O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Fitrat so’zlarning tubligi, yosomolg’ jo’ninda
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
Fitrat so’zlarning tubligi, yosomolg’ jo’ninda.
Abdurauf Fitrat “so’zlarning tubligi, yosomolg’” haqida fikr yuritar ekan, eng avvalo ularni ikkiga – “tub” va “yosomo”ga ajratadi. Olimning fikricha, “so’z yososh”,”undirish kengligi” tildagi so’zning ko’pligi va yusuf tugalligi bilan birga o’sha tilning boyligini ta’minlaydi. Fitrat tillarning boyliklarini, kengaymoqlarini qulaylashtiradigan yo’l “So’z yososh” yo’lidir deb belgilar ekan, u o’zbek tilining “so’z yososh” yo’li keng bo’lganligidan kelajakda bu shevaning ilmiy, adabiy eng boy, eng keng bir til bo’lishiga ishonch bildirishini ta’kidlaydi. Olim ushbu mavzudagi fikrini davom ettirib, “yozmoq” so’zining “o’zak”i “yoz”, shu o’zakka turli qo’shimchalar qo’shib yozsh, yozmo, yozdm, yozojoq, yozuch, yozmoqch, yozg’on, yozg’ch kabi so’zlar yasamoq “so’z yososh” (ya’ni ishiqoq)dir deb ta’kidlaydi. U bu amaliy tahlinini xulosalab, yuqoridagi so’zlardan “yoz” so’ziga “tub so’z”, boshqalariga “yosomo so’zi” deb nisbat beradi. Etuk olim matn asosida “yosomo so’z” va “tub so’z”ga ilmiy ta’rif beradi: “Demak, so’z bir o’zakka qo’shimcha qo’shib yosolg’on bo’lsa, “yosomo so’z” bo’ladir; yosolmog’on, o’zining tub holida qolg’oni esa “tub so’z” bo’ladur”. Ma’lumki, Abdurauf Fitratning tilshunoslik sohasidagi xizmatining bosh masalalasi o’zbek tilining boy til ekanligini isbotlash muammosi bilan bevosita bog’liq. U til boyligini ko’rsatuvchi, belgilovchi birinichi holat o’sha tildagi so’zning ko’pligi deb qarash bilan birga, ayni paytda so’z “undirish kengligi” (ishtiqoq) ham tilning boyligini ta’minlovchi vosita deb uqtiradi. Fitratning tavsificha, o’zbek tilining so’z “undirish kengligi” uning boyligini ko’rsatuvchi asosiy mezonlardan biri ekan, uning “Tilimiz” maqolasidan keltirilgan quyidagi parchadagi fikrlar olimning shu soha bo’yicha bildirgan g’oyalarning muqaddimasi deyish mumkin: “So’zni turkchada undirish kengligi (ya’ni”vus’ati ishtiqoq”)ga ko’chiraman. “Ilm”ning (bilimning) turkchasidan undirilgan so’zlar shulardir: bil, bilar, bilajak, bilgusi, bilgay, bilsa,bilsachi, bilay, bildi, bilibdir, bilgan, bila boshladi, bila yozdi, bila oldi, bila turdi, bila berdi, bilib, bilgach, bilgali, bilmak, bilish, biluv, bilmov, bilim, bilgi, bilik, bilgili, bilguchi, bilmakchi, bilgur, bilmagay, bilmagan, bilmay, bilimsiz, bilmas, bilmaslik. Mana sizga yolg’iz fe’llardan 13 fe’l, qo’shma fe’llardan 6 fe’l. Qo’shma fe’llardan har birining buyrug’i, bo’lishi, holi, kelajagi (zamon kategoriyasidagi hozirgi-kelasi, kelasi zamonlar), sharti, qo’zg’ovi (qo’zg’ovchi-daraja yoki nisbat kategoriyasi) bor. 13 X 6 q 78 bo’lur. Bunlarga uft (o’timlilik nazarda tutilayotgan bo’lishi mumkin), vaqt, sabab fe’llari qo’shilsa, 81 ta bo’lur. Bunga ism (Otlarning egalik va kelishiklarda turlanishi nazarda tutilyapti) va sifat yozilg’on 18 qo’shilganda 99 bo’lur. Bu 99 tasida so’z tolmug’i (o’zak, negiz ma’nosida) buyruqdir (ya’ni bil so’zidir). Demak, turkchada bir tomirdan 98 so’z undiring emish”. Abdurauf Fitrat so’zlarni avvalo ikki katta guruh – tub va yasamaga ajratib so’ng yasama so’zlarni maxsus guruhlar bo’yicha birma-bir sinchiklab tahlil qiladi. Chunonchi kitobining “yosomo otlor” bo’limida avvalo otlarni ma’no munosabatlariga qarab ajratib, ularning har birining yasalish usulini misollar asosida sharhlaydi. Jumladan u “O’rin oti”- bir narsaning otini bildirmak uchun shu narsaning otiga –loq (ovQloq, toshQlok, qushQloq, o’tQloq) qo’shimchasini qo’shish bilan. Shuningdek bir ishning bo’ladigan o’rnini bildirmak uchun shu ishning o’zagiga (buyruqqa) –oq (yotQoq) qo’shimchasi qo’shilishini ta’kidlasa, bir ishni qilmoq uchun qurol bo’lguchi narsani bildirgan o’zakka –g’ch, -qch, - gich,-kich, (ochQg’ch, uchQqch, sovoQg’ch, so’zQgich); -g’, -gi (cholQg’, o’zanQgi); -oq, -ak (qurshoQq, o’rQoq, elaQk); -choq, -chak (yorg’uQchoq, belanQchak) qo’shimchalari qo’shilishi natijasida “qurol oti” yasalishini ko’rsatadi. Ayni paytda “kichiklangan otlar”ning –cho, -cha; -qno, -g’no; -gina, -kina qo’shimchalari bilan shakllanishi izohlanadi. “Qo’shma otlar” bo’limida bunday so’zlarning otning boshqa turlaridan farqi, qo’shma otlarning o’ziga hos xususiyati sharhlangan. Otlarda son kategoriyasi –lar, -lor qo’shimchasi asosida yuzaga keldishi ta’kidalanadi. Ko’rinadiki, Fitratning otlar guruhidagi tahlili bir tomondan til tarixi, ikkinchi tomondan umumxalq tili bilan uzviy aloqador, bog’liq holda olib borilagnligi sababli bu manbalar bilan tildagi uzilish sezilmaydi va bizga o’sha davr tilidagi ot guruhidagi so’zlarning tabiiy holatidan to’liq ma’lumot beradi. Binobarin, o’sha qo’shimchalar mumtoz adabiyotimiz vakillarining barchasining asarlarida iste’molda bo’lgan. Abdurauf Fitrat tub sifatldarga turli qo’shimchalar qo’shilishi evaziga yasama sifatlar yasalishini qayd etar ekan, aksariyat hollarda bu qo’shimchalar fe’lning buyruq shakliga qo’shilishini ta’kidlaydi. Jumladan, -g’on qo’shilib oshirma sifat (qopog’on, bilag’on kabi) yasagani holda, yozmo, bosmo, qo’shmo kabi buyruqqa –mo, -ma qo’shilib bir narsaning turini bildiruvchi sifat (bosmo kitob kabi) yasashini ko’rsatadi. Olim o’xshash, kabi, -dek, -doy, -day, yong’lg’ singarilar o’zidan oldin kelgan ot bilan birga, o’zlaridan keyin kelgan otning sifati bo’lib, bunday sifatlarga o’xshash sufati deb, sifatdan keyin kelgan otni sufatlovchi deb ta’riflaydi. Va sifat bo’lgan so’z o’zining “Sufatli”si bilan birga qo’llangan paytda –lar, -lor ko’plik belgisini faqat sufatli (o’qtguchi kimsalar kabi) qism olishi uqdiriladi. Shu o’rinda alohida ta’kidlanishi lozim bo’lgan bir holat shundan iboratki, o’quvchi va talabaga so’z guruhlarini o’rgatishda va uni aniqlashda o’sha so’zlarga so’roq berish yo’li tajribada faollashib ketdi, deyish mumkin. Bu erda so’zning asosiy bajarib kelgan vazifasi e’tibordan chetda qolmoqda. Boshqacha qilib aytganda, so’roq birlamchi, so’zning ma’nosi, uning qaysi vazifani bajarib kelayotganligi ikkilamchi bo’lib ketganligi aniq bo’lib qoldi. Shuning uchun “qiziq kitob, qiziq kuladi” birikmalaridagi “qiziq” so’zini so’roq berish yo’li bilan ayrim hollarda sifat guruhiga kiritish hollari ham uchraydi. Vaholanki, bu so’zning ushbu o’rinda bajarib kelayotgan vazifasi tamoman boshqa-boshqa, ya’ni birinchi birikmadagi “qiziq” so’zi otdan oldin kelib, narsaga tavsif bergani holda, ikkinchi birikmadagi “qiziq” so’zi fe’lga bog’lanib, o’sha harakatga tavsif bermoqda. Tildagi xuddi shunday holatni Abdurauf Fitrat juda tushunarli va qulay usulda tahlil etadi – ya’ni otdan burun emas, fe’ldan burun kelgan sifatlar, sufat emas, hol (ravish-ta’kid bizniki B.T.) deb ko’rsatiladiki, bu g’oya bugungi tilshunoslik uchn ham katta ahamiyatga ega. Abdurauf Fitrat “ikkinchi o’zakdan yosolg’on fe’llar” haqida to’xtalar ekan, shunday yozadi: “Buyruqdan emas, ot-sufatka qo’shimchalar qo’shib tuzilgan fe’llarga "ikkinchi o’zakdan yosolg’on fe’llar" deymiz, bu turli fe’llar ot, yo sufatka ko’brak “-lo,-la” qo’shilib yosolodr: oqlomoq, kuchlamak”. Yuqoridagi tahlilni hozirgi grammatikalardagi tahlillar bilan qiyoslasak, solishtirsak, hozirgi ilmiy adabiyotlarda bu tarzli amaliy tahlillar deyarli yo’q deyish mumkin. Fitrat sodda fe’llarning yasalish usulini tahlil qilib bo’lgach, qo’shma fe’llarning shakllanishi, uning yasalishini ham juda oddiy va tushunarli tilda tushuntiradi. Bunda ham avval sodda fe’llarni yakka tartibda keltirib, so’ng ularning nutqda birikib qo’llanilishini va bu holat yangi turdagi fe’lni shakllantirishini izohlaydi. Masalan, “yozdm, boshlodm» bizda yuqoridagi ikki fe’l bir-biriga qo’shilib ikkisining ma’nolaridan aralash “bir ma’no” beraturg’on bir fe’l bo’ladur – yozo boshlodm, kela boshlod kabi, Bunga biz “qo’shmo fe’l” deymiz”. Abdurauf Fitrat har bir guruhdagi so’zlarni tub va yasamaligi nuqtai nazardan birma-bir tahlil etish jarayonida fe’llarni butunlay yasama, ot guruhidagi so’zlarning aksariyati tub, kamroq qismi yasama, sifat guruxidagi so’zlarning esa ozrog’i tub, ko’pchilik qismi yasama, ko’makchi, ya’ni yordamchi so’zlarning hammasi yasama degan ilmiy xulosa chiqaradiki, bu nazariya bugungi tilshunoslikda ham o’zining ilmiyligini yo’qotmaganligidan tashqari o’zining amaliyligi bilan ham qadrlidir: “Fe’llar butunlay - yosomo”. Otlarning ozi –“yosomo”, ko’bi-“tub” . Sufatlarning ko’bi –“yosomo”,ozi-“tub”. Ko’makchi so’zning hammasi “tub so’z” sanaladur”. Bu o’rinda yana izohtalab holat shundan iboratki, Fitrat so’zlarning “tub” va “yasama”ligini nihoyat darajada sinchiklab tekshirib borib, o’zakning o’zini ham “birinchi o’zak”, “ikkinchi o’zak” deb ikkiga ajratadi. Ayni paytda “yosomo” so’zlarning turli o’zakdan yasalishini ta’kidlab, “birinchi o’zak-buyruq so’z”, ikkinchi o’zak ot yo sifat bo’ladi, degan g’oyani ilgari suradiki, bu g’oya- xulosa amaliy jihatdan ham o’z asosini topgan. Shu o’rinda alohida ta’kidalanadigan bir holat mavjud. Bu Fitratning kitobidagi usul yo’nalishi, sharhlaridagi o’ziga xoslik. Darhaqiqat olimning izohlash usuli hozirgi darslik va ilmiy asarlar usulidan tubdan farqlanadi. Fitratning “Sarf” kitobida avval matn vazifasini bajaruvchi so’z berilib, so’ng ular tahlil etiladi va shu asosda olimning nazariy xulosalari yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, Fitrat amaliyadan nazarayaga qarab borganki, bu domlaning ilmiy xulosalarining hayotiyligini va ayni paytda uning yashovchanligini ta’minlagan. Ikkinchidan, bu yo’sindagi tavsif o’quvchini kitobdan bezdirmaydi, aksincha, o’ziga ohangrabodek tortadi. Vaholanki, hozirgi avlod juda ko’p nazariy kitoblardan, xususan tilga bag’ishlab yozilgan kitoblardan bezmadimi? Afsuski, shunday. Buning sababi esa bitta. Bu ham bo’lsa, til konuniyatlariga qarab qoida, ta’rif chiqazish emas, aksincha, til qonuniyatini zo’rlab qoidaga, ta’rifga bo’ysundirish. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling