O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija
Download 435.05 Kb.
|
мажмуа Умумий тилшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri: prof. B.Bahriddinova
- O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
- O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Taqrizchilar:
X.Jabborov o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori X.Yo‘ldosheva f.f.f.d (PhD), dotsent Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2022-yil _____- ___________dagi 1-sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: prof. B.Bahriddinova Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbek filologiyasi fakulteti Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan. (2021 -yil __ avgustdagi №1-sonli bayonnoma) Fakultet dekani f.f.d. G.Ernazarova “Kelishildi” O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: PhD. P. Qurbonov O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmoni (PF-4947) hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda tilshunoslik sohasining predmeti, maqsadini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, talabalarda tilning grammatik strukturasi, til va jamiyat, til va tafakkur munosabatlari, shuningdek, tilshunoslik metodlariga oid bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, tilshunoslik tarixining eng muhim bosqichlari borasida tasavvur hosil qilish, asosiy lisoniy ta’limotlar va maktablar, yo‘nalishlar haqida ma’lumot berish muhim vazifalardan biridir. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi Fanni o‘qitishning maqsadi tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati, til sathlari, dunyo tillari tavsifi, tasnifi, tilshunoslik maktablari, lingvistik tahlil metodlari, lisoniy universaliyalar, va til strukturasi haqida ma’lumot berishdan iborat. Fanni o‘qitishda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4947 raqamli farmonida ta’kidlanganidek, o‘zbek tili, uning o‘ziga xos xusususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estektik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash; “Tilshunoslik nazariyasi” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash; talabalarda tilshunoslik bo‘yicha boshlang‘ich bilim ko‘nikmalarini hosil qilish; tilning ijtimoiy tabiati, til sathlari, tilshunoslik fani bo‘limlari, tilshunoslikda faol qo‘llanadigan terminlar mohiyatini anglash, tilshunoslikning nazariy masalalariga ilmiy yondashuvni shakllantirish; tilshunoslik fanining tarixi, tilshunoslik maktablari va yo‘nalishlari, tilshunoslik metodlari, lisoniy universaliyalar, lingvistik ta’limotlar va til strukturasi haqida bilim berish vazifalarini amalga oshirish nazarda tutiladi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va va malakalarga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: tilning ijtimoiy tabiati, til va jamiyat munosabati, til va tafakkur munosabati, lison va nutq munosabati, asosiy lisoniy munosabatlar, til birliklari va nutq birliklarining o‘zaro mutanosibligi, tilning semiotik tabiati, tilning ramzlar tizimi sifatidagi ta’rifi, til sathlari, lisoniy paradigma asoslari, lisoniy tasnif asoslari, tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi, dunyo tillari va tillar tasnifi, tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi, tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi, qadimgi asrlar tilshunosligi, o‘rta asrlar tilshunosligi, Yevropa uyg‘onish davridagi tilshunoslik haqida tasavvurga ega bo‘lishi; tilshunoslikning ijtimoiy va tabiiy fanlar kesimida paydo bo‘lgan yangi chegaradosh fanlarni, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nazariyalari va metodlarini, sotsiolingvistik nazariyalar va metodlarni, struktur tilshunoslik nazariyalari va metodlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; tillarning tipologik tasnifini faktik material asosida yoritish, til tiplari, til tiplarining asosiy belgilarini farqlash, morfologik agglyutinativ va flektiv tillar misolida tahlil qilish, morfologik shakllarning xilma-xilligi, tillarning morfologik tipologiyasini tahlil qilish, geneologik tasnifini til oilalari va til guruhlari asosida izohlash, agglyutinativ tillar, flektiv tillar, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar o‘rtasidagi munosabatni yoritish, lisoniy va nutqiy birliklarning o‘zaro munosabatini tahlil qilish, tilni umumiy, nutqni xususiy hodisa sifatida izohlash, til-tafakkur-nutq munosabatini mustaqil asoslash, tilshunoslik nazariyasi masalalari haqida mustaqil fikr yurita olish, diaxron tadqiqot metodlaridan foydalanish, sinxron tadqiqot metodlarini qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Download 435.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling