishdosh B) sifatdosh C) harakat nomi D) A va B


37. Qaysi qatordagi qo‘shma fe’llar qo‘shib yoziladi?

A) yiqila/yozdi, yoza/berdi B) sotib/oldi, olib/qo‘ydi

C) taklif/qildi, bayon/etdi D) Qo‘shma fe’llar doimo ajratib yoziladi.
38. Shaxsi ko‘chgan holda qo‘llangan gap qaysi qatorda berilgan?

A) Bo‘sh-bayov ekansizlar. Jilla bo‘lmasa, mol-mulkni o‘z qo‘llaringga

o‘tkazib ololmadinglar.

B) Lenada zolim podsho ishchilarni qoniga bo‘yagan edi.

C) Anvar yugurib borib, Alimardonning yoqasidan oldi:

-Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi, odam?

D) Oyimxonni chaqiradilar. Hamma shu yerda, faqat sizni kutishadi.
39. Mehmonxona yaxshi isitilgan, katta stolga dasturxon yozilgan, atrofiga stullar

terilgan edi. Ushbu gap tarkibida fe’lning qaysi nisbat shakli qo‘llangan?

A) aniq nisbat B) o‘zlik nisbati

C) majhul nisbat D) orttirma nisbat
40. Buyruq-istak maylidagi fe’llar qatorini aniqlang.

A) o‘qisam, borsak, ko‘rmasa

B) bildirmoqchi, chaqirmoqchiman, ishlamoqchisiz

C) ishlay, boraylik, aytsin

D) isidi, ketadi, o‘qiyapti
41."Isitildi" so‘zida qaysi nisbatlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalar bor?

A) majhul nisbat C) o‘zlik nisbat

B) aniq va birgalik nisbat D) orttirma va majhul nisbat

42. Berilgan yordamchi fe’ldan qaysi biri deyarli barcha fe’llar bilan qo‘llana oladi?

A) boshla B) yubor C) tashla D) tushdi

43. -lan, lash qo‘shimchalari ...

A) otdan fe’l yasaydi. B) sondan fe’l yasaydi.

C) o‘zlik va birgalik nisbatlarini hosil qiladi D) A va B


44. Qaysi gapda I shaxs ko‘plikdagi fe’l II shaxs ko‘plikdagi fe’lni ham ifodalashi mumkin?

A) Xo‘sh, endi bunga nima desiz?

B) Qani, endi ishga tushaylik.

C) Eh, do‘stim, bizdek bo‘lishing uchun ko‘p ishlashing kerak.

D) Biz bu masalani boshqacha usul bilan hal qildik.
45. Orttirma nisbat qo‘shimchalaridan iborat qatorni ko‘rsating.

A) -tir,-giz,-ish,-il,-sat C) -ir,-iz,-ar,-t,-dir

B) -in,-ish,-iz,-ir,-sa D) -t,-gaz,-sh,-qaz,-il
46. Holat fe’llari berilgan qatorni toping.

A) qizarmoq, g‘azablanmoq B) uhlamoq, o‘kinmoq

C) o‘tmoq, quvonmoq D) sug‘ormoq, yasharmoq
47. Sonning takrorlanishi bilan yasalgan ravishlar berilgan qatorni aniqlang.

A) birdan bir, uchma-uch B) so‘zma-so‘z, ustma-ust

C) dam-badam, boshma-bosh D) ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi

48. Holat ravishi qaysi gap tarkibida qo‘llangan?

A) G‘ulomjon otasi yonida turib atrofga qaradi

B) Kechagi topshiriq o‘z vaqtida bajarildi

C) Oyqiz uning qo‘qqisdan g‘oyib bo‘lgani to‘g‘risida o‘ylab, vahimaga tushdi

D) Sayohatchilar yuqoriga ko‘tarilib, qarag‘ayzor va archazorga yetdilar


49. Yigitning ko‘ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi

Ushbu gapda "aybdorlarcha" so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub?

A) olmosh B) sifat C) ravish D) ot

50. Chang va tutundan mashina va odamlar zo‘rg‘a ko‘rinar edi.

Ushbu gapda qo‘llangan ravishning turini aniqlang.

A) holat ravishi B) payt ravishi

C) daraja-miqdor ravishi D) sabab ravishi

FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

KLASTER GRAFIK ORGANAYZERI

Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarni bemalol  bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq obyektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.


Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida nomoyon bo‘ladi.
Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g`oyalarni uyg`unlashtirish hamda ular o‘rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shaklidir.

Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosidan tashkil etiladigan mashg‘ulot jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmuyi tarzida namoyon  bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.

Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.

O‘quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:

1) o‘quvchilar klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi yoziladi;

2) birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni “asosiy” so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo‘ldoshlarda” “kichik yo‘ldoshlar” bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.

3) muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.



Klasterni tuzish qoidasi:

1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalarning sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.

3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.





INSERT JADVALI

Insert jadvali grafik organayzeri o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Insert jadvalini qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

-kichik guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi;



- har bir guruhlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mavzuga oid 2 ta fikr bildirish so‘raladi;

- o‘quvchilar navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadilar;

- bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi;



- so‘ngra o‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni guruhlarga tarqatadi;

- guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va o‘zlari bildirgan fikrlarning bir-biriga qay darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar (o‘xshashlik va farqlar maxsus belgilar yordamida qayd etiladi);

- guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni umumlashtiriladi;

- guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi;

- liderlar sinf jamoasini guruh natijalari bilan tanishtiradilar;

-guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi.

Insert jadvali o‘quvchilar mantiqiy fikrlash, shaxsiy xatolar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: mustaqil o‘qish vaqtida olgan ma’lumotlarni, eshitgan ma’ruzalarni tizimlashtirishni ta’minlaydi; olingan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish. Avval o‘zlashtirgan ma’lumotlarni bog‘lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
O‘quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:

1) o‘quvchilar insert jadvalini to‘ldirish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida o‘zlari to‘ldiradilar;

2) o‘qish jarayonida olingan ma’lumotlarni matnda belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq alohida o‘zlari jadval ustunlariga “kiritadilar” va tizimlashtiradilar:

“V”- men bilgan ma’lumotlarga mos;

“-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid;

“+” - men uchun yangi ma’lumot;



“?” - men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to‘ldirish talab tiladi.

V

+



?










VENN DIAGRAMMASI

Venn diagrammasi bir-birini kesadigan ikki yoki undan ortiq doiralarda qo‘llaniladi, ular o‘rtasida yozish uchun yetarli joy qolishi kerak. U g‘oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini ko‘rsatib berishi kerak.



Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

O‘quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:

1) o‘quvchilar Venn diagrammasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida yoki kichik guruhlarda Venn diagrammasini tuzadilar va kesishmaydigan joylarni to‘ldiradilar;

2) juftliklarga birlashadilar, o‘zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to‘ldiradilar;

3) doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch doiralar uchun umumiy bo‘lgan, ma’lumotlar ro‘yxatini tuzadi.


B-B-B JADVALI

BILAMAN/ BILMOQCHIMAN/ BILIB OLDIM



Grafik organayzerning turi, ahamiyati va xususiyatlari: mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

O‘quv faoliyatini tashkillashtirishning jarayonli tuzilmasi:

  1. jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida yoki kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar;

2) “Mavzu bo‘yicha nimalarni bilasiz?” va “Nimani bilmoqchisiz?” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo‘naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning birinchi va ikkinchi bo‘limlarini to‘ldiradilar;

3) ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o‘qiydilar;

4) mustaqil yoki kichik guruhlarda jadvalning uchinchi bo‘limini to‘ldiradilar.

B-B-B JADVALI

Bilaman

Bilmoqchiman

Bilib oldim




















T – JADVAL

Bitta konsepsiya (ma’lumot)ning jihati o`zaro solishtish uchun qo`llaniladi.

Ajratilgan vaqt oralig`ida tartibda (juftlikda) to`ldiriladi. Uning chap tomoniga sabablari yoziladi, o`ng tomoniga esa chap tomondagi ifodaga qarama-qarshi fikrlar, g`oyalar, omillar yoziladi. O`quv guruhining barcha a’zolari yagona

T – jadvalini tuzadilar,
Выноска со стрелкой вниз 34
NIMA UCHUN?”

“Nima uchun bu muammo kelib chiqdi?” muammoning dastlabki sabablarini aniqlash zanjiri, uni hal qilish, tahlil qilish va rejalashtirish jarayonida qo‘llash mumkin.



«Nima uchun?» chizmasini tuzish qoidalari:

1. Aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakllardan foydalanishni o‘zingiz tanlaysiz.

2. Chizmaning ko‘rinishini - mulohazalar zanjirini to‘g‘ri chiziqlimi, to‘g‘ri chiziqli emasligini o‘zingiz tanlaysiz.

3. Yo‘nalish ko‘rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo‘lgan yo‘nalishingizni belgilaydi.

QANDAY?”

“Qanday?” texnologiyasi “Qanday qilib muammoni hal etish mumkin? Degan savolga javob topadi va muammoni hal etishning barcha imkoniyatlarini tadqiq etadi. Ularni amalga oshirish usullarini o‘rganadi.

Ko‘pgina hollarda muammoni yechishda “nima qilish kerak”ligi to‘g‘risida o‘ylanib qolmaslik kerak. Asosan, muammo uni yechishda “Buni qanday qilish kerak?”, “Qanday?” kabi savollar yuzaga kelishidan iborat bo‘ladi. “Qanday” savollarining izchil berilishi quyidagilar imkonini beradi:



  • Muammoni yechish nafaqat bor imkoniyatlarni, balki ularni amalga oshirish yo‘llarini ham tadqiq qiladi;

  • Quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo‘ysunadigan g‘oyalar tuzulmasini aniqlaydilar;

Diagramma strategik savollar bilan ishlanadi. Muammo yechishning pastki darajasi birinchi galdagi harakatlarning ro‘yxatiga mos keladi. Barcha g‘oyalar o‘ylab o‘tirmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezlikda yozilishi kerak. Diagramma hech qachon tugallangan bo‘lmaydi: unga yangi g‘oyalarni kiritish mumkin. Agarda chizmada savol uning aylanalarida bir necha bor takrorlansa, unda u biror muhimlikni anglatadi. U muammoni yechishning asosiysi bo‘lishi mumkin. Yangi g‘oyalarni qanday grafik ko‘rinishda qayd qilish pedagogning ijodiy yondashuviga bog‘liq.

O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O‘RTA MAХSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

________dots.S.U.Xodjaniyazov

___”________ 201__yil



« HOZIRGI O‘ZBEK TILI »

FANINING

ISHCHI O‘QUV DASTURI

Ta’lim sohasi: 120000 - Gumanitar fanlar

Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 - Filоlоgiya va tillarni o‘qitish (o‘zbеk tili)

2-kurs uchun

Umumiy o‘quv soati – 148 soat



Shu jumladan:

Ma’ruza - 52 soat (3-semestr – 18 soat; 4-semestr – 34 soat)

Amaliy mashg‘ulot - 18 soat (3-semestr – 18 soat; 4-semestr – 0)

Seminar mashg‘ulot - 18 soat (3-semestr – 0 soat; 4-semestr – 18 soat)

Mustaqil ta’lim - 60 soat (3-semestr –30 soat; 4-semestr – 30 soat)

Urganch – 2019

Ishchi dastur Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2017-yil “2” iyundagi “3”-sonli majlis bayonnomasi bilan ma’qullangan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil “28”-iyundagi “434”-sonli buyrug‘ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan fanning o‘quv dasturi asosida tuzilgan.

Fanning ishchi o‘quv dasturi Urganch davlat univaersiteti Kengashining 201__ -yil “___” ________ dagi “___” -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.

Tuzuvchilar:

S.S.Ro‘zimboyev - O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari

nomzodi.

D.K.Xudayberganova – O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi



Taqrizchilar:
A.I.Primov - O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari

nomzodi, dotsent.

N.Sobirova - XTXQTMOHM, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri,

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

UrDU Filologiya fakulteti dekani: _______________ D.Q.G‘ayipov.

201__yil “___” ________

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri: ____________ A.I.Primov.

201__yil “___” ________



1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Dastur hozirgi o‘zbek tilidagi lisoniy va nutqiy sathlarni izchil farqlab, lisoniy sistema sathlari va birliklari, bu birliklarning o‘zaro munosabatlarini til imkoniyatlari sifatida tavsiflaydi, bu imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini lisoniy va nolisoniy omillar yaxlitligida talqin qilish masalalari ta’limini sistemalashtiradi.

“Hozirgi o‘zbek tili” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-2-va 3-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr hozirgi o‘zbek tilining shakllanish tarixi, shevalarga munosabati, lisoniy sathlari, lisoniy paradigmalari, lisoniy birliklarining substansial imkoniyatlari, lisoniy munosabatlar, lisoniy tasnif asoslari, lisoniy birliklari substansial imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, imlo qoidalari va talaffuz me’yorlari, fonetikasi, leksikasi, morfemikasi, so‘z yasalishi, morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi ko‘zda tutildi. Shuningdek, hozirgi o‘zbek tili sathlari va ularning birliklarini farqlash tamoyillarini, lisoniy munosabat hamda uning turlarining ilmiy asoslarini, lisoniy birliklar substansial imkoniyatlarini aniqlash usullarini, fonetik, leksik, grammatik imkoniyatlarini aniqlash asoslarini, substansial imkoniyatlarining nutqiy voqelanishida lisoniy, shaxsiy va pragmatik omillar roli va hamkorligining ilmiy asoslarini, imlo, talaffuz va punktuatsiyasi me’yorlarining ilmiy mezonlarini bilishi va ulardan foydalana olishi malakasini egallashlari ta’limning hal qiluvchi vazifalaridir. Pirovardida hozirgi o‘zbek tilida lison, nutq hamda ular birliklarini farqlash asoslarini sharhlay olish, lisoniy va nutqiy birliklarini ajratish mezonlarini tushuntira olish, birliklar orasidagi lisoniy munosabatlarni tavsiflay olish, lisoniy imkoniyatlarini nutqiy vaziyat va sharoitga bog‘liq ravishda samarali ishga solish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun “Hozirgi o‘zbek tili” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, fanga doir muammolarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.



Talaba:

  • “Hozirgi o‘zbek tili” kursini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish katta ahamiyatga egadir. Kursni o‘qitishda ta’limning darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari kabi asosiy, lug‘atlar, qomuslar, tarqatma, elektron materiallar, ko‘rgazmali vositalardan, ma’ruza, seminar va amaliy va mashg‘ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda fan haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • “Hozirgi o‘zbek tili” kursi ta’limi davomida talaba Davlat ta’lim standartlari asosida hozirgi o‘zbek tilining lisoniy qurilishi va imkoniyatlari hamda ularning nutqiy qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha sistemali ilmiy–nazariy ma’lumot olishdan tashqari, ta’lim oluvchilarda qayd etilgan masalalar bo‘yicha bilishi va amaliyotda ushbu bilimlardan foydalana olishi;

  • talaba hozirgi o‘zbek tili fanining nazariy masalalarini yoritish, substansial yo‘nalish muammolari ustida ishlash malakasi va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Fanga ajratilgan soatlarning semestrlarga taqsimlanishi

Semestr

Jami auditoriya mashg‘uloti

Ma’ruza

Amaliy mashg`ulot

Seminar mashg`ulot

Mustaqil ta`lim

III

36

18

18

-

30

IV

52

34

-

18

30


2. Ma’ruza mashg‘ulotlari




Ma’ruzalar mavzulari


Mavzuning mazmuni

Sоatlar hajmi

3-semestr

2-Modul. O‘zbek tili morfemikasi va derivatsiyasi

1.

Morfemika va uning bir ligi haqida umumiy ma’ lumot. Asos va affiksal mоrfеmalar

Morfema morfemika birligi sifatida. Morfemaning leksemaga munosabati. Morfemaning xususiyatlari, variantlari, tiplari: derivatsion va grammatik morfemalar. Derivatsion morfemaning turlari. Grammatik morfemaning turlari: lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar, sintaktik shakl hosil qiluvchi morfemalar. Morfemika ta’limot sifatida. So‘zning morfemik strukturasidagi o‘zgarishlar. Morfemalarning funksional-semantik tasnifi.



2

2.

Affiksal mоr fеmalar tur lari. Affiksal pоlisеmiya, оmоnimiya, sinоnimiya va antoni miya. Affikslarda pleonazm tushunchasi. Sodda va qo‘shma (murakkab) affikslar

Morfemalarda shakl va ma’no munosabatlari. Morfema lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unga ta’sir qiluvchi lisoniy (leksik, sintaktik) va nolisoniy (nutqiy vaziyat, sharoit, shaxsiy sifatlar va b.) omillar hamkorligi. Morfemaning struktur (tuzilishiga ko‘ra) tasnifi. Morfemaning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turi. Morfema variantlari.





2







3-Modul. Hozirgi o‘zbek tili morfologiyasi




3.

Derivatsiya. So‘z yasash (derivatsion) qolipi haqida. Motivatsiya.

O‘zbek tili derivatsiyasi va so‘z yasalishi. So‘z yasash qolipi. So‘z yasash qolipi UMIS, yasama so‘z AHVO sifatida. So‘z yasash qolipining turlari: unumli va unumsiz, mahsuldor va kammahsul qoliplar. Yasama so‘zlarning xususiyatlari, tiplari va turlari. Yasama so‘z nutqiy, yasalgan so‘z lisoniy hodisa ekanligi. Yasama so‘z taraqqiyotida ixtisoslashish, soddalashish, tublashish hodisalari. So‘z turkumlarida yasalish va yasama so‘zlarning leksemalashishi. So‘z turkumlarining ko‘chishi. So‘z turkumlarida transpozitsiya, konversiya va polifunksionallik. Tarixiy va sinxron derivatsiya. So‘z yasash (derivatsion) qolipi haqida. Motivatsiya.

2

4.

Grammatikaning tarkibiy qismlari. grammatik shakl. grammatik ma’no. grammatik kategoriya.

Grammatikaning tarkibiy qismlari. Morfologiya, grammatik shakllangan so‘z uning birligi sifatida. O‘zbek tilida leksemani grammatik shakllantiruvchi vosita va uning turlari. Grammatik ma’no, uning turlari: morfologik va sintaktik ma’no, umumiy, oraliq va xususiy grammatik ma’no, kategorial, yondosh va hamroh ma’no, ularning xususiyatlari va turlari. Grammatika va milliylik. Grammatik shakl va grammatik ma’no. Grammatik kategoriya.


2

5.

UGM,XGM, OGM tushun chalari, ular ning mohiya ti. Gramma tik ma’no ifo dalash usullari.

UGM, XGM, OGM tushunchalari, ularning mohiyati.

Grammatik ma’no ifodalash usullari.

Grammatik shakl va uning turi.


2

6.

MK (morfologik kategoriya) lar tasnifi. Tasniflovchi kategoriyalarAloqa-muno sabat katego riyalari. Kesimlik kategoriyasi.

O‘zbek tili grammatik (morfologik) kategoriyalari va ularning turlari: lug‘aviy shakl hosil qiluvchi kategoriyalar, lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar, sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar. Grammatik shakl lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unga ta’sir qiluvchi lisoniy (leksik, sintaktik) va nolisoniy (nutqiy vaziyat, sharoit, shaxsiy sifatlar va b.) omillar hamkorligi. Morfologik kategoriya tushunchasi haqida ma’lumot. Tasniflovchi kategoriyalar shakllari. Aloqa-munosabat kategoriyalari.


2

7.

Vazifaviy kategoriyalar Egalik, keli shik kategori yalari. Sub yektiv baho shakllari.

Egalik kategoriyasi

Kelishik kategoriyasi

Vazifaviy kategoriyalar.

Subyektiv baho shakllari.




2

8.

So‘z turkum lari – eng yirik gram matik katego riya sifatida. So‘z turkum larini ajra tish tamo yillari. So‘z turkumi to‘dalari va tizimi.

O‘zbek tilida so‘z turkumlari. So‘zlarni turkumlash tamoyillari, tasnif asoslari. Mustaqil so‘z turkumlari, ularning o‘rganilish tarixiga sharh. Mustaqil so‘z turkumlarining xususiyatlari, tiplari: o‘zgaruvchi va o‘zgarmas turkumlar, g‘ayrioddiy ma’noli turkumlar (olmosh, taqlid). Mustaqil so‘z turkumlari tartibi. So‘z turkumlarini ajratish tamoyillari. So‘zlarning semantik tasnifi. So‘zlarning morfologik tasnifi. Leksemalarning sintaktik tasnifi


2

9.

Fe’l. Umu miy xususi yatlari. Uning UGM si. LGM va LMG lari. Lug‘aviy shakllari. LMG lar ning marka ziy leksema lari. Fe’l derivatsiyasi

Fe’l va uning UGMsi.

Fe’lning (LMG) lug‘aviy mazmuniy guruhlari.

Fe’lda so‘zshaklning turlari.

Fe’l derivatsiyasi.



Fe’l. Umumiy xususiyatlari. Uning UGMsi. LGM va LMGlari. Lug‘aviy shakllari. LMGlarning markaziy leksemalari. Fe’l turlari: sof fe’llar va vazifaviy ko‘rinishlari. Sifatdosh, ravishdosh, harakat nomlari va kesimlik shakllari.



2







Jami:

18 s






Ma’ruzalar mavzulari


Mavzuning mazmuni

at lar hajmi

4-semestr

1.

Fe’l turlari: sof fe’llar va vazifaviy ko‘rinishlari. Sifatdosh, ravishdosh, harakat nomlari va kesimlik shakllari.

Fe’lning o‘zgalovchi kategoriyasi va uning shakllari: sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi. O‘zgalovchi kategoriya va shakllari umumiy grammatik ma’nosi ularning substansial mohiyati sifatida. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.


2

2.

Fe’l kategoriyalari. O‘timli va o‘tim-siz fe’llar. Fe’l nisbatlari. Fe’lning analitik shakllari. Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar. To‘liqsiz fe’l.

Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari. Nisbat kategoriyasi va uning shakllari tizimi. Nisbat kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi ularning substansial mohiyati sifatida. Nisbat kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi ularning substansial mohiyati sifatida. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasining tasdiq-inkor kategoriyasiga munosabati. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.


2

3.

Mayl shakllari paradigmasi, Zamon shakllari, ularning UGM si va XGM si. Fe’lshunoslikning dolzarb muam-molari.

Fe’l. Fe’lning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Fe’lning umumiy grammatik ma’nosi. Fe’lning lug‘aviy-grammatik guruhlari.O‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’lning nutqdagi turlari: tuslangan va tuslanmagan ko‘rinishlari; tuzilish turlari, to‘liqsiz fe’llarning so‘z turkumlari sistemasidagi o‘rni.


2

4.

Ot. Otning mustaqil so‘z turkumi sifati dagi umumiy grammatik xusu-siyatlari. Otning lug‘aviy-gram matik guruhlari. Otlarda denotatsiya va konnotatsiya.

Ot va uning o‘rganilish tarixi.

Otning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari.

Otning umumiy grammatik ma’nosi.

Otning lug‘aviy-grammatik guruhlari.

Otning nokategorial shakllari.


2

5.

Onomastik leksika. «SB» shakllari. OT-leksemalar gu ruhining boyish manbalari. Unumli SYQ lari. Yangi abbreviaturalar. Kompozitivlar.

Otning UGM parchalanishiga ko‘ra turlari.

Turdosh otlar.

Muayyan va mavhum ot.

Yakka va jamlovchi ot.

Otlarda denotatsiya va konnotatsiya.

Atoqli otlar. Onomastik leksika.

“Subyektiv baho”(SB) shakllari.


2

6.

Otning tasniflov chi kategoriyasi. Son kategoriyasi va uning shakl lari. Son katego riyasi va shaklla rining umumiy grammatik ma’nosi.

Otning tasniflovchi kategoriyasi. Son kategoriyasi va uning shakllari. Son kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Son kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.


2

7.

Sifat va uning o‘rganilish tarixi. Sifatning lug‘a viy-grammatik guruh-lari. Asliy va nisbiy sifatlar. Sifat yasalishi. «SB» shakllari. Sifatlarning sintaktik

vazifalari.



Sifat va uning o‘rganilishtarixi. Sifatning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Sifatning lug‘aviy-grammatik guruhlari. Asliy va nisbiy sifatlar. Sifat va uning UGMsi. Sifatning LMGlari. Asliy va nisbiy sifatlar. Sifat derivatsiyasi


2

8.

Daraja sifatning tasniflovchi kategoriyasi sifatida. Daraja kategoriyasi umumiy gram matik ma’nosi. Sifatning nokategorial shakllari

Daraja sifatning tasniflovchi kategoriyasi sifatida. Daraja kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillarning uyg‘unlashuvi. Sifatning nokategorial shakllari: kuchaytirma va ozaytirma shakllari. Fonetik usul. Leksik usul. Morfologik usul. Sifatning nokategorial shakllari. Sifat otlashuvi va sifatning otga ko‘chishi


2

9.

Son. O‘rganilish tarixi. O‘ziga xos xususiyatlari. UGM si. Tasnif lanishi. Har bir ma’no turining ifodalanish, qo‘llanish. «Bir» leksemasi. Uning nutqiy ma’nolari.

Son vauning o‘rganilish tarixi. Sonning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Sonning lug‘aviy-grammatik guruhlari va tasniflanishi. Son grammatik shakllarining lug‘aviy ma’noga ta’sir qilish imkoniyatlari. Son shakllari umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillarning uyg‘unlashuvi.

2

10.

Numerativlar. O‘zbek tilida sof va vazifadosh numerativlar. Ularning qo‘lla nish shakllari

Numerativlar. Numerativli birikuvlarning qoliplari.

2

11.

Ravish. O‘rgani lish tarixi. O‘ziga xos xususiyatlari, LGM lari. Daraja lanishi. Ularning ifodalanishi, qo‘l lanishi. RY faol va nofaol model lar. Ravishlar ning sintaktik vazifalari.

Ravish va uning o‘rganilish tarixi. Ravishning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. O‘zgarmaslik ravishning grammatik belgisi sifatida. Ravishning lug‘aviy-grammatik guruhlari.


2

12.

Taqlid. O‘rgani lish tarixi. O‘ziga xos xususiyatlari. Turlari. Fonetik semantik, morfologik, sintaktik tabiati.

Taqlid va uning o‘rganilish tarixi. Taqlidning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. O‘zgarmaslik taqlidning grammatik belgisi sifatida. Taqlidning lug‘aviy-grammatik guruhlari.


2

13.

Olmosh. O‘rgani lish tarixi. O‘ziga xos ishoraviy (deyktik) tabiati. Umumiy xususiyatlari. Tasniflanishi. Anaforik, kataforik qo‘llanishlari.

Olmosh va uning o‘rganilish tarixi. Olmoshning o‘ziga xos ishoraviy (deyktik) tabiati, mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. Olmoshlarning matndagi o‘rni. Sintaktik imkoniyatlari.


2

14.

Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar va ularning turlari: egalik, kelishik va kesimlik kategoriyasi.

Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar va ularning turlari: egalik, kelishik va kesimlik kategoriyasi. Ularning umumturkumiy va sintiktik vazifa uchun xoslangan kategoriyalar ekanligi.

Egalik kategoriyasi va uning shakllari paradigmasi. Egalik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Egalik kategoriyasining turli mustaqil so‘z turkumlarida qo‘llanish xususiyatlari. Egalik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.

Kelishik kategoriyasi va uning shakllari paradigmasi. Kelishik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Kelishik kategoriyasining turli mustaqil so‘z turkumlarida qo‘llanish xususiyatlari. Kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.


2

15.

Yordamchi so‘zlar. Ko‘makchilar. Ma’nosi va vazifasi.

Yordamchi so‘zlar va ularning turlari: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama. Ko‘makchi, uning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. Ko‘makchi lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.


2

16.

Bog‘lovchilar. Yuklamalar. Ma’nosi va vazifasi.

Bog‘lovchi, uning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. Bog‘lovchi lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.

Yuklama, uning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. Yuklama lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar uyg‘unligi.




2

17.

So‘z-gaplar. So‘z turkumi sifatida ajratilish tamo yillari. MG lari. So‘z-gaplarning tasniflanishi: modallar, undov lar, tasdiq-inkor va taklif – ishora so‘zlari. Tavsifi. Qo‘llanish.

So‘z-gaplar, ularning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. So‘z-gaplar lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.


2







Jami

34

Jami 34 soat

Ma’ruza mashg‘ulotlari multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem guruhlar oqimi uchun o‘tiladi.



3. Amaliy mashg‘ulotlar




Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari


Mavzuning mazmuni

Sоatlar hajmi

3-semestr

1

Моrfemika bahsi xususida nazariy muammolar qiyosi. Morfem lug‘at materiallarini o‘rganish.

Моrfemika haqida ma’lumot.

Моrfemika bahsi xususida nazariy muammolar qiyosi.

Morfem lug‘at materiallarini o‘rganish.


2

2

Morfem tahlil mezonlari asosida so‘z va so‘z shakllarini ma’noli qismlarga ajratish.

Morfem tahlil mezonlari haqida ma’lumot.

Morfem tahlil mezonlari asosida so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratish.

Morfem tahlil mezonlari asosida so‘z shakllarini ma’noli qismlarga ajratish.


2

3

Morfemik polisemi ya, omonimiya, sino nimiya, antonimiya.

Morfemik polisemiya, omonimiya, sinonimiya, antonimiya.


2

4

So‘z yasalishi. Har bir mustaqil so‘z turkumiga xos yasalmalari.

Har bir mustaqil so‘z turkumiga xos yasalmalari.


2

5

SYQ lari. Yasalish usullari, uzual va okkazional yasalishlar.

SYQ (So‘z yasalish qolip)lari.

Yasalish usullari, uzual va okkazional yasalishlar.



2

6

So‘z – leksemalarga xos UGM, XGM, OGM lar. Gramma tik ma’noning ifodalanish usullari. So‘z shaklining tiplari. MK larning shakliy, ma’noviy va vazifaviy xususiyatlari.

So‘z – leksemalarga xos UGM, XGM, OGMlar.

Grammatik ma’noning ifodalanish usullari.

So‘z shaklining tiplari.

MKlarning shakliy, ma’noviy va vazifaviy xususiyatlari.




2

7

So‘z turkumlari bo‘yicha mashqlar

So‘z turkumlari bo‘yicha mashqlar

2

8

Fe’l tahlili. Uning UGM si. LGM va LMG lari. Lug‘aviy shakllari.

Fe’l tahlili. Uning UGM si. LGM va LMG lari. Lug‘aviy shakllari.

2

9

Fe’l derivatsiyasi yuzasidan mashqlar

Fe’l derivatsiyasi yuzasidan mashqlar

2







Jami:

18

Amaliy mashg‘ulotlardan bakalavrlarning asarlarni o‘qish, tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishi va erishilgan natijalarni kelgusi faoliyatlarida qo‘llay bilishi nazarda tutiladi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda, asosan, birlamchi nazariy manbalar bo‘yicha savol-javoblar uyushtiriladi. Savol-javoblar jarayonida mavzularning umumiy xususiyatlari haqida umumlashmalarga kelinadi.

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem guruhlar oqimi uchun o‘tiladi.


4. Seminar mashg‘ulotlari








Seminar mashg‘ulotlari mavzulari


Mavzuning mazmuni

Sоatlar hajmi

4-semestr

1

Fe’l, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.

Fe’lning munosabat shakllarining o‘quv adabiyotlarida ifodalanishi Fe’l va uning UGMsi. Fe’lning (LMG) lug‘aviy mazmuniy guruhlari. Fe’lda so‘zshaklning turlari. Sifatdosh, ravishdosh, harakat nomlari shakllari.

2

2

Ot, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.

Otning ma’nosiga ko‘ra turlari.

Otlarning grammatik belgilari.

Otning aloqa-munosabat kategoriyalari

Otning tasniflovchi grammatik kategoriyasi




2

3

Sifat, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.

Sifat haqida ma’lumot.

Sifatning grammatik xususiyatlari.

Sifatning tasniflovchi kategoriyalari.


2

4

Son, uning grammatik xususiyatlari va tasniflovchi kategoriyalari.

Son haqida ma’lumot.

Sonning grammatik xususiyatlari

Sonning tasniflovchi kategoriyalari.


2

5

Ravish va uning grammatik xususiyatlari. Taqlid va uning grammatik xususiyatlari.

Ravish haqida ma’lumot.

Ravishning grammatik xususiyatlari.

Ravish o‘zgarmas so‘z turkumi sifatida

Taqlid haqida ma’lumot.

Taqlidning grammatik xususiyatlari.

Taqlidning tuzilishiga ko‘ra turlari.



2

6

Olmosh va uning grammatik xususiyatlari.

Olmoshning ishoraviy (deyktik) tabiati

Olmoshning umumiy xususiyatlari

Olmoshning tasniflanishi. Anaforik, kataforik qo‘llanishlari


2

7

Kelishik kategoriyasi, uning umumiy grammatik ma’nosi va shakllari paradigmasi.

Kelishik kategoriyasining mustaqil so‘z turkumlarida voqelanish imkoniyatlari. Kelishik kategoriyasi. Kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma’nosi va shakllari paradigmasi. Kelishik kategoriyasining mustaqil so‘z turkumlarida voqelanish imkoniyatlari.


2

8

Kesimlik kategoriyasi, uning umumiy grammatik ma’nosi va shakllari paradigmasi.

Kesimlik kategoriyasining mustaqil so‘z turkumlarida voqelanish imkoniyatlari. Kesimlik kategoriyasi. Kesimlik kategoriyasining umumiy grammatik ma’nosi va shakllari paradigmasi. Kesimlik kategoriyasining mustaqil so‘z turkumlarida voqelanish imkoniyatlari.

2

9

Yordamchi so‘zlar: tizimi, turlari va substansial-grammatik xususiyatlari.

Yordamchi so‘zlar.

Yordamchi so‘zlarning tizimi va turlari.

Yordamchi so‘zlarning substansial-grammatik xususiyatlari.


2







Jami:

18

Seminar mashg‘ulotlarini tashkil qilishda tavsiya etilgan ilmiy muammo yoki masala yuzasidan talabalarga avvaldan seminar rejasi va unga muvofiq adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Seminar mashg‘ulotlariga ko‘proq nazariy muammolar olib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.

Talabalar seminar mashg‘ulotlarida Alisher Navoiy ijodi, asarlarining badiiyati, mazmun mundarijasini o‘rganadilar, shu soha bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar hamda o‘zlashtirilgan ma’lumot asosida Alisher Navoiy ijodi haqida tushunchaga ega bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

Seminar mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem guruhlar oqimi uchun o‘tiladi.


5. Mustaqil ta’lim
Mustaqil ta’lim mavzulari (60 соат (III-IV semestr)

1

Sistem tilshunoslikda Morfemika-morfologiyani o‘rganish

2

2

O‘zbek lug‘atchiligi muammolari

2

3

O‘zbek tilini semantik maydon sifatida o‘rganish muammolari

2

4

O‘zbek tilida so‘z yasalishini o‘rganish.

2

5

O‘zbek tilida so‘z turkumlari tahlili.

2

6

O‘zbek tilida yangi so‘z yasalishiga oid maqolalar ustida ishlash.

2

7

GK, GM va GSH. Kategorial, yondosh va hamroh ma’no tasnifini o‘rganish.

2

8

Fe’l so‘z turkumi LMGsi ustida ishlash.

2

9

Ot so‘z turkumi LMG va LMTlari ustida ishlash.

2

10

Derivatsiyaga oid matnlarni tahlil qilish

2

11

Kesimlik shaklida kategorial, yondosh va hamroh ma’no tasnifi.

2

12

So‘z turkumlari yuzasidan so‘nggi 5 yilda chop etilgan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash.

2

13

An’anaviy va sistem tilshunoslik vakillarining fe’l so‘z turkumi bo‘yicha qarashlari

2

14

A.Qahhorning “Anor” hikoyasini fe’llarning tasniflovchi va vazifadosh shakllari yuzasidan tahlili.

2

15

Sifat LMG va LMTlari tahlili.

2

16

Son va ravish LMG va LMTlari tahlili.

2

17

“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida chop etilgan maqolalar ustida ishlash

2

18

Ravish LMG va LMTlari tahlili.

2

19

Badiiy matnlarda taqlidlar.

2

20

“O‘zbek tili grammatikasi”da fe’l va uning leksik-grammatik xususiyatlari haqidagi fikrlarni tahlil qilish.

2

21

Sifat va uning grammati va lug‘aviy ma’no turi tahlili.

2

22

Matnlarda olmosh so‘z turkumi bo‘yicha tahlil.

2

23

Sistem tilshunoslikda egalik va kelishik kategoriyasi.

2

24

Kelishik kategoriyasi LMT va LMGlari.

2

25

Matnlarda so‘z-gaplar bo‘yicha tahlil.

2

26

O‘zbek va rus tillarda olmoshlar qiyosi.

2

27

Morfologik shakl valentligi.

2

28

A.Qahhorning “Anor” hikoyasidagi Ishora so‘zlar va olmosh yuzasidan tahlil qilish.

2

29

Substantsional morfologiya va uning tadqiq tamoyillari tahlili

2

30

SH.Rahmatullayevning «Hozirgi adabiy o‘zbek tili» darsligida lingvistik metod masalasi va talqinlar.

2

Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular badiiy adabiyotlarni mutolaa qiladilar, tahlil va talqin etadilar; qo‘shimcha adabiyotlar hamda internet saytlaridan foydalanib, referatlar va ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydilar, amaliy va seminar mashg‘ulotlari mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
6. Fan bo‘yicha talabalar bilimini bahоlash va nazorat qilish mеzоnlari

I. O‘QUV SOATLARI
Ushbu fan 3-4 semestrlar davomida o‘qitiladi va o‘quv soatlari quyidagicha:


Semestr

Haftalar soni

Ma’ruza

Amaliy

Seminar

Tajriba

Jami auditoriya soati

Mustaqil ta’lim

3

18

18

18

-

-

36

30

4

34

34

-

18

-

52

30


Reyting nazoratini o‘tkazish tartibi

Maksimal ball – 5

Saralash bali - 2
Reyting ishlanmasi


t/r

Nazorat turlari

Soni

Ball

Jami ball

1

O.N.













    1. Yozma ish (1 nazariy savol)

    2. Og`zaki so‘rov

    3. Mustaqil ta’lim

1

1 nazariy savol - 5 ball

Og‘zaki so‘rov - 5 ball

referat– 5 ball

3x5=15:3



sinov

2

Y.N.













2.1. Yozma ish (3 savol)

1

1 savol - 5 ball

2 savol - 5 ball

3 savol - 5 ball

3x5=15:3



5




Jami:







5


II. NAZORAT TURLARI

2 SEMESTR:

2.1. Ushbu 2 semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

2.2. Oraliq nazorat 2 semestrning 12-haftasida talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 1 marta o‘tkaziladi.

2.3. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:


Mashg‘ulot turi

Baholashlar soni

Og`zaki so‘rov

1 marta

Yozma ish

1 marta

Mustaqil ta’lim

1 marta (referat)

2.4. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda 1 ta nazariy savolga yozma ish javobi bahosi (talabalar bilimini baholash mezonlari asosida) hamda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari o‘rtachasi hisoblanib yaxlitlab qo‘yiladi.

2.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o‘tkaziladi:

1-savol: nazariy

2-savol: nazariy

3-savol: amaliy

Har bir savol 0-5 balldan baholanadi. Har bir savolni baholash mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi va savollarga talaba javoblari baholangandan keyin o‘rtachasini yaxlitlash orqali talabaning 3-semestr bo‘yicha o‘zlashtirishi chiqariladi.

Yakuniy nazorat turini o‘tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.


III. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI

Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:

talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;

talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;

talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;

talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan bahoanadi.



IV.TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA UMUMIY QOIDALAR

1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.

2. Yakuniy nazorat, Filologiya fakultet dekani tomonidan ishlab chiqilgan (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tasdiqlagan) “Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvali”ga muvofiq o‘tkaziladi.

3. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.

4. Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.

5. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.

6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

7. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

8. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.

Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

9. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig‘ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi.

10. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyasiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha ushbu semestrda fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini ta’minlaydi.

11. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar


  1. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: O‘zMU, 2013.

  2. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, Fan va texnologiyalar, 2009.

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008.

  2. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: Ўзбекистон, 2016.

  3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. - Тошкент: Ўзбекистон, 2017.

  4. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаравонлигининг гарови. - Ўзбекистон, 2017.

  5. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги Фармони (Халқ сўзи. 2017 йил, 8 февраль).

  6. Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори “Олий таълим тизими янада ривожлантириш чора - тадбирлари” тўғрисида (Халқ сўзи. 2017 йил, 21 апрель)

  7. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent, Fan va texnologiyalar, 2010.

  8. Mahmudov N., Nurmanov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

  9. Mirtojiyev M., O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2011.

  10. Zamonaviy o‘zbek tili. Morfologiya. Darslik. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2008.

  11. Zamonaviy o‘zbek tili. Sintaksis. Darslik. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2013.

12. Mirtojiyev M., O‘zbek tili fonetikasi. – Toshkent: Fan, 2013
Internet saytlari

http://www.ziyonet.uz.

2. http://www.thinsan. com

3. http://www.literature.uz

4. http://www.genhis philol.ru.

5. http://en.vikipedia.org/wiki/Structuralism.

6. http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html.

TASDIQLAYMAN:

Kafedra mudiri __________

“ 29 ” avgust 2019 - yil



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling