O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni


Download 1.77 Mb.
bet5/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

Talabalarda o’zbek tilshunosligi bo’yicha asosiy bilimlarni shakllantirish: o’zbek tilshunosligida faol qo’llangan terminlar mohiyatini anglash, tilshunoslikka doir nazariy masalalarning hal etilishi, yoritilishi, o’zbek tilshunosligining shakllanishi tarixi, bosqichlari, X asrdan boshlab turkiy tilshunoslik va keyinchalik, o’zbek tilshunosligining yuzaga kelishida yirik olimlarning o’rnini belgilash, keyingi davr o’zbek tilshunosligining shakllanishi uchun asos bo’lgan manbalarni baholash bo’yicha ma’lum bilimlarga ega bo’lish, bu bilimlarni amalga tatbiq etish ko’nikmalariga ega bo’lish jiddiy ahamiyati kasb etadi.




Fanni o’qitishda zamonaviy axborot
va pedagogik texnologiyalar

“O’zbek tilshunosligi tarixi” kursini o’zlashtirishda, o’qitishning zamonaviy va ilg’or usullaridan foydalanish, yangi texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Dasturda ko’rsatilgan mavzular, ma’ruza, amaliy mashg’ulot, seminar mashg’ulotlari shaklida o’tiladi. Shu bilan birga, ayrim masalalar talabalarga mustaqil o’zlashtirish uchun tavsiya etiladi. Fanni o’zlashtirishda va o’tishda, darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, kartochkalar tizimi, boshqa texnik vositalardan, adabiyotlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, seminarlar zamonaviy pedtexnologiyaning “Klaster”, “Bahs-munozara”, “Bahs-suhbat”, “Matbuot konferentsiyasi”, “Savol-javob” konferentsiyasi singari metodlari, ba’zan esa, “Ilmiy markazga sayohat” usulida o’tkaziladi. Shuningdek, imkoniyatga qarab slaydlar, multimedia namoyishlari, tilshunoslar bilan jonli uchrashuvlar, asarlar namunalarini ko’rsatish usullaridan ham foydalaniladi.




Asosiy qism


Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni
“O’zbek tilshunosligi tarixi” kursi predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari. Fan doirasida o’rganiladigan asosiy masalalar. Fanning boshqa fanlar bilan munosabati. Kursni o’qitishning muhimligi. O’zbek tilining o’zbek xalqi shakllanishidagi o’rni, til va jamiyat o’rtasidagi munosabat, tilning jamiyatdagi ko’rinishlari: adabiy til va dialektlar; o’zbek adabiy tilining lahjaviy asoslari. Tilshunoslik fani bo’limlari, ular o’rtasidagi aloqadorlik. Arablar istilosi davrida tilshunoslik. O’zbek tilshunosligi tarixining shakllanishida arab tilshunosligining o’rni.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling