So‘z – ma’no anglatuvchi nutqning bir bo‘lagi.
So‘zning leksik ma‘nosi – so‘zning lug‘aviy ma’nosini o‘rganishdir.
So‘zning asl ma’nosi – so‘zning o‘z, lug‘aviy ma’nosi.
So‘zning ko‘chgan ma’nosi – so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash (metafora,
metonimiya,sinekdoxa, polisemiya va boshqalar)
Tabu – ma’n etilgan, aynan aytilmaydigan so‘zlar: chechak, qizamiq – gul,
qoraqurt – biy, kal – siyqabosh.
Tarixiy so‘zlar – eski, ammo hozir o’z muqobiliga ega bo’lmagan, ma’lum
maqsadlardagina ishlatiladigan so‘zlar: qozi, pristav.
Uslubshunoslik – nutq uslublari haqidagi fan.
Urg‘u – so‘z tarkibidagi tovushlardan birining yoki gap tarkibidagi bo‘laklardan
birining boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilishi hodisasi.
Xatib – masjidda xutba o‘qiydigan, va’z aytadigan domla-imom,voiz.
O‘xshatish – predmet va harakat-holat o‘xshatilib, metaforaga yaqin turadi:
Ulug‘bek – misoli oftob. Adashgan it kabi Furqat qayon borg‘um
bilolmasman. (Furqat)
O‘zlashgan so‘zlar – boshqa tillardan kirib, o‘zlashib ketgan so‘zlar: kitob, ilm
(arabcha), xushro‘y, sozanda (forscha), stol, stul (ruscha) va b.
Sheva va lahja – ma’lum hududda yashovchi aholining o‘ziga xos so‘zlari: paqir, shoti, shakarob (Farg ‘ona), so‘qi, zanggi (Xorazm)
Sheva – umumxalq tilining ma’lum hududga xos ko‘rinishii, mahalliy til, dialekt.
Sharh – biror bir narsaning mazmunini ochib berish, tushuntirish, izohlash.
Chet so‘zlar – boshqa tillardan olingan so‘zlar: stol, stul (rus), kitob, olim (arab),
ozoda, ob-havo, ovoza (fors), abzas (nem.), avariya (ital.), avtomat
(lotin).
Ingliz tilida
Literary language – within the norms of the national language, polished form of the language
Do'stlaringiz bilan baham: |