O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija
Mаhmud аz Zаmаxshаriy lisoniy qarashlari
Download 435.05 Kb.
|
мажмуа Умумий тилшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyuk imom Zamaxshariy tilshunoslik
Mаhmud аz Zаmаxshаriy lisoniy qarashlari. Allomaning toʻliq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariydir. Musulmon sharqida «Ustod ul-arab va-l ajam» (Arablar va gʻayri arablar ustozi), «Faxru Xvarazm» (Xorazm faxri) kabi sharafli nomlar bilan mashhur boʻlgan Oʻrta Osiyolik allomalardan yana biri Mahmud az-Zamaxshariydir (1075-1143).
Mahmud az-Zamaxshariy Xorazmning Zamaxshar qishlogʻida dunyoga keldi. Uning yoshlik yillari ilmu fan va madaniyat taraqqiy qilgan davrga toʻgʻri keldi. Zamaxshariylar oilasi dindor, hurmatga sazovor ziyoli oilalardan edi. Shunga koʻra u dastlabki bilimini Zamaxsharda – oʻz ota-onasidan oladi, xat-savodli boʻladi. Mahmud oʻz bilimini oshirish, ilm-fan bobida mukammal boʻlish maqsadida Xorazmga (Urganchga, soʻngra esa Buxoroga) yoʻl oladi. Ushbu shaharlardagi madrasalarda oʻzining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshiradi. Bilimni yanada chuqurlashtirish maqsadida Isfaxon, Bogʻdod, Makka, Marv, Nishopur, Shom, Hijoz va Iroq kabi ilm-fan, madaniyat taraqqiy qilgan shaharlarda boʻladi, etuk allomalardan, olimu fozillardan ilm-fan sirlarini oʻrganadi, tinimsiz mehnat qiladi, doimiy izlanishda boʻladi. Shunga koʻra Mahmud az-Zamaxshariy oʻz zamonasining buyuk allomasiga, ilm-fan homiysiga, dongʻi ketgan mashhur kishisiga aylandi. Buyuk alloma avlodlar uchun ulkan boy ilmiy meros qoldirdi. U tilshunoslik, lugʻatshunoslik, joʻgʻrofiya, adabiyot, aruz, tafsir, hadis, fikh va qiroat ilmiga oid 50 dan ortiq asar yaratdi, koʻplab she’rlar yozdi. Mashhur tarixchi Ibn al-Qiftiy Mahmud Zamaxshariy haqida shunday deydi: «Xudo rahmat qilgʻur az-Zamaxshariy ilmu adab, nahv va lugʻat bobida oʻzgalarga misol (namuna) boʻladigan alloma edi», desa, Misr tarixchisi ibn Tagʻriberdi esa Mahmud Zamaxshariy «shayx, buyuk alloma, oʻz davrining yagonasi, oʻz asrining eng peshvosi va imomi boʻlgan», deydi. Buyuk imom Zamaxshariy tilshunoslik bobida ham qator asarlar yaratdiki, bu asarlar dunyo tilshunosligi fanida alohida qadrlanadi. Mahmud az-Zamaxshariyning tilshunoslikka oid asarlari quyidagilar: 1.«Al-mufassal fi san’at il-i’rob» («Fleksiya san’ati haqida mufassal kitob»). 2. «Al-muhojat bil-masoil an-naxviya av al-axajiy an-nahviya» («Grammatik masalalarga oid jumboqlar»). 3. «Al-unmuzaj fi-n-nahvi» («Grammatik namunalar haqida»). 4. «Samiym ul-arabiya» («Arab tilining negizi»). 5. «Al-mufrad va-l-muallif fi-n-nahvi» («Grammatikada birlik va koʻplik»). 6. «Al-mufrad va-l murakkab fi-l-arabiya» («Arab tilida birlik va koʻplik»). 7. «Al-amaliy fi-n-nahvi» («Grammatik qoidalarda orfografiya»). 8. «Diyvon ut-tamoyil» («Assimilyatsiya haqida devon»). Arab tili grammatikasiga oid asarlar ichida Zamaxshariyning bir yarim yil davomida Makkada yaratgan «Al-mufassal» (1121-y.) kitobi alohida oʻrin tutadi. Ayni asar arab tilining morfologiyasi va sintaksisiga oid tadqiqot boʻlib, u musulmon olamida mashhur boʻlgan va yuksak baholangan. Zamaxshariyning «Al-Mufassal» asarida grammatikaga oid masalalar soʻz turkumlari-ot, fe’l va yuklamalar orqali oʻrganilgan. Asarning har bir boʻlimida morfologiya va sintaksis masalalari koʻrib chiqilgan. Asar fonetika boʻlimi bilan yakunlanadi. Ushbu asarning bir qoʻlyozmasi Toshkentda, OʻzFAning Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» («Adabiyot muqaddimasi» 1137-y.) yirik asari ham boʻlib, alloma bu asarda oʻz davridagi arab tilining iste’molda boʻlgan qator soʻz va iboralarini jamlashga harakat qilgan, ularning etimologiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar bergan. Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» asari besh boʻlimdan iborat boʻlib, unda soʻzlar ism (ot), fe’l, bogʻlovchi, ot oʻzgarishlari (otlarning turlanishi) va fe’l oʻzgarishlariga (fe’llarning tuslanishiga) boʻlinadi va har bir boʻlim haqida alohida fikr yuritiladi. Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» asari fors, chigʻatoy (oʻzbek), moʻgʻul, turk keyinchalik esa fransuz, nemis va boshqa tillarga tarjima qilingan. Ushbu asarning qoʻlyozmalari OʻzFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Alloma «Alfoiq fi gʻarib il-hadis» («Hadisdagi notanish soʻzlarni oʻzlashtirish») lugʻatini ham yaratadi. U asarda soʻz masalasiga, aniqrogʻi, ma’nosini tushunish, anglash murakkab, qiyin boʻlgan soʻzlarga toʻxtaladi. Ayni soʻz ma’nolarini sharhlaydi, tushuntiradi, ularning oʻzlashishi uchun yoʻl ochadi. Zamaxshariyning «Asos ul-balogʻa» («Chechanlik asoslari») asari ham boʻlib, ushbu manba, asosan, lugʻatshunoslikka oiddir. Kitobda arab tilining mukammaligi haqida, soʻz, soʻzlarning ma’no xususiyatlari, soʻzlarning koʻchma ma’noda qoʻllanishi, koʻchma ma’nolarning paydo boʻlish sabablari, shuningdek, nutqning asosiy birligi sifatida faqat soʻz emas, balki frazeologik birliklar ham olinib, ulardan nutq faoliyatida foydalanish usullari haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi. Mahmud Zamaxshariy butun islom ma’naviyati va madaniyatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan «Navobigʻ ul-kalim» («Nozik iboralar») asarini ham yaratdi. Manbada, asosan, hikmatlar-aforizmlar qayd etilgan boʻlib, ular gʻoyaviy va badiiy jihatdan mukammalligi bilan ajralib turadi. Ushbu asar matnlari insonni imon-e’tiqodga, poklikka, ezgulikka, ilimli boʻlishga, yaxshilikka, halollikka-ma’naviyat va ma’rifatga da’vat qiladi, ma’naviy durdonalarni qadrlashga chaqiradi. Namunalar: 1.Quyosh nuri berkitilmaydi, Haqiqat sha’mi soʻnmaydi. 2. Ezgulik, xayrli ishlarga astoydil kirish, ularni paysalga solib, keyin qilarman degan oʻylardan voz kech... tafakkur va idrok bilan ish tut. 3. Halol va pokiza kishi doimo halovatu tinchlikdadir. 4. Birovga yomonligu xiyonat qiladigan kishi esa halokatga giriftordir. 5. Insonni boylik, pul-dunyo, amal emas, balki ilm ulugʻlaydi. 6. Koʻpincha til bilan etkazilgan jarohat, qilich bilan etkazilgan jarohatdan ogʻirroqdir. 7. Lovillab yonayotgan olovni suv oʻchirgani kabi nodon odamlardan chiqayotgan alangani hakimu oqil odamlar soʻndirarlar. 8. Quyosh nurlarini berkitib boʻlmaganidek, haqiqatning chirogʻini ham soʻndirib boʻlmas. 9. Koʻp ortiqcha soʻzlashuv eshituvchini ranjitar. 10. Ey boʻtam, tilingni yomon soʻzlardan saqla! 11. Yoki ilimli boʻl, yoki ilmga tayanib ish tutadigan boʻl, laoqal ilmni tinglab eshitadigan boʻl... [Маhмуд аз-Замахшарий Нозик иборалар. Т., 1992.] va b. Download 435.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling