O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


XX asr ikkinchi yarmi o’zbek ilmiy tilshunosligining


Download 1.77 Mb.
bet8/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

XX asr ikkinchi yarmi o’zbek ilmiy tilshunosligining
shakllanishi va rivojlanishi
E.D.Polivanov – mashhur turkolog olim. Uning hayoti va ijodiy faoliyati. “Toshkent dialektining tovushlar tarkibi” (1922 y.) “O’zbek tilining qisqacha grammatikasi” (I, II, III qismlar) asarlari haqida.
Qayum Ramazonning tilshunoslik qarashlari. “O’zbek tili”, “Til saboqlari”, “Lug’atning boyishi” kabi ishlari.
Faxri Kamolov, Ulug’ Tursunov , G’ozi olim Yunusov, Ulug’ Tursunov, Ayub G’ulomov, Said Usmonov, O.Usmonov, Sh.Shoabdurahmonov,
M.Asqarova, G’. Abdurahmonov, Tursun Ibragimov, Fattoh Abdullayev kabi olimlarning lingvistik faoliyatlari haqida. A.G’ulomov va o’zbek tilshunosligi taraqqiyoti. Uning “O’zbek tilida aniqlovchilar” (1940 y.), “O’zbek tilida kelishiklar”, “Badiiy asar tili haqida” (1941 y.), “O’zbek tilida tarixiy so’z yasalishi muammolari” (1955, doktorlik dissertatsiyasi), “Sintaksis” bo’yicha asarlari tahlili. Toshkent va Samarqand ilmiy tilshunoslik maktablarining izdoshlari: A.Hojiyev, S.Ibrohimov, I.Rasulov, R.Qo’ng’urov, J.Muxtorov, M.Mirtojiyev, V.V.Reshketov, N.Mamatov, A.Mahmudov, J.Omonturdiyev kabi olimlarning o’zbek tilshunosligi taraqqiyotiga qo’shgan hissalari haqida.


Istiqlol davri o’zbek tilshunosligi
Respublikamizda til siyosatida mavjud bo’lgan salbiy holatlarga chek qo’yilishi. O’zbek tilshunosligi taraqqiyotiga erkin yo’l ochilishi. O’zbek tilining leksikologiyasi va terminalogiyasining rivojlanishida asosiy omil bo’lgan ichki imkoniyatlarning roli kuchayishi. B.Bafoev, T.Mullayev, S.G’oibov, I.Qo’chqortoev, S.Karimov, Yo.Tojiev, A.Berdaliev, A.Nurmonov, H.Ne’matov, N.Mahmudov, R.Rasulov, T.Mirzaqulov, Z.Do’simov, E.Begmatov, H.Dadaboyev, M.Qodirov, M.Jo’raboyeva, M.Narimonova kabi olimlarning tilshunoslik taraqqiyotidagi o’rni masalasi. O’zbek nutqi madaniyati masalalariga e’tiborning kuchayishi.


Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha
ko’rsatma va tavsiyalar

“O’zbek tilshunosligi tarixi” kursi bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda talabalar o’zbek tilshunosligi taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan yirik olimlar, ularning asarlari, bu asarlarga berilgan baho, ishlarning ahamiyati kabi juda ko’p qo’shimcha materiallar bilan tanishib boradi.


Amaliy mashg’ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Forobiyning tilshunoslikka oid asarlari tahlili.
2. A.Beruniy va Ibn Sinoning tilshunoslikka oid asarlari tahlili.
3. Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk” asari tahlili.
4. Alisher Navoiyning nutq odobi, so’z qudrati haqidagi qarashlari, “Muhokamatul lug’atayn” asari tahlili.
5. O’zbek tilshunosligida lug’atchilikka e’tibor.
6. O’zbek yozuvi taraqqiyoti masalasi.
7. Imloga bo’lgan munosabatining tarixiy ildizlari.
8. O’zbek tilining fonetik tizimi sohasidagi ishlar tahlili.
9. O’zbek tilining leksik tizimi sohasidagi ishlar tahlili.
10. O’zbek tilshunosligida morfologiya, morfemika, so’z yasalishi bo’yicha qilingan tadqiqotlar tahlili.
11. O’zbek tilshunosligida sintaksis bo’yicha qilingan tadqiqotlar tahlili.
Amaliy mashg’ulotlar olib borish uchun kafedra professor o’qituvchilari maxsus ishchi dasturlari, ko’rsatmalari, tavsiyalar ishlab chiqiladi. Talabalar bu jarayonda ma’ruzalarda olgan bilimlarini, ko’nikmalarini amaliy tahlil orqali yanada boyitadilar, qo’shimcha adabiyotlar o’qitilib, ularning bilimlarini mustahkamlanadi. Ilmiy maqolalar, tezislarni nashr ettirish, manbalar ustida ishlash, mavzular, bo’yicha qo’shimcha materiallar izlab topish, har bir yirik olimning tilshunoslik merosi aks etgan bibliografik ko’rsatkichlar bilan tanishish, shunday bibliografiyalar tuzish tavsiya etiladi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling