Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 128.86 Kb.
bet35/53
Sana03.12.2023
Hajmi128.86 Kb.
#1796960
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Bog'liq
ONOMASTIKA fani

Antropooykonimlar – kishi ismlari, laqab, taxalluslar, familiyalardan yasalgan turar nomlari. Masalan: YUsufqo‘rg‘oncha, Yo‘ldoshobod kabi.
14.
Apellyativ – (lotincha apellyativum – turdosh ot) – atoqli otga qarama-farshi qo‘yiluvchi, atoqli ot yasash uchun lisoniy asos bo‘luvchi turdosh va boshqa til leksemalari.
15.
Apellyativ asos – atoqli otni yasash uchun asos bo‘lgan turdosh ot, leksema.
16.
Areal toponimika // mintaqaviy toponimika – toponimiyaning turli hududlar bo‘ylab tarqalish xususiyatlarini o‘rganuvchi tarmog‘i.
17.
Astronim – (yunoncha astro – yulduz, onoma – atoqli ot) – alohida olingan samoviy jismlar, ob’ektlar (yulduzlar, sayyoralar, kometalar, asteroid va boshqalar) nomi. Atoqli ot turi.
18.
Atash tizimi // atash sistemasi – 1) biror tilning turli ob’ektlarni nomlash imkoniyatlari va ular orasidagi ichki bog‘liqlik qonuniyatlari majmui; 2) turli ob’ektlarni nomlash bilan bog‘liq qrnuniyatlarning o‘zaro ichki bog‘liqligi, aloqadorligi.
19.
Atoqli otlar – kishilarning ismlari, familiyalar, otasining ismi, taxalluslar, shuningdek geografik nomlar, planeta va yulduzlarning nomlari, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar atoqli otlar jumlasiga kiradi.
20.
Atoqli otning nominativ vazifasi (funksiyasi) atoqli otning atash, atoqli ot bo‘lib kelishdan iborat vazifasi.
21.
Badiiy adabiyot onomastikasi – 1) badiiy asar tilida uchraydigan atoqli otlar majmui; 2) nomshunoslikning badiiy asar tilida uchraydigan atoqli otlarni o‘rganuvchi tarmog‘i.
22.
Bationim – (yunoncha badu – chuqurlik, onoma – atoqli ot) – okean ostida mavjud bo‘lgan tabiiy ob’ektlar, okean landshaftlari (tog‘, sayoz joylar, jarliklar, yoriqlar, o‘pg‘onlar) atoqli oti.
23.
Biblionim – (yunoncha bibliov – kitob, onoma – atoqli ot) – har qanday badiiy, ilmiy, diniy, siyosiy asarga berilgan nom (sarlavha). Ideonim turi.
24.
Bionim – (yunoncha bios – hayot, onoma - nom) – jonli organizmlar (odam, hayvon, qush va boshqalar)ning atoqli oti: antroponim, zoonim kabilar.
25.

Download 128.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling