O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri B. Bahriddinova Fakultet kengashi qarori № iyun 2022- yil Fakultet kengashi raisi G. Ernazarova Universitet kengashi qarori № iyun 2022- yil Universitet O’ubb p. R. Qurbonov Mundarija


Grammatik davrning paydo boʻlishi


Download 435.05 Kb.
bet8/64
Sana01.04.2023
Hajmi435.05 Kb.
#1315868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
Bog'liq
мажмуа Умумий тилшунослик

Grammatik davrning paydo boʻlishi. Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi boʻlgan Iskandariya makedoniyalik Iskandar nomi bilan bogʻliq edi. U bosib olgan Sharq mamlakatlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining ta’siri natijasida yunon madaniyati, Sharq madaniyati bilan qoʻshilib ketib, aralash madaniyat - ellinizm yuzaga keladi.
Iskandariya ellinizm madaniyatining yirik markazlaridan biri hisoblangan. Umuman, bizning eramizgacha boʻlgan III asrdan boshlab, birorta ham shahar: na Afina, na Rim yuksak madaniyat namunasi va ilmiy markaz boʻlgan Iskandariya shahri bilan tenglasholmas, raqobat qilolmas edi.
Xullas, yunon tilshunosligi, ayniqsa, ellinizm davrida-yunon - sharq davrida (bizning eramizgacha boʻlgan 334-31y) taraqqiy qildi, rivojlandi.
Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakillari Zenodot, Aristarx, Dionisiy, Apolloniy Diskol va boshqalar.
Zenodot (taxminan bizning eramizgacha boʻlgan 250 y). U 800.000 dan ortiq qoʻlyozma manbalarga ega boʻlgan mashhur Iskandariya kutubxonasining birinchi rahbari. Zenodot va boshqa yunon filologlari Gomer, Esxil, Sofokl va boshqalarning asarlari ustida faol tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ular ushbu asarlarning lugʻat tarkibi va grammatikasiga oid sharhlar ustida mehnat qildilar. Zenodot artiklni, olmoshlarni farqladi.
Aristarx (bizning eramizgacha boʻlgan 215-143 y). Iskandariya maktabining eng mashhur va etakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi. U oʻzining 40 ga yaqin shogirdlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Gomer asarlarini mukammal oʻrganib, tekshirib chiqilgan toʻliq matnini yaratishdi.
Aristarx soʻz turkumi haqidagi ta’limotni mukammal ishlab chiqdi va sakkizta soʻz turkumini ajratdi. Bular: ot, fe’l, sifatdosh, artikl yoki koʻrsatkich, olmosh, old koʻmakchi, ravish va bogʻlovchi.
Dionisiy (bizning eramizgacha boʻlgan 170-90 y). Aristarxning shogirdi frakiyalik Dionisiy oʻzigacha boʻlgan tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini oʻrganib, ulardan foydalanib, rimliklar uchun «Grammatika san’ati» nomli sistemalashtirilgan dastlabki yunon grammatikasini yaratdi.

Dionisiy ta’limotiga koʻra soʻz soʻzlashuv nutqining (bogʻlangan nutqning) eng kichik boʻlagi (qismi)dir. Gap (yoki nutq) esa soʻzlarning oʻzaro munosabatidan, bogʻlanishidan hosil boʻlib, tugal fikr ifodalaydi.
Dionisiy grammatikasida ot turkumi haqida quyidagi fikr beriladi: ot kelishik va songa koʻra oʻzgaruvchi turkumdir. U sifatlarni ham otga kiritadi.
Dionisiy fe’l haqida fikr yuritib, fe’lning kelishiksiz soʻz turkumi boʻlib, zamon, shaxs, son, mayl, nisbat, tuslanish va boshqalarga ega ekanligini aytadi. Fe’lning beshta: aniqlik, buyruq, istak, tobelik va noaniqlik mayllarini; fe’lning uchta: harakat, oʻzlik va oʻrta nisbatlarini; fe’lning uchta: birlik, juftlik va koʻplik sonlarini; fe’lning uchta: birinchi-nutqni soʻzlagan, ikkinchi-nutq yoʻnaltirilgan va uchinchi-soʻz yuritilgan (oʻzga) shaxslarni qayd etadi. Grammatik zamon esa hozirgi, oʻtgan va kelasi zamon kabi turlarga boʻlinadi. Sifatdoshlar esa fe’l va otlarga xos boʻlgan belgilarni birlashtiradigan kategoriya sifatida talqin qilinadi.
Artikl, Dionisiy fikricha, turlanuvchi soʻz turkumi boʻlib, u turlangan otdan oldin ham, keyin ham kela oladi. Olmosh ot oʻrnida qoʻllaniladigan soʻz boʻlib, ma’lum shaxslarni koʻrsatadi. Ravish turlanmaydigan soʻz turkumidir, fe’l haqida ma’lumot beradi va fe’lga birikadi. Bogʻlovchi fikrni ma’lum tartibda bogʻlaydigan va fikrni ifodalashdagi oraliqlarni koʻrsata-digan soʻzdir. Old koʻmakchi soʻz turkumi boʻlib, barcha soʻz turkumlari oldidan soʻz tarkibida ham, gap tarkibida ham keladi. Ya’ni u sintaksisda ham, soʻz yasalishida ham qoʻllaniladi.

Download 435.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling