Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 128.86 Kb.
bet37/53
Sana03.12.2023
Hajmi128.86 Kb.
#1796960
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Bog'liq
ONOMASTIKA fani

Drimonim - (yunoncha drimos – daraxtzor, o‘rmon, onoma - nom) – o‘rmon, o‘rmon massivlari, qarag‘ayzorlar, terakzorlar atoqli oti. Toponim turi.
37.
Dromonim – (yunoncha dromos – yo‘l, onoma – atoqli ot) – harakatlanishga mo‘ljallangan har qanday (er usti, er osti, suv usti, suv osti) yo‘llarining atoqli oti. Toponim turi.
38.
Dublet nom – ma’no jihatdan teng bo‘lgan ikki yoki undan ortiq atoqli ot.
39.
Er tili – majoziy ma’nodagi ibora bo‘lib, toponimlar ko‘zda tutiladi.
40.
YOzma yodgorliklar onomastikasi – 1) o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan yozma obidalar tilida uchraydigan atoqli ot; 2) ana shunday material yuzasidan amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot.
41.
Joy nomlarini milliylashtirish – 1) joylarga beriluvchi nomni milliy tilning o‘z ichki imkoniyatlaridan axtarish; 2) bosqinchilik va boshqa xil siyosiy, mafkuraviy zug‘umlar tufaydi majburiy holda paydo bo‘lgan nomlarni o‘z tiliga oid nomlar bilan almashtirish; 3) joyning zo‘ravonlik siysati tufayli iste’moldan chiqqan tarixiy, madaniy ahamiyatga molik bo‘lgan nomini qayta tiklash.
42.
Joy nomlarining “Qizil kitob”i – tarixiy, madaniy, lisoniy ahamiyatga molik bo‘lgan nomlarni asrash maqsadida tuziladigan, unda ana shunday nomlar ro‘yxati ma’lum izohlar bilan beriladigan kitob. Ushbu kitobga kirgan nomlarni rasmiy ravishda davlat tomonidan muhofaza qilish ko‘zda tutiladi.
43.
Joy nomlari etimologiyasi – 1) toponimlarning kelib chiqish tarixi, ilk lisoniy shaklini aniqlash uchun olib boriladigan tahlil; 2) nomshunoslikning toponimlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi yo‘nalishi.
44.
Zamonaviy nomshunoslik – 1) nomshunoslikning hozirgi tilda mavjud bo‘lgan atoqli otlarni o‘rganuvchi sohasi; 2) atoqli otlarni zamonaviy tilshunoslikning ilg‘or usullarida tadqiq qiluvchi ilmiy yo‘nalish.
45.
Zoonim – (yunoncha zoon – hayvon, onoma – atoqli ot) – zotli hayvonlar (uy hayvoni, zoologik bog‘, sirk, qo‘riqxonalardagi, shaxsiy qarovdagi va shu kabilar)ga qo‘yilgan maxsus laqab nomlar. Atoqli ot turlaridan biri.
46.

Download 128.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling