O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Mustahkamlash va baholash bosqichi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
Reja: Fitrat ijodi, faoliyati haqida. Fitrat – tovushshunos. Fitrat – Ohangdoshlik xususida. Fitrat tovush o’zgarishlari xususida. Fitrat – so’zshunos. Fitrat –atamashunos. Fitrat – sarfshunos. Fitrat so’zlarning tubligi, yasamaligi xususida. Fitrat – nahvshunos. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Fitrat buyuk tilshunos, Fitrat tovushshunos, Fitrat so’zshunos, tovush o’zgarishlari haqida Fitrat, Fitrat – atamashunos, Fitrat so’z tubligi va yasamaligi haqida. 1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi: Fitratning ijodi, faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berish, Fitratning tovushshunoslik faoliyati haqida sharh berish. Ohangdoshlik xususidagi qarashlarini izohlash. Identiv o’quv maqsadlari: 1. Fitratning hayoti, ijodi, faoliyati haqida qisqacha ma’lumot beradi. Fitratning tovushshunos olim ekanligini sharhlaydi. Fitratning ohangdoshlik xususidagi fikrlarini izohlaydi. 1-asosiy savolning bayoni: Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat (ismi va otasining ismi Abdurauf Abduraxim o’g’li, Fitrat –taxallusi. Buxoro: 1886-1937) o’zbek yozuvchisi va olimi, birinchi o’zbek professori (1924). Buxorodagi Mir Arab madrasasi va Istanbul dorilfununida tahsil olgan. Abdurauf Fitrat katta iste’dod egasi bo’lib, yirik tilshunos olim edi. U adabiy tilning o’sha davrdagi holati, adabiy til bilan xalq tili munosabati haqida asarlar yozdi. Ayni paytda tilshunoslikka doir dastlabki qo’llanmalar yaratdi, Chunonchi, 1919 yilda “Ishtirokiyun” ro’znomasida bosilgan “Tilimiz” nomli maqolasidayoq umumtilshunoslikka doir qarashlari, til taraqqiyoti yo’lida qayg’urishlari butun bir dard bo’lib yuragidan sizib chiqqanki, bu fikrlar o’zbek tiliga mansub birorta kishini befarq qoldirmas. Negaki, bu fikrlar o’zbek tilining buguni uchun ham nechog’li aloqador?! Olim “Dunyoning eng boy, eng baxtsiz bir tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha!” deb yozadi va uning baxtsizligini arab bosqinchiligi bilan bog’laydi. Turkiy faqat arabchadan emas, forscha tepkilar bilan ham ezilganligini qayd etadi. O’zbek tilining ana shu baxtsizligidan afsus va nadomatlar chekkan olim, ayni paytda uning boyligidan o’zida ishonch hissini tuyadi: “Turkcha baxtsizdir. Ming yildan beri ezila kelmishdir. Lekin bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir.Yashar. Negaki, boydir”. Bu fikrni olim tadrijiy davom ettirib yozadi: “Bir tilning boyligi u tildagi so’zning ko’pligidir; ya’ni lug’at qatlami va uning boyligi, so’z yasalish tugalligi, ya’ni tilning grammatik qonuniyatlar jihatidan mukammalligi. Bu so’z bu kun emas, necha yuz yil burun oraga chiqmish deya Navoiyning “Muhokamatul lug’atayn” otli kitobidan o’z javobini olmish”. Abdurauf Fitrat tilga eng avvalo or-nomus, vijdon, uning tarixini esa xalqning tarixi deb qaraydi. Shuning uchun olimning tilga bo’lgan mehri va g’amxo’rligi elga, ulusga bo’lgan mehri va fahri ila chambarchas bog’lanib ketganki, bu holat quyidagi gaplarda o’z ifodasini topgan: “dunyoning eng buyuk hakimi bo’lg’on Ibn Sino turkdir. Ikkinchi Arastu atalgan Forobiy turkdir. Arab tiliga mangulik qirg’izib kelgan Javhariy turkdir. Jaloliddin Rumiy turkdir. Forsiy adabiyotning payg’ambarlaridan bo’lg’on Nizomiy daho turkdir. Shu erda otlari yozilg’on kimsalar yolg’iz turk ulusini emas, butun dunyoning ulug’ kishilaridan erurlar”. Ma’lumki, til xalqning xalqligini, elning elligini belgilovchi mezon sanaladi. Til yo’qolishi ila o’sha xalq yo’qoladi. Shuning uchun ham tarixda bosqinchilar avvalo tilga hujum qiladi. Bu holat ko’pincha faqat bosqinchining emas, balki erli xalq vakillarining ham fikrini o’zgartirib yuboradiki, buning naqadar ayanchli ekanligidan Fitrat achinish bilan qayg’urib yuqoridagi fikrini davom ettirib shunday yozadi: “Ikki turk ulusi bunlarning asarlaridan osig’anolmay (foydalanmay) qolmish, balki o’zlarini ham yaxshigina taniyolmay qolmishdir. Bunlar o’z biliklarini turkcha yozsalar edi, bu kun turk ulusining holi ehtimolki boshqa turli bo’lar edi. Baxtsizlik bundanda ortiq bo’lurmikin?! Turk o’g’li turk bo’lg’on Mahmud G’aznaviy Firdavsiyni chaqirib, turk ezilishini ko’rsatg’on “Shohnoma”ni yozdursun, deya har yo’liga bir oltun bersun. Shul baxtsizlikdirkim, turk o’g’li bo’lg’on Usmonli hoqonlari o’z tuyg’ularini forsicha she’r bilan suylatmishdir”. Fitrat turkiy tilning taqdiriga qayg’urar ekan, suhbatdoshlari bilan yanada qizg’in munozaraga kirishadi.”Turkcha yashamishdir. Yashar, lekin o’zini arab, fors tillaridan qutqara olurmi, yo’qmi? So’zni bu erga etkirgach, barmog’ini yaraning o’zagina bosmish bo’ldim. Bu surdug’imga ikki turli javob kelari belgilikdir. Ha,yo’q”. Olim ana shu savolg’a “yo’q” deb javob berganlarning fikri asossiz ekanligini maqolasi davomida isbotlaydi. Darhaqiqat Fitratning tilga bo’lgan mehri elga bo’lgan mehri bilan chambarchas bog’lanib ketgan ekan, ana shu xalqi Ona-Vatan uchun fidoyi yirik shaxs bo’lganligi quyidagi satrlarda yanada oydinlashadi. Zero, bu satrlarni befarq, etingiz junjikmasdan o’qish mumkin emas: “Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko’nglim siqiq, bo’yim bukuk. Sening ziyoratingga keldim, sultonim! Ezilgan boshim, qisilgan vijdonim uchun bu sag’anangdan davo izlab keldim, hoqonim! Yuz yillardan beri jafo ko’rib, g’am chekib kelgan turkning qonli ko’z yoshlarini etaklaringga to’kkani keldim, Ulug’ hoqonim! Turklik sharafi talandi. Turkning nomusi, e’tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyoqlari ostida qoldi. Turkning yurti, ulog’i, o’chog’i, turoni yot qo’llarga tushdi, Hoqonim! Turklikka xiyonat qilganlarni turk bo’lsalar ham jazolamoq sening odatingdur! Sultonim! sen kimsasiz emassan. Mana men butun borlig’im bilan senga ko’mak qilurga hozir. Mana men chin ko’ngil bilan sening yo’lingda o’lurga rozi. Kof tog’lari yo’limga tushsa, Tamug’ olovlari qarshimga chiqsa yana sen sari ketarman. Ustimga insonlar emas, shaytonlar qo’shini kelsa, oyog’imga zanjirlar emas, jahannam ilonlari o’ralsa, yana sen sari choparman. Dunyoning butun balolari boshimg’a to’kilsa, zulm cho’lining temir tikonlari ko’zimga kirsa, yana seni qutqaraman. Men sening uchun tug’ildim. Sening uchun yasharman, sening uchun o’larman! Ey, turklikning muqaddas o’chog’i! O’lim sening o’limingni istaganlarga, nafrat seni ko’mganga kelganlarga! Ey, arslonlar arsloni! Mening yoziqlarimdan o’t, mening ko’nglimni tut, belimni bog’la, muqaddas fotihangni ber! Sening dunyoda sig’magan g’ayratingga ont ichamanki, Turoning eski sharaf va ulug’likni qaytarmasdan burun oyoqdan o’turmasman, to’xtamasman! ” Xalq, yurt qayg’usida faryod chekkan ulug’ muhtaram Abdurauf Fitratning shu xalq ko’zgusi bo’lmish tili haqida qayg’urishlari tabiiy edi. Shuning uchun ham etuk olimlarni uyushtirgan “Chig’atoy gurungi” tashkilotining asoschilaridan va etakchilaridan biri sifatida ham faoliyat ko’rsatdi. Bu tashkilot faoliyatini olimning o’zi shunday tavsiflaydi: “Tuzuk, “Chig’atoy gurungi” bevosita siyosat bilan mashg’ul bo’lmoqni istamadi, yolg’iz til, imlo, adabiyot bilan shug’ullandi ” Ko’rinadiki, Fitratning ushbu tashkilotdagi faoliyati ham tilshunoslikning barcha sohalari bilan aloqador. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling