O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Download 1.77 Mb.
bet67/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

Nazorat topshiriqlari:
3.1. Fitratning morfologiya sohasida bildirgan g’oyalarini sharhlang. Uning hozirgi adabiy tilga munosabitini belgilang. (kategoriya - idrok).
3.2. So’zlarning tubligi, yasamaligi haqidagi olimning fikrlarini izohlang. Hozirgi nazariya bilan qiyoslang. (kategoriya-analiz).
4-asosiy savollar bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
Fitratning sintaksis sohasidagi g’oyalarini sharhlash. Gap ma’nodoshligi xususidagi fikrlarini izohlash. So’z va gap bo’lagi xususidagi fikrlariga munosabat.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Fitratning sintaksis sohasidagi g’oyalarini sharhlaydi.

    2. Gap ma’nodoshligi xususidagi fikrlarini izohlaydi.

    3. So’z va gap bo’lagi xususidagi fikrlariga munosabat bildiradi.

4-asosiy savolning bayoni:
Fitrat - nahvshunos.
Nutq tovushlari ,ya’ni tovushshunoslik va so’z ma’nolari,so’z yasalishi va so’z guruhlari – sarfshunoslik bilan shug’ullangan Fitrat so’z qurilishi ularning gap bo’lib fikr anglatishi, ya’ni sintaktik qurilishi bilan ham jiddiy shug’ullandi, bu sohaga bag’ishlab o’zining ikkinchi kitobi –“Nahv”ini yozdi.
“Nahv”da olim “turish belgilari”(tinish belgilari) soddacha “turishlar” haqida fikr yuritib, ularni sodda qilib birma-bir izohlaydi. So’ng “bosh so’zlar”- kesim, ega haqida to’xtalib, bu kitobda ham domla xuddi birinchi kitobdagidek mayl asosida tavsif etadi…
Qushlar boqchodo ertalab…
Elbek yoqindo yoxshi bir sher…
Yuqoridagi ikki so’z qo’shilmalaridan hech biri gap bo’la olmaydur, bo’lardan tugal”o’y” anglashilmaydur. Bu ikki so’z qo’shimidan qay birini eshitgach, so’z kesildi, gap bitdi deb o’ylamaymiz. Gapning so’ngini kutamiz. Bularni tugatmak” gap “qilmoq uchun birinchisiga “sayraydur”, ikkinchisiga ”yozdo’” so’zlari qo’shib.
1-qushlor boqchodo ertalab sayraydur.
2-Elbek yoqinda yoxshi bir she’r yozdi.deymiz.Anglatmoqchi bo’lgan o’yni tugallatamiz . Gap tugaladir,so’z kesiladir.
Gapning tamomlanib so’zlarning kesilgani shu “sayroydur”,ham “yozdu”so’zlari bilan bo’ldi. Shuning uchun yuqoridagi ikki “gap”ning oxiridagi “yozdu” ,”sayroydo’r”so’zlariga “gapning kesimi so’zlari”yo soddacha “kesim” deymiz. Tabiiyki shu kesim so’zlaridan har biriga kim, nima, so’roqlari beriladi. Va shu so’roqqa qaysi so’z bilan berilsa, shu so’z gapning ega so’zi, soddacha “egasi”bo’lishini ta’kidlaydiki, bunday usulda tushuntirish albatta o’quvchini o’ziga tortadi. Shundan so’ng “tuldurguch so’zlar”tavsifi ham shu yo’sinda davom ettiriladi.
Fitrat ma’nodoshlik xususida.
Ma’nodoshlik faqat so’zlarda bo’lmasdan so’z birikmalari va gap doirasida ham yuz beradi. Tabiiy bu holat uslubiy rang-baranglik ayni paytda nutq jozibasini yuzaga keltiradi ,til boyligini belgilovchi mezonlardan biri sanaladi. Shuning uchun tildagi bu hodisaga Fitrat befarq karamasdan, unga jiddiy e’tibor berdi. Chunonchi “naxv”da olim “to’ldirg’ich” belgilarini ko’makchi so’zlari bilan olishmasi”haqida baxs etib, kelishik qo’shimchalarini olg’an so’z birikmasi yoki gap ba’zi ko’makchi so’zlari bilan kelgan birikma yoyinki gapga nutqda almashinib ishlatilishi tabiiy holat ekanligini maxsus ta’kidlaydi va uni misollar asosida birma-bir izohlaydi. Ayni paytda ularda mavjud bo’lgan uslubiy yoki qisman ma’no nozikliklarini ham e’tibordan soqit qilmaydi. Jumladan,”boro’sh tuldo’rg’o’chino’ng “soro’” ko’makchisi “boro’sh tuldo’rgo’cho’ bilan o’ro’n tuldo’rg’o’cho’no’ng “oro”,”o’za” so’zlari bilan “,”o’rin to’ldirg’ichining “ichra”so’zi bilan olmoshto’ro’lo’sho’” qayd etilgan. Masalan: ”bozorg’o bordo’m –bozor soro’ bordo’m. Maktabga jo’nadim- maktab soro’ jo’nado’m”.
Fitrat so’z va gap bo’lagi munosabati xususida.
Ma’lumki, asosiy o’y, fikr gap orqali ifodalanadi. Gap esa o’z navbatida so’z va so’z birikmalaridan tashkil topadi. Demak mantiqiy xulosaning o’zi ular o’rtasidagi munosabatning mustahkamligini belgilab bermoqda. Ammo biz xoh umumta’lim maktablarida bo’lsin, xoh oliy o’quv yurtlarida bo’lsin tilshunoslikning bu ikki qismini alohida- alohida o’qiymiz. Gap bu o’rinda bu fanlarni alohida o’tishda ham ketayotgani yo’q. Gap ular o’rtasidagi munosabatni, aniqrog’i morfologiya va sintaksis bo’limlarining aloqasini, munosabatini belgilash haqida ketmoqda. Zero, bizning darsliklarimizda ham bu jiddiy, ayni paytda asosiy mavzu e’tibordan hamisha chetda qolib ketmoqda. Darslik va qo’llanmalardagi bu kamchilik esa o’z navbatida o’qish va o’qitishda quruq qoidabozlikni yuzaga keltirmoqda. Vaholangki, Fitrat “nahv”kitobida “qanday so’zlar gapning” qaysi bo’lagi bo’lo’sho’g’o yoroydo’r”degan masalani qo’yadi va o’z navbatida ularni birma-bir tahlil etadi. Chunonchi, fe’lning barcha turi kesim, ot, sifatlarning barchasi gapning kesim,ega ham butun to’ldirgichlari bo’la olishlari misollar bilan izohlanadi. Ko’makchi so’zlarning gapning asosiy bo’laklari bo’la olmasligi uning nomidan ham aniq bo’lishini, bular gapdan anglashilgan o’yning shaklini o’zgartirishga yordam berish uchungina gapga kiradilar. Shunday bo’lsada, oralaridan ba’zilari gap bo’lagi bo’lishga yaraydilar. Hama, hali, kim, nima so’zlari shunday xususiyatga ega ekanligi qayd etiladi.
Xotima o’rnida
Abdurauf Fitrat buyuk tilshunos olim sifatida turk tili kambag’al va qo’pol deyuvchilar bilan qattiq kurashdi. Ularga qarshi: “Siz ulusingizni sevmaysiz, shuning uchun sho’ro ulusi va turk tilining siz bilan ishi yo’qdur”dedi. Va o’zi ayni paytda “Chig’atoy gurungi” a’zolarini qishloqlarga jo’natib, xalq tilidagi so’z va atamalarni yig’dirdi. Binobarin xalq tili –xazina. U adabiy tilni har jihatdan boyitib, uni ta’minlab turuvchi manba. Buning ustiga o’zbek tili boshqa turkiy tillardan farqli o’laroq ko’p lahjali. Tabiiy bu tilning baxtsizligi emas, baxti. Lahjalar va adabiy til munosabatini yaxshilash o’zbek tilshunosligining vazifasi ham bo’lib, hanuz dolzarb masalasi bo’lib qolmoqda. Shu ma’noda o’zbek tili
taqdiriga befarq tilchilarga bugun Fitrat domlaning quyidagi so’zlarini eslatib turishga to’g’ri kelar: “Turk ulusini sevamiz lekin tili qabodur, musiqasi totsizdir, tarixi qorong’udir deganlarning ham bir-ikki tayoq eb, quvilmoqlari kerakdir.”


Nazorat topshiriqlari.

    1. Fitratning sintaksis sohasidagi g’oyalarini sharhlang. O’z munosabatingizni bildiring.

    2. Gap ma’nodoshligi xususida olimning fikrini izohlang. O’z munosabatingizni belgilang.(kategoriya-analiz).

    3. Olimning so’z va gap bo’lagi xususidagi fikrlariga munosabat bildiring. (kategoriya-analiz)




Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling