O’zbek xalq musiqasi to’plamlari Reja O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari Mehnat qo’shiqlari


Hunarmandchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari


Download 41.55 Kb.
bet11/21
Sana14.11.2021
Hajmi41.55 Kb.
#174473
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
O’zbek xalq musiqasi to’plamlari

3. Hunarmandchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari.

O’zbek xalq hunarmandchilik qo’shiqlari orasida urchuk, charx, o’rmak, kashta tikish, gilam to’qish, bo’z to’qish bilan bog’liq qo’shiqlar asosiy o’rin egallaydi. Bu qo’shiqlarda hunarmandlarning og’ir hayoti, mashaqqatli mehnati va ruhiy olami aks etgan.



Charx qo’shiqlari. Charx ibtidoiy ip yigirish quroli bo’lib, uning qo’shiqlarida feodalizm jamiyatidagi o’zbek ayolining og’ir hayoti butun murakkabligi bilan aks etgan.
Charxim palak,

Charx yigirsam.

Saylab kiyaman alak.

Charxim orcha.

Charx yigirsam,

Saylab kiyaman parcha.


Kashta qo’shiqlari. Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o’zbek xalqi o’tmishdan kashta tikish san’ati bilan mashhur. SHuning uchun ham o’zbeklar o’rtasida kashtaning bosma, jimalay, sanama, ilma kabi turlari yuzaga kelganki, ularning xar biri kashtachilardan alohida mehnat, mahorat talab etadi.

Kashtaning turiga harab xatto qizlarning qandayligiga ham baxo berishgan va kashta qo’shiqlarida bu narsa o’z ifodasini topgan.

Bosma tikkan botir qiz,

Jimalay tikkan chevar qiz,

Sanama tikkan sardor qiz,

Ilma tikkan ilgir qiz.


Ilma – kashtaning maxsus turi bo’lib, kashta qo’shiqlarida bu tur ko’p ta’riflanadi.

Ilma tikdim ilib-ilib,

Tomoshaylang yonima kelib.

Rahmat, deydi ko’rgan kishi.

Xar gulimi xayron kolib.


Download 41.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling