O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi, 10 minut
Reja: 1. Muqaddima. Bobur faoliyati va merosini o’rganish tarixidan. 2. Bobur - tilshunos. Bobur tovushlar tadqiqotchisi. 3. Bobur - so’z qurilishi tadqiqotchisi. Bobur - so’zlar tarixi (etimologiyasi) tadqiqotchisi. Bobur - uslubiyatchi. Bobur - umumxalq va adabiy til tadqiqotchisi. Bobur- yangi nazariya asoschisi. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Tovush, tovushlar tadqiqotchisi, fonetik jarayonlar, so’z qurilishi, so’z qurilishi tadqiqotchisi, so’zlar tarixi, so’zlar tarixi-tadqiqotchisi, uslubiyatchi, Bobur-uslubiyatchi, umumxalq va adabiy til tadqiqotchisi, yangi nazariya, Bobur-yangi nazariya asoschisi. 1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Bobur hayoti bo’yicha umumiy tasavvur hosil qilish. Bobur hayoti, faoliyati va merosini o’rganish tarixiga e’tibor qaratish. Identiv o’quv maqsadlari: 1.1. Bobur hayoti va ijodiy faoliyati haqida umumiy tasavvur hosil qiladi. 1.2. Bobur faoliyati va merosini o’rganish tarixi bilan tanishtiradi. M U Q A D D I M A Donishmandlar sharafli bo’lishni ikkinchi hayot deb bilganlar. (BOBUR). Zahiriddin Muhammad Bobur san’at, adabiyot, tilshunoslik, tarix va umuman ilm-fanning barcha sohalari bilan qiziqqan, sinchkovlik va iste’dod bilan hayotni kuzatgan ulug’ inson. Uni tabiatdagi, hayotdagi barcha narsa qiziqtirgan. Uning fikriy doirasi nihoyatda keng, xotirasi esa kishini hayratda qoldiradigan darajada tengsiz bo’lganki, xususan, bu "Boburnoma"da ko’zga yanada ochiq tashlanadi. "Boburnoma" juda ko’p tillarga - fors, ingliz, nemis, frantsuz, rus tillariga tarjima qilindi. Hatto "Boburnoma"ning doktor Bake-Gramon tomonidan eski o’zbek tilidan frantsuz tiliga qilingan tarjimasi 1980 yili oliy mukofot Xalqaro Tarjimonlar Federatsiyasi - FITning "Gran pri" sovrinini olishga muvaffaq bo’ldi. Darhaqiqat, Bobur serqirra iste’dod egasi. Shuning uchun Eduard Xolden (XIX asr): "Bobur... olijanoblikda qanday xosiyatlar bo’lsa, ularning barchasini egallagan", "uning manglayiga yuksak fazilat bitib qo’yilgan" desa, Javoharlal Neru "Hindistonning kashf etilishi" asarida shunday yozadi: "Bobur dilbar shaxs. Uyg’onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo’lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko’rardi". "Boburnoma"ni ingliz tiliga tarjima qilgan Erskin: "...saxiyligi, mardligi, iste’dodliligi, fanga, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podshohlar ichidan Boburga teng keladigan bironta ham podshoh topolmaymiz" deb yozadi. Yangi Dehlidagi milliy muzeyning mutasaddisi G.N.Pant "Indiya" jurnalining 1984 yil 4-sonida "Boburnoma" va uning muallifi haqida jumladan shunday yozadi: "...Uning shirali til, ohangdor vazn bilan bitilgan tarjimai holini ("Boburnoma") o’qir ekansiz, muallif badiiy didining naqadar nazokatliligi, aqlu zakovati teranligi, bilimi naqadar cheksizligining guvohi bo’lasiz. Bobur tabiatni jonidan yaxshi ko’rgan. Ayniqsa, tog’larni, daryolarni, bog’larni, yaylovlarni ko’rganda zavq-shavqi tug’yon urib, misoli bulbuligo’yo bo’lib ketgan. U imoni komil musulmon bo’lib,...So’zamol notiq, iste’dodli sarkarda, or-nomusi kuchli inson bo’lgan". Ko’rinadiki, Bobur har qanday jamiyatning Insonga, Shaxsga qo’yadigan talabidan ustunroq va Buyukroq turgan. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling