Oʻzbek va Qirgʻiz xalqlarining damli cholgʻulari


Download 33.66 Kb.
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1475459
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduraupov maqola.26

Kerney: qirgʻiz xalqining yana bir damli cholgʻularidan biri boʻlib ulugʻvor zalvorli tarixga ega. Tarixdan maʻlumki, qirgʻiz-oʻzbek xalqlari turkiy til oilasiga kiruvchi millat hisoblanadi. Shu bois, ikki xalqda ham kerney yaʻni karnay cholgʻusi mavjud. Oʻtmishga nazar solsak, turkiy xalqlarda turli sohalarda jumladan, harbiy yurishlarda, bayram yoki tadbirlarda karnay samarali foydalanilgan. Jarchilar kerney yordamida morze alifbosi singari guruh qoʻmondonlariga signal yetkazishgan. Bugungi kunda, qirgʻiz xalqining milliy cholgʻusi kerney folklor etnografiyada va bayram tadbirlarda foydalanib kelinmoqda. Bu cholgʻu oʻzbek milliy cholgʻular oilasida ham oʻz oʻrnini topgan. Kerney yaʻni oʻzbek tilida “karnay” deb nomlanadi. Kerney cholgʻusi beshta asosiy qismdan iborat, dasta qismining oʻzi ikki qism boʻladi. Uchinchi va toʻrtinchi qismi ovoz chiqaradigan qismi boʻlib, beshinchi qismi havo puflaydigan qism hisoblanib, mazkur havo puflaydigan qismi “mushtuk” deb nomlanadi. Dasta qismi silindr shaklida boʻladi, barcha qismlar yupqa jezdan ishlanadi. Ovoz chiqaradigan qismi esa kengayib boradi. Karnay yasash jarayonida usta oʻz mahoratini ishga solgan holda, kerneyni mohirona silliqlaydi va ovoz chiqadigan joyiga ustaning yashash joyidan kelib chiqqan holda urf-odat va madaniyatiga asoslangan naqshli bezaklar chizadi. Karnay cholgʻusi Oʻzbekistonda “karnay”, Qirgʻizistonda “kerney” xalqning sevimli cholgʻusi hisoblanadi.
Ikki milatda uchraydigan surnay cholgʻusi.
Surnay: Oʻzbek xalqining suyukli cholgʻusi hisoblanadi. Surnay cholgʻusi nafaqat oʻzbek xalq cholgʻular orasida balki Tojik, Turk, Kavkaz, Eron va boshqa turkiy xalqlarda ham uchraydi. Chalinilishi va oʻlchovi jihatidan ozroq farqlanadi. Oʻzbek xalq cholgulʻari oilasiga kiruvchi Surnay asosan folklor etnogirafiyada milliy bayramlarda xalqning toʻy marosimlarida ishlatiladi davlat tashkilotiga kiruvchi xalq ansambllari va orkestrlarda ham ishlatiladi. Surnay tuzilishi va chalish uslubi jihatidan naydan biroz farq qiladi. Surnayning yuqori tomoni ingichka,pastki tomoni esa konussimondir. Oʻzbekistonda chalish uchun ishlatiladigan Surnaylarning uzunligi 45 yoki 55 santimetr atrofida boʻladi. Surnay ingichka tarafida yogʻochdan yasalgan trobuchka uching ichida ingichka metalik rubka oʻtgan boʻladi. Ushbu metalik Trobuchka bambuk daraxtidan tayyorlanib atroflari metal truba bilan oʻraladi. Metal turba ostidan kichik plastikasi boʻlib sadat deb nomlanadi. Musiqachilar uni lablariga qattiq bosgan holda kuy chaladilar. Surnayning boshqa damli cholgʻularidan farqli tomoni shundaki U uzilmas yaʻni (legatoni) ijro qilina olinadi. Ijro metodlari oʻzining ichiga (melismathics) va keng qoʻllaniluvchi yuqori intervallarga keskin sakrovchi forshlyaklarni chalish imkoniyatlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbek xalqi uchun bu sevimli cholgʻu hali koʻp yillar xizmat qiladi degan umiddamiz.
Surnay: qirgʻiz manbaalarida kelishicha askarlarga dam bergan, toʻy marakalarga koʻrk bergan, osh-ziyofatlarga fayz bergan. Qoʻshni xalqlarning surnayiga oʻxshash boʻlsada, tuzilishi va nota joylashuvi, chalinish uslubi va texnikaviy musiqaning ijrosi bilan qoʻshni xalqlarning surnayidan keskin farq qilgan. Qirgʻiz milliy cholgʻusi surnay qattiq yogʻochlardan yasalib, yogʻochning koʻzi yoʻq nuqsonsiz, yaxshi joyidan kesib olinadi. Kesilgan yogʻochning teng oʻrtasi teshiladi, yon atrofi boʻlaklanib, ortiqcha joylari kesib olinadi. Kesilgan yogʻoch surnay shakliga kelguncha randalanib, tekislab olinadi. Surnayning aniq shakli ustaning mahorati va oʻtkir tigʻli kesuvchi mashinka yordamida surnay shakliga keltiriladi. Musiqa cholgʻusining ovoz chiqaruvchi qismi qoʻl mehnati yordamida oʻyib olinadi. Soʻngra surnayning ovoz chiqaruvchi ushtuk qismi yasalish jarayoni boshlanadi, u ham yogʻochdan yasaladi. Surnayning ovoz chastotasini belgilaydigan teshiklari oʻyib olinadi. Soʻngra, yogʻochdan yasalgan mushtuk ichiga jezdan yasalgan ovoz chiqaruvchi til oʻrnatiladi. …………………………………………………….. Soʻnggi bosqichda esa surnay silliqlanib unga rangsiz boʻyoq surkaladi.

Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling