Oʻzbek va Qirgʻiz xalqlarining damli cholgʻulari


Sibizgʻa, cheneron, jez nay, qamish nay, nay, sur nay va karnay


Download 33.66 Kb.
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1475459
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduraupov maqola.26

Sibizgʻa, cheneron, jez nay, qamish nay, nay, sur nay va karnay.
Sibizgʻa va nay: qirgʻiz xalqining yana bir damli cholg’usi hisoblanib, koʻrinishi jihatidan nayga oʻxshaydi. Ammo nay cholgʻusidan sibizgʻaning diametri yirikroq boʻladi. U yogʻochdan yani oʻrik, tut, shunga oʻxshash oʻrtacha zichlikdagi yogʻochlardan yasaladi. Ammo yongʻoqdan yasalmaydi. Hozirgi sibizgʻalar ikki qismga boʻlingan holda yasaladi. Sibizgʻaning ikki tomoni tekislanib olinadi. Musiqa cholgʻusining bir-biriga ulangan uchlari yorilib ketmasligi uchun shakl beriladi. Sibizgʻa cholgʻusining ichi qanchalik silliqlangan va keng boʻlsa, ovoz shunchalik yaxshi chiqadi. Sibizgʻa cholgʻusining nota teshiklari sibizgʻa bir-biriga ulangandan soʻng teshib olinadi. Uning nota teshiklari ovoz chastotasiga muvofiq katta va kichik boʻladi va sibizgʻaning ichiga ovoz chiqazuvchi til oʻrnatiladi. Qadimda sibizgʻaning teshigi 6 ta diatonik koʻrinishda boʻlgan. Hozirgi vaqtda 9 ta xramatk teshikdan iborat. Oktavasining sozlanishi kichik oktava soldan ikkinchi oktava sol notasigacha. Qayta tekshiruvdan soʻng, yorilib ketmaslik maqsadida, sibizgʻaning ikki tarafiga plastik himoyalovchi halqa oʻrnatiladi. Yana bir bor qayta tekshiruvda ortiqcha joylari silliqlanib rangsiz boʻyoq surtiladi. Sibizgʻada ham nayda ham mungli kuylarni chalganda, odamning yuragi jumbushga keladi. Sibizgʻa oʻzbek xalqining nay cholgʻusidan shu kabi jihatlari bilan farqlanadi.
Nay cholgʻusi Oʻzbek milliy cholgʻulari oilasiga kirgan.boʻlib damli yani puflab chalinadigan cholgʻu hisoblanadi. Xususan, Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Nay cholgʻusi koʻplab davlatlarda mavjud. Har bir xalqning tilidan kelib chiqib turlicha nomlanadi. Oʻzbek xalq cholgʻulari oilasiga kiruvchi nayning ikki xil koʻrinishi mavjud. Yonlamachasiga ushlab chalinadigan nay va boʻylamasiga ushlab chalinadigan nay. Oʻzbekistonda yonlamasiga ushlab chalinadigan naylar yetakchi yaʻni, deyarli barcha naychilar yonlamasiga ushlab chalishadi. Aslida nayning eng qadimiy turi choʻpon nay deyiladi. Oʻzbekistonda nayni turlicha tayyorlashadi: yogʻochdan, misdan, temirdan va boshqa qattiq materiallardan. Ushbu naylarning uzunligi 450-520 millimetr, diametri esa 20-30 millimetr boʻladi. Nayning bir uchi yaʻni yuqori qismi tiqin bilan berkilgan boʻladi. Ana shu berkitilgan tarafning yaqin yon tomonidan puflanadigan teshigi hamda uning pastrogʻida 6 ta ovoz tizimini boshqarib turadigan teshiklar ochiladi. Bu teshiklar barmoq bilan toʻliq yoki yarim berkitilgan holda nota ovoz tembiri hosil qilinadi. Ushbu damli cholgʻu puflab chalinganda cholgʻuchidan yuqori darajada mahorat va kuchli nafas havo talab qiladi. Oʻzbek xalq cholgʻulariga kiruvchi nayda ikki yarim oktavalik diapazonga ega tovush mavjud. Barmoq bilan berkitib chalinadigan teshiklarning qarama-qarshi tomonida tovushlar muvozanatini saqlashga yordam beradigan ikki yoki uch teshik ham boʻladi. Anʻanaviy oʻzbek va tojik xalq ansambllarida nay yetakchi cholgʻu hisoblanadi. Anʻanaviy ansambllarda yoki aksariyat arkestrlarda cholgʻular avvalo nay cholgʻusining sozlanish chastotasiga muvofiq sozlanadi. Nay cholgʻusini chalishda sozandalarning oʻz uslubi mavjud, yaʻni besh qoʻl, toʻrt qoʻl, uch qoʻl kabi chalinish uslublari mavjud. Bu xolat asosan oʻzbek milliy cholgʻuchilarida uchraydi. Hozirgi ansambllarda nay yakkanavis va joʻrnavoz sifatida rivojlangan. U oʻzbek xalq milliy cholgʻusi nay, Qirgʻiz xalq milliy cholgʻusi Jeznayga va qamishnayga oʻxshaydi. Ammo ikkilasining ham shakli va oʻlchovi, chalinish uslubi ozroq farq qiladi.

Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling