O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha
ko’rsatma va tavsiyalar Seminar mashg’ulotlari jarayonida talabalar o’zbek tili birliklari hamda nutq birliklarining o’zaro munosabati, o’zbek adabiy tilining shakllanishiga asos bo’lgan shevalar, ularning lahjalarga birlashish, o’zbek tili sathlari bo’yicha qilingan ilmiy tadqiqotlar, lingvistik tahlil metodlari, o’zbek tilshunosligining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan olimlar, ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish bilan birga, bilimlarni amalda qo’llash, o’zbek tili bo’yicha tadqiqotlar olib borish ko’nikmalarini shakllantiradilar. Seminar mashg’ulotlari uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1. Adabiy til qanday til? Tilning ijtimoiy vazifasi. 2. Til va nutq munosabati. Til va nutqning ajratilishi tarixi. 3. Til birliklari va nutq birliklari. 4. Yozuv va uning ko’rinishlari. O’zbek yozuvi tarixi. 5. Til sathlari: fonetik sath, leksik sath, grammatik sath. 6. Til leksik sathining boyishida ichki va tashqi omillar. 7. O’zbekistonda tilshunoslik tarixining asosiy bosqichlari. 8. Tilshunoslik maktablari haqida. 9. Toshkent ilmiy tilshunoslik maktabining asoschisi, uning izdoshlari. 10. Samarqand ilmiy tilshunoslik maktabini asoschisi, uning izdoshlari. 11. O’zbek tili stilistikasiga oid tadqiqotlarini yuzaga kelishi. 12. O’zbek tili morfemikasiga oid tadqiqotlarni baholash. 13. O’zbek tilshunosligida so’z yasalishi muammolarining talqini. 14. O’zbek tilshunosligida dialektologiyaga doir ishlarning tahlili. 15. O’zbek tilshunosligida punktuatsiyaning o’rganilishi. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foy dalanish tavsiya etiladi: -darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish; -tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish; -maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash; -talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan mazkur fan bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish; -faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari yo’lga qo’yish; -masofaviy (distantsion) ta’limni tashkil etish. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: Abu Nasr Forobiyning “Mohiyat-hodisa dialektikasi haqidagi”, “Falsafatu Aristutalis” asari haqida. “Fozil odamlar shahri”, “Fanlar tasnifi haqida so’z” asarlari tahlili. Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” asari tahlili. Ibn Sinoning “Asbobi hudud al hudud” asarining umumiy fonetika masalalariga bag’ishlanganligi. Mahmud Qoshg’ariyning lingvogeografik qarashlari fonetik qarashlari, leksika va leksikografiyaga oid qarashlari. Mahmud Zamahshariyning “Al mufassal fi san’at al i’rab”, “Al mufassal”, “Muqaddimat-ul adab” asarlari. “Turkiy tillar haqida noyob tuhfa” (“At-tuhfa”) asari tahlili. Alisher Navoiyning “Muhokamatul lug’atayn” asari. O’rta asr o’zbek leksikografiyasi taraqqiyoti. Abulg’oziy Bahodirxonning lingvistik qarashlari. Behbudiyning “Risolai asbobi savod”, Fitratning “Sarf” va “Nahv”, “Tilimiz” asarlari. Ilk o’zbek alifbolarining yuzaga kelishi. Avloniyning lingvistik qarashlari Ashurali Zohiriyning lingvistik merosi XX asr ikkinchi yarmi o’zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi Istiqlol davri o’zbek tilshunosligi Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling