«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad va vazifalari. Reja: Qiyosiy tipologiya tushunchasi Bo’ronov nazariyasi «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi»


Son turkumi. Sonning ma’no turlari


Download 256.5 Kb.
bet17/29
Sana08.11.2023
Hajmi256.5 Kb.
#1756486
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad (1)

Son turkumi. Sonning ma’no turlari Predmetning sanog’i, va aniq miqdorini bildiruvchi so’zlar har ikki tilda ham son turkumiga mansub hisoblanadi. O‘zbek tilida ham, rus tilida ham sonlarning quyidagi ma‘noviy guruhlari bor: 1) Sanoq sonlar (количественные числительные): bir, ikki, uch, to‘rt - один, два, три, четыре. 2) Tartib sonlar (порядковые числительные): birinchi, ikkinchi, uchinchi, o‘rtinchi – первый, второй, третий, четвёртый. 3) Jamlovchi sonlar (собирательные числительные): ikkov, uchala, o‘trtov – двое yoki оба, трое, четверо va h.k. Biroq rus tilida tartib sonlar son o‘zagiga sifat qo’shimchalarini qo‘shish orqali hosil qilinadi, shuning uchun sifat kabi aniqlanmish bilan rod, son va padejda moslashishiga ko‘ra, nisbiy sifatlar sirasiga kiritiladi (первый класс – м.р., первая леди – ж.р., первое блюдо – ср.р., первые экзамены– ko’pl.). Eslatma: rus tilida bir so’zidan tartib ma‘nosi suppletiv usul bilan hosil qilinadi: один – первый. Sonlarning qolgan ma‘no turlariga esa rod kategoriyasi mansub emas va bu ularning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Faqat один, два, оба, полтора kabi son so’zlarga istisno sifatida qaraladi. Chunki odin so’zi aniqlovchi sifatida zi birikib kelayotgan ot­aniqlanmish bilan barcha rodlarda, shuningdek sonda moslashadi (один мальчик – м.р., одна девочка – ж.р., одно яблоко – ср.р., одни часы – ko’pl.), два, оба, полтора so’zlari esa mujskoy va sredniy rodlarda bir xil, jenskiy rodda boshqacha ko‘rinishga ega bo’ladi: два (оба) мальчика-м.р., два (оба) окна – ср.р., две (обе) девочки – ж.р; полтора часа – м.р., полторы минуты – ж.р. Semantik xususiyatlari va grammatik belgilariga ko‘ra o’zbek tilida sonlar dona son, chama son, taqsim son kabi turlarga ham ajratiladi. Rus tilida esa sonlarning ushbu turlari mavjud emas, shuning uchun sonning bunday ma‘nolari turli leksik va grammatik usullar bilan hosil qilinadi. Rus tilida sanoq ma‘nosida ham, dona ma‘nosida ham bir xil ko‘rinishga ega bo’lgan son so’zlar ishlatiladi (один, два, триi - bir, ikki, uch; один стол, два стола, три стола) – bitta stol, ikkita stol, uchta stol). Zarur hollardagina dona ma‘nosini hosil qilish uchun штука so’zi qo’llanadi: bitta – одна штука, ikkita – две штуки; Chama sonlar rus tilida около so‘zi yordamida hosil qilinsa, taqsim ma’nosini hosil qilish uchun rus tilida sanoq son oldidan по predlogi ishlatiladi.


Download 256.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling