O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija


Download 435.05 Kb.
bet37/64
Sana01.04.2023
Hajmi435.05 Kb.
#1315868
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
Bog'liq
мажмуа Умумий тилшунослик

Lingvistik geografiya, dialektografiya – dialektologiyaning bir boʻlimi, unda lahja va shevalarga xos lisoniy unsurlar va hodisalarning hududiy tarqalishi oʻrganiladi. Lingvistik geografiya ma’lum hududda tarqalgan til hodisalari (tovushlar, grammatik shakllar, soʻzlar)ni aniqlaydi, hududiy til xususiyatlarini xalq tarixi, til tarixi bilan bogʻliq holda qiyoslab, tushuntirib, ma’lum til hodisalarining oʻrni va tarqalish chegarasini atlas va xaritalar orqali ifodalaydi. Xarita ham, atlas ham lingvistik geografiyaning ifoda vositasi boʻlib, uning asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlari va yoʻllarini, aniq bir lahjaning paydo boʻlishi va mavjudligining sabablarini, shuningdek, sheva xususiyatlarining adabiy tilga boʻlgan munosabati va oʻzaro munosabati masalalarini tushuntirib berishdir. Lingvistik geografiya 19-asrning oʻrtalarida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda esa lingvogeografik usulda shevalarni oʻrganish 1940-yillarda boshlangan.
Lingvistik tipologiya (yun typos – nusxa, andoza, shakl, iz va logos – soʻz, ta’limot) – tillar oʻrtasida genetik munosabatlardan qat’i nazar, ularning tuzilmaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy oʻrganuvchi tilshunoslik sohasi. Ilmiy jihatdan lingvistik tipologiya tillardagi farqli va oʻxshash alomatlarni guruhlarga, andozalarga va tiplarga ajratish yoʻli bilan tatbiq etish metodi hisoblanadi. Vazifasiga koʻra, funksional (ijtimoiy tilshunoslik) va struktural (tilning ichki qurilishi va tarkibi) tipologiya farqlanadi. Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi amorf (affikslari boʻlmagan), agglyutinativ, flektiv, polisintetik tillarni ularning grammatik shakli (tipi) asosida farqlaydi. Lingvistik tipologiya esa bu tillar guruhlaridagi alomatlarni kategoriyalar yoki turli tuzilmaviy belgilarning leksik-semanik, fonologik, grammatik va stilistik sathlardagi ifodalanishi sifatida tadqiq etadi va, binobarin, tilning har bir sathiga xos tipologiya farqlanadi. Til tiplarining rivojlanishi va qadimiy tillarni rekonstruksiya qilish tarixiy tipologiyaning vazifasidir. Bu tipologiyaning ichida (ba’zan unga ma’nodosh qoʻllanuvchi) diaxronik tipologiya tillardagi tuzilmaviy oʻzgarishlarni oʻrganadi. Tillarning hozirgi holatini qiyoslash sinxronik tipologiyaga tegishlidir. Lingvistik tipologiya keng miqyosda tillar universaliyalari bilan bogʻlanadi. Lingvistik tipologiya tillardagi xususiyatlarning sturuktural qonuniyatlarini topishga intilsa, til universaliyalari bu alomatlar jahondagi qaysi tillarda qanday tarqalganini oʻrganadi. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lugʻatayn» asari lingvistik tipologiyaga tegishli boʻlib, unda genetik jihatdan bir-biridan farqlanuvchi tillardagi semantika, qisman fonetika qiyoslangan. Hozirgi davrda ikki yoki undan ortiq tillarni oʻrganuvchi qiyosiy yoki chogʻishtirma tilshunoslik ham lingvistik tipologiyaga asoslangan.

Download 435.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling