O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija


Download 435.05 Kb.
bet38/64
Sana01.04.2023
Hajmi435.05 Kb.
#1315868
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Bog'liq
мажмуа Умумий тилшунослик

Neyrolingvistika (lot neuron – nerv va lingua – til) – psixologiya fani sohasi, afaziyaning psixolingvistik jihatlarini oʻrganadi. Neyrolingvistikaning fan sifatida vujudga kelishi, bir tomondan, neyropsixologiyaning, ikkinchi tomondan, lingvistika va psixolingvistikaning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Hozirgi zamon neyropsixologiyasida neyrolingvistika soʻzlashga miyaning sistemali funksiyasi sifatida, afaziyaga esa sistemaning buzilishi sifatida qaraydi. Neyrolingvistikaning rivojlanishi psixolog A.R.Luriya (1902-1977) va uning shogirdlarining ilmiy ishlari bilan bogʻliqdir.
Pragmatika (yun. pragma, pragmatos – ish, harakat) – semiotika va tilshunoslikning nutqda til belgilarining amal qilishini oʻrganuvchi sohasi; boshqacha aytganda, muayyan belgilar tizimini oʻzlashtirib, undan foydalanuvchi subyektlarning ayni shu belgilar tizimiga munosabatini oʻrganuvchi fan tarmogʻi. Pragmatika haqidagi asosiy gʻoya amerikalik olim Ch.Pirs tomonidan oʻrtaga tashlangan; yana bir amerikalik olim Ch.Morris ushbu gʻoyani rivojlantirgan va «pragmatika» terminini semiotika boʻlimlaridan birining nomi sifatida amaliyotga kiritgan. Pragmatika insonning ijtimoiy faoliyatini oʻzida qamrab oluvchi nutq jarayoni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon boʻladi. Lingvistik pragmatika aniq shakl, tashqi koʻrinishga ega emas; uning doirasiga soʻzlovchi subyekt, adresat, ularning aloqa-aralashuvdagi oʻzaro munosabatlari, aloqa-aralashuv vaziyati bilan bogʻliq koʻplab masalalar kiradi. Mas, nutq subyekti bilan bogʻliq holda quyidagi masalalar oʻrganiladi: bayonning oshkora va yashirin maqsadlari (biron-bir axborot yoki fikrni etkazish, soʻroq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, uzr soʻrash, tabriklash, shikoyat va b.); nutq taktikasi hamda nutq odobi turlari; suhbat, soʻzlashish qoidalari; soʻzlovchining maqsadi; soʻzlovchi tomonidan adresatning umumiy bilim jamgʻarmasi, dunyoqarashi, qiziqishlari va boshqa xislatlariga baho berilishi; soʻzlovchining oʻzi bayon qilayotgan xabarga munosabati kabilar. Pragmatikada nutq adresati, oʻzaro aloqaga kiruvchilarning munosabatlari, muayyan aloqa vaziyati singari omillar bilan bogʻliq holda ham koʻplab masalalar oʻrganiladi. Pragmatika gʻoyalari evristik (yoʻnaltiruvchi) dasturlash, mashina tarjimasi, informatsion-qidiruv tizimlari va boshqni ishlab chiqishda qoʻllanadi.

Download 435.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling