И, i va ы. Rus tilidagi и fonemasi nutqda quyidagicha talaffuz qilinadi: tilning o’rta qismi tanglayga tomon ko'tariladi, bunda til uchi pastki qatordagi tishlarga tegib turadi. Bu fonema rus tilida asosan so'z boshida yoki yumshoq undoshlardan keyin yoxud unlilardan keyin keladi. O’zbek tilidagi i ham ko'p holatlarda, asosan arab tilidan o'zlashgan so'zlarda, rus tilidagi so'z boshida urg'usiz kelgan i ga o'xshash talaffuz qilinadi. Masalan: ivimoq-Иван, 7
idish-идёшь, istak-истерика, imkon-иметь. Shuningdek, arab tiliga xos –iy qo'shimchasi bilan tugallanadigan so'zlarda ham rus tilidagidek talaffuz qilinadi: ilmiy, zamonaviy, markaziy,
Navoiy. O’zbek tilida i so'z boshida urg'uli bo'g'in hosil qilmaydi. Rus tilida esa bunday pozitisiyada kelgan и unlisi o’zbek tilidagiga qaraganda kuchliroq, cho'ziqroq va yumuqroq talaffuz qilinadi: иней, имя, индекс, изгородь va hokazo.
Э va e. Rus tilidagi э fonemasi nutqda so'z boshida yoki so'z o’rtasida urg'uli bo'g'inda qattiq undoshlardan keyin kelgandagina aniqlik kasb etadi: эхо, эра, это, шест, жест, цех. Ushbu tovushni talaffuz qilishda til и unlisini talaffuz qilish holatidagidek darajada yuqoriga ko'tarilmaydi, til uchi esa pastki qator tishlarga tegib turadi. Bu tovush o’zbek tilidagi e ga nisbatan ochiqroq, qattiqroq va cho'ziqroq aytiladi.
У va u . Bu fonema har ikkala tilda ham yuqori tor, labo’langan unlidir. U bo'g'inning barcha tiplarida uchraydi. Urg'uli bo'g'inda rus tilidagi у o’zbek tilidagi u ga qaraganda ancha orqaroqda hosil bo'ladi va cho'ziq talaffuz qilinadi, bunda til bilan tanglay o’rtasidagi bo'shliq ham kengroq bo'ladi. Shuning uchun rus tilidagi u bunday holatda qattiqroq eshitiladi: Ульяна,уважать, уклад. O’zbek tilida so'z oxirida v undoshidan oldin kelgan u tovushi artikulyatsiyasi va cho'ziqligi jihatidan rus tilidagi у ga juda ham o'xshab ketadi. Masalan: quv,quvnoq, suv, g’uv-g’uv. Urg'usiz bo'g'inda у tovushi har ikkala tilda ham qisqaroq talaffuz qilinadi, biroq o’zbek tilida u o'ta qisqa bo'ladi: supurgi- супруг, dushman-душа, tushuncha-тушёнка.
Do'stlaringiz bilan baham: |