UNDOSHLAR SISTEMASI
O’zbek va rus tillaridagi undosh fonemalar nafaqat miqdori, balki talaffuzi, tasniflanishi jihatidan ham o’zaro farq qiladi. Masalan, hosil bo'lish o'rniga ko'ra o’zbek tilidagi unlilar uch guruhga – lab undoshlari, til undoshlari va bo'g'iz undoshiga, rus tilida esa ikki guruhga – lab undoshlari va til undoshlariga ajratiladi. Rus tilida jaranglilik-jarangsizlik belgisiga ko'ra ziddiyatda turuvchi quyidagi undoshlar juftlikni hosil qiladi: Jarangli undoshlar: б, б’, в, в’, г, г’, д, д’, з, з’, ж Jarangsiz undoshlar: п, п’, ф, ф’, к, к’, т, т’, с, с’, ш
(’ belgisi tovushning yumshoqligini bildiradi). Qolgan jarangli (й, м, м’, н, н’, л, л’, р,
р’ ) va jarangsiz (x, ц, ч, щ) undoshlarning esa jufti yo'q. Bundan tashqari, rus tilidagi jarangli va jarangsiz undoshlar qattiqlik-yumshoqlik belgisiga ko'ra ham o’zaro ziddiyat juтftligini hosil qiladi: Qattiq undoshlar: б, в, г, д, з, к, л, м, н, п, р, с, т, ф, х, ш Yumshoq undoshlar: б’, в’, г’, д’, з’, к’, л’, м’, н’, п’, р’, с’, т’, ф’, х’, щ
(ц, ж tovushlari doim qattiq, й va ч esa hamisha yumshoq talaffuz qilinadi). Bunday zidlanish o’zbek tilidagi undoshlarga xos emas. To'g'ri, o’zbek tilida ham ba'zan undoshlar o'zlarining qurshovlari ta'sirida o'zgarib, biroz yumshayishi yoki qattiqlashishi mumkin, biroq bu ularning (undoshlarning) kombinator variantigina bo'lib, ular ma'no farqlash xususiyatiga ega emas. Ayrim undoshlar rus tilida ham, o’zbek tilida ham deyarli bir xil talaffuz qilinadi (m-м, n-н, r-р, s-с), ammo aksariyat undoshlarning talaffuzi bu ikki tilda keskin farq qiladi. Ushbu farqlarni quyidagi jadvalda ko'rish mumkin. (Ruscha harflar qavs ichida berilgan).
UNDOSH FONEMALARGA QIYOSIY TAVSIF Jadvalda ko'rib turganimizdek, o’zbek va rus tillaridagi undoshlar o’rtasidagi tafovutlar quyidagi jihatlarda namoyon bo'ladi:
Lab-lab undoshlari. O’zbek tilida ushbu undoshlar qattiq va yumshoq turlarga ajratilmaydi. O’zbek tilida undoshlar rus tilidagi qattiq undoshlarga nisbatan yumshoqroq, yumshoqlariga qaraganda esa qattiqroq talaffuz qilinadi. Masalan, qattiq б, п, м undoshlari
o’zbek tilidagi b, p, m tovushlariga yaqin, biroq yumshoq б’, п’, м’ undoshlarini nutqda ifodalash uchun labo’larni yanada qattiqroq qimtish kerak. Bu tovushlar o’zlarining qattiq
juftlariga nisbatan cho’ziqroq talaffuz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |