Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Dialog – Ikki kishi orasidagi nutq. Og‘zaki va yozma shakllarga ega. Dubletlar


Download 0.78 Mb.
bet41/50
Sana08.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1176813
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
Majmua. O\'zbek dialektologiyasi

Dialog – Ikki kishi orasidagi nutq. Og‘zaki va yozma shakllarga ega.
Dubletlar – ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlar: boyo‘g‘li – boyqush, gado- gadoy,
gazlama – gazmol.
Etimologiya – so‘zning kelib chiqishini, tarixini o‘rganuvchi ta’limot: qayrag‘och
qayrilgan yog‘och
Estetika – go‘zallik, nafis san’at, badiiy ijodiyot va ularning shakllari haqidagi
ta’limot.
Jargon – biror ijtimoiy guruhga xos so‘zlar: loy – pul, lox – sodda odam.
Juft so‘zlar – juft shaklda qo‘llanuvchi so‘zlar: qozon-tovoq, qishin-yozin,
non-choy.
Intonatsiya – Nutqda tovushning baland va past ohangi bilan belgilanadigan
so‘zlashish tarzi, so‘zni talaffuz etish holati. So‘zlovchining nutq
mavzuiga munosabatini, his-tuyg‘usini ifodalovchi talaffuz uslubi.
Improvizatsiya – Avvaldan tayyorgarliksiz biror munosabat tufayli ma’lum
mavzuda hozirjavoblik bilan nutq so‘zlash.
Kasb-hunar leksikasi – bir kasb yoki hunarga oid so‘zlar: poshna, tagcharm.
Kommunikativ sifat – Fikr almashuviga oid kommunikatsiya, ya’ni aloqaning
sifati. Nutqning sifati.
Ko‘p ma’noli so‘zlar (polisemiya) – shaklan bir xil bo‘lsa ham ma’nolari yaqin
bo‘lgan so‘zlar: ishning ko‘zi, gapning tuzi, ishning boshi.
Logograf – Qadimgi g‘arb sud notiqligida nutq yozib beruvchi shaxs.
Leksikografiya – so‘z shakllari, tilning lug‘at boyligi – lug‘atlar haqidagi ta’limot.
Madaniyat – Jamiyatning ishlab chiqarish va ma’naviy hayotida qo‘lga kiritgan
yutuqlar majmui.
Majoziy ma’no (metafora) – biror predmet yoki harakatning belgisini boshqasiga
ko‘chirish: ko‘z yoshi sel bo‘ldi, bo‘ron o‘kirdi.
Mantiqiy urg‘u – Nutq jarayonida biror so‘zning ma’nosiga alohida diqqat jalb
etish maqsadida uni boshqalardan ajratib, kuchliroq talaffuz etib
ko‘rsatish.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling