O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fitrat - so’zshunos
Nazorat topshiriqlari:
1.1 Fitratning hayoti, ijodi, faoliyati haqida qisqacha ma’lumot bering. 1.2 Fitratning tovushshunoslik haqida tushunchasini ayting (kategoriya-bilish) 1.3 Fitratning shu sohadagi fikr-mulohazalarini hozirgi o’zbek adabiy tilidagi g’oyalar bilan qiyoslashga harakat qiling (kategoriya- bilish) 1.4 Olimning ohangdoshlik xususidagi fikrlarini sharhlang (kategoriya -bilish) 1.5 Bu g’oyani hozirgi o’zbek tilshunosligidagi fikrlar bilan solishtiring. O’z mulohazangizni bildiring (kategoriya-bilish) Fitrat tovush o’zgarishlari xususida. So’z o’zagiga qo’shimcha qo’shilgan, yoki shunday usul bilan so’z yasalgan paytda o’sha so’zda ayrim o’zgarish yuz berishi mumkin. So’zlardagi bunday tovush o’zgarish hodisasi, bir tomondan, talaffuzda qulaylikka intilish asosida kelib chiqsa, ikkinchidan, til tarixining uzoq tadrijiy tarakqiyoti davomida bir tovushning ikkinchi tovushga o’tish holati bilan bog’liq bo’lib, bu jarayon o’zbek tilida anchagina. Shuning uchun Abdurauf Fitrat o’zbek tiliga bag’ishlangan grammatika kitobining birinchi qismida tovush o’zgarishiga alohida e’tibor beradi va shu o’zgarishlarni tahlil etadi: “O’g’il, O’run, ko’ngul, buyur! So’zlaridan har biri ikki hijolidir. ...ikkinchi hijolar rus tovushlidir. Mana shundan so’ng yana bir oltinchi tovush qo’shganda Ug’u-lm, O’-runo’m, Ko’-ngu-lm, bu-yu-ruq shaklida, Ya’ni uch hijoli so’zlar bo’lishi kerak ekan, shunday bo’lmaydur; bunlar oroloridagi bir cho’zg’ini yo’qotib O’g’lm, o’rnm, ko’nglim, buyruq shaklida, ayni ikki hijoli so’zlar bo’lib qoladir. Bu albatta, tilimizning yengillik istaganidan chiqib qolg’on bir hol. Bu hol yozuvlorimizda bor. Yuqoridagilarga o’xshag’on ko’p so’zlarni yozuvchilarimiz hech narsa sezmasdan shu yo’lga to’g’ri keltirib yozolor. Biroq bu ham umumiy qoida bo’lib qobul etilmagan. Shuning uchun har so’zda yurgizilmaydur”. Ko’rinadiki, olim so’zlarda bo’ladigan tovush o’zgarishlarini umumlashtiruvchi, bu jarayonni to’liq qamrab oluvchi qoida bo’lish zaruriyatini ta’kidlamoqda, Vaholanki, tildagi bunday hodisaning yozuvdagi xilma-xilligi hanuz davom etmoqda. Shuningdek, olim P,T,Ch,X,R,K,S,Sh tovushlarini “Turg’un” deb nomlab, ularga qo’shimcha qo’shilganda bo’ladigan tovush o’zgarishini tahlil etadi. Talaffuz va yozuvdagi tafovutni izohlaydi. Olim bu yo’nalishdagi qarashlarini davom ettirar ekan, “Q” va ”G’” tovushlarida yuz beradigan tovush jarayonlari va uning imlodagi ifodasini sharhlaydi. “Bir “Q” bilan bir “G’” toki ikki “Q” tovushi bir so’zda bo’lsa ikkisi ham “G’”ga aylanib eshitiladi. Biroq sarfi birlikni saqlash uchun bunda ham “Qa”ning o’zi yoziladi. Toqqo,boqqo kabi.” Fitrat - so’zshunosHar bir til o’zining so’z boyligiga, ma’lum darajadagi til birliklariga ega. O’sha tilda muayyan davrda mavjud bo’lgan so’zlar yig’indisi u tilning lug’at sostavini yuzaga keltiradi. Lug’at sostavi tilshunoslikda hozir to’liq tan olingan tushuncha bo’lib, tilning lug’at sostavi o’z boyligi jihatidan katta imkoniyatga ega. Shuning uchun bu boylik haqidagi ilmiy tasavvurlar ham nisbiy bo’lishi tabiiydir. Tilning lug’at sostavi murakkab va ayni paytda ko’p qirrali. Shu bilan birga tilning boshqa bo’limlariga nisbatan lug’at sostavi tashqi ta’sirga tez beriluvchan hodisa. Siyosiy-ijtimoiy hayotdagi o’zgarish eng avvalo so’zlarda o’z ifodasini topadi. Shuning uchun so’zdagi bu xususiyat qadimdan tilshunos olimlar e’tiborini tortib kelgan. Abdurauf Fitrat “So’z va uning turlari” haqida fikr yuritar ekan, “So’z ma’no bildiradigan tovushlar to’dasidir. Ohang esa, bizning tilimizning xususiyatlaridan bo’lgan tovush ohangi, ya’ni, yo’g’onlik, yo ingichka bo’ladir. Va o’ziga qo’shilgan qo’shimchalarni ham yo’g’onlik-ingichkalikda o’ziga ergashtiradir”,deb yozadi. Ayni paytda Fitrat so’zning so’z bo’lishi uchun uchta shartga, talabga javob berishini ta’kidlaydi. Ya’ni olimning ko’rsatishicha so’zda ma’no, ohang, bosim bo’lishi lozim. qo’shimchalarda esa shu xususiyat yo’q: “So’zning so’z bo’lishi uchun ma’no bildirishi, ohang va bosim egasi bo’lishi lozim. Shunday bo’lg’och, qo’shimchalar so’z bo’la olmaydilar. Chunki ularda mustaqil ma’no va ohang va bosim yo’q.” Zero, Alisher Navoiy ham so’z surat emas, ma’no mujassamligini ta’kidlagan: Qil Navoiy, so’z aro ma’ni qasd, Istama o’ylaki suratbin lafz. Ma’lumki, tilning boyligi avvalo o’sha tildagi lug’at qatlamining darajasi bilan belgilanadi. Va shu ma’noda o’zbek tiliga nisbatan necha bor ta’na toshlari otilmadi?! o’zbek tili “qo’pol til”,”uy ro’zg’or tili”,”badiiy jozibadan mahrum”,”g’arib va kambag’al” til deyuvchilarga nisbatan hazrati Alisher Navoiy “Hamsa”ni bitish bilan amaliy javob bermaydimi?! Shuning uchun ham hazrat: Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. Kim shuhrati chun jahonga to’lg’ay, Turk eliga dog’i bahra bo’lg’ay... deb yozgan edi. Albatta, ona til xazinasining boyliklarini ochish, uni amalda isbotlash o’z-o’zidan bo’lmagan. Shoir bu borada juda ko’p qiyinchiliklarga duch kelgan. Uning o’zi bu qiyinchiliklarni xalq tiliga bo’lgan muhabbati natijasida engganligini faxr bilan tilga oladi: So’zingniki yaxshi ko’rur sen o’zung, Ko’rinmas yomon chun erur o’z so’zung. Ki so’z zodai tab’i farzand erur, Ki farzand erur jong’a payvand erur. Alisher Navoiy o’zbek tilining so’z boyligini amaliy jihatdan isbotlash bilan kifoyalanib qolmasdan, uni ilmiy jihatdan ham isbotlash maqsadida o’zining mashhur “Muhokamatul-lug’atayn” nomli ilmiy asarini yozdi. Abdurauf Fitrat ham o’zbek tili g’arib, kambag’al deyuvchilarga qarata bu tilning so’z boyligini ta’kidlash bilan birga, ularning qo’liga Alisher Navoiy hazratlarining “Muhokamatul-lug’atayn”ini tutadi: “Bir tilning boyligi u tildagi so’zning ko’pligi (kasrati kalimot-lug’at qatlami va uning boyligi), undirish kengligi (vus’ati ishtiqoq -so’z yasalishi), yusup tugalligi (mukammaliyati kavond-tilning grammatik qonuniyatlar jihatidan mukammallligi) bilan bo’lur. Turkchada so’z ko’pligi bormi? (arabchilarimizcha aytganda kasrati kalimot mavjudmi?) Bu so’z bu kun emas, necha yuz yil burun oraga chiqmish deya Navoiyning “Muhokamatul-lug’atayn” otli kitobindan o’z javobini olmish Navoiyning kitobi turkchaning boyligini ochibgina bildira olmasa ham,turkchada so’z ko’pligini (u) yaxshi biladur. Navoiy yolg’iz “yig’lamoq”ning turlarini ko’rsataturg’on turkcha so’zlarning shunchasini yozadir: ingramoq, singramoq, inchkiramoq, yig’lamoq, yig’lamsinmoq, o’kirmaq, siqtamoq... Mana sizga bir hodisaning etti turi uchun otkim, oralarinda ingichka ayirmalar bordir. Turkchada bu hol oz emas”. Darhaqiqat o’zbek tilida qo’llanilgan va hozirda iste’molda bo’lgan so’zlarning aksariyati bu tilga asrlar osha etib kelgan. Negaki, til barqaror hodisa. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling