«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad va vazifalari. Reja: Qiyosiy tipologiya tushunchasi Bo’ronov nazariyasi «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi»
Download 256.5 Kb.
|
«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad (1)
Kelishiklarning ma’nolari
O‘zbek va rus tillaridagi to‘rt kelishik so‘roqlariga ko‘ra o‘xshash hisoblansada, ma‘noviy jihatdan o’zaro farqlanadi. O‘zbek tilidagi bosh kelishikdagi so’zlar rus tiliga ma‘nosiga ko‘ra ayrim hollarda imenitelny padej shaklida, ba‘zan esa roditelny padej shaklida beriladi. Masalan: Mening do‘stim bor. – У меня есть друг; Mening do‘stim yo‘q. – У меня нет друга. Bosh kelishikdagi so’zlar har ikkala tilda ham ega hamda kesim vazifalarida kelishi mumkin. Masalan: Navoiy – buyuk shoir. Навои – великий поэт. O‘zbek tiligagina xos bo’lgan o‘rinpayt va chiqish kelishiklaridagi otlar rus tilida turli grammatik vositalar bilan beriladi. Masalan: Men universitetda o‘qiyman. – Я учусь в университете (bunda в predlogi bilan otning predlojny padejdagi shakli berilgan); Bahorda yurtimizda Navro‘z bayrami nishonlanadi. – Весной в нашей стране отмечается праздник Навруз. (bunda ot tvoritelniy padej shaklini hosil qilgan); Do‘stimda yurtimiz tarixiga oid kitobo’lar ko’p.-У моего друга много книг об истории нашей страны. (bunda ot u predlogi bilan roditelniy padejda qo‘llangan); Kecha akam Toshkentdan keldi. – Вчера мой брат приехал из ташкента. (chiqish kelishigidagi so’z predlogli qaratqich kelishigi bilan ifodalangan); Sayohatchilar tog’ yo‘lidan borishar edi. – Туристы шли по горной дорожке. (chiqish kelishigidagi so’z predlojniy padejda berilgan); O‘qituvchilar Rustamdan mamnun edilar. – Преподаватели были довольны Рустамом. (bunda ot tvoritelniy padej shaklini olgan). Rus tilidagi tvoritelny kelishigi o’zbek tilida quyidagicha ifodalanadi: 1) Rus tilida чем? с кем? so‘roqlariga javob bo’luvchi otlar rnida o’zbek tilida bosh kelishikdagi ot va bilan ko‘makchisi qo‘llanadi: Я рисую карандашом (чем?). – Men qalam bilan chizaman. В библиотеку я ходил с другом (с кем?). – Kutubxonaga men do‘stim bilan bordim; 2) Rus tilida кем? so‘rog’iga javob bo’ladigan ot o’zbek tilida bo’lib, qilib so’zlari bilan birikib kelgan bosh kelishikdagi ot bilan beriladi: Моя мама работает учительницей (кем?). – Onam qituvchi bo’lib ishlaydi. Рустама выбрали старостой группы (кем?). – Rustamni guruh sardori qilib sayladilar; 3) Rus tilida кем? so‘rog’iga javob bo’luvchi ot быть fe‘li bilan birikma holida qo‘llansa, o’zbek tilida bu so’z bo’lmoq, edi so’zlari bilan birga keladi: Амир Тимур был великим полководцем (кем?). – Amir Temur buyuk sarkarda bo’lgan; Бабур был ипоэтом, и правителем (кем?). – Bobur ham shoir, ham shoh edi. 4) Agar кем? so‘rog’iga javob bo’ladigan so’z harakat bajaruvchisini ifodalasa, u holda o’zbek tilida bosh kelishikdagi ot tomonidan so’zi bilan birga qo‘llanadi: Эта обсерватория была создана Улугбеком (кем?). – Bu rasadxona Ulug’bek tomonidan barpo etilgan. Первая «Хамса» (Пятерица) на узбекском языке была написана великим поэтом Алишером Навои (кем?). – «Hamsa» ilk bor o’zbek tilida buyuk shoir Alisher Navoiy tomonidan yozilgan. Rus tilidagi predlojny kelishigi ham o’zbek tiliga turlicha tarjima qilinadi. Masalan: 1) Rus tilida o (ob) predlogli otlar o’zbek tilida haqida, to‘g’risida ko‘makchilarini olgan otlar bilan beriladi: Наше правительство заботится о мире и спокойствии. – Hukumatimiz tinchlik va osoyishtalik haqida qayg’uradi. 2) в, на predlogli otlar o’zbek tilida rinpayt kelishigidagi otlar bilan ifodalanadi: В нашем городе много исторических достопримечательностей. – Shahrimizda tarixiy obidalar ko’p. 3) при predlogli otlar o‘rnida o’zbek tilida qoshida ko‘makchisini olgan bosh kelishikdagi otlar qo‘llanadi: При нашем университете имеется Центр молодёжи – Universitetimiz qoshida Yoshlar markazi bor. Yuqoridagilarga asoslanib, umumiy xulosalar chiqaradigan bo’lsak, rus tilidagi kelishiklarning muhim atributlaridan biri bu predlog bo’lib, roditelniy, datelniy, vinitelniy padejlarda otlar predlogli ham, predlogsiz ham, predlojniy padejda esa hamisha predlog bilan qo‘llanadi. Faqat imeniteniy padejdagi otlar bundan mustasno. Ko‘rib o‘tganimizdek, kelishik kategoriyasi grammatik tuzumi jihatidan ham, boshqa 21 xususiyatlariga ko‘ra ham o’zbek va rus tillarida anchagina farqlarga ega, shuning uchun bu grammatik kategoriyani ikki til doirasida qiyosiy tahlil qilish uchun tilshunos bu tillarni yaxshi o‘zlashtirishi lozim. Download 256.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling