O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
Fitrat- atamashunos
Tildagi lug’aviy vositalar ikki asosiy vazifani bajaradi. 1)Nomlash, atash vazifasini 2)Kommunikativ vazifani. Ya’ni tildagi lug’at sostavi odatda ana shu ikki vazifaga bo’ysunadi. Shunga qarab tildagi mustaqil so’zlar – narsa yoki hodisani ataydi, ya’ni uning nomi bo’lib keladi; o’sha narsa yoki hodisa haqidagi tushunchani o’zida ifodalaydi. Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, so’zlarning nominativ yangi atamasi, nomlash funktsiyasi ham bir-biridan farqli. Ammo bu o’rinda umumlashtirib shuni aytish kerakki, so’zlar yakka va aniq narsa, hodisa yoki mavhum hodisalarning nomini ifodalaydi. Bu soha o’zbek tilshunosligida keyingi paytda maxsus bo’lim sifatida shakllandi. Abdurauf Fitrat tilshunoslikning bu sohasiga ham jiddiy e’tibor berdi. Chunonchi, olimning 1927-30 yillarda arab va lotin yozuvlarida chop etilgan “ o’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba” “turish belgilari” uchun alohida deb ajratilgan bo’lib, u quyidagicha izohlanadi: 1.Nuqta. Bunda o’qituvchining to’xtashi lozim. 2.Bir tinish; Bunda kelgach, o’qituvchi to’xtalmaydur; biroq gapdagi so’zlarning munosabatlari buzilmasligi uchun bir nafas tolish (bir tinish) vaqti turib o’tadir. 3. Yarim tinish (,). Bunga kelgach o’qituvchi yarim tinish vaqti turib o’tadir. 4.So’rash. (?). Undov. (!). Qo’sh nuqta. (:). Tirnoqlar. (“”). Yoylar. ( ). To’rt qul. Ulkan yoylar ( ). Chiziq (-). Nuqtalar. (...). Fitrat “turish belgilari” atamasini ishorat belgilariga doir qoidalarga nisbatan qo’llaydi. “Turish” atamasi turmoq fe’lidan yasalgan bo’lib, bunda o’quvchi nutqida pasayish, ko’tarilish, nafas olish, to’xtash kabi holatlar yuz beradi. Buning ustiga qo’sh nuqta, tirnoqlar,chiziq, tinish, undosh, so’rash kabi atamalarni qo’llash ham qulay, ham xususiyatga mos, ham hozirgidek rus tilidan tarjima bo’lmasdan o’zbekcha. Fitrat nafaqat “turish belgilari”, balki grammatikaning boshqa bo’limlariga oid atamalar bo’yicha ham fikr yuritadi. Olim avvalo so’zlarni guruhlarga ajratib, ularning har birini tabiatiga mos nomlaydi. So’z guruhlarining o’sha paytdagi nomlari hanuz qo’llanilib kelinmoqda. Grammatikaga oid atamalar ham Fitrat tomonidan juda o’rinli ishlatiladi. Olim gap haqida fikr yuritar ekan, unda “Bosh so’zlar” atamasini, unga “ega” va “kesim”ni kiritadi. Shuningdek Fitrat “To’ldirg’ich so’zlari” atamasi doirasida – tushum, borish, chiqish, o’rin, birgalik, chog’, nechunlik, nechuklik, to’ldirg’ichlar atamalarini birma-bir tahlil etadi. Grammatikasining sarf qismida olim o’rin oti ,qurol oti, ish oti, kichiklangan ot, sifatli, o’xshash sifatlari, oshirma sifat, sira son (tartib son), umum son, chama son,sonol-mshsz son,sonolmsh son,oshirmo son, o’lchov son kabi atamalar qo’llaydiki, bu atatmalar o’sha so’zlarning xususiyatini, ma’nosini to’liq ochib beradi. Ma’lumki, arab tili ilmiy til sifatida O’rta Osiyoda uzoq vaqt xukmronlik qildi. O’zbek tiliga arab tilidan juda ko’p so’z va atamalar kirib qoldi. Masala shungacha etdiki, ba’zan o’zbekcha so’z bo’lgani holda ham uning o’rniga arabcha atamalarni qo’llash an’anaga kirib qoldi. Bu holga o’z vaqtida xazrati Alisher Navoiy qattiq qarshilik qilgan va unga o’z munosabatini bildirgan edi. Abdurauf Fitrat ham o’zbek tilining boyligi haqida so’zlar ekan, o’sha arabcha so’zlar qarshisiga o’zbekcha atamalarni qo’yadi: “Arabcha nufuz, murur, ubur; u to’g’risinda turkchamizda o’tmoq, kechmoq, oshmoq, o’rtanmoq bor. Arabcha amal, qarshusinda, turkcha tilak, istak, orxon bor. Arabcha zarar yoninda turkcha idish bor, Sovut bor. Arabcha fan-da manfaat o’rnida turkcha tosix bor, unum bor. Arabcha qalb o’trusinda turkcha yurak bilan ko’ngul bor. Arabcha sadr uchun turkcha ko’ks va ko’krak bor. (Ta’kidlar bizniki –B.T.) Turkcha lug’at yozmoqchi bulg’onimda turkcha so’z boyligi to’g’risida bundan ortiq yozolmayman”. XV asrda ilmiy asarlar arab, badiiy asarlar fors tilida yozilishi an’ana bo’lgan va o’zbek tili kambag’al til, uy-ro’zg’or tili demish g’oya ustivor bo’lgan bir paytda bu g’oyaning naqadar noto’g’ri ekanligini ham ilmiy, ham amaliy ko’rsata olg’an bir ulug’ zotning g’oyasi undan 5 asr so’ng – XX asrga kelib yana bir buyuk olim tomonidan takrorlangan bo’lsa ne ajab?! Bu erda takrorlangan atamasining ma’nosi hozirgi biz tushunganimizdan o’zgacha. Shubhasiz, bu o’rinda gap Abdurauf Fitratning arab, fors tillarining o’zbek tiliga ta’siri, bu holatga boshqa kishilarning munosabati, o’zbek tilini kambag’al til deyuvchilar g’oyasi va bu hollarning barcha-barchasiga olim – Fitratning munosabati haqida ketmoqda. Biz bu o’rinda yuqorida aytgan “da’va”mizni asoslash maqsadida va o’quvchini Fitratning shu yo’nalishdagi fikri bilan kengroq tanishtirish maqsadida olimning “Tilimiz” nomli maqolasidan kattaroq ko’chirma keltirishni lozim topdik. Zero bu g’oya o’zbek tiliga aloqasi bo’lgan biror kimsani ham befarq qoldirmas degan umiddamiz: “Turkcha baxtsizdir. Ming yildan beri ezila kelmishdir. Lekin, bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir,yashar. Negaki boydir. Turkcha yashamishdir. Yashar, lekin o’zini arab, fors tillaridan qutqara olurmi, yo’qmi? So’zni shu erga etirgach, barmog’imni yaraning o’zagina bosmish bo’ldim. Bu so’rdurug’umg’a ikki turli javob kelari belgilikdir. Ha, yo’q. Emdi shu yo’q deganlar bilan yurishaylik. Bunlar deyarlarkim, turkcha arab, fors tillaridan qutulolmas, nechun? Mana dalillari: a) chunki arab, fors tillari boydir. Buning javobini berdikkim, turkcha ham boydir. Chunki, bu kungi turk dunyosining bilimli ulug’ yozuvchilari shu yo’lga kirmishdir. Bunga javob beramizkim: Turk dunyosining ulug’ hakimlari bo’lg’on Forobiy bilan Abu Ali o’z asarlarini arabcha yozarg’a qo’l qo’ygan edilar. Siz nechun ularning izidan chiqdingiz? Siz Abu Alining izidan chiqqanda bizda Sizning izingizdan chiqa olsak kerak. Chunki tilimizda ko’p narsaning oti yo’qdir. Javobimiz: Bu so’zdan tilagingiz nimadir? Shul choqda tilingizdagi arab, fors so’zlarning turkchasi topilmaydur, demakchi bo’lsangiz so’zingiz yanglishdir. Turkchani bilmas ekansiz. O’rganing. Hozirgi so’zlarimizdagi arabcha, forschalardan bir nechasi uchun turkcha topilmaydur desangiz to’g’ridur. Biz ham unlarni chiqarmoqchi emasmiz. Unlarni olurmiz, lekin o’zimizniki qilurmiz. Turkchalashtirurmiz. “Qoida”ning turkchasi yo’qdur. “Sarf”ning-da turkchasini topolmadik. Ikkisini daxi olurmiz. Lekin siz kabi “Qavoyidi sarfiya” demasdan “Sarf qoidalari” dermiz. Chunki, ilmiy istiloxlarning turkchasi yo’qdir. Kim dedi buni? “Shams”ning turkchasi “quyosh”dir, “Qavoqib”ning turkchasi yulduzlardir. “Minvar”ning turkchasi olov, o’tdir. “Sahobi munavvar”- yorug’ bulut, “handasa”- o’lchov xat, chiziq, “zaviya”- burchak, puchmoqdir. “Qavqabi sotita”- turguvchi yulduzdir. “Qavqabi zu-zanab”- quyruqli yulduzdir ”. Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, Abdurauf Fitratning atamashunoslik bo’yicha bildirgan fikrlari bugungi kun uchun ham ne chog’liq hayotiy zaruriyatdir. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling