O‘zbek va rus tillarida fe‘l so’z turkumi
Reja:
Vid kategoriyasi
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi
Harakat nomi va infinitiv
Sifatdosh
Ravishdosh
O‘zbek va rus tillarida fe‘l so’z turkumi
O‘zbek tilida ham, rus tilida ham eng murakkab so‘z turkumi hisoblangan fe’l harakat va holatni anglatadi. Har ikkala tilda ham Fe’llar anglatgan ma’nolari va vazifalariga ko‘ra ikki turga: o‘timli va o‘timsiz fe’llarga bo‘linadi. Fe’ldan anglashilgan harakat ta’sirining boshqa predmatga o‘tishini bildirgan fe’llar o‘timli (переходные глаголы) hisoblanadi. O‘zbek tilida o‘timli fe’llar tushum kelishigidagi so‘zlar bilan birikadi. Rus tilida ham bunday fe’lga bog‘lanib kelgan so‘z predlogsiz vinitelniy kelishigida bo‘ladi. Fe’ldan anglashilgan harakatning ta’siri to‘g‘ridan to‘g‘ri biron narsaga ko‘chmasa, bunday fe’l o‘timsiz (непереходные глаголы) deyiladi. O‘zbek tilida kimni? nimani? so‘rog‘iga javob bo‘lmaydigan fe’l o‘timsiz hisoblanadi. Rus tilida bunday fe’llar imenitelniy va vinitelniydan boshqa kelishiklarda kelgan ot va otlashgan so‘zlar bilan birikma hosil qiladi. Ammo ot yoki otlashgan so‘z predlogli vinitelniy kelishik shaklida bo‘lsa, u holda o‘timsiz fe’l bilan birikadi. Masalan: Я люблю школу. – Men maktabni sevaman (predlogsiz вин. падеж); Я
иду в школу. – Men maktabga ketyapman (predlogli вин. падеж). O‘zbek tilida ham, rus tilida ham fe‘l beshta kategoriyaga ega bo‘lib, zamon, mayl, nisbat, shaxs-son kategoriyalari har ikkala tilda ham mavjud. Biroq rus tilidagi vid (tur) kategoriyasi o‘zbekcha fe’llarga, bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi esa ruscha fe’llarga xos emas. Ammo zamon, mayl, nisbat, shaxs-son kategoriyalari qiyoslanayotgan ikki til uchun umumiy bo‘sa-da, ular yuzaga chiqish imkoniyatlari, morfologik xususiyati va sintaktik vazifalariga ko‘ra bir-biridan jiddiy farq qiladi. O‘zbek va rus tillaridagi ushbu kategoriyalar alohida-alohida qiyoslanganda, ular o‘rtasidagi farqlar aniq namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |