Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 128.86 Kb.
bet38/53
Sana03.12.2023
Hajmi128.86 Kb.
#1796960
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
Bog'liq
ONOMASTIKA fani

Zootoponimlar – hayvonlar atoqli otiga nisbat berib yasalgan joy nomlari.
47.
Ideonim – (yunoncha ideya, g‘oya, onoma – atoqli ot) – tarixiy asarlar, xujjatlar atoqli oti: artionim, biblionim, gemeronim, geortonim, dokumentonim, poetonim, xrononim. Atoqli ot tiplaridan biri.
48.
Insulonim – (lotincha insula – orol, onoma – atoqli ot) – har qanday orolning atoqli oti.
49.
Irradatsiya // toponimning irradatsiyasi – (lotincha irradiya - nurlanish) – biror geografik ob’ekt nomining unga yaqin joylashgan boshqa biror ob’ektga o‘tishi.
50.
Ism-bag‘ishlovlar // memorativlar – 1) biror narsa, ob’ekt va shu kabilar nomiga nisbat berib yasalgan ismlar: Quyoshbek, Oyxon, Bo‘riboy, Bulutbek, YUlduz; 2) biror shaxs xotirasini e’zozlab, chaqaloqni uning ismi bilan atash. CHunonchi: marhum bobo, buvi, ota, ota yoki boshqa qarindoshlar ismining yangi tug‘ilgan chaqaloqqa qo‘yilishi.
51.
Ism-istaklar // deziterativlar – ism beruvchilarning bolalarga atalgan orzu-istaklarini ifoda etuvchi ismlar: Borbo‘lsin, O‘rinbosar, Ulbo‘sin (O‘g‘ilbo‘lsin) kabi.
52.
Ichki konversiya – atoqli otning tilda mavjud atoqli ot negizida yasalishi, ya’ni biror atoqli otning boshqa tip atoqli ot vazifasiga o‘tishi: Toshkent (shahar) - Toshkent (mehmonxona); Zarafshon (daryo) – Zarafshon (shahar) – Zarafshon (mehmonxona) kabi.
53.
Kinonim – (yunoncha kunos – it, onoma – atoqli ot) – itlarga berilgan maxsus laqab-nom, atoqli ot. Zoonim turi.
54.
Kontaminatsiya – (lotincha kontaminatsiya – yaqinlashtirish, qo‘shish) – ikki o‘xshash nom qismlarining chatishuvi (aralashuvi) natijasida yangi atoqli otning hosil bo‘lishi.
55.
Kosmonim – (yunoncha kosmos – olam, koinot, onoma ot – atoqli ot) – kosmik fazoda joylashgan samoviy ob’ektlar (kosmik fazo, galaktika, yulduzlar, sayyoralar va ular yuzasidagi tabiiy ob’ektlar)ning atoqli oti. Atoqli ot tiplaridan biri.
56.

Download 128.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling