Monolog – bir kishining nutqi. (Ko‘pincha o’z-o’ziga so’zalsh)
Mubolag‘a (giperbola) – shaxs, voqea, hodisa va predmetlarni bo‘rttirib
ifodalash: Ohim ko‘klarga yetdi. Tilini uzun qildi.
Muzakkir – tarixchi notiq.
Neologizmlar – yangi qo‘llangan so‘zlar: kollej, litsey, biznes, reyting.
Notiq – nutq so‘zlovchi; gapga chechan, usta so‘zamol.
Nutq – fikrni so’z orqali ifodalash. So’zlashuv jarayoni.
Nutq madaniyati – og‘zaki va yozma tarzda fikr bildirishning adabiy til
me’yorlariga mos tarzda ifodalanishi. Tilshunoslik faniga oid soha.
Ohang – bir-biriga ulangan, uyg‘unlashgan yoqimli tovushlar tizimi. Nutqda
ma’noga qarab ovozning balandligi yoki pastligi.
Omonimlar – shaklan bir xil, mazmunan turli so‘zlar: ot – hayvon, ot – fe’l;
o‘t – o‘simlik, o‘t – fe’l.
Onomastika – atoqli otlar tizimini: kishi ismlarini, toponimika – joy nomlarini
va boshqalarni o‘rganadi.
Paronim – tovushlari va tarkibi o‘xshash, ma’nosi boshqa so‘zlar: otaliq – otalik,
shoh – shox, hal – xol.
Qo‘shma so‘zlar – birdan ortiq o‘zakli so‘zlar: Oltiariq, oybolta, gultojixo‘roz.
Ritorika – notiqlik nazariyasi, javob talab qilmaydigan so’roqlar.
Semasiologiya – so‘z ma’nolari haqidagi ta’limot.
San’at –yuksak mahorat, ustalik.
Sinegor – Qadimgi g‘arb sud notiqligida nutq tayyorlab beruvchi shaxs.
Sinekdoxa – butunni qism bilan yoki qismni butun bilan ifodalash: kalla, chinoq
(odam ma’nosida).
Sinonimiya – so‘z va gaplarning ma’nodosh bo‘lishiga xos grammatik o‘zgarish.
Sinonimlar – shaklan turli xil, mazmuni bir-biriga yaqin so‘zlar: odam, inson,
kishi, shaxs.
Sifatlash(epitet) – narsa yoki tabiat hodisalarining xususiyatlarini tasvirlash uchun
ularning nomiga qo‘shib ishlatiladigan so‘z: oltin kuz, kumush qish
Do'stlaringiz bilan baham: |