O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija


Anaksimen (bizning eramizgacha boʻlgan 560-502y). U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi. Prodik


Download 435.05 Kb.
bet7/64
Sana01.04.2023
Hajmi435.05 Kb.
#1315868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
Bog'liq
мажмуа Умумий тилшунослик

Anaksimen (bizning eramizgacha boʻlgan 560-502y). U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.
Prodik (bizning eramizgacha boʻlgan V asr). Prodik sinonimika masalalarini ishlab chiqdi. U ma’no jihatdan har bir ma’nodosh soʻzning oʻziga xos xususiyatlari-ni, ma’no ottenkalarini, qirralarini farqlashga oʻrgatdi.
Protagor (bizning eramizgacha boʻlgan 480-410 y). Protagor otlarning rodlarini (jinsini), fe’l zamon-larini va gaplarning turlarini farqladi.
Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe’llarni farqlab, gapning ot bilan fe’lning bogʻlanishidan hosil boʻlishini ta’kidladilar.
Platon (bizning eramizgacha boʻlgan 427-347 y). Oʻz davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologika fanining asoschisi sifatida e’tirof qilinadi. U mantiqli nutqda ikki turdagi soʻzlarni: otlarni va fe’llarni farqladi. Gapda ega vazifasida kelgan soʻzni ot deb, kesim vazifasida kelgan soʻzni fe’l deb, atadi. Fe’lning ot haqida nima tasdiqlanishini anglatadigan soʻz ekanligini qayd etdi.
Aristotel (bizning eramizgacha boʻlgan 348-322 y). Oʻz davrining ikkinchi buyuk qomusiy olimi - faylasufi Aristotel tilga oid masalalarni mantiq bilan bogʻliq holda oʻrgandi va u birinchi boʻlib, grammatikani mantiqdan ajratdi.
Aristotel ham, Platon kabi, ot - egani va fe’l - kesimni tan oldi. Bu guruhga qoʻshimcha koʻmakchi soʻzlarni-bogʻlov-chilarni ham kiritdi. Ya’ni soʻzlarni uch turkumga: ot, fe’l, bogʻlovchi hamda yuklama kabilarga boʻldi. Ot va fe’llarni mustaqil ma’noga ega soʻzlar sifatida, bogʻlovchi, yuklamani esa faqat grammatik vazifa bajaruvchi soʻz sifatida qayd etdi.
Aristotel oʻz davridayoq gapni fikr ifodalovchi nutq birligi deb, ta’rifladi. Shuningdek, u kelishiklar, tovushlar haqida ham ma’lumot berdi. Masalan, u fonetikada unli va undosh tovushlarni ajratdi.
Yuqorida aytilganlardan bir muncha farqli holda tilshunoslikning falsafiy davrida stoiklar nutqda soʻzlarni besh guruhga: fe’l, bogʻlovchi, artikl, atoqli otlar va turdosh otlarga ajratdilar.
Shuningdek, ular ushbu soʻzlarning barchasi ham ma’nolidir, deyishdi. Stoiklar otlarda beshta kelishikni farqladilar: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, joʻnalish kelishigi, tushum kelishigi va chaqirish (zvatelnыy; chiqish) kelishigi.
Stoiklar oʻsha davrdayoq nutqni ikkiga: tashqi nutqqa va ichki nutqqa bHlib, oʻrgandilar. Ular yunon tilida 24 ta tovush borligini aytib, bularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar.
Xullas, tilshunoslikning falsafiy davridan hozirgi tilshunoslik uchun muhim boʻlgan ikki ta’limot qoldi: 1) tilning elementlari, birliklari (soʻz va gap) – ishora, belgi; 2) til birliklari ma’no, fikr bilan shartli bogʻlangan.

Download 435.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling