O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Talabalarga muammoli savol beradi 3.2


Download 1.77 Mb.
bet69/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

3.1. Talabalarga muammoli savol beradi
3.2. Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar baxsga chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi.

O’qituvchi-talaba,
40 minut

4

Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:
1. O’zbek tilshunosligining XX asr boshlaridagi umumiy holatini sharhlang.
(kategoriya-bilish)

  1. Bu davr tilshunosligida o’zbek tilshunosligining nazariy asosi yaratila boshlaganligini qanday izohlagan bo’lardingiz?

  2. Elbekning bu jarayonga munosabatini belgilang

  3. Elbekning tilshunoslik bo’yicha nazariy qarashlarini sharhlang.(kategoriya-analiz)

4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.

O’qituvchi,
15 minut

5

O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi,
10 minut

Reja:

  1. XX asr boshlarida o’zbek tilshunosligi nazariy asoslarining yaratilishi. Elbekning ilmiy-nazariy qarashlari.

  2. Elbekning lug’atshunoslik faoliyati.

Tayanch tushuncha va iboralar:


Turkcha qoida, bitim yo’llari, yozuv yo’llari, odot, qo’shimcha asos, hukm, kesim, olmosh, zamir, sao’lam, jumla, turtki, nuqta, bichim, forma, yoy, qavs, cho’zg’i, tovushliq, ishlik, fe’l, belgi, alomat va boshqalar.

1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi:


XX asr boshlarida o’zbek tilshunosligining nazariy asoslari yaratila boshlanganligini, qayd etish. Shu jarayonga Elbekning munosabati va uning nazariy qarashlarini sharhlash.

Identiv o’quv maqsadlari:





    1. Talabalarni XX asr boshlarida tilshunoslik sohasidaga holat bilan umumiy tanishtiradi.

    2. O’zbek tilshunosligining nazariy asoslari yaratila boshlaganligini sharhlaydi.

    3. Ushbu jarayonga Elbekning munosabatini belgilaydi.

    4. Elbekning tilshunoslik bo’yicha nazariy qarashlarini izohlaydi.

1-asosliy savolning bayoni:


Turkiy xalqlar, jumladan o’zbek xalqi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab til, tilshunoslik masalasi va uning muammolariga jiddiy e’tibor bera boshladi. Matbuot, nashriyot, maktab va maorif bilan bog’liq ravishda imlo masalasi asosiy o’rinni egalladi. Ma’rifatparvarlarimiz dunyoviy ilmni o’rganishga jiddiy intila boshladi. Bu o’z-o’zidan tilni ilmiy asosda o’rganishni taqoza etdi. Shu bois XX asr boshlarida Istambul, Qozon shaharlarida turk tilini tadqiq etuvchi tilshunos olimlar guruhi ish boshladi. Ular alifbo, harf, imlo muammolari bilan shug’ullanib, turkiy tilllarning ilmiy grammatikasini yaratishga harakat qildilar. Ularning harakati natijasi o’laroq «Qavondi lisoni turkiy», «Qovondi turkiya» (M.Abduqodiriy) kabi grammatikaga doir ayrim asarlar yaratildi.
Ma’lumki, Turkistonda bu davrda usuli jadida maktablari va to’qqiz oylik bilim yurtlari ochilgan bo’lib, o’quv rejasiga ona tilini o’qitish ham kiritilgan edi. Biroq ona tili qoidalari turk va tatar tillari qoidalari asosida o’rgatilar edi. Chunki o’zbek tilining ichki qonuniyati asosida yaratilgan asar yo’q edi.
To’g’ri, XX asr boshlarida o’zbek tiliga oid bir qancha grammatika, lug’at va xrestomatiyalar mavjud edi. Biroq ularni rus olimlari rus tili grammatikasi asosida yaratgan bo’lib, o’zbek tili qonuniyatlari e’tibordan chetda qolgan edi. Shuningdek «Turkcha qoida» (M.Faxriddinov) va boshqa qo’llanmalar esa arab tili grammatikasi qolipiga asoslangandi.
Chig’atoy gurungi a’zolari birinchi marotaba o’zbek tilini o’z ichki qonuniyatlari asosida ilmiy o’rganishga kirishdilar. Ular tarixiy asarlar, halq og’zaki ijodi namunalari, sheva materiallarini bir nuqtaga birlashtirib, ilmiy xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Elbek, Qayyum Ramazon, Shokirjon Rahimiy, Shorasul Zunnunlar matbuotga o’zbek tili tovushlari, singarmonizm haqida maqolalar yoza boshladi. O’zbek tilining nazariy masalalaridan bahs etuvchi «Bitim yo’llari» (Fitrat, Q.Ramozon 1919) qo’llanmasining nashr etilishi Elbekning «Yozuv yo’llari»(1921) darsligining yuzaga kelishiga turtki bo’ldi. Tabiiyki, ular bir-biridan farq qiladi. Agar «Bitim yo’llari»da o’qituvchilarga mo’ljallangani bois grammatikaga oid nazariy masalalarga e’tibor berilgan bo’lsa, «Yozuv yo’llari»da boshlang’ich sinflarga bag’ishlanganligi bois imlo qoidalariga to’xtaladi. Buning ustiga 1921 yildagi til - imlo qurultoyi to’xtamlari «Yozuv yo’llari»ning yozilishiga asos qilib olingan.
20-yillarda o’zbek tilshunoslari uchun muammo bo’lib turgan narsa o’zbek tilining ilmiy grammatikasini tuzish edi. Biroq uni qanday tartibda tuzish masalasi ancha munozarali edi. Chunonchi, E.D.Polivanov o’zbek tili tili va umuman turk shevalari grammatikasini rus tili grammatikasi bilan chog’ishtirish usulidan foydalanib yaratishni tavsiya etsa, A.Sa’diy shu kungacha yaratilgan grammatikalar o’zbek tilining ichki imkoniyatidan kelib chiqib emas, balki rus va arab tiliga taqlidan chratilganligini kuyunib gapirib, E.D.Palivanovning fikriga qarshi chiqadi.
Elbek «Turk tillarining qonunlari to’g’risida mulohazalar» nomli maqolasida o’zbek tilini bilmasdan turib, uning grammatikasini tuzmoqchi bo’lgan olimlarni tanqid qiladi. Bu grammatikani o’zbek tilining butun imkoniyatlaridan foydalangani holda, uning ruhini bilgan kishilar yaratilishi lozim deb hisoblaydi. Shuning uchun bu ishga Fitratni loyiq deb hisoblab, ustozga murojaat etadi. Fitrat shu munosabat bilan «Sarf» va «Nahv» (1925)ni yozadi.
O’zbek tili grammatikasiga doir asarlarning yuzaga kelishi, o’z-o’zidan tilshunoslik terminlarining ham shakllanishiga ta’sir etdi. Bu borada, shubhasiz, Fitrat, Q.Ramazon, Munavvar qori, Sh.Rahimiylar bilan bir qatorda Elbekning ham o’z o’rni bor. Atamashunoslikdagi xilma-xillik va boshqa qiyinchiliklarni tugatish maqsadida Elbek «Lug’at va atamalar» (1923)ini matbuotda chop etdi. Olim unda arabcha, forscha so’zlar o’rniga turkiy atamalarni tavsiya etadi. Chunonchi, atama-istiloh, so’rog’-savol, o’zak-modai, asli, negiz-asos, qo’shimcha-odot, ishlik-fe’l, kesim-xukm, so’ylam-jumla, yoy-qavs, turtki-nuqta, bichim-forma, apt-shakl va boshqalar.
Ma’lumki, «cho’zg’i» termini dastlab «Bitim yo’llari»da qo’llangan bo’lib, Elbek o’zining «Imlo masalasi» (1920) maqolasida unga shunday ta’rif beradi: «Etti cho’zg’i degan narsamiz a, e, u,ui, e, i (qisqa) cho’zg’ilari bo’lib, bulardan o’ qalin o’tru, o’ ingichki o’tru ataladi. Bularning har birlarining xizmatlari bir harfning so’ngiga kelib, oni olg’a cho’zmoqdur»(«Imlo masalasi» II Ishtirokiyun.1920-18,19 sentyabr). Bu davr tilshunosligida «cho’zg’i» termini «unli» termini o’rnida qo’llangan. «Undosh» termini o’rnida dastlab «tovush harfi», keyinroq «tovushliq» termini ishlatilgan.
O’zbek tilshunosligidagi arabcha «odot» termini o’rnida Elbek «qo’shimcha» («Yozuv yo’llari»), terminini qo’llaydiki, bu atama hanuz iste’molda. Ayni paytda olim uning muqobili sifatida belgi, yolg’ov, jurnoq, tirkalgich atamalarini ham ishlatgan. Shuningdek, Elbek arabcha «hukm» o’rnida «kesim» so’zini qo’llashni birinchi bo’lib (1923) taklif qilib chiqdi.
Elbek 20 yillarda arab alifbosi asosidagi o’zbek yozuvini isloh qilish, savod chiqarishni osonlashtirish uchun qulay imlo qoidalarini yaratish ishlarida faol ishtirok etdi. Jumladan dastlab «chig’atoy gurungi» (1919) a’zolari tomonidan tavsiya etilgan 38 harfli o’zbek alifbosidan Elbek 9 harfni chiqarib tashlashni taklif qilib chiqadi va bu taklif 1921 yildagi til-imlo qurultoyida hisobga olindi.
Elbek yangi o’zbek yozuvining orfografik qoidalarini ishlab chiqishda ham faol ishtirok etdi. Olim lotin alifbosini o’zbek tovushlarini hisobga olgan holda texnik va ta’lim jihatidan qulay bo’lgan shakllarda o’zgartirib olish fikrini qo’llab quvvatladi.
1929 yil lotin yozuviga o’tish harkati boshlangan bir paytda singramonizmga asoslangan to’qqiz unli asosidagi alifboni qabul qilish masalasi barcha turk jumhuriyatlaridek o’zbek tilshunoslari tomonidan ham quvvatlanildi.
Elbek unlilar ustida izlanishlar olib borar ekan, tilimiz xususiyatiga 9 unlining ham kamlik qilishini, o’zbek unlilarni yozuvda ifodalash uchun 16-17 ta harf olish lozimligini ta’kidlaydi.
Elbek o’zbek tilining imlo qoidalarini belgilashda tilimizning milliy xususiyatlariga alohida e’tibor berdi. Olim so’zlarning xalq tilida aytilishini asos qilib olgan holda imlo qoidasini tuzish tarafdori bo’ldi. Bu masalalar muallifning «Imlo masalasi» (1920), «Tilimizdagi yanglishiqlar» (1924), «Yana til, imlo masalasi to’g’risida» (1925), «Mana bu juda to’g’ri» (1929) «Til, atama va imlo bahslari»(1929) maqolalarida o’z aksini topgan. Darhaqiqat 20-30 yillar matbuotida so’zlar «o’zbekG’G’o’zbak», «xotunG’G’xotin», «dalaG’G’tala», «dovushG’G’ tovush», «yorimG’G’yarim» «berkG’G’bek» kabi bir necha shaklda yozilgan. Bu kabi so’zlarning qat’iy imlosini belgilashda Elbek uning e’timologiyasiga e’tibor berish kerakligini qayd etadi. Masalan boradigan, yozadirg’on so’zlari tarkibidagi -digan, -dirg’on turg’on so’zining buzilgan shakli bo’lib, ularni boraturg’on, yozaturg’on shaklida to’g’rilab yozish kerak -dirg’on, -turg’an, -dirgan shakllari Elbekning fikricha tilimizdagi yangilashishlardir.
«Xotun», «ochuq», «yopuq», «sotuq», «teshuk», «eshuk» so’zlarining ikkinchi bo’g’inidagi «u» harfiy ortiqchalikdir. Bu so’zlarni shevalarda aytilishini asos qilib «xotin», «ochiq», «yopiq», «sotiq», «teshik», «eshik» shaklida yozish kerak deb ta’kidlaydi olim. Elbekning kuzatilishiga ko’ra o’zbek tilida «d» harfiga qaraganda «t» harfi bilan so’z aytish ko’proq. Shuning uchun «tog’G’G’ dog’», «tovushG’G’dovush» so’zlarining birinchi shaklini olish to’g’ri bo’ladi deb ta’kidlaydi u.

Nazorat topshiriqlari:


1. O’zbek tilshunosligining XX asr boshlaridagi umumiy holatini sharhlang.

  1. Bu davr tilshunosligida o’zbek tilshunosligining nazariy asosi yaratila boshlaganligini qanday izohlagan bo’lardingiz?

  2. Elbekning bu jarayonga munosabatini belgilang (kategoriya-idrok)

  3. Elbekning tilshunoslik bo’yicha nazariy qarashlarini sharhlang.(kategoriya-analiz)

2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
Elbekning lug’atshunoslik faoliyati bilan talabalarni tanishtirish.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling